282
dehqonchilik ishlanmalariga sarmoya kiritishdan katta daromad olishni
juda yaxshi tushunadilar.
Mazkur hujjat 2016-yilning 22-aprelida
Birlashgan Millatlar
Tashkilotining
Nyu-York
shahrida
joylashgan
shtab-kvartirasida
imzolanishi ko‗zda tutilgan. Shu vaqtdagi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun
konferensiya yakuni bo‗yicha nutq so‗zlar ekan, Parijda tuzilgan kelishuv
insoniyat va sayyoramiz uchun katta yutuq bo‗lganini, uni bajarishga
kirishish lozimligini ta‘kidladi. Shuningdek,
Bosh kotib ishtirokchi
davlatlar 2100-yilga qadar haroratning global o‗sishini Selsiy shkalasi
bo‗yicha 2 darajadan past holatda ushlab turish majburiyatini olganini
qayd etdi.
Yoxannesburg shahrida tashkil etilgan ―Afrisiti‖ sammitida mazkur
qit‘aning katta-kichik shaharlaridan vakillar ishtirok etdi. Abidjan, Lagos,
Duala, Kampala kabi o‗ttizga yaqin Afrika shaharlari ―Merlar pakti‖
loyihasi doirasida iqlim o‗zgarishlari bo‗yicha o‗z
tashabbuslarini ilgari
surdi. Maqsad- muammoni global darajada emas, balki o‗zaro tor doirada,
ya‘ni shaharlar doirasida hal etish choralarini ko‗rish, karbonat angidrid
tashlanmalari miqdorini kamaytirishdan iborat. Bunga esa yashil
o‗simliklarni ekib, ekologiyaga kam zarar yetkazadigan transport
vositalaridan foydalanish hisobiga ham erishish mumkin.
Afrika sharqida kilometrlab masofadagi
yerlar yorilish pallasiga
kirgan. Bu yaqin kelajakda Afrika sharqida ko‗z ko‗rib quloq eshitmagan
falokatlar sodir bo‗lishining dastlabki belgisidir.
Xorijiy mamlakatlarning qishloq xo‗jaligi sohasida iqlim
o‗zgarishi ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatmoqda. Jumladan, Parij shahrida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‗zgarishi bo‗yicha
Konvensiyasining 21-sammitida Germaniya
rahbarining qilgan
bayonoti anjumanda qatnashayotgan 150 ta davlat rahbarlari ichida
olqishga sazovor bo‗ldi. 29 noyabrda ish boshlagan sammitning
barcha 195 ishtirokchi davlat vakillari ikki hafta davom etgan qizg‗in
muzokaralardan so‗ng, 12 dekabr kuni 2020 yildan keyin bug‗xona
gazlari miqdorini kamaytirish hamda global isishni bartaraf etish,
uglerod manbai o‗rniga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng
miqyosda foydalanishga tezkorlik bilan o‗tish yuzasidan qat‘iy chora-
tadbirlar o‗tkazishni nazarda tutuvchi
BMTning yangi doiraviy
kelishuvini ma‘qulladi.
283
Yer yorilish jarayoni Livandan Mozambikkacha olti ming kilometrni,
Afrikada yiliga 8-10 millimetrni tashkil etmoqda. Demak, kelgusida bu
hududlarni suv bosishi va Keniya orolga aylanib qolishi mumkin.
Afrikadagi
ko‗zga ko‗ringan mutaxassislar aholini jiddiy
ogohlantirmoqda. Ular uy qurilishi yoki boshqa binolar bunyod etishda
falokat xavfi albatta hisobga olinishi lozimligini tayinlashgan.
Rasmiy
xabarlarga qaraganda, Afrika sharqidagi trassalardan biri yer yorilishi
oqibatida ikki qismga bo‗linib qolgan, agar shunday ofat sodir bo‗lsa, qit‘a
sharqiy hududlarida yashovchi tirik jon borki, halok bo‗lishi mumkin…
78
Xullas, yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki ushbu holatlar dunyo
mamlakatlarining qishloq xo‗jaligi sohasini rivojlantirishga
va unga oid
qonunchilikni takomillashtirishga salbiy ta‘sir qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: