273
Amerika fermerlari har bir gektardan katta hosil olish qobiliyati bilan
dunyo uzra nom chiqargan. Qisman, bu holat tabiatning oliy himmatligiga
bog‗liq. Qo‗shma Shtatlarning faqat nisbatan kichik mintaqasida yog‗inlar
miqdori
shu qadar kamki, u yerlarda cho‗llar mavjud. O‗zga joylarda
yog‗inlar miqdori mo‗tadildan to serob darajagacha tebranib, daryolar va
yer osti suvlari keng qamrovli sug‗orish jarayoniga imkon yaratadi.
Dunyoda mavjud eng boy ziroat yerlaridan ayrimlarini Amerikaning O‗rta
G‗arbida uchratish mumkin.
Amerika fermerlarining muvaffaqiyati ulkan mablag‗ ajratishlar va
yuksak malakali ishchi kuchidan tobora ko‗proq
foydalanishga ham
bog‗liq. Urug‗ turlari ilmiy jihatdan rivojlantirilib, mo‗l hosil berish va
tabiiy ofatlar hamda qurg‗oqchilikka ko‗proq dosh bera olish uchun
takomillashtirilgan.
Amerika
qishloq
xo‗jaligi
tobora
rivojlanib
borayotgan
―agrobiznes‖dir. Bu atama hozirgi zamon AQSH iqtisodida qishloq
xo‗jalik ishbilarmonligining keng qamrovli qiyofasini
aks ettirish uchun
yaratilgan bo‗lib, ferma ishiga taalluqli yakkahol fermerdan to qishloq
xo‗jaligi uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi davlatlararo
miqyosdagi ishbilarmongacha bo‗lgan barcha bizness sohalarini o‗z ichiga
qamrab oladi. Unga ferma kooperativlari, qishloq xo‗jalik banklari, ferma
mahsulotlarini bozorga tashib beruvchilar, molu mahsulotni savdo-sotiq
qiluvchi
vositachi dillerlar, ferma uchun asbob-uskunalar ishlab
chiqaruvchi firmalar, oziq-ovqat tayyorlash sanoat sohalari, baqqollik
mollari sotuvchi do‗konlar silsilasi va yana qator o‗zga
bizness sohalari
kiradi.
Birin-ketin paydo bo„lgan qonunlar 1862-yilgi “Ko„chkinchining ferma
yeri to„g„risida”gi qonuniga asosan: kelajak ko„chkinchilarga bepul yer
berilib, ular “ko„chkinchining ferma yeri”ga rozi bo„lish yoki yerda yillar
davomida istiqomat qilishga qanoatni ta‟minladi. Bu va undan keyingi
qonunlarda ko„zlangan maqsad - oilaviy fermerlar qo„liga yer bo„lib berish
edi.
Nihoyat, 1862-yili qabul qilingan Morril Qonuni qishloq xo‗jalik va
texnik kollejlar tizimini ta‘minlash maqsadida qator federal yerlarni har bir
shtat hokimiyatiga taqdim etdi. Shu tariqa barpo etilgan 69 ―in‘omli yer
kollejlari‖ qishloq xo‗jalik tadqiqotlari va fermerlarning ma‘rifatli kelajak
avlodlarining vujudga kelishida asosiy o‗rin egalladi.
XX asr boshlanishi bilan qishloq xo‗jalik rahbarlari,
hukumat
o‗tkazgan tadqiqot yangiliklari fermerlarga etmaganidan tashvishga tushdi.
Yangi texnologiyalar fermerlarga hosilni naqadar yaxshilash mumkinligini
274
namoyish etish uchun hukumat chegaralangan miqdorda ―namunali
fermalar‖ yaratib, ―o‗rnak bo‗luvchi vakillar‖ni yollash uchun mahalliy
ishbilarmonlar va fermer guruhlari bilan sa‘y-harakatlarini uyg‗unlashtirdi.
1929-yili prezident Gerbert Guver Federal Ferma Hay‘atini ta‘sis
etdi. Bu Hay‘at taklif va talab munosabatiga bevosita aralashuvni
shakllantirib,
fermerlar
uchun
yaxshiroq
iqtisodiy
barqarorlikni
ta‘minlashga qaratilgan ilk umumdavlat kelishuvini namoyon etdi.
Franklin Ruzvelt 1933-yili prezidentlik lavozimini egallaganidan
so‗ng, taklif etgan ilk chora-tadbirlaridan biri ―Qishloq xo‗jaligini tartibga
solish to‗g‗risida‖gi qonun bo‗lib, keyinchalik Kongress tomonidan tatbiq
etildi. Bu qonun, o‗z yerlari muomaladan tashqariga chiqarilishi uchun pul
olgan fermerlar bilan ko‗ngilli bitimlar tuzish orqali, qishloq xo‗jalik
vaziriga mahsulot yetishtirishni pasaytirish qudratini berib, bu to‗lovlarga
mablag‗ oziq-ovqat uchun belgilangan soliqlardan olingan edi.
1920-yillardan
boshlab
to
1980-yillargacha
hosilning
o‗ta
serobgarchiligi Amerika qishloq xo‗jaligi sohasida muammo bo‗lib keldi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha qismini sarflashga ko‗mak
berish
uchun ikki xil dasturlar jalb etildi. 1945-yili Kongress ―Tinchlik uchun
Oziq-ovqat‖ deb nomlangan 480 raqamli Davlat qonunini chiqardi. AQSH
oziq-ovqat va to‗la mahsulotlarining eksporti o‗z vaqtida Yevropa va
Yaponiyaning qayta oyoqqa turishiga madad bergani tufayli siyosiy
yo‗nalish shakllovchi arboblarning fikricha, mazkur mahsulot jo‗natmalari
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan qad ko‗tarishini
ta‘minlashda samarali omil bo‗lishi kutilgan edi.
1985-yili Kongress AQSH qishloq xo‗jalik mahsulotlarining xalqaro
miqyosdagi raqobatdoshligini yaxshilash maqsadida fermerlik sohasida
yangi qonun qabul qildi.
Sodda qilib aytganda, bu qonun o‗rtacha bozor
narxlarining o‗zgarishiga javoban asosiy ferma iste‘mol mollarining narx-
Do'stlaringiz bilan baham: