O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti


QADRIYATSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI



Download 0,91 Mb.
bet7/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

QADRIYATSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI
Aksiologiyaning asosiy mavzulari

Qadriyatshunoslik asosan qadriyatlar, ularning namoyon bo‘lish shakllari,


qadrlash xissi, qadrlash tuyg‘usi, reallikka qadriyatli munosabat va aksiologik
yondashuv, ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlar sohasidagi o‘zgarishlar, qadrlash
va qadrsizlanish muammolari, tarixni aksiologik tushunish, qadriyat tizimlarining
amal qilish xususiyatlari to‘g‘risidagi masalalarni o‘rganadi.

Aksiologiya qadriyatlarga, avvvalo, umumiy kategoriya sifatida qaraydi. Bunda


qadriyatlar reallikning namoyon bo‘lish shakllari, voqelikdagi narsa, hodisa va
jarayonlar, olamdagi ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, insoniyat, jamiyat, odamlar, ularning
hayoti, faoliyatining ijtimoiy sub’ektlar uchun ahamiyati va qadrini anglatadigan
umumaksiologik kategoriya sifatida talqin qilinadi. SHu bilan birga
qadriyatlarning mohiyati, mazmuni, ob’ektiv asoslari, sub’ektiv anglab olinishi,
tuzilishi, namoyon bo‘lish shakllari tavsiflanadi. Garchand qadriyatlar kategoriyasi
ko‘proq umumiylikni anglatsada, unda xususiylik va alohidalik ham namoyon bo‘ladi.
Aksiologiya ana shu umumiylik, xususiylik va alohidalikning qadriyatlarda namoyon
bo‘lishini bilishning analiz, sintez, taqqoslash, umiumlashtirish, abstraktlilik va
konkretlilik usullari asosida o‘rganadi. SHu tariqa umumiy, xususiys hamda alohida
qadriyat shakllari tavsiflanadi, ular orasidagi bohliqlik, o‘ xshashlik va farqlar
aniqlanadi. Qadriyat shakllarining namoyon bo‘lishidagi zaro aloqadorlik va
dialektik bog‘liqlik, buning ifodasi bo‘lgan qadriyat tizimlarining vujudga kelishi,
amal qilishi, barqaror va beqaror holatlari, o‘zgarishlari kabi masalalar ham
aksiologiya doirasida o‘rganiladi.

Qadriyatlar sohasidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqligi, bu


bog‘liqlikning rivojlanish bosqichlari, sivilizatsiyalar hayotining muayyan
davrlarida o‘ziga xos holda namoyon bo‘lishini o‘rganish ham aksiologiyaning asosiy
mavzulari qatoriga kiradi. Bunda asosiy e’tibor tarixni aksiologik tushunishga
qaratiladi. Tarixni materialistik, idealistik, metafizik, politologik,
kulturologik tushunish usullari borligi ko‘pchilik mutaxassislarga ma’lum. Sobiq
ittifoq davrida tarixni materialistik tushunishga eng asosiy e’tibor qaratilar,
idealistik, teologik, metafizik tushunishlar asosan tanqid qilinar edi. Uni
politologik, kulturologik tushunish yaqindan boshlab keng e’tirof etila boshlandi.
Ammo tarixni aksiologik tushunish to‘g‘risida tadqiqotlar yo‘q hisobi, u endigina
e’tirof etilmoqda.

Aksiologiya qadriyatlar va qadriyat sistemalarining jamiyat hamda inson hayoti


uchun ahamiyatini, ularning ijtimoiy funksiyalarini ham o‘rganadi. Ma’lumki,
qadriyatlar jamiyat va inson faoliyatiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Ular gohida ideal
sifatida kishilarni omilkor faoliyatga undasalar, gohida ma’naviy mezon, axloqiy
talab sifatida odamlarning xatti-harakati va turmush tarzini, intilish va
ehtiyojlarini belgilaydilar, faoliyatlarini boshqarib yoki yo‘lga solib turadilar.
Bunda qadriyatlarning regulyativ funksiyasi va ma’naviy mezon sifatidagi ahamiyati
yaqqol namoyon bo‘ladi. Muayyan qadriyatlarni barqaror qilish butun xalq, millat,
davlat yoki qavmlarni bir muddat yoki uzoq vaqtga qadar aniq maqsadlar yo‘lida
birlashtiradi, ular faoliyatining o‘nalishini belgilaydi. Masalan, hozirgi davrda
mustaqillik va uni mustahkamlash respublikamiz hukumati, aholisi, undagi millat
va ijtimoiy sub’ektlarning faoliyatini belgilab turgan asosiy mezondir.
Aksiologiya ana shunday jarayonlarning umumiy jihatlari va o‘ziga xos
xususiyatlarini ham o‘rganadi. Bunda qadriyatlarni qayta baholash, qadrlash me’yorlari,

19

www.ziyouz.com kutubxonasi

qadriyat mo‘ljallari, qadrsizlanish darajalari bilan bog‘liq muammolarni ilmiy
o‘rganish nihoyatda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Jahon xaritasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, sobiq SSSRning tarqalib


ketishi, unga xos qadriyatlar tizimining o‘tmishga aylanishi, O‘zbekistonning
istiqlol yo‘lidan borayotganligi, respublikamizda mustaqillikka asoslanadigan
qadriyatlar sistemasini shakllantirish imkoniyatlari va ehtiyojlari
qadriyatshunoslik borasidagi yangi-yangi izlanishlar uchun asos bo‘lmoqda. Bu
jarayonning umumaksiologik qonuniyatlari, mintaqaviy jihatlari va respublikaga
xos xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish muhim aksiologik vazifaga aylanmoqda.
O‘zbekistonda azaliy sharqona qadriyatlarni qadrlash, umuminsoniy qadriyatlarga
sodiqlik ruhini tarbiyalash, milliy qadriyatlarni tiklash, avaylab-asrash, inson
qadri, haq-huquqlari va manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash borasidagi
vazifalar ham muhim masalalar qatoriga kiradi.

Qadriyatshunoslik mavzularining sof ilmiy, ya’ni bevosita aksiologiya fani


bilan bog‘liq jihati ham bor. Bunda muammolar qadriyatshunos-likning bahs
mavzularini aniqlash, ularni ilmiy asoslash, aksiologik tushuncha, kategoriya,
qonunlar va jarayonlarni nazariy jihatdan tavsiflash kabi masalalarni o‘zida aks
ettiradi. Qadriyatshunos-likning boshqa fanlar bilan aloqasini o‘rganish ham muhim.
Bu sohada falsafa, uquqshunoslik fanlarining yutuqlaridan foydalanish katta
ahamiyat kasb etadi. Bularga aksiologiyaning tarixiy ildizlarini nafaqat G‘arbdan,
balki SHarqdan izlash, qadriyatshunoslikdagi zamnoaviy yo‘nalish-lar va turli xil
qadriyat nazariyalarini ilmiy tavsiflash, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini
ko‘rsatish vazifalari ham qo‘shilishini hisobga olsak, masalaning muhimligi yanada
aydinlashadi. Bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlardagi har bir ijodiy va
ijobiy natija aksiologiyaning rivojiga yordam beradi, unga xos mavzularni izohlash,
muammolarni baholi qudrat echish imkoniyatini yaratadi.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish