O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet106/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Muammoli savollar va kazuslar


1. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda nimalar koʻrsatilishi zarur?
2. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarorni e’lon qilishda himoyachi ishtirokining ahamiyati nimalarda namoyon boʻladi?
3. Ayb e’lon qilish, ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirish hamda tugatilgan ayblovni qayta tiklash tartibini yoritib bering.
Kazus
Toshkent shahar prokuraturasi Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tergovchi B.Yoʻlchiyev tomonidan bir guruh shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishi 32 jilddan iborat edi.
Tergov davomida bir guruh shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ham sodir qilganliklari aniqlandi. Natijada tergovchi tomonidan jinoyat ishlarini birlashtirish, ayrimlarini esa ajratish toʻgʻrisida qaror chiqarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan dastlabki tergov muddati 7 oyga qadar uzaytirildi. Ammo ushbu muddat tergov harakatlarini olib borish va gumon qilinuvchilarni ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilish uchun yetarli emasligi ma’lum boʻldi.
Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida tahlil qilgan holda huquqiy baho bering.


XVIII BOB. DASTLABKI TERGOVNI TOʻXTATISH VA QAYTA TIKLASH


(Muallif – M.Salomov)


Annotatsiya: oquvchilar uchun mazkur mavzu oʻrganilishi dastlabki tergovni toʻxtatish asoslari va tartibi, tergovchining dastlabki tergov toʻxtatilganidan keyingi harakatlari, shuningdek toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni qayta tiklash asoslari va tartibini tushunishga imkon beradi.


18.1. Dastlabki tergovni toʻxtatish va qayta tiklash tushunchasi hamda ahamiyati


Protsessual harakatni toʻxtatish deganda jinoyat protsessining bosqichlarida – dastlabki tergovda, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlashda, sud muhokamasida ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishni toʻxtatish nazarda tutiladi.





Dastlabki tergovni to‘xtatish – jinoyat-protsessual qonunchilikka binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori bilan to‘xtatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning protsessual faoliyati, jinoyat sodir etgan shaxs aniqlangunga qadar, yashiringan ayblanuvchi qidirib topilgunga qadar yoki qonunda belgilangan boshqa holatlar bartaraf etilgunga qadar jinoyat ishini yuritishni amalga oshirib bo‘lmasligi tushuniladi.



To‘xtatilgan jinoyat ishini qayta tiklash – bu vujudga kelgan jinoyat ishini to‘xtatish holatlarining protsessual va tashkiliy harakatlar natijasida bartaraf etilishi hamda qonunchilikda belgilangan boshqa harakatlar bajarilishidir.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish