QADRIYAT NIMA?
Kundalik muloqotlarda, ommaviy axborot vositalarining xabarlarida qadriyat,
milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar kabi so‘zlar nihoyatda ko‘p
qo‘llanilmoqda. Madaniy boyliklar, yodgorliklar, ma’naviy meros, an’ana, urf-
odatlarga nisbatan ham qadriyatlar iborasini, umumiy atama sifatida ishlatish
hollari uchramoqda. Bu ibora kitob, risola, maqola va xabarlarning nomlarida ham
uchrab turibdi. Uning mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari to‘g‘risida, xilma-
xil fikrlar bayon qilinmoqda. Bularning barchasi quyidagi savollarning tug‘ilishiga
sabab bo‘lmoqda; Xo‘sh, qadriyat nima? Biz nimaga asoslanib biror narsa, voqea, xodisa,
munosabat, faoliyat va boshqalarni qadrlaymiz? Bu savollarning birinchisi qadriyat
tushunchasini ta’riflash, ikkinchisi esa uning mazmunini tahlil o‘ilish zaruriyatini
yuzaga keltiradi.
Qadriyat tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma’noda, turli sohalarda qo‘llaniladi.
Qadriyatlar iborasining xilma-xil ma’noda ishlatilishi unga berilgan ta’riflarni
turlicha bo‘lishiga olib kelgan bo‘lishi ham mumkin. Biz bu mavzuga bag‘ishlangan kitob,
risola, maqolalarda uning o‘ttizdan ortiq ta’riflarini uchratdik, bu ta’riflarning
yanada ko‘proq ekanligiga shubha y o‘k,. Ijtimoiy fanlarning qanday sohasida qadriyatga
doir tadqiqot olib borilgan blsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif berishga
intilish odat tusiga kirib qolgan. Holbuki, qadriyat kategoriyasi aksiologiya
(qadriyatshunoslik)dan boshqa fanlarning birortasi uchun ham xususiy kategoriya emas.
Qadriyat iborasining kundaolik hayotdagi ma’nosi kishilar o‘rtasidagi
muloqotlarda, ommaviy axborot vositalarining xabarlarida o‘ziga xos tarzda namoyon
bo‘lmoqda. Kundalik hayotda, ko‘pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho
buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar,
orzu-umidlar, an’ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat
sifatida tushuniladi. Kishilar hayot va faoliyat jarayonida muqarrar suratda o‘zlari
uchun bunday qadriyat bo‘lgan narsalarga duch keladilar, ularning ahamiyati, foydasi va
qadrini anglashga, baholashga intiladilar. Bundan tashqari odamlar o‘zlari ishonib,
gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham
qadriyat tushunchasini qo‘llaydilar. Xullas, kundalik hayotda ko‘pchilik tomonidan
qo‘llaniladigan qadriyat iborasi, odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan
ob’ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ham ishlatiladi.
Qadriyatni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uning kategoriya
sifatidagi mohiyati, mazmuni, ob’ektiv asosi, sub’ektiv jihatlari, namoyon bo‘lish
shakllari va xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradi. Qadriyat tushunchasini ba’zi
faylasuflar talqin qilganlaridek, «tabiatning, moddiy va ma’naviy madaniyatning
buyumlari inson ehtiyojlarini qondirish, uning maqsadlariga xizmat qilish
qobiliyatiga egadir. Ana shu ma’noda ularga qimmatdorlar, deb qarash mumkin va
zarurdir»10, degan ma’noda tushunish noto‘g‘ri.
Bu ta’rifda avvalo tabiat va madaniyat buyumlari biror qobiliyatga egaligi
ta’kidlanadi. Agar buyumlar biror qobiliyatga ega bo‘lganlarida va ana shu
qobiliyatlar odamlar uchun qadriyatga aylanganida, tabiiy-tarixiy jarayon butunlay
boshqacha kechgan bo‘lar edi… Afsuski, buyumlar biror qobiliyatga ega emaslar,
qobiliyat ijtimoiy xususiyat bo‘lib, odamlar tabiat va madaniyat buyumlaridan o‘z
qobiliyatlarini ishga solgan holda, nimanidir dunyoga keltiradilar.
YUqoridagi ta’rifda yana boshqa bir holat kuzatiladi: qadriyatlar o‘z nomi
bilan emas, balki «qimmatdorlar» iborasi bilan almashtiriladi. «Qadriyatlar» so‘zi
qanday qilib «qimmatdorlar»ga aylanib qoldi? M.V.Lifshits, K.Marksning
10 Markscha-lenincha filosofmya asoslari. - T.: O‘zbekiston 1982, 186-bet.
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Kapital» asarini tarjima qilish jarayonida nemischadagi ushbu ma’noni
anglatadigan «Wert» iborasi rus tiliga faqat iqtisodiy ma’noda, («stoimost»
tarzida) o‘girilganini, «qadriyat» («sennost») so‘zidan esa (o‘sha davrda uni
neokantchilar ko‘proq ishlatayotganliklari uchun), I.V.Stalinning ko‘rsatmasiga
binoan, foydalanish maqsadga muvofiq emas, deb topilganligini ta’kidlaydi.11
Xullas, shu tariqa qadriyat (sennost) emas, balki «qimmatdorlar» (o‘zbek tilida bu
ibora «stoimost» so‘zining to‘liq ma’nosini ifodalay olarmikan?) iborasi bizdagi
falsafiy adabiyotlarga kirib qoldi. Aslida yuqorida tilga olingan nemischa «vert»
iborasining ikki xil ma’nosi bor, ya’ni u iqtisodiy ma’noda qiymat (ruscha-
stoimost), ma’naviy ifodalaydi. Biz «qimmatdorlar» degan so‘zni esa «O‘zbek
tilining izohli lug‘ati»dan topmadik. YUqoridagi ta’rifning «Markscha-lenincha
filosofiya asoslari»da bayon etilgani va bu darslik qancha-qancha chop etilganini
nazarda tutsak, «qadriyatlar» iborasi o‘zbek tilidagi falsafiy tushunchalar
doirasidan uzoq vaqt chiqib ketganligining guvohi bo‘lamiz.
Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning
maqsadlariga xizmat qilishi ta’kidlaganida, asosan, ularning foydasi, qimmati
nazarda tutiladi. haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun
katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning
aksiologik jihati ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi bu.m yoki narsalarning iqtisodiy
qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. SHu ma’noda qadriyat narsa va
buyumlarning qimmatiga nisbatan qo‘llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga
ega bo‘lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar,
jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini
ifodalash uchun ishlatiladigan aksiologik kategoriyadir. Bu kategoriya vzida qadriyat
ob’ektivning nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik
mazmuni, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Qadriyat kategoriyasidan
aksiologlar har qanday narsa shu jumladan insonning ham biror tarzdagi ijtimoiy
qadrini, ahamiyatini ifodalaydigan umumiy va universal kategoriya sifatida
foydalanadilar.
Qadr va baho. Qadriyatlar muammosiga bag‘ishlangan (asosan rus tilidagi)
ilmiy-falsafiy manbalarning ko‘pchiligida qadriyat (sennost) tushunchasini baho
(otsenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir xil daraja va ko‘lamdagi tushunchalar
sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayotganda qadr tushunchasi
e’tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi «otsenka» va «sena»
so‘zlarining o‘xshash ma’noli (ko‘proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligi sabab bo‘lishi
ham mumkin. Rus tilida qadr iborasi ishlatilmaydi. Qadr tushunchasi o‘zbek tilida
serqirra ma’no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba’zi ibora va so‘zlarda o‘ziga xos
sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o‘zbek
tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash, avvalo, qadr,
so‘ngra baho tushunchalarining ma’nosini bilish orqali boradi. Bunda qadr tushunchasi
qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning
sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadi. Qadriyat ob’ektining sub’ekt bilan
munosabatida uning qobiliyati emas, balki ta’siri namoyon bo‘ladi, bu ta’sirni
qadriyatning o‘zi baholay olmaydi, balki sub’ekt baholaydi. Demak, qadriyat
ob’ektining sub’ektga ta’sirida uning qadri, ahamiyati namoyon bo‘ladi, sub’ekt esa
ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi.
Bahoda teskari munosabat - sub’ektning qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa,
hodisa, ideal va boshqalarga nisbatan munosabati, uni anglashning biror-bir
11 Lifshits M.V. V mire estetiki. – M.: Nauka, 1982. 185-186-betlar.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
darajasi o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda sub’ekt qadriyatga munosabatini baho
btarzida ifodalaydi.
Qadriyatning mazmuni va ahamiyati bahoda to‘la-to‘kis aks etmasligi, turlicha
ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini
bahosiga qarab aniqlash qiyin bo‘ladigan hollar ham uchraydi. Aslida qadriyatning
qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy
bog‘liq jihatlarni tashkil qiladi. qAdriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri
to‘g‘ri tushunilmasa, unga to‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Aynan shu ma’noda qadriyatni
baholash unga bo‘lgan sub’ektiv munosabatni ham ifodalaydi, bu esa o‘z navbatida
kishilarning talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog‘liqdir. Inson
nimanidir baholayotganida va qadrini anglayotganida o‘z ehtiyojlari, talablari va
maqsadlaridan kelib chiqadi, o‘zining foydasini ham unutmaydi. Bu ehtiyoj, talab,
maqsadlar va biror foyda olishni ko‘zlash ham sub’ektiv xususiyatga ega
bo‘lganligidan, muayyan kishilarning u yoki bu qadriyat, uning qadri va ahamiyati
haqidagi fikri (bahosi) ham sub’ektiv va nisbiydir. Qadriyatni baholash qancha
xilma-xil maqsad va ehtiyojga ega bo‘lgan sub’ektlar ishtirok etsa, uning haqiqiy
bahosini aniqlash ham shuncha qiyinlashib boraveradi.
Qadriyatning ob’ektiv va sub’ekti. Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi
bilan, bu tushuncha bog‘langan ob’ekt o‘rtasida farq bor, deb qaraladi. Qadriyat
kategoriyasini uning aniq shakllari bog‘liq bo‘lgan ob’ektlarni (narsalar, boyliklar,
kashfiyotlar va boshq.) sanash orqali ta’riflash hollari ham uchramoqda. Qadriyatni
muayyan sub’ekt uchun biror boshqa ob’ektning yoki ma’naviy hodisaning qadrini
ifodalaydigan falsafiy-aksiologik tushuncha sifatida qaralmasa, bunday
ta’riflarning son-sanoqsiz bo‘lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsalar,
hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda ko‘p.
Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ism, atama yoki
bevosita nom bo‘la olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan kategoriya sifatida
namoyon bo‘ladi.
Qadriyatni falsafiy-aksiologik tushunish, uning kundalik hayotdagi
ishlatilish ma’nosidan farq qiladi. Bu esa qadriyat tushunchasini uning o‘zi bog‘liq
bo‘lgan ob’ektdan farqlash (aslo ajratish Emas) bilan birga, uni ob’ektlarning turli
jihatlari (foydalilik, keraklilik) bilan ayniylashtirmaslik imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, qadriyat biror bir tarzda va shaklda zohir bo‘ladigan, sub’ekt
uchun muayyan ta’sirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari,
ko‘rinishlari, narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar,
xususiyat, axloq va ma’naviylik mezonlari hamda boshqalarning sub’ekt uchun
ijtimoiy ahamiyati va qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriyadir.
Odamlar garchand bitta jamiyatda, bir davrda va o‘xshash sharoitlarda
yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi,
tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning
qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri, qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida
odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan
bog‘liqdir.
Turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama0qarshi tomonlarini
tashkil qildai. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-
biriga mutlaqo ziddek bo‘lib ko‘rinadigan yaxshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik,
baxt-saodat va am-kulfat, evolyusiya va revolyusiya taraqqiyot va tanazzul, borliq va
yo‘qlik kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas bog‘langan tomonlarini
ifodalaydi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, qadriyatlar va jamiyatning rivoji va
kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga
chiqib oladi, boshqalarini xiralatirganday bo‘lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy
rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan
qadriyatni barqaror qilishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida
- ozodlik, ipmeriya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik,
tutqunlikda - erkinlik, kasal va bemorlik onlarida - sihat-salomatlikning qadri
oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.
29
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |