Jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan asosiy atamalarga sharhlar.
Jismoniy tarbiya darslarida ishlatiladigan ba’zi iboralarning izohlari haqida.
Nazariy bilimlarni egallash xususida.
Boshlang‘ich 4 sinflarda:
Saflanish-bir qatorga (orqama-orqa) tizilib turish, bir safga (yonma-yon) turish.
Tartib mashqlari: bo‘y-bo‘yi bilan tizilib turish. Safdan qatorga (burilib) turish, qatordan (o‘ng yoki chap tomon bilan) safga qaytish.
Bir saf(qator)dan 1-2-3-4 safga (qator)ga o‘tish uchun tartib bilan 1,2,3,4 deb sanash. O‘quvchilar sonini aniqlash maqsadida tartib bilan boshdan oxirigacha sanash(1-2-3...).
Gavdani to‘g‘ri o‘stiruvchi mashqlar-qomatni rostlash, qo‘l, oyoq, gavda va boshqa a’zolarni faol harakatlarga keltirish. Bunda umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar, gimnastika va engil atletikaning asosiy turlaridan foydalanish.
Harakat faolligi-amaliy harakatlarni tez, ixcham va chiroyli qilib bajarish.
Jismoniy kamolot-tana a’zolarining yaxshi rivojlanishi, tez va chaqqon harakat qilishga imkoniyat yaratuvchi tarbiyaviy jarayon.
Badanni chiniqtirish-ertalabki gimnastika:
Mashqlarini doimo bajarish, sof havoda yurish, yugurish, to‘p o‘yinlari bilan shug‘ullanish, gigienik(tozalik) qoidalariga to‘la amal qilish, jismoniy tarbiya darslarida faol shug‘ullanish, sport to‘garagida mashg‘ul bo‘lish va h.k.
Shikastlanish yoki jarohatni oldini olish har bir o‘quvchi dars mashg‘ulotlarida o‘qituvchining ko‘rsatma va talablarini puxta bajarilishi, ruxsatsiz har xil harakatlar, o‘zboshimchaliklar qilmaslik.
Qomat buzilishini oldini olish doimiy ravishda faol harakatlar, o‘yinlarni bajarish, gavdani to‘g‘ri tutish, ko‘p egilib yozmaslik, o‘qimaslik va ovqatlarni ko‘p iste’mol qilmaslik natijasida umurtqa pog‘onalarining to‘g‘ri o‘sishiga olib keladi. Ota-ona va o‘qituvchilarning bu sohadagi talablariga rioya qilinsa, qomatning buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muvozanatni saqlash mashqlari-to‘g‘ri yurish, bir oyoqda turish, gavdani turli holatlarda saqlash, do‘mboloq oshish va turli aylanishlar tez burilishlarda yiqilmaslik harakatlaridir.
Jismoniy mashqlar, o‘yinlar va faol harakatlar natpjasida jismoniy rivojlanish hamda muvozanat saqlash faoliyatlari takomillashadi.
Abu Ali Ibn Sino: «Kishi salomatligida yugurmasa kasalligida albatta yuguradi», deb o‘ta ma’noli iborani aytgan.
Amir Temur «Otda yurish, jang qilish, suvda suzish, tog‘larga chiqish-jismoniy kuchlilikni tarbiyalaydi» degan.
Do'stlaringiz bilan baham: |