O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Ayb e’lon qilish, ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirish. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash



Download 1,8 Mb.
bet105/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

17.4. Ayb e’lon qilish, ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirish. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash


Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki ayblov isbotlangan faktlarga asoslangan boʻlsa-da, kelgusida oʻzgartirish mumkin. Jinoyat ishini tergov qilish jarayonida yoki jinoyat sudlov ishlarini yuritishning keyingi bosqichlarida ba’zida ayblovdagi boʻshliqlarni toʻldirish yoki uni ifodalashdagi kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida unga ayrim oʻzgartirishlar, tuzatishlar kiritish, ayblovdan ayrim holatlarni chiqarish zaruriyati paydo boʻladi.


Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 362-moddasida jinoyat ishi boʻyicha faqat dastlabki tergov bosqichida ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirishni nazarda tutadi.
Ayblov sodir qilingan jinoiy hodisani tekshirish natijasida yuzaga keladi. Tergovchining shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda ifodalangan ayblov tergovchining oʻzi uchun ham qat’iy hisoblanmaydi. Ayblov jinoyatning ish uchun ahamiyatli boʻlgan barcha belgilarini oʻzida toʻliq aks ettirgunga qadar dastlabki tergov bosqichining oʻzida ham oʻzgartirilishi mumkin. Ayblovni oʻzgartirishning hajmi va mazmuniga koʻra ham quyidagi turlarini koʻrsatish mumkin.
Bular: a) ayblovni qisqartirish yoki qisman tugatish; b) ayblovni kengaytirish yoki toʻldirish; v) ayblovni yangidan ifodalash yoki toʻliq boshqasiga oʻzgartirish.
Mazkur holatlarda tergovchi yangi qaror chiqaradi va unda ayblovning soʻnggi mazmunini bayon qiladi.
Ayblovni qisqartirish yoki qisman tugatish deganda alohida epizodlar va qilmishlar boʻyicha ayblov tasdiqlanmaganda yoki ayblovdagi ayrim harakatlar oʻz tasdigʻini topmaganda yoxud jinoyat jami boʻyicha ortiqcha kvalifikatsiya qilinganida ulardan ayrimlarining chiqarilishi tushuniladi.

Mavzu boʻyicha xulosalar


Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning qarori asosida amalga oshirilib, qaror himoya huquqini ta’minlash maqsadida ularga e’lon qilinishi va huquqlari tushuntirilishi shart. Ayblovni toʻldirish, oʻzgartirish va qayta tiklash toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan qaror qabul qilinadi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish