O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Ishni sudga qadar yuritishning shakllari



Download 1,8 Mb.
bet93/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

14.1. Ishni sudga qadar yuritishning shakllari


Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining


401-bobiga muvofiq sudga qadar ish yurituv bosqichining tarkibiga tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishini tergov qilish kiritilgan boʻlib, jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv va dastlabki tergov shaklida amalga oshirilishi belgilangan.
Tergovga qadar tekshiruv jinoyat protsessining boshlangʻich bosqichi boʻlib, unda jinoyatlar toʻgʻrisidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar tekshirilishi hamda jinoyat ishini qoʻzgʻatish yoki qoʻzgʻatmaslik masalasi hal etiladi.
Surishtiruv deganda jinoyat protsessida jinoyatlarni dastlabki tergov qilishning shakllaridan biri tushuniladi hamda surishtiruv organlari tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha ishni yuritishning tartibi va xususiyatlari JPKning 461-bobida 3811-38117-moddalarida keltirilgan.


14.2. Tergovga qadar tekshiruv


Tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish deganda jinoyat haqidagi ariza, xabar yoki boshqa ma’lumotni roʻyxatga olish hamda jinoyat ishini qoʻzgʻatish sababi qonuniyligini va asoslar mavjudligini aniqlash maqsadida ayrim protsessual harakatlarni bajarish, olingan yoki aniqlangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda tegishli qaror qabul qilish jarayoni tushuniladi.


Jinoyat sodir etilganligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida toʻliq koʻrsatilgan manbalardan olinishi mumkin.
JPKning 329-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, uning davomida qoʻshimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish, ekspertiza oʻtkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini oʻtkazish man qilinadi.
Tergovga qadar tekshiruv natijalariga koʻra kelib tushgan ariza yoki jinoyat haqidagi xabar boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilinishi lozim:

  1. jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqida;

  2. ishni qoʻzgʻatishni rad qilish haqida;

  3. ariza yoki xabarni tergovga tegishligiga qarab yuborish haqida (JPKning 330-m.).




Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish