O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet9/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Aksiologik yondashuv

Voqelikni o‘rganishda ilmiy bilishning boshqa usullari bilan birga


aksiologik yondashuv ham katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy bilishda olam, undagi narsa,
voqea, hodisa va boshqalar qadriyatning inson ongida aks etishi, qadriyatni
anglashning reallikka mos kelish qonunlari, daraja va imkoniyatlari, uning me’yor va
mezonlarini aniqlash nihoyatda muhim. Bunga umumiy bilish nazariyasi (gnoseologiya)
bilan bir qatorda ijtimoiy va tabiiy fanlarning ma’lumotlariga, ayniqsa, oliy
nerv sistemasining fiziologiyasi, hissiyot organlari va aqliy faoliyatning

22

www.ziyouz.com kutubxonasi

dalillariga, mantiq, tilshunoslik kabi fanlarning yutuqlariga tayaniladi.
Qadriyatlarni anglash, o‘rganishda hissiy va aqliy bilishning uyg‘unligi, hukm,
xulosalarning tushuncha, atama va belgilarni umumlashtirishi, tabiiy va ijtimoiy
voqelikdagi aksiologik jarayonlarni tahlil qilish, ularga tayanib amaliy faoliyat
yuritish bir-biri bilan bog‘liq uzviy jarayonni anglatadi.

Hayot hodisalariga ijtimoiy-sotsiologik yondashilganida voqea va jarayonlar


orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, tarixiy aloqadorlik, sabab va oqibat bog‘lanishining
ifodasi bo‘lgan uzluksizlikka ahamiyat ortadi. bUnday yondashuv qadriyatlarga, ular
bilan bog‘liq jarayonlarga nisbatan qo‘llanilganida yaxshi ilmiy va amaliy natija
beradi. Bunda qadriyatlar tartibsiz namoyon bo‘ladigan va bir-biri bilan bog‘lanmagan
ijtimoiy hodisalar sifatida emas, balki u yoki bu davr, ijtimoiy sub’ektlar va
boshqalar bilan bog‘langan aksiologik sistemalar hamda ularning elementlari
sifatida namoyop bo‘ladi. Qadriyatlarga bunday yondashishda ijtimoiy fanlarning
yutuqlari, tarix, etnografiya, demografiya va sotsiologik tadqiqotlarning
natijalariga tayanish qo‘l keladi.

Ammo qadriyatlarni o‘rganishda faqat ana shular bilan chegaralanib qolish


yaramaydi. Balki reallik, uni namoyon bo‘lish shakllari, voqea, hodisa va
jarayonlarning qadri, ijtimoiy ahamiyatini anglash ham nihoyatda muhim. Bunda
ularning ijtimoiy funksiyalari, o‘ziga xos tashqi ta’sirini anglash katta ahamiyat
kasb etadi. Faqat aksiologik yondashuv asosida kadriyatlarning ilmiy kategoriya
sifatidagi mohiyati, boshqa tushunchalardan farqi, ob’ektiv asoslari va sub’ektiv
anglab olinishi, namoyon bo‘lish shakllari haqida to‘g‘ri ma’lumotlar olish mumkin.
Bunda narsa, voqea, hodisalar, kishilar va ularning aoliyatiga qadr va qadrlanish
darajasi nuqtai nazaridan qaraladi. Mazkur qarashda foydalilik, qiymat va ularni
ifodalaydigan iqtisodiy baho emas, balki qadrning ahamiyati asosiy o‘rin tutadi.
Bunda qadr va baho bir biriga mos kelmaydigan, narsa yoki ob’ektning qadri uning
iqtisodiy qiymatidan bir necha marta salomqliroq bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan hollar
ko‘p uchraydi. Masalaning bu jihatini o‘rganish ahloqshunoslik, estetika,
huquqshunoslik, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslikning dalillariga va
ma’naviyatning ijtimoiy qirralariga tayanadi. Bunda, ayniqsa, iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy faoliyat va jarayonlarning jamiyat hamda ijtimoiy sub’ektlar uchun
ahamiyati, hayotning turli qirralarini aks ettiradigan muammolar hamda ularning
echimlarini ifodalaydigan qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar, talab va ehtiyojlarning
real jarayonlar uchun qadr-qimmatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.

Demak, olamni o‘rganish va reallikning qonuniyatlarini tavsiflashda


gnoseologik, sotsiologik va aksiologik yondashuvlarning uyg‘unligi, zarur bo‘lganida
ulardan foydalanishda kompleks munosabat lozim. Koinotdagi hodisalarning
sayyoramiz hayotiga, Er yuzida ro‘y berayotgan jarayonlarning odamlar umri va turmush
tarziga ta’siri, ekologik halokat va urush xavfi natijasida insoniyatni saqlab
qolish ehtiyojlari, odam zoti va tiriklikning eng qadrli ma’volar sifatidagi
ahamiyatini to‘g‘ri anglash uchun aksiologik yondashishga tayangan ma’qul.

Fanda inson ongini, uning fiziologiyasini o‘zgartirish borasida olib


borilayotgan tadqiqotlar ilmiy bilish nuqtai nazaridan muhim. Qurol-yarog‘larni
takomillashtirish, atom-yadro sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy bilish chegarasini
kengaytiradi. Biologik va ximik jarayonlarning yangi qirralarini ochish, genlar
injeneriyasi, psixoterapiya sohasidagi tadqiqotlar ham bilimlarga bilim qo‘shmoqda.
Ammo ularning inson hayoti uchun ahamiyati qanday? Ular haqiqiy qadriyatlarga xizmat
qiladimi? Bu sohalarda yangilikning yoki foydaning qo‘lga kiritilishi natijasida
umuminsoniyatga yaxshilik keltiradimi? Ba’zi iqtisodiy foydalarning qadri
nihoyatda oz, ular aslida insoniyatga ziyon keltirish emasmi? Bu muammolarga
aksiologik yondashuv ularni to‘g‘ri anglash imkonini beradi. YAngi erlarni

23

www.ziyouz.com kutubxonasi

o‘zlashtirish, daryolarni o‘z o‘zanidan boshqa yoqqa burish, tibbiy muolajada qisqa
muddat foydali bo‘lgan ba’zi dori-darmonlardan (doping) foydalanish borasida
aksiologik yondashuvga asoslanilmaganligi to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish
mumkin. Ammo, afsuski, jahonning ba’zi joylarida xaligacha bu sohalarga
g‘ayriaksiologik qarash mavjudligini, bunda ko‘proq iqtisodiy foyda olish va
kundalik maqbullikning orqasidan quvish ustivor bo‘layotganligini alohida
ta’kidlash lozim. bUtun jahonda bunday yo‘ldan borishning halokatli ekanligi
e’tirof etilmoqda va rivojlanishning samarali yo‘llari taklif qilinmoqda.

Xullas muqaddimada ta’kidlaganimizdek, odamzod nasli foyda bilan birga


qadrga ham ko‘proq e’tibor berishi lozimligini asta-sekin anglab olmoqda. Lekin bu
jarayon nihoyatda sekin amalga oshmayaptimi? Harbiy qurollarning yangi nusxalarini,
ularni olib uchadigan raketa va samolyotlarning yangilarini ko‘z-ko‘z qilishga, ularni
sotib, millionlab foyda olayotgan mamlakatlarning yutuqlariga mahliyo bo‘layotgan
insoniyat, qadrlash va haqiqiy qadrli ma’zolarga intilishda imkoniyatlarni qo‘ldan
boy berayotgani y hkmi? Bu muammolar ham ijtimoiy hodisa va jarayonlarga aksiologik
yondashishning moiyati, amaliy ahamiyati va qadrini yanada kengroq izohlab berishni,
bu usulni ommaviylashtirish zaruriyatini vujudga keltiradi.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish