O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Dastlabki tergov subyektlari va ularning vakolatlariga taalluqli umumiy shartlar



Download 1,8 Mb.
bet100/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

16.2. Dastlabki tergov subyektlari va ularning vakolatlariga taalluqli umumiy shartlar


JPKning 344-moddasiga koʻra, dastlabki tergov prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boriladi, shu bilan birga, dastlabki tergov prokurorlar tomonidan ham olib borilishi mumkin.


Jinoyat ishini tergov qilish tergovchilar guruhiga topshirilganidan soʻng, guruh rahbari boʻlgan tergovchi jinoyat ishini oʻz yuritishiga qabul qilib olish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Tergov guruhining rahbari jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovning umumiy yoʻnalishi va pirovard natijasi uchun, shuningdek jinoyat protsessining shu bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan boʻlishi uchun toʻla javobgar ekanligi protsessual qonunchilikda tartibga solingan.

16.3. Tergovga tegishlilik qoidalariga taalluqli umumiy shartlar




Tergovga tegishlilik – jinoyat ishining xususiyati boʻlib, unga asosan u yoki bu organ yoxud mansabdor shaxs shu ish boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli boʻladi.
1. Jinoyatning turiga koʻra (predmetli) tergovga tegishlilik JPKning 345-moddasida batafsil tartibga solingan boʻlib, unda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalari ularning tartib raqamlaridan kelib chiqqan holda dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli organlar – prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari tomonidan tergov qilinishi boʻyicha taqsimlab berilgan. Jinoyatlarning turlari boʻyicha tergovga tegishlilikni belgilashda ushbu organlar faoliyatining xususiyati inobatga olingan. Masalan, JKning 97-moddasi (odam oʻldirish) prokuratura, JKning 169-moddasi (oʻgʻrilik) – ichki ishlar organlari tergovchilarining tergoviga tegishliligi koʻrsatilgan.
2. Hududiy tergovga tegishlilik. Dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organlar mamlakatimizning ma’muriy-hududiy boʻlinishidan kelib chiqqan holda har bir tuman (shahar)da oʻzining tarkibiy boʻlinmalariga ega. Jinoyat sodir etilishi joyiga taalluqli masalalar JKning 11-moddasida batafsil keltirilgan. Jinoyat sodir etilgan joy sifatida muayyan ma’muriy-hududiy birlik tan olinadi. Bu esa JPKning 346-moddasiga koʻra hududiy tergovga tegishlilikning umumiy qoidasi sifatida barcha ishlar boʻyicha jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar)da yuritilishini keltirib chiqaradi.
3. Maxsus tergovga tegishlilik. Maxsus tergovga tegishlilik jinoyat subyektining xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlib, u harbiy prokuratura organlarining tergoviga tegishlilikni belgilaydi. Jumladan, JPK 345-moddasining 3-qismiga muvofiq harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan Jinoyat kodeksining 279––302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov olib boriladi.
4. Muqobil tergovga tegishlilik. Unga asosan muayyan turdagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni jinoyat ishini qoʻzgʻatgan organning tergovchilari tomonidan tergov qilishi belgilab beriladi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 167, 176–181, 184, 185–1852, 1863,188–192, 2441–2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 237–241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish