O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Yodda tuting. 
Ipoteka narsasi bo„lib ko„chmas mol-mulk hisoblanadi. 
Fuqarolik kodeksida ko„chmas mol-mulk tushunchasi belgilangan bo„lib, 
unga ko„ra, ko„chmas mulk yer uchastkalari, yer osti boyliklari, ko„p yillik 
dov-daraxtlar, shuningdek binolar, inshootlar bo„lishi mumkin. Fuqarolik 
kodeksining 269-moddasi hamda “Garov to„g„risida”gi Qonunning
37-moddasiga ko„ra, ipoteka mulki garovga oluvchiga berib qo„yilmasligi 
kerak. Ipoteka mulki garovga qo„yuvchining qo„lida qoldirilar ekan, garovga 
qo„yuvchi ipoteka mulkidan uning vazifasi bo„yicha foydalanishga, jumladan 
undan hosil va daromadlar olishga haqlidir. Garovga qo„yuvchi faqat 
garovga oluvchining roziligi bilan ipoteka mulkini ijaraga yoki bepul tarzda 
foydalanishga boshqa shaxsga topshirishga yohud uni boshqacha tarzda 
tasarruf etishga haqlidir. 
Yer uchastkasi ipotekasi - moliyaviy ssuda olish imkoniyatini 
ta‘minlash maqsadida yer uchastkasini garovga berish, bunda yer 
uchastkasining o‗zi yer huquqi subyektining egaligida qoladi. Yer 
uchastkasi ipotekasida esa agar shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan bo‗lsa, garov huquqi garovga qo‗yuvchining shu uchastkada 
joylashgan yoki qurilayotgan binolari va inshootlariga nisbatan tadbiq 
etilmaydi.
Garov mulkiy munosabatlarda eng ko‗p qo‗llaniladigan, turli xil 
bitimlar bo‗yicha vujudga keladigan majburiyatlarning to‗liq bajarilishini 
ta‘minlashga, kreditorning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya 
qilishga qaratilgan muhim vositalardan biridir. 
Garov qarzdorni shartnoma bo‗yicha olgan majburiyatlarini 
bajarishga majbur qilishga yordam beruvchi asosiy usul sifatida namoyon 
bo‗lmoqda. 


242 
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, garov qarzdor tomonidan o‗z 
majburiyatlarini lozim darajada bajarishi uchun kreditor talablarini 
garovga qo‗yilgan mulk hisobidan qondirishga kafolat bo‗lib xizmat 
qiladi. Shunday mulkning mavjudligi garovni boshqa majburiyatning 
bajarilishini ta‘minlovchi vositalardan ajratib turadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 265-moddasida
75
hamda Garov to‗g‗risidagi Qonunning 4-moddasida garov zakalat, ipoteka, 
shuningdek, huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkinligi ko‗rsatilgan. 
Yerga nisbatan ijara huquqini yoki meros qilib qoldiriladigan bir 
umrlik egalik huquqini garovga qo‗yish shartnomasi muhim ahamiyatga 
ega. O‗zbekiston Respublikasining ―Garov to‗g‗risida‖gi qonuni
43-moddasiga ko‗ra, garovga qo‗yuvchiga tegishli bo‗lgan egalik qilish va 
foydalanish huquqi, shu jumladan, ijarachining huquqlari va o‗zga mulkiy 
huquqlar garov narsasi bo‗lishi mumkin. Ushbu me‘yoriy qoidadan 
ko‗rinib turibdiki, tadbirkorlarning (shirkatlar, fermer ho‗jaliklari, dehqon 
ho‗jaliklarining) yerga nisbatan bo‗lgan ijara huquqlari, shuningdek meros 
qilib qoldiriladigan egalik qilish huquqlari garov obyekti hisoblanadi. Shu 
mazmundagi 
qoida 
O‗zbekiston Respublikasi Yer kodeksining
24-moddasida ham o‗rnatilgan bo‗lib, unga ko‗ra, yer uchastkasini ijaraga 
olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qo‗yilishi mumkin. Bundan 
tashqari, Yer kodeksining 53-moddasi va ―Fermer ho‗jaligi to‗g‗risida‖gi 
Qonunining 13-moddasida belgilanishicha, Kreditlar olish uchun fermer 
ho‗jaligi yer uchastkasiga bo‗lgan ijara huquqini garovga qo‗yishga haqli. 
―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi Qonunning 16-moddasida belgilanishicha, 
fermer ho‗jaligi tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida ijaraga 
beruvchining ruxsati bilan yohud qonunda yoki ijara shartnomasida 
nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga berish huquqini kredit 
olish uchun garovga qo‗yish huquqiga ega. 
Garov huquqi umumiy qoidaga ko‗ra, garov to‗g‗risidagi shartnoma 
tuzish orqali vujudga keladi. O‗zbekiston Respublikasi ―Garov 
to‗g‗risida‖gi qonunda ko‗rsatilishicha, garov shartnomasi notarial tartibda 
rasmiylashtirilishi shart bo‗lsa, notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishi shart bo‗lsa, u davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Ma‘lumki, yer ijarasi 
shartnomasi tuman (shahar) hokimligida davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishi 
lozim. Shu sababdan, yer ijarasi huquqiga nisbatan garov huquqi hamda 
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga 
75
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.Toshkent.2017. 


243 
nisbatan garov huquqi tuman hokimligida ro‗yxatdan o‗tgan paytdan 
boshlab vujudga keladi.
Masalan, Fransiya qonunchiligi bo‗yicha ko‗chmas mulkka nisbatan 
ashyoviy huquqlarni belgilash yoki o‗tkazishga oid barcha bitimlar va 
―ipoteka qo‗riqlovchi‖ dagi rasmiy reestrda majburiy ro‗yxatdan 
o‗tkazilishi kerak. Biroq, yerga oid kitobdagi yozuvning o‗zi mulk 
huquqini vujudga kelish sharti hisoblanmaydi.Yerga oid bitimlar mazkur 
bitim ishtirokchilari uchun haqiqiy hisoblanadi, biroq ushbu bitimdan kelib 
chiqadigan huquqlar ro‗yxatdan o‗tkazilgach yerga nisbatan uchinchi 
shaxslarning huquqlari mavjudligi aniqlansa, bunday yozuvning kiritilishi 
bitimning haqiqiyligini ta‘minlashga xizmat qila olmaydi.
Yer uchastkasiga nisbatan ijara huquqini yohud meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik huquqini garovga qo‗yish shartnomalari quyidagi holatlarda 
bekor bo‗lishi mumkin: garov bilan ta‘minlangan majburiyat bekor 
bo‗lganda; garovga oluvchi o‗z majburiyatlarini qo‗pol ravishda buzgan 
taqdirda; garovga qo‗yilgan huquq bekor bo‗lganida; garov narsasini tashkil 
etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda va boshqa 
holatlarda. 
Yer qonunchiligiga binoan, yer uchastkasiga meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik huquqi dehqon xo‗jaligining vorislariga 
qonuniy meros asosida o‗tadi. Agar dexqon xo‗jaligining yer uchastkasiga 
bo‗lgan huquqi garovga qo‗yilgan bo‗lsa, ushbu yer uchastkasiga bo‗lgan 
huquq merosxo‗rga o‗tgan taqdirda ham garov huquqi o‗z kuchida qoladi. 
Yoxud, ―Garov to‗g‗risida‖gi qonunning 16-moddasida belgilanishicha, 
garovga qo‗yilgan mol-mulkka bo‗lgan mulk huquqi huquqiy vorislik 
tartibida garovga qo‗yuvchidan boshqa shaxsga o‗tgan taqdirda garov 
huquqi o‗z kuchida qoladi. Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda 
boshqacha tartib belgilangan bo‗lmasa, garovga qo‗yuvchining huquqiy 
vorisi garovga qo‗yuvchining o‗rniga o‗tadi va uning hamma 
majburiyatlarini bajaradi. 
Shartnoma bo‗yicha garovga qo‗yuvchi quyidagi majburiyatlarga 
ega: garovga qo‗yilgan huquqning haqiqiyligini ta‘minlash uchun zarur 
bo‗lgan harakatlarni qilish; garovga qo‗yilgan huquq bekor bo‗lishiga yoki 
uning qiymati kamayishiga sabab bo‗luvchi hatti-harakatlar qilmasligi; 
garovga qo‗yilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan bo‗ladigan 
tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur bo‗lgan choralarni 
ko‗rish; garovga oluvchiga garovga qo‗yilgan huquqda sodir bo‗lgan 
o‗zgarishlar to‗g‗risidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi 


244 
haqidagi ma‘lumotlarni xabar qilish; o‗z qarzdorini huquqlar garovi sodir 
etilganligi to‗g‗risida xabardor etishi shart. 
Yuqoridagilarga xulosa qilib shuni qayd etish joizki, yer 
uchastkasiga nisbatan ijara huquqi hamda meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik huquqini garovga qo‗yish tadbirkorlarning kredit beruvchi 
muassasalar bilan o‗zaro munosabatlarini kengaytirishga, garovga 
oluvchilarning huquqlarini kafolatlashga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, 
tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ta‘minlashga, mamlakatimizda 
bozor iqtisodiyoti munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish