O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar



Download 1,8 Mb.
bet87/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

12.4. Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar


O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida reabilitatsiya qilinish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar haqida ma’lumotlar yo‘q. Lekin bunday shaxslarning doirasini Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida qayd etilgan holatlar asosida tugatilgan jinoyat ishlariga aloqador shaxslardan bilib olish mumkin. Jumladan, jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilingan ayblov hukmi:


– shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi;
– e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldorligi;
– sudlanuvchining vafot etganligi;
– shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganligi;
– Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilganligi;
– shaxsning jinoyat sodir etilganidan keyin o‘z harakatlarining mohiyatini idrok etish yoki ularni idora qilish imkoniyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinib qolganligi;
– sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiqligi tufayli bekor qilingan, tugatilgan bo‘lsa, shu toifadagi shaxslar reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmaydilar.


12.5. Yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash



Jinoyat-protsessual kodeksining 304-moddasida belgilanganidek, reabilitatsiya etilgan shaxsga surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan mulkiy ziyon to‘la hajmda qoplanadi. Qonunda yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashning hajmi va turlari belgilangan bo‘lib, unga binoan mulkiy ziyonning quyidagi turlari belgilangan hajmda qoplanishi zarur:
– reabilitatsiya etilgan shaxsning o‘zi mahrum bo‘lgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlari;
– pensiya va nafaqalar;
– pullar;
– pul jamg‘armalari va ularga to‘lanadigan foizlar;
– davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar;
– aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;
– sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga o‘tkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
– surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yilgan;
– sud hukmini ijro qilish chog‘ida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
– yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga to‘langan pul;
– shaxsga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish