O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari, asosi va tartibi



Download 1,8 Mb.
bet96/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

15.2. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari, asosi va tartibi


Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sababi deganda JPKda belgilangan va oʻzida tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida ma’lumot beradigan manbalar tushuniladi. Sababning mavjudligi ushbu organlarning jinoyat ishini qoʻzgʻatish zarurligi haqidagi masalani koʻrib chiqish majburiyatini yuzaga keltiradi.


JPKning 322-moddasi 1-qismiga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
1) shaxslarning arizalari;
2) korxona, muassasa, tashkilot hamda jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
3) ommaviy axborot vositalarining xabarlari;
4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning bevosita oʻzi aniqlashi;
5) aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshirayotgan davlat organlarining faoliyatida jinoyat ishini qoʻzgʻatishning eng koʻp tarqalgan sababi – shaxslarning arizalaridir. JPKning 324-moddasiga muvofiq, shaxslarning jinoyat toʻgʻrisidagi arizalari yozma yoki ogʻzaki boʻlishi mumkin.
JPKning talablariga asosan yozma arizalar imzolagan boʻlishlari kerak. Anonim – ya’ni imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan ariza jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab boʻla olmaydi (JPKning 323-m.).
JPKning 113-moddasiga asosan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ariza beruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon qilinmasdan oldin bergan xabaridir. U ham ariza kabi ogʻzaki yoki yozma shaklda boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror ogʻzaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir ma’lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror imzo chekadi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish