O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet10/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Aksiologik baholash

Voqelikka, undagi narsa va hodisalarga nisbatan qadriyatli munosabat hamda


ularni qadrlash tuyg‘usi asosida shakllangan hukm va xulosalar aksiologik bahoda aks
etadi. Aksiologik baho iqtisodiy qiymatdan farq qiladi, unda qadrlash tuyg‘usi
asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu nuqtai nazardan olganda aksiologik baholash narsa,
hodisa yoki jarayonning iqtisodiy qiymatini, foydaliligini belgilash orqali emas,
balki uning sub’ekt ma’naviy olami uchun qanday ahamiyat kasb etishini aniqlash
orqali amalga oshadi. Ikkinchi tomondang esa, aksiologik baholashni narsa va
voqealarning iqtisodiy qiymati bilan mutlaqo aloqasi yo‘q, deb bo‘lmaydi. Aslida,
voqelikni namoyon bo‘lish shakllarining iqtisodiy qiymatini aniqlash, ularning
ijtimoiy zarurligini, keraklilik darajasini belgilash, ularga ahloqiy-estetik
yondashish va aksiologik baholash bir-biri bilan uzviy bog‘langan hodisalardir.

Ijtimoiy voqelikni aksiologik baholash uni sinfiy, partiyaviy baholashdan


keskin farq iqladi. Bunda, asosan, har bir davr yoki odamzod nasli avlodining qadri
e’tiborga olinadi, voqelikni baholash va unga nisbatan munosabatni tahlil qilganda
ham qadriyat nuqtai nazaridan yondashuv ustivor bo‘ladi. Muayyan davr yoki tarixiy
bosqichga aksiologik yondashuv asosida baho berilganida uning boshqa davrlardan
insoniyat uchun ijtimoiy ahamiyati, qadr-qimmati nuqtai nazaridan ajralib turishi,
o‘ziga xosligiga e’tibor beriladi. Bunda davrning yutuqlari, madaniyat tarixidagi
xissasi, qoldirgan merosi, ularning keyingi davrlar uchun qay darajada qadrli
bo‘lganligi hisobga olinadi. Bu qadimgi Gretsiya, qadimgi Misr, Vavilon, Vizantiya,
O‘rta asr SHarq sivilizatsiyasi ko‘tarilish davrlariga aksiologik baho berganda yaqqol
ko‘rinadi. Aksiologik baholashda u yoki bu davr kishilariga biror tabaqa, qatlam,
sinf, millat yoki irq vakili sifatida emas, balki tiriklikning eng oliy mo‘‘jizasi
bo‘lgan odamzod naslining vakili sifatida qarash ustivor bo‘ladi. Bunda quyidagilar
e’tirof etiladi:

  • inson jamiyatning eng oliy qadriyati, odamzod naslini davom ettiruvchi
    avlod vakilidir;


  • har bir shaxsning tirikchilik qilish, umrguzaronlik munosabatlarida bo‘lish,
    yashash hutsuqi bor;


  • insonning yashash huquqi tabiiy va muqaddasdir, uni odamzodga hech kim
    bermagan va hech kimning odam zotini undan majburiy mahrum qilishga haqqi yo‘q;


24

www.ziyouz.com kutubxonasi

  • hamma narsa inson uchun, unga qarshi narsalar jamiyatga ham qarshidir;

  • insonni qadrlash jamiyatni qadrlash demakdir, insonning qadrini oshirish
    taraqqiyotning asosiy mezonidir;


- odamzod naslining umrini uzaytirish, hayotini yaxshilashga qaratilgan
o‘zgartishlar ijobiy yo‘nalishga ega va hokazo.


Ijtimoiy voqelikni qadriyatli baholash ob’ektlari xilma-xil va turli-tuman,
zero nimagaki aksiologik yondashilsa uni aksiologik baholash mumkin. Masalan, Quyosh
sistemasining tarkibiy qismi bo‘lgan Er shariga turli xil yondashuv bor: astronomik,
tabiiy-geografik, fizik, ximik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va hokazo. Bu
yondashuvlarning har biri Erga nisbatan turlicha qarash, munosabat va boholash bilan
xarakterlanadi. Astronom Erning sayyora sifatidagi o‘rni, o‘zga sayyoralar bilan
aloqasiga ko‘proq e’tibor bersa, iqtisodchi uning moddiy imkoniyatlari, insoniyat
uchun tabiiy xom ashyo zaxirasi sifatidagi xususiyatlarini hisobga oladi.
Qadriyatshunos esa Erni odamzod naslining abadiy makoni, kelajak avlodlar uchun
saqlab qolinishi lozim bo‘lgan eng buyuk qadriyat ob’ekti, insoniyat uchun hech qachon o‘z
qadrini yo‘qotmaydigan umumiy vatan sifatida talqin qiladi. Ana shu ma’noda nemis
aksiologi G.Rikkertning: «Odamzod olam qadrini, koinot va o‘z qadrini anglay
boshlaganida inson sifatidagi mohiyatga ega buladi. O‘zi, o‘zgalar va olam qadrini
anglamaydigan jonzod insoniy mohiyatga ega bo‘lolmaydi» – degan so‘zlarida olam-
olam mazmun bor. Bu so‘zlardagi ma’no odamzod naslining hamma avlodlari uchun
tegshli bo‘lgan masalaga, ya’ni nafaqat o‘zining, balki atrof-muhit, narsa, voqea va
hodisalarning qadrini anglaydigan vujudgina inson degan ulug‘ nomga loyiqligi
masalasiga borib taqaladi.

Afsuski, insoniyat tarixida olam, o‘zgalar va o‘z qadrini anglash tuyg‘usi


ustivor bo‘lgan davrlardan ko‘ra, moddiy boyliklar, harbiy g‘alabalar, iqtisodiy
yutuqlar orqasidan quvish hissi kuchli bo‘lgan davrlar ko‘proq bo‘lgan. Bo‘lmasa
insoniyat keyingi 5 ming yildan bor yo‘g‘i 270 yilini urushsiz o‘tkazarmidi? Atigi
270 yil insoniyat bir-birini o‘ldirmasdan, vayronalar qilmasdan, yashay olibdi,
xolos. Bugun-chi? Bugun osmonni ozonsiz qoldirib, o‘z makonini yoping‘ichdan juda
qilayotgan, ekologik halokat, urush qurollari ko‘payishi oqibatida umumbashariy
qirg‘in havfi qarshisida turgan odamzod to‘g‘risida nima deyish mumkin? U aksiologik
etuk zotmi? YOki aksiologik savodsizmi? Agar u aksiologik eptuk jonzodga aylangan
bo‘lsa, unda nega olamda 50 million yosh va navqiron yigitlar askar kiyimida yuribdi?
Ularning faoliyati nimaga xizmat qiladi? Odamlarni qadrlash, kishilarning umrini
uzaytirishgami? Harbiy sohada kashf etilgan o‘q otish qurollarining birortasi ham
aslida o‘ziga nishon bo‘ladigan kishining umrini uzaytirishga xizmat qilmasligi
aniq. Zero, ko‘p hollarda qk, otish qurollari qadrlash tuyg‘usining emas, balki
qadrsizlanish jarayonining oibatlari natijasida «tilga kiradi». Xullas bu borada
ham aksiologik yondashuv va qadriyatli munosabatning ustivorligini ta’minlash
muammosi etilgan. Bu boradagi imkoniyatlarni, muammolarni echishning samarali
yo‘llarini izlab topish aksiologik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biriga
aylanib qoldi.

Mamlakatimizda qadriyatshunoslik masalalari kengroq va chuqurroq ishlana


borgani, bu borada ilmiy, nazariy va amaliy bilimlar ko‘paygani sari, aksiologiya
masalalarining mazmuni va ko‘lami kengayib, ahamiyati esa tobora ortib boraveradi.
Bu esa kelajakda mavzuni kengroq va atroflicha izohlash imkonini yaratadi, deb umid
qilamiz.

25

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish