Milliy til, milliy madaniyat va ma’naviyat, millat ong va milliy ruh,
milliy tuyg‘ular va g‘oyalar.
Milliy qadriyatlar tizimining tahlilida, avvalo millatning vujudga kelishi,
o‘tmishi, buguni va kkelajagi bilan bog‘liq tabiiy-tarixiy qadriyatlarga e’tibor
berish lozim. Har bir millat o‘zinitashkil qilgan kishilar uchun avval tabiiy-
tarixiy birlik sifatida qadrlidir, u olamdagi boshqa turli-tuman xalq, elat va
millatlarga o‘xshamaydigan o‘ziga xos betakror xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, har
qanday millat tarixiy taraqqiyot va rivojlanish jarayonida yangilanib, o‘zgarib
boradigan rang-barang qatlamlar, sinflar va boshqlarning dialektik uyg‘unligini
ifodalaydigan ijtimoiy birlik hamdir.
1. Millatning o‘ziga xosligi, betakrorligi, rang-barangligi va ijtimoiy
jarayonda o‘zgarib borishi bilan bog‘liq eng asosiy qadriyati-uning genofondidir.
Genofond – faqat irsiyat orqali o‘tadian tabiiy o‘ziga xoslik emas, balki tarixiy
belgilar, xususiyatlar, rang-baranglik va o‘zgaruvchanlikni ham o‘zida ifodalaydi.
Aynan biror xalq, millat, elatni yo‘qotish uchun qilingan tajovuzning «gensid», deb
atalishi bejiz emas. Millatning genofondi - uning eng asosiy tarixiy, milliy
qadriyatlaridan biridir. Biz chet ellar, MDH davlatlari va O‘zbekistonda chop etilgan
kitob, risola, maqolalarda genofond bilan bog‘liq ta’riflardan 20 ga yaqinini ko‘rib
chiqdik. Ularning qariyb aksariyatida bu tushuncha muayyan tabiiy-tarixiy yoki
biologik birlikning ma’lum bir hududda uzoq yashashi natijasida shakllangan va
avlodlardan-avlodlarga o‘tadigan tabiiy, biologik xususiyatlari hamda
41
www.ziyouz.com kutubxonasi
jihatlarining yig‘indisini ifodalashi ta’kidlangan. Genofond to‘g‘rsidagi tushuncha,
ayniqsa, qon-qarindosh millatlardan takrib topgan xalqlarning tarixiy birlik
sifatida ijtimoiy taraqqiyotning nisbatan uzoq davrida mavjud bo‘lishi
mumknligini isbotlaydi. Millat tarixiy o‘zgarishlar, urush va qirg‘inlar natijasida
asta-sekin o‘zgarishi, kamayib ketishi mumkin. Ammo uni genofondining o‘zgarishi
millatning nihoyatda tez o‘zgarishi millatning nihoyatda tez o‘zgarishiga, avlodlaridan
meros qolgan tabiiy-tarixiy xislatlarining tez yo‘qolib ketishiga olib keladi.
Sobiq Sovet ittifoqida keyingi 50 yil davomida millatlarning genofondini
saqlash muammolari t igrisidagi masala bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borilmadi.
Bizningcha buning o‘zga xos sabablri bor: 1) ijtimoiy genofond to‘g‘risidagi har
qanday ilmiy tadqiqot, o‘z ob’ekti bo‘lgan millat, elat, xalq tarixan betakror
ekanligini e’tirof etar, ularni ijtimoiy rivojlanishdagi uzoq davrda amalga
oshgan jarayonlarning mahsuli ekanligini ta’kidlardi, bu esa stalincha millatlar
to‘g‘risidagi nazariyaga mos kelmas edi; 2) tadqiqotlar tarixiy rivojlanish jarayonida
shakllangan milliy geofondlar tez o‘zgarib ketmasligini, balki bu jarayon uzoqroq
muddatga cho‘zilishini tasdiqlashi, bu esa millatlarning jadal sur’atlar bilan
qo‘shilib ketishi va «sovet xalqi»ni vujudga keltirish imkoniyatini isbotlashga
halaqit berar edi.
Sobiq SSSRdagi 70 yillik «sotsialistik eksperimentlar» jarayonida odamlar
boshiga tushgan turli xil qatog‘onlar, urushlar, butun-butun millatlarning o‘z tarixiy
vatanidan ko‘chirilib yuborilishi, soxta shiorlar bilan «yuz mingchilar», «sakson
mingchilar» va boshqa harakatlar natijasida aholi katta qismining ko‘chib yurishi,
ekologik tangliklar va boshqalar mamlakatdagi xalqlar, millat va elatlarning
genofondiga salbiy ta’sir qilmay qolmadi. Bu esa ko‘pgina ilg‘or kishilarni, olim va
ziyolilarni tashvishga sola boshladi. Atoqli qirg‘iz yozuvchisi CH.Aytmatov
«manqurtlar» to‘g‘risidagi masalani ko‘tardi, bu esa aynan genofondga befarq kishilar
muammosidir. V.Astafev yuqoridagi jarayonlar natijasida, «Xalqimizning
genofondi o‘zgarib ketmadimikan?» - degan savolni qo‘ydi. Boshqa olimlar ham bu
savolning nihoyatda asosli va eng dolzarb maqolalarda millatlarga qarshi uzoq yillar
davomida olib borilgan not igri siyosatning salbiy oqibatlari ko‘rsatildi. Zero sovet
davrida r ih y bergan yuqordagi sabablar odamlarga, kattayu-kichik millatlarga
nisbatan noyasi yo‘q urush, o‘ziga xos «genotsid» (bu atamaning birinchi qismi yunoncha
- urug‘, qabila; ikkinchi qismi esa lotincha - o‘ldiraman degan ma’noni anglatadi)
bo‘lganligi bugun hech kimga sir emas.
O‘zbekistonda hozirgi davrga kelib bu masalaga alohida e’tibor
berilayotganligi, sog‘lom avlodni tarbiyalash, xalq genofondini sog‘lomlashtirish
umumdavlat miqyosidagi vazifaga aylanganligi aslo bejiz emas. Millatning
genofondi uning betakrorligini anglatadi, bu betakrorlik esa ushbk millat tarixiy
rivojlanishning muayyan davrlari bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi. Bu
betakrorlikni umuminsoniylik jihatidan baholash - i z millati qadryaitlarini
xolisona targ‘ib qilish, o‘zga millatning qadriyatlarga putur etkazmaslikka
asoslanadi. Zero, O‘zbekistondagi «Sog‘lom avlod uchun» harakat, republika hududida
istiqomat qilayotgan butun xalq kamoloti uchun faollik ekanligi sir emas.
2. Milliy qadriyatlar kishilarning yashash joylari, turmush sharoitlari bilan
bog‘liqlikda shakllanadi. An shunday qadriyatlarning eng asosiysi tug‘ilgan vatan va
ona yurtni sevish tuyg‘usidir. Vatanni sevish tuyg‘usi - inson tug‘ilib voyaga etgan, u
mansub bo‘lgan tarixiy birlikning o‘tmishi bilan bog‘langan ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy muhitga va hududga nisbatan bo‘lgan muhabbatdir. Bu butun insoniyatga xos
umumiy tuyg‘udir. U hamma millat vakillari uchun xos, uni biror xalqda ko‘proq,
boshqasida kamroq rivojlangan deyish uchun asos yo‘q. Vatan tuyg‘usi muayyan tarixiy
birlikni vujudga keltirgan va saqlab turadigan joyga nisbatan dunyoga kelgan
42
www.ziyouz.com kutubxonasi
tabiiy-ijtimoiy tuyg‘udir. Bu esa har qanday millatga mansub kishining tabiat
bilan chambarchas bog‘langanligi va bashar farzandi ekanligini isbotlaydi.
Kishilar o‘z etnik makoniga tabiiy-tarixiy bog‘langanlar. Ammo dunyoda o‘z
vatanini yo‘qotgan yoki undan judo qilingan millatlar ko‘p. Turli xil tarixiy
jarayonlar natijasida o‘z vatanini tark etgan xalqlar ham borki, buning oqibatida
hozir turli jarayonlar kechmoqda. Isroil davlati o‘rnida miloddan ilgarigi II va I
ming yillikda yashagan yahudiylar dastlab Misr, Vavilon va Assiriya bilan urushlar
oqibatida (mio.oldingi VI-II asrlar), so‘ngra esa, bu erni bosib olgan rimliklarga
qarshi yahudiylar qo‘zg‘oloni engilganidan keyin (milod. 69 yil) boshqa joylarda
yashashga majbur bo‘ldi. Ammo Vatan tuyg‘usini yo‘qotmadi. Bu tuyg‘uga asoslangan talab,
yil 29 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining ikki mustaqil davlat - Isroil va
Falastin davltalarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishga sabab bo‘ldi. Isroil
yil 14 mayda tuzildi. Ammo yahudiy xalqining Vatan bilan bog‘liq tuyg‘usidan
siyosiy maqsadlarda noto‘g‘ri foydalanish, Falastin davlati uchun ajratilgan
erlarning bosib olinishiga olib keldi. Bu esa falastin xalqining Vatan tuyg‘usi
bilan bog‘liq orzulari amalga oshishiga halaqit bermoqda va bu umuminsoniylik
talablariga xilofdir.
Vatan tuyg‘usida kishilarning o‘zi mansub bo‘lgan tarixiy birlik
shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan hududga nisbatan ma’naviy
qarzdorligi, burch va mas’uliyati bilan bog‘liq ijtimoiy tuyg‘ulari namoyon bo‘ladi.
Vatan - ana shunday tuyg‘uni uyg‘ota olgani uchun ham qadriyatdir. CHunki “… Vatan deb
ustida o‘tirganimiz oddiy bir tuproq emasdir,… ustida o‘tirganimiz tuproq uning
yopinchig‘idir va u yoping‘ich bo‘lganligidan ham muqaddasdir”13. Uning ahamiyati va
qadri muayyan xalq, millat uchun beqiyos. Bu tuyg‘uni sotsiologik tekshirish natijalari
bilan o‘lchash qiyin, biror kishiga esa «Vataningizni sevasizmi, uni qay darajada
sevasiz?» -kabi savol bilan murojaat qilish nojoiz.
3. Eng asosiy milliy qadriyatlardan biri - millat uchun umumiy muomala
vositasi bo‘lgan milliy til bilan bog‘liq. Mutaxassislar olamda 5000 ga yaqin til
borligini qayd qiladilar, ularni 15 ta katta oilaga bo‘lib o‘rganadilar, tillarning
takomillashuvi bilan birga, ular tarqalgan hududning maydoni ham o‘zgarib
borishini ta’kidlaydilar. Masalan, VII asrgacha Arabiston yarim orolining bir
qismida tarqalgan arab tili, undan keyingi bir necha asr orasida Afrika va Osiyoning
boshqa qismlariga ham tarqaladi. Xuddi shunday turkiy tillar ham Kichik Osiyodan
SHarqiy Sibirgacha bo‘lgan keng hududa tarqalgan. SHu bilan birga qadimda Osiyoda
keng tarqalgan xetlar tii esa butunlay yo‘qolib ketgan.
Turkiy xalqlarning tili biz uchun umummilliy qadrli ma’vodir. Ana shu
guruhga kirgan tillarni sanab chiqishning o‘ziyoq, uni mukammal bilish Evropa va
Osiyoning juda katta qismida bemalol gaplashish imkonini berishini ko‘rsatadi.
Turkiy tillarda Evroosiyoning 20 dan oshiq millatlari so‘zlashadilar. Turkiyzabon
xalqlar hozir 100 mln.dan ortiq kishini tashkil qiladi14.
Milliy tillar bilan bog‘liq muammo ittifoqda «millatlarning bir-biri
bilan yaqinlashuvi prinsipi» asosida qarab kelindi. Q.X.Xonazarov yozganidek:
«Stalin hayot vaqtidayoq uning millatlar va milliy tillarning qo‘shilib ketish
nazariyasi ilmiy va amaliy jihatdan puch va asossiz ekani ma’lum bo‘la boshladi.
Lekin uning vafotidan so‘ng deyarli qirq yil o‘tgan bo‘lsa ham, shu vaqtgacha bu nazariya
rasman tanqid ostiga olingan emas15». Sobiq SSSrning respublikalarida milliy
tillarni ishlatish ko‘lamining qisqarib borishi jamiyatning ilg‘or kishilari,
ziyolilar, olimlar va boshqalarni tashvishga solar edi. Lekin bu salbiy jarayonlarni
13 Ziyo Ko‘kalp. Turkchilik asoslari // O‘zbegim. -T.: Vatan, 1992. 30-bet.
14 Narodonaselenie stran mira. -M.: Politizdat, 1989. 330-b.
15 Millatlararo munosabatlar madaniyati va baynalmilal tarbiya. -T.: O‘zbekiston, 1993. 46-bet.
43
www.ziyouz.com kutubxonasi
ilmiy tekshirish, xolisona va oqilona hal qilish borasidagi faoliyatlar
«millatchilik», deb qaralar edi.
O‘tgan o‘n yilliklar davomida respublikamizda o‘zbek tilining mavqei va
ishlatish darajasi pasayib ketgan edi. asosiy xalqi o‘zbeklardan iborat bo‘lgan joyda
sodir bo‘lgan bu ahvol to‘g‘ridan-to‘g‘ri umuminsoniy qadriyatlar mezoni, milliy
mustaqillik talablarining buzilishini anglatar edi. Hozirgi davrga kelib
O‘zbekistonda «davlat tili to‘g‘risidagi qonun»ning qabul qilinishi, o‘zbek tilining
davlat tili, deb e’tirof qilinishi va buning O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab
qo‘yilishi milliy va umuminsoniylik dialektikasining talbabidir.
4. Millatlarning ma’naviy merosi, an’analari, urf-odatlari, milliy adabiyoi,
san’ati va boshqalar bilan umuminsoniy qadriyatlarning milliy darajadagi namoyon
bo‘lish shakllari bog‘langandir. Ularning asosida har bir millat, xalq yoki elatning
tarixiy rivojlanish jarayonida avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan madaniy
xususiyatlari va jihatlari yotadi. Millat faqat muayyan hududda yashaydigan vabir xil
tilda so‘zlashadigan kishilardangina iborat emas, balki umumiy madaniy-ma’naviy
jihat va xususiyatlar asosida mavjud bo‘lib turgan tarixiy-ijtimoiy birlik hamdir.
Madaniyat insoniyat tarixining ilk davrlaridan beri uning ajralmas hamrohi,
insonning q zi kabi qadimiydir. Olamda madaniyatsiz el, millat va xalq yo‘q. Har
qanday xal yoki millat tarixiy rivojlanish va taraqqiyot mos keladigan o‘ziga xos
madaniyatga, bu borada ham umuminsoniy rivojlanishda o‘z o‘rni va xususiyatlariga ega.
Misrliklar qadimdan qolgan piramidalari, xitoyliklar Buyuk Xitoy devori,
evropaliklar ellada va Rim tarixi bilan bog‘liq yodgorliklari, ilmiy kashfiyotlari
bilan umuminsoniy madaniyatga hissa qo‘shganlari kabi, boshqa xalqlarning ham bunda
o‘z o‘rni va hissasi bor. Bu borada muayyan xalqning o‘ziga xosligi, uning hozirgi
davrdagi rivojlanishini ilgarigi ijtimoiy holati bilan solishtirilishi to‘g‘risida
nihoyatda ehtiyotkorlik bilan fikr yuritish mumkin, ammo bu masalaga bosha millat
nuqtai nazaridan yondashib bo‘lmaydi.
Har bir xalqning madaniyati o‘ziga xos va betakror bo‘lib, u rivojlanadi va
takomillashadi. Bu ayniqsa, qon-qarindosh xalqlar bilan bog‘liq madaniy qadriyatlar
rivojida katta ahamiyat kasb etadi. arablar, xitoyar, slavyanlar, turkiy zabon
xalqlarning umumiy madaniy qadriyatlari bor. SHu bilan birga bu xalqlar mansub
millatlarga xos xususiy madaniy qadriyatlar ham mavjud. Bu boradagi farqlarning
ozligi, avvalo ularning asosiy etnos - ona xalqdan ajralish jarayoni tarixan kam
davom etayotganligi bilan bog‘liq. Ammo o‘z navbatida, bu farqlarning mavjudligi esa
ana shu jarayonning realligini ham aks ettiradi. Bu jarayonga diqqat bilan nazar
tashlash esa, qon-qarindoshlik jihatidan, madaniy ildizlariga ko‘ra bir-biriga yaqin
bo‘lgan, ijtimoiy taraqqiyotning muayyan davrida yagona etnosni tashkil qilgan xalqlar
yana yagona etnos bo‘lish tomon bormoqdami? YOki ular o‘z nomini bergan davlatlarda bir
necha yangi etnoslar vujudga kelmoqdami? - degan masalani keltirib chiqaradi. Bu
masala esa, avvalo, bir necha asrlarga teng bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladigan azaliy
va navqiron o‘zgarishlarni chuqur ilmiy tahlil qilish zaruriyatini qo‘yadi.
Madaniy-ma’naviy soha bilan bog‘liq milliy qadriyatlarning amal qilishida
uchta jahatni ajratib ko‘rsatish mumkin: a) kishilarning ijtimoiy ongi bilan
bog‘liqlik; b) kishilarning munosabati va faoliyati orqali amalga oshish; v) moddiy va
ma’naviy sohadagi biror natija, boylik va boshqalar tarzida namoyon bo‘lish.
Madaniy qadriyat shakllari ko‘p hollarda u yoki bu millat kishilari o‘rtasidagi
munosabtlar, faoliyat va xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Madaniy boyliklarni
yaratish, an’ana yoki urf-odatlarni qadrlash dunyodagi hamma millat va xalqlarga mos
umuminsoniy jihatlardir. Ammo ularni asrash, avlodlarga meros qoldirish
borasidagi xususiyatlarni tarbiyalash , bu jarayonlardagi faoliyat va xatti-
harakatlarda milliy o‘ziga xoslik bor. Bu boradagi milliylik ana shunday o‘ziga
44
www.ziyouz.com kutubxonasi
xoslik bilan belgilanadi. Masalan, mehmondo‘stlik hamma xalqlarga xos
umuminsoniy xususiyatdir. Ammo bir millat uyga klgan mehmondan «Ovqat eysizmi?»
- deb so‘rashni odat hisoblasa, boshqa millat uchun mehmonga bunday murojaat qilish
nojoiz. YOki bir xalqda mehmon kelishi bilan dasturxon bezatilsa, doimo shamol
esavergani va qumlar ovqatga zarar etkazishi mumkinligini hisobga oladigan sahroyi
xalqlarda esa mehmon ijozat bermagunicha dasturxon ochilmaydi va hokazo.
Milliy qadriyatlar makon va zamonda madaniy sohadagi biror kashfiyot, yutuq,
natija yoki ma’naviy boylik tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Xalqning dahosi,
ma’naviy-aqliy etukligi, bilimlari, ilm-fanda erishgan yutuqlari ana shu
natijalarda yashirinib yotadi. Biz eslatgan Misr ehromlari, Buyuk Xitoy devori, Rim
va Afina, Samarqand va Buxorodagi yodgorliklar, alloma va mutafakkirlarning
kashfiyotlari ana shunday natijalarga misol bo‘ladi.
Demak, har qanday millat ijtimoiy birlik sifatida o‘ziga xos, betakror
qadriyatlarni yaratadi. Milliy qadriyatlarning ob’ekti va sub’ekti sifatida har bir
millat o‘z qadriyatlarini asrab-avaylaydi, rivojlantirib va takomillashtirib
boradi. Ushbu ma’noda millat milliy qadriyatlarning egasi, asrab-avaylovchisidir.
SHu bilan birga uning o‘zi ham ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib, yangilanib,
rang-barang jihatlar kashf qilib boradi. Milliy qadriyatlar milliy makonda
shakllanadi, rang-barang tarzda namoyon bo‘ladi, millatga mansub kishilarning ongiga
ta’sir qiladi, ular uchun ma’naviy mezonlar rolini o‘taydi, ijtimoiy rivojlanish
jarayonida doimo yangilanib, avloddan-avlodga o‘tib boradi. Ularning turli
jihatlarini va zamonaviy ahamiyatini o‘rganish muhim vazifa bo‘lib qoldi.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |