O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyatga oid ma’lumotlarni koʻrib chiqish natijasida qabul qilinadigan qarorlar



Download 1,8 Mb.
bet97/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

15.3. Jinoyatga oid ma’lumotlarni koʻrib chiqish natijasida qabul qilinadigan qarorlar


Jinoyatga oid ma’lumotlarni koʻrib chiqish natijasida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:


1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida;
2) jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida;
3) ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab joʻnatish toʻgʻrisida.
Qabul qilingan qaror haqida arizachiga xabar beriladi.
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqidagi qaror uchta qismdan, ya’ni kirish, tavsiflash-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan soʻng darhol davom etayotgan jinoyatlarni toʻxtatish va takroran jinoyat sodir etilishining oldini olishga, shuningdek, jinoyatning ish uchun ahamiyati boʻlishi mumkin boʻlgan izlari, narsalar va hujjatlarni qayd etish va saqlab qolishga qaratilgan choralar koʻrilishi kerak.
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish protsessual faoliyatni inkor etilganligi va yakuniy xususiyatga ega boʻlganligi bois, jinoyat belgilari yoʻqligi haqidagi ishonchli ma’lumotlar yoki jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni inkor etuvchi boshqa holatlarning yoxud uni qoʻzgʻatish bosqichidayoq jamoat ta’sirini qoʻllashning oʻzi yetarli ekanligi haqida yetarli xulosa asosida amalga oshiriladi.
Agar jinoyat ishini qoʻzgʻatish shaxsning jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmaganligi tufayli rad etilgan boʻlsa, materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanadigan komissiyaga yuborilishi mumkin.


15.4. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati


Tergovga qadar tekshiruv bosqichida ham qonuniylik va adolatni ta’minlash ustidan nazorat mavjud boʻlib, u ikkiga, ya’ni idoraviy va protsessual nazorat turlariga boʻlish mumkin. Idoraviy nazorat, bevosita jinoyat ishini qoʻzgʻatish vakolatiga ega idora va mansabdor shaxslarning rahbarlari tomonidan JPKda koʻrsatilgan va belgilab qoʻyilgan tartib asosida butun faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Protsessual nazorat esa jinoyat ishini qoʻzgʻatish davridan boshlab tegishli hududiy prokuratura idoralari tomonidan amalga oshiriladi.


Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning yoki qoʻzgʻatishni rad etishning qonuniyligini prokuror nazorat qiladi. U 1) tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, surishtiruv organi boshligʻining, tergovchining jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilishga va ish qoʻzgʻatishni rad qilishga; 2) tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, surishtiruv organi boshligʻining, tergovchining jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilishga va ayni vaqtda ish qoʻzgʻatishga haqlidir (JPKning 337-m.).



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish