Aim.uz
Jinoyat protsessi ishtirokchilari tushunchasi va ularning turlari. Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo’lgan
davlat organlari va mansabdor shaxslar
Reja:
1.Jinoyat protsessida ishtirokchilik.
2.Jinoyat protsessi ishtirokchilari turi.
3.Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo’lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar.
Jinoyat protsessi ishtirokchilari deganda,jinoyat-protsessual munosabatlarda o'z huquq va majburiyatlari bilan qatnashuvchi shaxslar tushunish lozim.
Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o'zining ma'lum huquq va majburiyatlariga ega bo’lib, ular shu huquq va majburiyatlari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadilar.
Jinoyat protsessi ishtirokchilari — bu davlat organlari, mansabdor shaxslar, jismoniy shaxslar muayyan jinoyat-protsessual funksiyalarini bajaruvchi, tegishli huquqiy maqomga ega va bir- birlari bilan jinoyat-protsessual huquqiy munosabatga kirishadigan shaxslardir.
Demak, jinoyat-protsessual munosabatlarda o'z huquq va majburiyatlari bilan qatnashadigan shaxsiarga jinoyat protsessi ishtirokchilari deyiladi.
Jinoyat protsessi ishtirokchilari amalga oshirayotgan funksiyasiga qarab turlarga bo'linadi. Masalan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lganligiga qarab ularni ayblov tomoni deb ta'kidlasak, hirnoyachini himoya funksiyasini amalga oshirganligi bois uni himoya tomoniga kiritish munkin. JPK ga muvofiq jinoyat protsessi ishtirokchilari quyidagichadir: jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar; jinoyat protsessida o'z manfaatlarini va o'zgalar manfaatini himoya qiladigan shaxslar; jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari; jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar. Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar huquq me'yorlarini, protsessual majburlov choralarini qo'llaydilar, jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergov ishlarini olib boradilar, ishni uning mohiyatiga ko'ra hal qilish to'g'risida qaror chiqaradilar.
Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari quyidagilar:
— sud;
—prokuratura;
— dastlabki tergov organlari;
— surishtiruv organlari.
Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan mansabdor shaxsiar:
— sudya va xalq maslahatchilari;
— sud majlisi kotibi;
— prokuror;
— tergov boshqarmasi, bolimi, bo'linmasi, gumhi boshlig'I va uning o'rifibosari, tergovchi;
— surishtiruv organi boshlig'i va surishtiruvchi.
Sud jinoyat-protsessual faoliyatning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi. Jinoyat protsessida sudning asosiy vazifasi jinoyat ishlarni mazmunan ko'rish va hal qilish, ya'ni odil sudlovni amalga oshirish hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114- moddasiga muvofiq sud qarorlari (hukm, ajrim, qaror) barcha davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, tijorat tuzilmalari, jamoat birlashmalari, shuningdek, mansabdor shaxsiar, fuqarolar uchun majburiy bolib, O'zbekiston Respublikasining barcha hududida ijro etilishi lozirn.
O'zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo'yicha odil sudlovni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo'yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi bo'yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega.
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo'yicha ishlarni ko'rib, ajrim 'chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo'yicha ishlami ko'rib, ajrim chiqaradi.
Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmlari va ajrirnlari ustidan berilgan protestlar bo'yicha ishlami ular apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilganidan keyin ko'rib, qaror (ajrim) chiqaradi (JPK ning 28- moddasi).
Protsessual ma'noda «sud» atamasi faqatgina sudni muassasa sifatida tushunish emas, bundan tashqari yana sudya ham tushuniladi.
Sudya yakka o'zi yoki sud tarkibida ish yuritib, ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog'liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va JPK da nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlami amalga oshiradi.
Jinoyat ishini ko'rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar.
Sud majlisi kotibi jinoyat ishi bo'yicha yordam ko'rsatuvchishaxsdir.
Raislik qiluvchining topshirig'iga binoan jinoyat ishini sud majlisida ko'rish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti vajoyi to'g'risida protsess ishtirokchilariga xabar beradi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarming kelgan-kelmaganligini tekshiradi va hozir bo'lmagan shaxsiaming kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga ma'lum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yozib boradi; raislik qiluvchining sud muho-kamasini tayyoriash va o'tkazish bilan bog'liq boshqa topshiriq- larini bajaradi.
Kotib bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek, sud majlisi barcha ishtirokchilarming harakatlari, ariza, iltimos va ko'rsatuviarini tola va to'g'ri bayon qilib borishi shart (JPK ning 32- moddasi).
prokuror davlat nomidan o'z vakolati doirasida jinoiy ta'qibni, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining protsessual faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxsdir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118- moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.
Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasining prokurori O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati - besh yil (Konstitutsiyamngll9-moddasi).
O'zbekiston Respublikasi prokuraturasining vakolatlari, tashkil qilinishi va faoliyat yuritishtartibi O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi (yangi tahrirdagi) QonunivaJPKdabelgilangan.
JPK ning 33- moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida O'zbelaston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni arnalga oshiradi. Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qat'iy nazar, bartarafetish uchunqonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o'z vaqtida ko'rishi shart. Prokuror o'z vakolatlarini bar qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo'ysunib va O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori ko'rsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida JPK ning 243, 382 — 388, 558- moddalari, voyaga yetmaganlarga nisbatan 558- modda, sud muhokamasida qatnashish uchun 409-moddalarda ko'rsatilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Dastlabki tergov organlari prokuyatura, ichki ishlarva Milliy xavfsiziik xizmati tergovehilari hisoblanadi.
Tergovchijmoyat-protsessualqonunigamuvofiq dastlabki telgovm tola, har tomonlama va xolisona yuritish majburiyati yuklangan shaxsdir.
Jinoyat-protsessual Kodeksining 36- moddasiga muvofiq, tergovchi jinoyat ishini qo'zg'atish va tugatish, ishni qo'zg'atishni rad etishga;
- jinoyatni sodir etishda gumon qilmayotgan shaxsfami ushlash va so'roq qilishga;
Jinoyat-protsessual Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga;
shaxsniishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to'g'risida va unga nisbatan ehtiyot chorasim tanlash to'g'risida qaror chiqarishga o'z yurituviga qabul qilgan ish bo'yicha surishtimv organlariga qidimvva tergov harakatlarini bajarish to'g'risida yozma topshiriqlar berishga surishtimv organladdan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko'maklashishni talab qilishga haqiidir.
Tergovchi tergovning yo'nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi.
Tergovchi surishtiruvchidekjinoyatning kelib chiqish sabab va sharoitlarini aniqlash va ularga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rishi shart. Tergovchi surishtiruvehiga nisbatan mustaqil hisoblanadi. Jumladan, tergovchi prokuroming:
— shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi;
— jinoyatni tavsif qilish;
— ayblov hajmi haqidagi;
— ehtiyot chorasi sifatida qamoq~a olish haqidagi;
— ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi;
— tugallangan ishni qo'shimcha tergovga qaytarish haqidagi ko'rsatmalariga rozi bo'lmasa, o'z e'tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda, ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqiidir. Aynan shu paytda ushbu ko'rsatmaning ijrosi to'xtatiladi. Bunday hollarda quyi tumvchi prokurorning ko'rsatmasini yuqori turuvchi prokuror o'z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo'yicha tergovyuritishni boshqa tergovehiga topshiradi.
Tergov boshqarmasi, bo'limi, bo'linmasi, guruhi boshlig'i ya lining o'rinbosarlari tegishli tergov boshqarma, bo'linma, gurubining mansabdor shaxsi bolib barcha tergov tuzilmalarinmg rahbarlarini qamrab oladi, o'z vakolatlari doirasida:
jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovehilaming o'z vaqtida harakat qilishim nazorat etadilar; jinoyat ishlari bo'yicha dastlabki tergovni tola, har tomonlama va xolisona olib borish choralarmi ko'radilar ishlami tekshirib ko'rishga dastlabki tergov o'tkazishga shaxsan ishda. ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etishga jinoyatni tavsif qilish va ayblovmng hajmi, ishning yo'nalishmi belgilashga ayrim tergov harakatlarini o'tkazish haqida tergovehiga ko'rsatmalarberishga ishni bir tergovehidan ikkinchi tergovehiga olib berishga ishni tergov qilishm bir necha tergovehiga topshirishga
shuningdck, tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o'zi olib borishga haqiidirlar (JPK ning 37- moddasi).
Surishtiruv organlari — bu jinoyat ishini qo'zg'atish va kechiktirib bo'lmaydigan tergov harakatlarini yuritish vakolati berilgan davlat muassasasi bolib, ularning ayrimlari esa Jinoyatning oldini olish, ungayo'l qo'ymaslik, aniqlash va uni ochish, jinoyat sodir qilgan shaxsiarni ushlash maqsadida tezkor-qidimv choralarini ko'rishga haqiidirlar.
Jinoyat-protsessual Kodeksining 38- moddasida belgilangan Quyidagilar surishtiruv organi hisoblanadi. Dmilitsiya;
2) harbiy qismlar, qo'shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o'quv yurtlarining boshliqlari;
3) Milliy xavfsiziik xizmati organlari;
4) O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari;
5) davlat yong'indan nazorat qilish organlari;
6) chegarani qo'riqlash organlari;
7) olis safarda bo'lgan dengiz kemalarining kapitanlari;
8) davlat bojxona xizmati organlari;
9) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uningjoylardagi bo'linmalari.
Surishtiruv organi boshlig'i surishtimv yuritilayotganligi yuzasidan asosiy qarorlarni tasdiqlash va qabul qilish, ayrim hollarda surishtimvchi vazifalarini belgilovchi surishtiruv organining rahbaridir.
Surishtiruv organi boshlig'i jinoyat ishini qo'zg'atishga jmoyat ishini o'zining ish yurituviga qabul qilishga surishtiruvni boshlashga o'ziga bo'ysunuvchi boshqa xodimga surishtiruv yuritishni topshirishga ish qo'zg'atishni rad etishga arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko'ra o'tkazishga haqlidir.
Surishtiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek, tergovchining topshirig'ini bajarayotganda surishtiruvchi dastlabki tergov o'tkazish uchun belgilangan qoidalarga amal qilib, tergov harakatlari olib boradi va qarorlar chiqaradi.
Surishtiruv organining boshlig'i ham, basharti u surishtiruvchining vazifalarini bajarayotgan bo'lsa, xuddi shu qoidalarga amal qiladi.
Surishtiruv organi boshlig'ining yozma ko'rsatmasi surishtiruvchi uchun majburiydir. Surishtiruvchi ko'rsatmaganorozi bo'lsa, ko'rsatmani bajarishni to'xtatmay turib, bu ko'rsatma ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqiidir.
Prokuroming yozma ko'rsatmasi surishtiruv organining boshlig'i uchun majburiydir. Surishtiruv organining boshlig'I prokuror ko'rsatmasiga rozi bo'lmagan taqdirda, ko'rsatmani bajarishni to'xtatmay turib, uning ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilishga haqiidir (JPK ning 39-moddasi).
Sarishtirnvchi muayyan huquq va erkinlikiar, kechiktirib bo'lmaydigan tergov harakatlarini yuritish huquqi berilgan protsessual shaxsdir.
Surishtiruv organi boshlig'ining topshirig'igabinoan va uning rahbarligida ishlayotgan surishtiruvchi ish bo'yicha vazifalarni bajarish uchun zanir, kechiktirib bo'lmaydigan barcha tergov harakatlarini arnalga oshirishi shart.
Surishtiruvchi zimmasiga, shuningdek, tergovehi yuritayotgan ish bo'yicha uning ayrim tergov va qidiruv harakatlarini o'tkazish to'g'risidagi topshiriqlarini bajarish harnda tergovehiga uning tergov harakatlarini bajarishida ko'maklashish niajburiyati yukiatiladi.
Surishtiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek, tergovehining topshirig'ini bajarayotganda surishtimvchi dastlabki tergov o'tkazish uchun belgilangan qoidalarga amal qilib, tergov harakatlari olib boradi va qarorlar chiqaradi. Prokuroming yozma ko'rsatmasi surishtiruvchi uchun majburiydir. (JPK ning 39- moddasi).
Surishtiruvchi prokuror ko'rsatmasiga rozi bo'lmagan taqdirda ko'rsatmani bajarishni to'xtatmay turib, uning ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilishga haqiidir.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari va topshiriqlar:
Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo’lgan davlat organlari doirasini aniqlang.
Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslar va ularning huquq, majburiyatlarini aytib bering
Tergov va surishtiruv organlarini sanab bering.
Jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari deganda nimani tushunasiz
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |