Š A D R I YA T L A R
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ushbu holatni tahlil qilishda ilmiy bilishning sistemalilik usuli,
alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bo‘lak kategoriyalarining
dialektikasiga asoslanish qo‘l keladi.
Bunda qadriyat shakllari bog‘langan ob’ekt, jarayon va boshqalarning makon va
zamonda zohir bo‘lishi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar va aloqalarni o‘rganish, ob’ektiv
asosi, sub’ektiv jihatdan anglanishi, umumiy, xususiy va alohida jihatlarini
tahlil qilish imkoni tug‘ildai. Bu esa qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, bog‘lanish hamda ularning in’ikochi bo‘lgan eng umumiy
qadriyat tizimlariga xos xususiyatlarni o‘rganish imkonini beradi.
Umumbashariy qadriyatlar tizimidgi asosiy qismlar tahlil qilinayotganida
ular bog‘liq ob’ktlarning makonda va zamonda zohir bo‘lishiga e’tibor bermoq kerak.
makon va zamonda ushbu qadriyat ob’ektlari borliqning biror shakli, jihati,
voqelikning biror qismi, olamdagi narsalar va atrof-muhitning eng muhim
tomonlari sifatida namoyon bo‘ladi. ushbu m’noda qadriyatlarning umumbashariy,
umumsayyoraviy va mintaqaviy hamda biror kichik hudud yoi joyga bog‘liq bo‘lgan
shakllarini ko‘rsatish mumkin. Bu qadriyatlarni, olamdagi moddiylik va
ma’naviylikki nisbatan olganda, moddiy qadriyatlar, deyish mumkin. Unda
jamiyatning iqtisodi va ishlab chiqarishi ham ko‘zda tutildai.
Bunda umumiylik, xususiylik va alohidalikning dialektikasi zamonaviy
atamlar - «global», «zonal» va «lokal» qadriyat ob’ektlarining o‘zaro munosabati
tarzida zohir bo‘ladi. biz bu borada atroflicha fikr yuritish maqsadida emasmiz va
ishimizning hajmi ham bunga imkon bermaydi. Qolaversa, mavjud atamalar bilan
bog‘liq jarayonlar dialektikasi ilm-fanda keng muhokama qilinmoqda, bu borada
tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur ilmiy mulohazalarimiz borasida esa biz
umumbashariy ob’ektlarning namoyon bo‘lish shakllarini qisqacha tavsiflamoqchimiz
xolos.
1. Insoniyatni o‘rab turgan borliq. Atrof-muhit va tabitning eng muhim
tomonlarini, olamdagi eng umumiy bog‘lanishlar va aloqdorlikning sub’ekt uchun
ijtimoiy qadri va ahamiyatini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga
egadir. Ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi olam va borliqning yashashi,
harakati, makon va zamondagi o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Umumbashariy
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
qadriyatlarning ob’ektiv asoslari insoniyat uchun mutlaq haqiqat sifatida mavjud,
ularning borligi, zarurligi, inosn va jamiyat uchun abadiy, mavjudligi esa insoniyat
qonunlari, talab va ehtiyojlaridan ustun turadi.
Umumbsayyora ahamiyatiga molik qadriyat ob’ektlari ham shunday. Masalan: Er
sayyorasini atmosfera qatlami o‘rab turadi. Bu qatlamning inson uchun zarurligi,
ijtimoiy qadri to‘g‘risida bo‘hs ham bo‘lishi mumkin emas. Uning sayyoramiz hayoti
uchun qadri nihoyatda katta, ammo tiriklik va inson mavjud bo‘lishi uchun ahamiyati
undan ham kattaroq. Holbuki, bu qatlam bo‘lmasa ham Er sayyora sifatida yashashi
mumkin, ammo bu qatlamsiz tiriklikni, hayvonot va o‘simlik olamini, inson hayotini
tasavvur qilish mumkin emas.
Biror mintaqa miqyosidagi qadriyatlarning ob’ektiv asoslari esa ana shu
mintaqa aholisiga tabiiy yashash sharti yoki etnik makon va boshqalar sifatida ta’sir
qiladi. Bu ta’sir gohida mintaqa miqyosidan chiqishi, u yoki bu mintaqaviy
qadriyatning ahamiyati umusayyoraviy xususiyat kasb etishi mumkin (masalan, Orol
dengizining ijtimoiy ahamiyati bilan bog‘liq muammolar). Mintaqaviy qadriyatlar
bilan bog‘liq hududni bir necha millat, elat, xalq va davlat aholisi uchun umumiy
vatan sifatida tushunish hollari ham uchraydi. Hozirgi davrda ishlatilayotgan
«Markaziy osiyo», «YAqin SHarq» yoki «Karib dengizi havzasi» kabi hududiy atamlar
ahamiyati jihatidan ana shunday ma’noni anglatadi.
Demak qadriyatlarnibashariyat va uning bir qismi Er sayyorasi tabiati bilan
bog‘liq shakllari uchun asos bo‘ladigan ob’ektlar: a) insonga yashash va faoliyat
ko‘rsatish imkonini beradi, kishilarning tabiiy ehtiyojlarini va talablarini
qondiradi; b) hayotning zaruriy sharti sifatida ijtimoiy taraqqiyotning hamma
davrlarida mavjud bo‘ladi, o‘z ahamiyatini saqlab qoladi, xususiyatlarini va
sifatlarini turli-tuman tarzda namoyon qiladi; v) bu boradagi qadriyatlar kishini
o‘rab turgan borliq yoki tabiiy muhitning xususiyati, ko‘rinishi, sifati bilan ham
bog‘liq holda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu holda har bir qadriyatning o‘rni va ahamiyati
inson uchun beqiyos bo‘ladi.
Jamiyatning yashashi, odamlarning hayot kechirishi uchun yuqoridagi qadriyatlar
bilan birga jamiyatdagi umumijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim
ahamiyat kasb etadi. jamiyatning ma’naviy hayoti va ijtimoiy ong shakllari nuqtai
nazaridan olganda ularga nisbatan ko‘proq ma’naviy qadriyatlar iborasi qo‘llaniladi.
Ular:
- kishilarga щyotning mazmunini chuqurroq tushunish, jamyait qonun-
qoidalaridan foydalanish, o‘zlarining hatti-harakatlarini ana shu ma’naviy
mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi;
inson bilatn tabiat, inson bilan inson munosabatlarini o‘zida aks
ettiradi, jamiyat rivoji jarayonida takomillashib boradi;
o‘z tabiatiga ko‘ra biror-bir kerakli axborot beradi, kishining ma’naviy
olamini boyitadi, yashashning haqiqiy mezonlarini belgilaydi, odamlar intiladigan
ideal, azaliy orzu, ezgu-maqsad sifatida namoyon bo‘lishi mumkin;
muayyan kishilar, guru„ tomonidan noto‘g‘ri tushunilishi, talqin
qilinishi, qabul qilnmasligi, rad qilinishi, tanqid ostiga olinishi, ta’qiqlab
qo‘yilishi ham mumkin. Ammo bu ularning qadri yoki ahamiyatini butunlay yo‘qotib
yubora olmaydi. Ular zamin va zamon silsilalari orasidan o‘zlariga yo‘l ochadilar va
asrlardan o‘tib insoniyat uchun muayyan qadrlarini namonyo qilib boraveradilar;
kishilarning ma’naviyati, yashash usuli, turmush tarzi, xatti-harakatlari,
ijtimoiy faoliyatining asosiy mezonlari darajasiga ko‘tarilganlarida o‘z
ahamiyatlarini to‘la-to‘kis namoyon qilishlari uchun imkoniyat bo‘ladi;
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
- ularning qadri va jamiyat uchun ahamiyatini moddiylik qonuniyatlari orqali
izohlash, bahosini esa moddiy foydasi bilan ifodalash qiyin. Bu baho zamon o‘tishi
bilan Q zgarishi, yangicha izohlanishi va ifodalanishi mumkin.
Kdayat shakllarini biror ob’ektga bog‘liq holda namoyon bo‘lishini hisobga
olganda, umumijtimoiy qadriyat shakllarining jamiyat, unng tuzilishi, ijtimoiy
sb’ektlar va ijtimoiy ong shakllariga aloqador turkulmrini ko‘rsatish mumkin.
Masalan jamiyatning tuzilishiga xos umumijtimoiy. Milliy, sinfiy, irqiy va
boshqalar. YOki ijtimoiy ongning shakllariga bog‘liq qadriyat shakllari ham bor:
siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, jamiyatning asosiy sohalariga bog‘liq iqtisodiy,
ijtimoiy. Madaniy, ma’naviy va boshqa qadriyat shakllari.
Ijtimoiy qadriyat shakllari orasidagi farqlar aslo mutlaq emas, balki
nisbiydir. Ular orasida o‘tib bo‘lmas chegaralar yo‘q. Qadriyat ob’ektlarining makonda
namoyon bo‘lishinimoddiy, umumbashariy. Umumsayyoraviy, mintaqaviy shakllari
orasidagichegaralarini aniqlash nisbatan osonroq kechishi mumkin. Ammo bu holatda
ham xulosalarimizda nisbiylik saqlanib qoladi, bunday nisbiylk ijtimoiy
qadriyatlar, ayniqsa, umuminsoniy, milliy, sinfiy va boshqa qadriyat shakllarni, ular
o‘rtasidagi munosabtalarni tahlil qilayotganda yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Biz
quyida qadryaitlarning ba’zi shakllarini atroflicha tahlil qilishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |