O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti


AKSIOLOGIYANING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI



Download 0,91 Mb.
bet5/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

AKSIOLOGIYANING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI

Hozirgi davrda qadriyatlarni ilmiy o‘rganishning zamonaviy yo‘nalishlari


juda ko‘p. Bu boradagi izlanishlar o‘zbekistonlik olim, faylasuf va
mustaxassislarning asarlarida ham tahlil qilinmoqda. Garchand sobiq ittifoqda
qadriyatlar mavzusi 60-yillargacha ta’qiqlab qo‘yilgan bo‘lsa-da, yurtimizning
allomalari, shoir va yozuvchilari bu mavzuni chetlab o‘tmaganlar. Ularning ijodida
sharqona qadriyatlarning turli qirralari o‘z aksini topgan.

Har qanday mafkura hukmron bo‘lishidan, turli ta’qiqlardan qat’iy nazar fan


va falsafada yangilikka intilish to‘xtab qolmaydi. Bu fikr ko‘pgina olimlarimizning
asarlariga tegishli, zero ularda qadriyatlar mavzusining bir qator zamonaviy
jihatlari teranlik bilan talqin qilingan.

Bu borada, ayniqsa I.M.Mo‘minov qalamiga mansub «Amir Temurning O‘rta


Osiyo tarixidagi o‘rni va roli» (T.: Fan, 1968) risolasi tarixiy merosga
qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan qarashning yorqin namunasidir. Asarda Temurning
tarixiy shaxs ekanligi, imperiya tuzganligi, bu yo‘lda urushlar olib borganligi inkor
qilinmaydi, balki uning faoliyati yurtimiz madaniyati uchun ahamiyatga molikligi
ta’kidlanadi. Bizningcha, nafaqat uzoq o‘tmish, balki eng yangi tariximizga munosabat
ham ana shunday bo‘lmog‘i, har bir davrning kishilari, voqealariga qadr va qadriyatlar
mezoni orqali qaralmog‘i lozim.

Qadriyatlar, ularning asosiy shakllari va xususiyatlarini tahlil va tadqiq


qilish yurtimiz mustaqilligining hozirgi davrida eng dolzarb masalalardan biriga
aylandi. Bu zarurat O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida
umuminsoniy, milliy qadriyatlarni istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan ta’riflab
berish vazifasi qo‘yilayotganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu zarurat va
zamonaviy talablarga xozirjavoblik hissi bu boradagi kitob va risolalar
yozilishiga, tadqiqot va izlanishlar olib borilishiga sabab bo‘lmoqda.

Hozirgi davrda ijod qilayotgan faylasuflarning asarlarida qadriyatlarning


turli qirralariga e’tibor berilmoqda. Bu borada H . P.Po‘latovning «Sizni yaxshi
ko‘rar edim, odamlar» (T.: Xazina, 1994) kitobidagi maqolalarini, «Mustaqilligi-miz
qadriyatlari» («O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1993 yil, 11 iyun) maqolasini, O.P.
Umurzoqovaning «Umuminsoniy qadriyatlar: milliy an’ana va urf-odatlar
takomillashmoqda» («O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar», 1992 yil 2-son) kabi
asarlarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ushbu olimlarning bu boradagi ijodi yanada
barakali bo‘lishi mumkin edi, ammo bevaqt o‘lim bunga imkon qoldirmadi… Bulardan
tashqari yana H .A.Aliqulovning «Naqshbandiya qadriyatlari» («Turkiston», 1993 yil 15
sentyabr), A.Jalolov-ning «Mustaqillik falsafasi va falsafa mustaqilligi»
(«O‘zbekiston ovozi», 1993 yil 15 iyun) kabi maqolalarini, ayniqsa F.Temirov va
SNazarovalarning «Jamiyat va qadriyatlar» (-T.: O‘zbekiston, 1992), E.YU.YUsupovning
«Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati» (-T.: ToshDU, 1994)
risolalarini, X.O.SHayxova va Q .Nazarovlarning «Umuminsoniy qadriyatlar va
ma’naviy kamolot» (hammualliflikda yozilgan. - T.: O‘zbekiston, 1994;) kitoblarini
ko‘rsatish lozim. SHu bilan birga Q . H.Xonazarovning «Milliy o‘zlikni anglash va
umuminsoniy qadriyatlar» maqolasi (1994 y.), olimning keyingi yillarda chop
etilayotgan bir qator boshqa ishlarida, A.M.Jalolovning «Mustaqillik mas’uliyati»
(1996 y.) kitobida, B.R.Karimov va B.O.To‘raev-larning «Oqilona qadriyat
mo‘ljallari» risolasida mavzuning bir qator jihatlari tahlil qilingan. O‘zRFA
falsafa va huquq instituti falsafa tarixi bo‘limining olimlari tomonidan
Markaziy Osiyodagi ijtimoiy fikrlar tarixida ma’naviy qadriyatlar to‘g‘risidagi
g‘oyalarning rivojiga oid keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu sohada ham
muayyan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

14

www.ziyouz.com kutubxonasi



SHu bilan birga bu borada yana ko‘plab olimlarning doktorlik va nomzodlik
dissertatsiyalarini tilga ham olish mumkin.

Xullas, bizning nazarimizda O‘zbekistonda o‘ziga xos qadriyatshunoslik maktabi
yuzaga kelmoqda. Aslida ham shunday bo‘lishi lozim edi: o‘tmishda bu mavzuning eng
buyuk durdonalarini yaratgan mutafakkir va allomalar merosining vorislari bo‘lgan
zamonamiz olim va mutaxassislarining bu boradagi yutuqlari aslo tasodifiy emas. Bu
yutuqlar o‘tmishi ming yilliklar qa’ridan boshlanadigan ulug‘ sivilizatsiyamiz
tayyorlagan tarixiylik va zamonaviylik dialektikasining mevasidir.

Aksiologiya ijtimoiy fanlarning maxsus sohasi sifatida shakllangan G‘arb


mamlakatlarida, bu sohada maxsus qo‘llanmalar va kitoblar chop etilmoqda,
qadriyatshunoslik bo‘yicha mutaxassislar bor, xilma-xil ilmiy anjumanlar o‘tkazish
yo‘lga qo‘yilgan. hozirgi davrda G‘arb mamlakatlarida aksiologiya bilan bog‘liq xilma-
xil ilmiy yo‘nalishlar dunyoga keldi.

G‘arb qadriyatshunosligida mashhur nemis faylasufi I.Kantning izdoshlari


V. Vindelband, G.Rikkert, M.SHeler, N.Gartman, G.Elzenberg va boshqalarning
qarashlari keng tarqalgan. Ushbu olimlar reallikdan alohida yashashi mumkin bo‘lgan
muayyan qadriyatlar olami borligini e’tirof etadilar. Ularning qariyb hammasi
uchun umumiy bo‘lgan ushbu qarash tarixi uzoq o‘tmishga, qadimgi falsafaning mashhur
namoyandasi bo‘lgan Aflotun zamonlariga, uning g‘oyalar dunyosi bilan bog‘liq
fikrlariga borib taqaladi.

Nemis olimlari V. Vindelband (1848-1915) va G.Rikkert (1863-1936)


qadriyatlar muammosi borasida qariyb bir xil mulohaza yuritganlar va ularning
qarashlari haqli ravishda Vindelband - Rikkert aksiologik ta’limoti, deyiladi.8
Bu olimlarning fikricha, qadriyatlar o‘ziga xos ideal ahamiyat sifatida zohir bo‘ladi,
ob’ektdan ham, sub’ektdan ham alohida mustaqil olamni vujudga keltiradi, bu olam
makon va zamon qonunlaridan ustun turadi. Ana shu ma’noda qadriyatlar olamdagi
mavjud narsalardan ko‘ra bir qadar ulug‘ zohiriylik va mutlaq haqiqatlardir.

Qadriyatlar muammosiga ob’ektiv nuqtai nazardan yondashgan olimlar orasida


M.SHeler (1874-1928) va N.Gartmanni (1882-1950) ham tilga olmoq kerak. M.SHeler
Harb aksiologiyasining va undagi «O‘zgarmas axloqiy qadriyatlar» nomli nazariyaning
asoschisi hisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra qadriyatlar mustaqil yashashlari mumkin, ular
o‘zgarmaydilar, balki bazining qadriyatlar haqidagi fikrimiz o‘zgaradi, bugun olam
qadriyatlar bilan to‘yingandir, qadriyatlarning mavjudligi borliqqa ma’no baxsh
etadi, voqelik qadriyatlarning «o‘ziga xos namoyishi»dan iborat.

MSHeler ma’naviy qadriyatlarni tahlil qilishda ularni ideal ob’ektlar, deb


ataydi. Ana shu ideal ob’ektlar, uning nazarida, kishilarga doimo ta’sir qilib
turadilar, ularning hayoti va faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadilar, qadriyatlarni
anglash insondan chuqur bilim va muttasil ilmiy izlanishni talab qiladi.

MSHeler qarashlarini N.Gartman ko‘p jihatdan davom ettirgan, «Etika» (1926


y), «Ontologiya asoslariga doir» (1935 y), «Tabiat falsafasi» (1950 y) kabi
asarlarida qadriyatlar muammosining juda ko‘p masalalarini tahlil qilgan. Gartman
o‘zgarmas axloqiy qadriyatlar nazariyasini rivojlantirishga harakat qiladi.

Ushbu aksiologlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy fikrlar qadriyatlar


ob’ektivdir, ular narsalar, voqelik shakllarining mohiyati, mazmuni, ahamiyati bilan
uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladilar deb qarashdan iborat. SHuning bilan birga
ularning fikricha, qadriyatlar dunyosining o‘ziga xos yashash qonunlari bor, ularning
amal qilishi inson irodasiga bo‘ysunmaydi. Qadriyatlar voqelik shakllarining
mohiyati, ahamiyati, mazmuni sifatida mavjud bo‘lganliklari uchun, kishilarning

8 Bu to‘g‘rida qarang: Vindelband V.Prelyudin. SPb., 1904; Rikkert G.O. ponyatii filosofii. SPb., Logos, 1914; Sennosti jizni
i kulturnыe sennosti. SPb., Logos, 1912-1913. Kn. I-II.

15

www.ziyouz.com kutubxonasi

amaliy faoliyatini belgilaydi, odamlar o‘z hayot tarzlarini ularning talablariga
moslashtirishlari shart.

G‘arb qadriyatshunosligida sub’ektiv jihatlarga ko‘proq e’tibor beradigan


aksiologlar ham bor. Ular qadriyatlarning vujudga kelishini inson, uning sifatlari
va faoliyati bilan bog‘laydi. Bu oqimga xos qarashlar mashhur sofizm ta’limotiga
borib taqaladi. Uni U.Jeyms, J.Dyui (1859-1952), A.Meynong (1873-1920),
A.Bergson (1879-1961) kabi ko‘zga ko‘ringan namoyandalari bor, bu yo‘nalish borasida
D. Perri, G.Murrey, E.Tolmen, E.Fromm, R.Uilyams kabi olimlar va tadqiqotchilar
ish olib borganlar. Ularning g‘oyalari G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan. Masalan,
XX asrning boshlarida U.Jeyms qarashlari, keyinchalik Jon Dyui g‘oyalari keng
yoyilgan va G‘arb madaniyatining barcha sohalariga juda katta ta’sir ko‘rsatgan.

G‘arb olimlari orasida V.Diltey, X.Erenfels, O.SHpengler, A.Toynbi,


P.Sorokin-larni alohida ta’kidlash lozim. Bu olimlar nazarida qadriyatlarni
mavhum emas, balki aniq tahlil qilmoq kerak. Ana shunda ularning kelib chiqishi,
mohiyati va namoyon bo‘lish shakllarini aniqlash oson bo‘ladi. Bu diqqatga sazovor fikr
bo‘lib, undan hozirgi zamon qadriyatshunoslari ijodiy foydalanmoqdalar. Bizning
fikrimizcha, qadriyatshu-noslik muammolarini tahlil etish borasidagi qarashlarni
hisobga olib, bu oqim vakillarini «plyuralistik aksiologiya» tarafdorlari, deb atash
mumkin. Ular qadriyatlarni bir tomondan, voqelik shakllarining mohiyati, ahamiyati,
ikkinchi tomondan, shaxs kechinmalari, tuyg‘u va xususiyatlari bilan bog‘laydilar.

G‘arb qadriyatshunosligining B.Esup, M.Roder, T.Munro kabi olimlar mansub


bo‘lgan individual-psixologik yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, bu yo‘nalish vakillari
kishining shaxsiy-individual qadriyatlarini atroflicha talqin qilganlar. Ular
hozirgi zamon industrial jamiyati sharoitida shaxs qobiliyati, tashabbuskorligi
juda qo‘l keladi, u aynan shular bilan bog‘liq shaxsiy qadriyatlarni
takomillashtirishga erishishi lozim, deya alohida ta’kidlaydilar. Ijtimoiy
jarayonlar juda tezlashgan, kapitalistik bozor munosabatlari hukmron bo‘lgan davrda
shaxsning o‘z kuchiga tayanishi, o‘z baxtini o‘zi yaratishi uchun kurashi, davlat va
korporatsiyalarga emas, o‘z qobiliyatiga umid bog‘lashi uning qadrini belgilaydigan eng
asosiy xususiyatlar bo‘lib hisoblanadi.

G‘arb qadriyatshunoslarining asosiy fikrlari va qarashlarining qisqacha


tahlili oxirida yana quyidagilarni ta’kidlash lozim: ular qadriyatshu-noslikning
ijtimoiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati borligini isbotlash uchun
muayyan xizmat qildilar. Sobiq ittifoqda bu fan «burjua aksiologiyasi» nomi bilan
tanqid qilingan davrda, g‘arb olimlari qadriyatshu-noslikning asosiy tushunchalari,
qonuniyatlari, zamonaviy muammolari to‘g‘risida ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Ayniqsa, jamiyat, davlat, fuqaro munosabatlari hamda demokratiya, oshkoralik, inson
huquqlarini barqaror qilish bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni qadriyatlar
mezoni talablari asosida hal qilishga harakat qildilar. uLar turli qadriyatlar
tizimlari bilan xarakterlanadigan «sivilizatsiyalar evolyusiyasi», «industrial
jamiyat», «postindustrial jamiyat» va boshqa zamonaviy nazariyalarni o‘rtaga
tashladilar, zamona muammolariga o‘zlari yashayotgan jamiyat manfaatlarini ko‘zlab
yondashdilar. G‘arb olimlarining ijodini faqat maqtashning foydasi yo‘q. Ular
mansub dunyoda barcha umuminsoniy qadriyatlar barqaror etilgan, bu boradagi hamma
muammolar hal bo‘lgan, ushbu olim va mutaxassislar uchun qadriyatlar mavzusining
tadqiq etilmagan sohasi qolmagan, degan optimistik xulosalarga kelish uchun asoslar
ham etarli emas.

Qadriyatlarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishning asrimizdagi


yo‘nalishlaridan biri - sobiq ittifoqda yashagan olim, mutaxassis va
tadqiqotchilarning ko‘pchiligi mansub bo‘lgan marksistik oqimdir. Xo‘sh, bu yo‘nalish
vakillari mavzuning qanday masalalarini hal qildilar? Nimalar ustida bahs

16

www.ziyouz.com kutubxonasi

yuritdilar? Avvalo, qadriyatshunoslik alohida, mustaqil falsafiy fanmi? - degan
masala ko‘p bahslarga sabab bo‘ldi. Uni «burjua fani», degan nom bilan ayblash 1960-
yillargacha ta’qiqlab qo‘yilishiga olib keldi. Mamlakatda I.Stalin hukmronlik
qilgan davrda bevosita aksiologiya muammolari bilan shug‘ullanishga izn berilmadi.

Asrimizning oltmishinchi yillariga kelib bu mavzuda kitob, risola va


maqolalarni chop etish, turli ilmiy izlanishlar olib borish boshlandi. Qadriyatlarni
mustaqil falsafiy mavzu va muammo sifatida - ahlil qilish zarurligi
V.P.Tugarinov va uning tarafdorlari tomonidan ilgari surildi. Bir qator olimlar,
masalan O.G.Drobnitskiy, V.P.Ivanov, M.A.Lifqitslar, qadriyatlar muammosining
ahamiyatini va uni ilmiy tahlil qilish zarurligini butunlay inkor qilmasalar-da,
qadriyatshunoslikni mustaqil fan sifatida e’tirof qilish noto‘g‘ri, deb hisoblar
edilar. O.G.Drobnitskiyning fikricha, mustaqil qadriyat-lar mavzusi va
qadriyatshunoslik g‘oyasi xomxayoldir. Drobnitskiyning yuqoridagi nuqtai nazarini
ko‘pgina mutaxassislar tanqid qilganlar.

Qadriyatlarni tahlil va tadqiq qilishda V.P.Tugarinov, V.A.Vasilenko,


M.S.Kagan, V.V.Grechaniy va boshqalar ba’zi yutuqlarga erishdilar. Sobiq ittifoqda
hukmron bo‘lgan marksizm-leninzm mafkurasi qadriyatshunoslik, siyosatshunoslik,
ziddiyatshunoslik kabi fanlarning rivojiga imkon bermasligini juda yaxshi
tushungan V.P.Tugarinov boshqacha yo‘l tugadi. U aksiologiyani faqat burjua fani
sifatida qoralamasdan, uni o‘rganmoq, foydali tomonlarini olmoq ziyon keltirmaydi,
degan fikrni asoslashga harakat qiladi. 1968 yilda chop etilgan «Marksizmda
qadriyatlar nazariyasi» kitobida bu fikr quyidagicha ifodalangan: qadriyatlar
muammosi burjua falsafasidan (kantchilik va aksiologiyadan) bizga o‘tdi, degan
fikrdan hayiqish kerak emas, gap fanning kelib chiqishida emas, balki uning
ahamiyatidadir. Qadriyatlar masalasi o‘tmishdagi har qanday falsafiy sistemaning
tarkibiy qismidir. Sovet faylasuflarining qadriyatlar muammosiga katta e’tibor
bermaganliklari ba’zi ijtimoiy fanlarda (etika, estetika, tarix, falsafa tarixida)
qadriyatlar bilan bog‘liq bir qator sohalarning tadqiq etilmasligiga sabab bo‘ldi.9
Xullas, V.Tugarinov fikricha aksiologiyani mustaqil fan sifatida ijtimoiy fanlar
tizimiga kiritish mumkin bo‘lmasa-da, ammo qadriyatlar muammosini falsafaning
juda kichik va juz’iy mavzusi sifatida emas, balki uning tarkibiy qismi bo‘lgan
alohida mavzu sifatida qabul qilmoq maqsadga muvofiqdir. Bu fikrni keyinchalik
ko‘pgina mutaxassislar ham qo‘llab-quvvatladilar. SHuni alohida ta’kidlash
kerakkiYU bunday qarash tarafdorlari ko‘pchilik bo‘lishiga, bizning davrimizda
ularning safi yanada kengayganiga, kommunistik mafkuraning tanho hukmronligi
barham topganiga qaramasdan, hozirgacha sobiq ittifoqning biror joyida aksiologiya
mustaqil fan sifatida qaralayotgani yo‘q, qadriyatlar mavzusi esa endigina ayrim
falsafa darsliklariga kiritildi, xolos.

Sobiq ittifoqda qadriyatlar mavzusining rivoji bu boradagi ittifoq


miqyosidagi birinchi ilmiy anjuman Tbilisida (1965 yil) bo‘lib o‘tganidan keyin
yangi bosqichga ko‘tarildi. Ana shu anjumandan keyin chop etilgan «Falsafada
qadriyatlar muammosi» kitobi mavzuni tadqiq qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Kitobda qadriyatlar mavzusiga turlicha munosabatda bo‘lishlariga qaramasdan, bu
sohada o‘sha davrda qalam tebratgan va biz nomlarini tilga olgan olimlar,
faylasuflar va mutaxassislarning ko‘plari o‘z qarashlarini bayon qilganlar. Mavzu
borasidagi sobiq ittifoq miqyosidagi ikkinchi ilmiy anjuman ham Tbilisida 1985
yilda bo‘lib o‘tgan. Bugungi kunga kelib qadriyatlar mavzusi bilan bevosita
shug‘ullanadigan mutaxassislar soni oshmoqda, bu borada jiddiy izlanishlar bor,
tadqiqotlar olib borilmoqda, dissertatsiyalar yozilmoqda.

9 Tugarinov V.P. Teoriya sennosti v marksizme. – L.: LGU, 1968. 4-5-betlar.

17

www.ziyouz.com kutubxonasi

Qadriyat muammolari bilan shug‘ullanuvchi bu yo‘nalishga mansub
mutaxassislarning qarashla-ridagi quyidagi jihatlarni tilga olmoq kerak:


  • marksizm-leninizmga asoslangan partiyaviy mafkura hukmron bo‘lgan
    sharoitda ijod qilganliklaridan, ularning qadriyatlar to‘g‘risi-dagi qarashlari,
    fikr-mulohazalarida ko‘proq partiyaviy-sinfiy ruh ustunlik qilar, bu yo‘nalish
    vakillari asarlarida qadriyatlarning ularga mos keladigan jihatlari ijobiy
    baholanar, qolganlari tanqid qilinar yoki e’tiborga olinmas edi;


  • bir qarashda yaxlit bo‘lib ko‘ringan bu yo‘nalish olim va mutaxassislari
    orasida ham turli xil fikrlar, xulosalar, qarashlar mavjud bo‘lib, bu qadriyatlar
    muammosi borasidagi ilmiy asarlar va izlanishlarda, qadriyatlarni ta’riflash,
    ularning namoyon bo‘lishi va amal qilish xususiyatlarini izohlash bilan bog‘liq turli
    masalalarda o‘z aksini topgan;



  • Download 0,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish