Lug‘atning adadi 500 nusxada bo‘lib, ko‘p mingli jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari (35 ming atrofnda) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘quvchi-yoshlar va talabalar (10 mingga yaqnn) hamda ko‘p sonli sport ishqibozlariga (bir necha million) hali etib bormagan.
Turli xil texnik vositalar, ayniqsa kompyuterlarning kundalik mehnat va qish jarayonlariga chuqur singib borishi mutaxassislar, o‘quvchi-yoshlar hamda talabalarning kitoblarni (lug‘atlarni ham) diqqat bilan o‘qishlariga, qalin kitoblarni varaqlab chiqishlariga imkoniyat hamda qiziqishlarni susaytirmoqda.
Tibbiyot, avtomoto, texnika, qishki suv sporti (kemalar, naruslar va h.k.) kabi sohalardagi juda ko‘p atamalar o‘rinsiz ravishda (O‘zbekistonda kam uchraydi) lug‘atda berilib, ular keng izohlangan. Natijada lug‘atning (kitob) hajminn kengaytirib yuborilgan.(1-2 jild).
Umumta’lim maktablarning bitiruvchi sinflarida jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar o‘tkazilmoqda. Ularda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha nazariy bilimlarni tekshirish uchun sport turlarining tarixi, O‘zbekistonlik mashhur sportchilar, murabbiylar, xalqaro sport musobaqalarning o‘tkazilish jarayonlari, vaqtlar hamda shunga o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar, dalillar talab etiladi. Bunday jihatlar mazkur lug‘atlarda o‘z ifodasiga ega emas.
Maktab o‘quvchilarining «Quvnoq startlar» televizion o‘yinlari, «Umid nihollari» sport o‘yinlariga tayyorlanish jarayonlarida jismonny tarbiya va sport bo‘yicha ancha nazariy ma’lumotlarni bilish, o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek bunday talablar «Barkamol avlod», «Universiada», « Alpomish o‘yinlari», «To‘maris o‘yinlari», Respublika festivallari, «Mahalla polvonlari», «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari bo‘yicha tayyorgarlik musobaqalarida ham hayotiy ehtiyojga aylanmoqda Lekin bu talablarning ham aksariyat ko‘pchiligi lug‘atlarda uchramaydi. Buning ustiga sport turlari bo‘yicha maktab o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari, litseylarning o‘quvchi yoshlari, talabalar uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar yangidan ishlab chiqilmagan, borlarida ham yuqorida zikr etilgap sohalar juda kam uchraydi. Ana shularni inobatga olgan xolda ushbu sharxlovchi qo‘llanmani ishlab chiqish va tayyorlashga jazm qildik. Bu qo‘llanmada barchani qiziqtnruvchn va eng zarur bo‘lgan atamalar vokeliklarning qisqacha sharhlargagina to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, har bir soha (tibbiyot, adabiyot, texnnka va h.k.) bo‘yicha lug‘atlar, ensiklopediyalar nashrdan chnqarilmoqda. Sport turlari bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ham ko‘paymoqda. O‘quvchi yoshlar ularga ham murojaat qilishlariga ishonch va umid bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |