O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish



Download 1,8 Mb.
bet88/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

12.6. Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish


Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish bevosita reabilitatsiya qilingan shaxsning huquqlarini amalga oshirish mumkinligini tushuntirish bilan boshlanib, buning uch tartibi nazarda tutilgan. Birinchisi, sudning oqlov hukmida; ikkinchisi, yuqori instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi ajrimi yoki qarorida shaxsning reabilitatsiya qilish huquqlari tushuntirilishi lozim; uchinchisi, dastlabki tergovda ishni Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi qarorda oqlangan yoki jinoyat ishi tugatilgan shaxsning qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 302-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar tufayli yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etilishini talab qilish huquqi e’tirof etilishi lozim.
Jinoyat-protsessual kodeksi reabilitatsiya qilingan shaxsga mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to‘lashni talab qilish muddatini belgilagan bo‘lib, 312-moddasiga ko‘ra shaxs o‘zining reabilitatsiya qilinganligi haqidagi hukm, ajrim yoki qarorni olgan vaqtdan e’tiboran ikki yil mobaynida talab qilish huquqiga ega.
Shu bilan birga, qonunga xilof ravishda hukm qilingan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, ushlab turilgan, lavozimidan chetlashtirilgan yoki lavozimidan ozod etilgan shaxs ma’naviy ziyonning oqibatlarini bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Fuqarolik kodeksining 1021-moddasida ma’naviy zararni undirish asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish, javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olish, ushlab turish yoki namunali xulq-avtorga ega bo‘lish to‘g‘risida tilxat olish, ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash tufayli fuqaroga yetkazilgan ma’naviy ziyon uni yetkazgan aybdorning mavjudligidan va uning istagidan qat’iy nazar undirilishi lozim.
Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga muvofiq, ma’naviy ziyon pul shaklida qoplanishi lozim. Uning miqdori va hajmi fuqaroga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azob-uqubatlarning darajasiga qarab sud tomonidan belgilanadi. Adabiyotlarda ma’naviy zararning obyektlari sifatida: shaxsni xo‘rlash, obro‘sini to‘kish, insoniy qadr-qimmatini poymol etish, hayotiga yoki sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazish, nomulkiy huquqlaridan, masalan, mualliflik huquqidan mahrum qilish kabilar kiritiladi1.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish