O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet21/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

SHaxsiy qadriyatlar

Har bir inson - bir olam, har bir kishi esa boshqalarga o‘xshamaydigan o‘zga bir
dunyodir. Insonning ana shu majoziy ma’nodagi ma’naviy olami, o‘zgalarga
o‘ xshamaydigan qiyofasi va betakror dunyosi qadriyatning shaxsiy darajada namoyon
blish xususiyatlari bilan uzviy bog‘langan. Bu darajadagi qadriyatlar tizimining har
bir bo‘g‘inini alohida yoki tizimini yaxlit holda tahlil qilishda, dialektik bilish,
uning aniqlik va mavhumlik usullari nihoyatda qo‘l keladi. Bu usullarga
asoslanilganda, umumiy yoki mavhum kishilar emas, balki aniq, zamonaviy shaxs qadri
va unga bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarni tahlil qilish imkoni ochiladi. YUqoridagi
fikrlarni hisobga olgan holda shaxsiy qadriyatlar tizimida quyidagilarni ajratib
ko‘rsatish mumkin:

  • odam zotining tabiiy-tarixiy qadriyat-lari;

  • ma’naviy-axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi bilan bog‘lik
    qadriyatlar;


  • mehnati va iqtisodi bilan bog‘liq qadriyatlar;

  • individual kamoloti va ijtimoiy mavqei (yoki «karera» si) bilan bog‘liq
    qadriyatlar;

  • huzur-halovati bilan bog‘liq «gedonistik» qadriyatlar;

  • qobiliyati va iste’dodi bilan bog‘liq intellekutal qadriyatlar;

  • his-hayajon, tuyg‘ulari bilan bog‘liq «emotsional» qadriyatlar.




  1. Insoniyatning tabiiy-tarixiy qadriyatlari uning biologik jonzod, tirik
    vujud sifatidagi yashashi, sihat-salomatligi, tug‘ilish, o‘lim, hayot kechirish davrlari,
    bolalik, o‘smirlik, yigit va qizlik, erkak va ayol, qarilik onlari bilan bog‘liq namoyon
    bo‘ladi. tabiiy qadriyatlar har bir tirik vujud kabi, odam zotining har qanday
    avlodi, qavmi, millat va elatga tegishlidir. SHu ma’noda tabiiy-tarixiy
    qadriyatlarga ega bo‘lmagan ijtimoiy sub’ekt yoki shaxsni uchratish qiyin. Har bir
    kishi, el, xalq, millat va qavm uchun tabiiy-tarixiy qadriyatlarning mavjudligi
    ijtimoiy zaruriyat hisoblanadi, bu zaruriyatni e’tirof etish umuminsoniy talabdir.

  2. SHaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi bilan bog‘liq
    qadriyatlar dialektik uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi. ular umuminsoniylikning shaxs
    qiyofasi bilan bog‘liq namoyon bo‘lish darajasini ifodalaydi. Ma’naviy-axloqiy
    qiyofa, nafosat va go‘zallik bilan bog‘liq shaxsiy qadriyatlarning har bir shakli,
    kishilarning jamiyatdagi biror tipini ajratib ko‘rsatish uchun asos bo‘lishi mumkin.
    Bu shakllar esa nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular quyidagilarga ko‘rinadi:

- shaxs umri va hayotining ma’nosi, ya’ni yashashdan maqsad, xotira, meros,
vorislik, orzu-umid, baxt-saodat va boshqalar bilan bog‘liq qadriyatlar;

48

www.ziyouz.com kutubxonasi



- shaxsning atrof-muhit, vatan, davr, oila va turmushi, sevgi-muhabbati,
ota-ona va farzandlari, turmush go‘zalligi va boshqalar bilan bog‘liq qadriyatlar;


shaxsning erkinligi, ozodlik, tenglik, e’tiqod, axborot olish, mulkka egalik
qilish, yashash joylarni tanlashdagi mustaqilligi, dahlsizligi bilan bog‘liq
qadriyatlar;


shaxsiy mas’uliyat, ya’ni ijtimoiy zaruriyatni anglashi, unga amal qilishi,
tartib-intizomi, or-nomusi, burchi, vijdoni, qadr-qimmati va boshqalar bilan
bog‘liq qadriyatlar;


shaxsiy mas’uliyat , ya’ni ijtimoiy zaruriyatni anglashi, unga amal qilishi,
tartib-intizomi, or-nomusi, burchi, vijdoni, qadr-qimmati va boshqalar bilan
bog‘liq qadriyatlar;


shaxsning nafosati, ma’naviy go‘zalligi, estetik tuyg‘usi, didi, madaniyati,
o‘ziga, o‘zgalarga, tabiat va tashqi muhitga nisbatan nafosatli munosabatiga
aloqador qadriyatlar.

YUqorida ta’kidlaganimizdek, ushbu qadryaitlar orqali umuminsoniylik


shaxsiy darajada, muayyan kishining qiyofasida qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Qadriyatlarning bu darajad namoyon bo‘lishi nisbiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, ammo ular
alohida kishilar, ularning hayoti, faoliyati, jamiyatdagi mavqei va o‘rni uchun
nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.

3. Hayotda iqtisodiy jihatlarga ko‘proq e’tibor beradigan, ularga foydalilik
nuqtai nazaridan qaraydigan shaxslar uchraydi. Bunday kishilarning ayrimlari mol-
mulkka ega bo‘lishga ko‘proq harakat qiladilar, pul, boylik orttirish, ulardan
foydalanish yo‘llarini yaxshi biladilar. Boshqa shaxslar bilan munosabatda. Do‘stlar
orttirish, quda-andachilik va shu kabilarda ham bu jihat etakchilik qiladi. Bunday
kishilar uchun moddiy manfaat olib keladigan munosabat yoki faoliyat qadrli bo‘lib,
qimmat narsalar ko‘proq foydalidir.

YAqin o‘tmishimizda bunday kishilar jamiyat foydasini o‘ylamaydigan, o‘z


manfaatini boshqalar manfaatidan ustun qo‘yadigan shaxslar sifatida, tanqid qilinar
edi. aslida, yuqoridagi xusvusiyatlar m’eyorida, boshqalarning qadrini erga
urmaydigan, ularga ziyoni tegmaydigan bo‘lsa, unda ularning zarari va foydasiga
dialektik yondashmoq zarur. A.Avloniy ta’kidlaganidek, «Iqtisod, deb pul va mol
kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar
o‘rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda so‘mni ayamas. Sahovatlik ziddi
bahillik o‘lg‘oni kabi, iqtisodning ziddi-isrofdir». Allomaning iqtisod
borasidagi, shaxs qadrini oshiruvchi sifatlar to‘g‘risidagi, bu so‘zlari zamonamiz uchun
nihoyatda dolzarb, ammo uning quyidagi fikri undan ham dolzarbroqdir: «Hozirgi
zamonda maqsadga etmak, o‘z millatiga xizmat qilmak, xalqqa maqbul bo‘lmak uchun ilm
vva mol lozimdur. Olamdagi barcha millatlarning hol va qudratlari boyliklari ila
o‘lchanur. Har erda boy millatlar… xo‘ja o‘lg‘ondek, faqirlari… qul va asir bo‘lib
qoladur. So‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va
ma’rifat ila barobar iqtisod, bu borasinda insof, tuganmas sa’y, bitmas g‘ayrat
lozimdur»16.

Bozor munosabatlari bilan bog‘liq kelajak A.Avloniy ta’rifini keltirgan


kishilar, ularning voyaga etishi, kamoloti, faoliyati, xatti-harakatlariga ko‘p
jihatdan bog‘liq bo‘ladi.

4. shaxsning «gedonistik» (grekcha - huzur-halovat) qadriyatlari huzur-halovat
va lazzatli hayot kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat, xatti-harakat, munosabat,
ehtiyoj, talab va intilishlarda o‘z ifodasini topadi. Albatta, har bir inson huzur-
halovatko‘rish, shod-xurram yashashni istaydi, orzu qiladi, bunga erishish yo‘llarini

16 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoќud axloq. 34-bet.

49

www.ziyouz.com kutubxonasi

qidiradi. Ushbu ma’noda bu qadriyatlar shaxsni faol bo‘lishga, ijodiy faoliyat
yuritishga undaydi. Ko‘pgina kishilar o‘z umrini tinch, huzur-halovatda va shod-
xurramlikda o‘tkzishni, bu borada boshqalarga halaqit bermasdan, o‘zgalar hisobidan
emas, o‘z mehnati, qobiliyati orqali shunday hayot kechirishga erishishni orzu qiladi,
ular orasida to‘la huzur-halovatda yashash qiyin ekanligini, hatto buning iloji
yo‘qligini ta’kidlaydiganlar ham yo‘q emas.

Gedonistik qadriyatlarni ustun qo‘yuvchi kishilar narsa, voqea, hodisalarni


ko‘proq huzur-halovat bag‘ishlashi, o‘zlarining chachoqlarini qondirishi, ijobiy
hissiyotlar uyg‘otishi, salbiy kechinmalardan xalos qilishiga qarab qadrlaydilar.
Ular sayohatlardan ko‘ra dam olish uylariga, tomoshalardan ko‘ra hordiq chiqaruvchi
joylarga borishni afzal ko‘radilar. Ko‘p hollarda o‘zlari ham birovlarga halaqit
bermaslik, ularning tinchini, huzur-halovatini buzmaslik uchun harakat qiladilar,
do‘stlar, hamrohlari ham ana shunday sifatlariga qarab tanlashga intiladilar.

Moddiy boyliklarni taqsimlashda, nisbtan odamlarning tengligiga erishish


asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadigan kambag‘al jamiyat bilan yashash sharoiti baland,
moddiy boyliklari bisyor, kishilarning ma’naviy ehtiyoji, qobiliyati va talanti uchun
keng imkoniyatlar yaratish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadigan jamiyat o‘rtasida farq
katta. Ular orasidagi farq gedonistik qadriyatlarga nisbatan munosabatda ham namoyon
bo‘lmasdan iloji yo‘q. Sobiq sovetlar jamiyatida moddiy jihatdan tenglik asosiy
vazifa, deb qaralgani sir emas. Bu masala sovetlar davridan qolgan muammolarni ham
bartaraf etish, umuminsoniy, sharqona va milliy qadriyatlarni barqaror qilish uchun
nihoyatda muhim.

5. SHaxsning jamiyat, ijtimoiy tizimda egallangan mavqei, amali, jamoa va


muhitdagi o‘rni bilan bog‘liq ijtimoiy mavqeiga aloqador qadriyatlari ham mavjud.
Ular faqat shaxsiy doirada qadriyat sanalishi, shaxsiy qadriyatlar tizimida muayyan
o‘rin egallashi mumkin. SHaxsning mavqei bilan bog‘liq qadriyatlari amal,
boshqaruvchilik, peshqadamlik bilan bog‘liq xususiyatlarni tarbiyalash, kishilarning
ijodiyligi va izlanuvchanligini oshirishga undaydigan omil vazifasini o‘tashi
mumkin.

Ushbu qadriyatlarni ustuvor biladigan shaxslar uchun, boshqa kishilarning


jamiyat yoki biror tashkilotdagi o‘rni, muayyan doiradagi mavqei katta ahamiyat kasb
etadi. ular jamiyatda yuqori mavqeini egallaganidan obro‘-e’tiborli sanaladigan
odamlarni ko‘proq qadrlaydilar. SHunday kishilarning nasihatlariga quloq tutadila,
fikrlarini o‘rganadilar, ularga ergashadilar, turmush tarzlaridan ibrat oladilar,
o‘zlari ham hayotda yoki muayyan jamoada yuqoriroq lavozimni egallashga harakat
qiladilar.

SHaxsning ijtimoiy kamoloti va mavqei bilan bog‘liq qadriyatlari ko‘p


hollarda uni qunt bilan o‘rganishga, saboq olishga, o‘z ustida ishlashga, hayot
diplomatiyasi alifbosini egallab olishga undaydi. Bunday kishilarning ko‘pchiligi
o‘zlariga do‘st-yor orttirish, qo‘shnilar, hamrohlarni tanlashda ham yuqoridagi
jihatlarga e’tibor beradilar. Bundan tashqari, ular o‘zfaoliyatlari uchun zarur
bo‘ladigan yangiliklar, siyosiy va mafkuraviy o‘zgarishlarni tezroq anglab oladilar va
davr yo‘nalishlariga hozirjavob bo‘lishga harakat qiladilar. Jamiyat va millatning
taqdiri ham ular uchun begona emas.

Kishining ijtimoiy mavqei, amali, lavozimi bilan bog‘liq shaxsiy


qadriyatlari jamiyatda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularga faqat ijobiy va salbiy
xususiyatlarni vujudga keltirish manbai sifatida qarash noto‘g‘ri. Bunday
qadriyatlarni h rganish, jamiyatimz tub o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan hozirgi
davr uchun, nioyatda muhim. Bu borada esa chuqur ilmiy tahlilga asoslangan
tadqiqotlar olib borish zaruriyati etilgan.

50

www.ziyouz.com kutubxonasi



6. SHaxsning intellektual qadriyatlari uning qobiliyati, bilim, iste’dodi,
talanti, ularni ro‘yobga chiqarish imkoniyati va boshqalar bilan uzviy bog‘langan. Bu
qadriyatlar bilan bog‘liq muammolar ijtimoiy bilimlarning azali mavzularidan
biridir. Qadimgi Gretsiya va Rim falsafasida ham, SHarq va Osiyo mutafakkirlari
qarashlarida ham inson aqli, qobiliyati, iste’dodining ahamiyati va qadri g‘oyat
baland, deb hisoblangan. Hozirgi zamonda insonning bu sohadagi qadriyatlari
ahamiyati nihoyatda kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda intellektual qadriyatlarni
tahlil qilish muammolari katta ahamiyat kasb etmoqda.

Qobiliyat, iste’dod va talant hammada ham bir xil rivojlanavermaydi va bir


tekis namoyon bo‘lmaydi. Bu qadryaitlardan shaxsning faoliyatida foydalanish nihoyatda
tez va ijobiy natijalar berishi ham mumkin, gap ularni to‘g‘ri tarbiya qilish,
rag‘batlantirish, haqqoniy baholashdadir. Ularni ustun qo‘yadigan kishilar boshqlarni
ana shu jihatlariga qarab baholaydilar, ularning bilim, ahliy kamolini hisobga
oladilar. Bunday kishilar uchun aqliy-ilmiy kamolot, o‘z ijodiy qobiliyatlarini
takomillashtirish, talantini yanada yaxshiroq namoyon qilish mumkin bo‘lgan faoliyat,
ijtimoiy munosabatlarda esa bunga imkon beradigan jihatlar katta ahamiyat kasb
etadi. ular kasb, faoliyat va ish joylarini, hatto umr yo‘ldoshi, do‘stlar tanlashda ham
intellektual qadriyatlarni hisobga oladilar. Turli ilmiy va o‘quv bilimgohlari,
ijodiy tashkilotlar, tahririyatlarda bu boradagi fidoyi kishilarni ko‘plab uchraish
mumkin. boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan mutlaqo farq qiladigan, turli
avlodlarga, millat va boshqlarag mansub kishilarni intellektual qadriyatlar
birlashtiradi va muayyan maqsad yo‘lida hokisor mehnat qilishga undaydi.

Intellektual qadriyatlar kamyob bo‘lib, jamiyat, ilm-fan, ijod va kashfiyotlar


uchun nihoyatda zarur. ana shu sababdan ham iqtidorli, qobiliyatli, iste’dodli
kishilarni asrab-avaylash, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabtda bo‘lish ijobiy
natijalar beradi. Hozirgi davrda bunday kishilarga talab nihoyatda ortib bormoqda.
Ishlab chiqarish talbalari o‘sganligi, elektronika, kibernetika, avtomatika va umuman
fan-texnika yutuqlaridan hamma sohalarda keng foydalanish. YAngi texnologiyalarni
joriy qilish zaruriyati intellektual qadriyatlar ahamiyatini oshirib, ana shu qadriyat
shakli xos bo‘lgan yosh avlodni kamol toptirishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu ehtiyoj,
ayniqsa, sobiq ittifoq o‘rnida vujudga kelgan davlatlar, shu jumladan O‘zbekiston
uchun ham muhim ahamiyatga ega.

7. shaxsning emotsional qadriyatlari asosan his-tuyg‘ularga, kayfiyatlarga, kuchli
hayajonlarga (stress) bog‘liq bo‘ladi, ko‘proq ruhiy hayajonlar oqibatida faoliyat
yuritadigan davrda shaxslar qadrini belgilaydi. ular ikki xil: kishini emotsional
ta’sirdan keyin tezkorlik va shiddat bilan ijobiy harakat qilishga (botirlikka)
undashi; yoki salbiy, nihyaotda sust faoliyat yuritishga, tushkunlikka tushish,
sarosimaga (qo‘rqoqlik) olib kelishi mumkin. Emotsional qadriyatlar muayyan darajada
kishilar faoliyatini va xatti-harakatini tartibga solib turishi mumknligidan shaxs
ma’naviyati uchun katta ahamiyatga molik.

His-tuyg‘ular, kayfiyatga asoslangan emotsional jihatlarni ustun qo‘yadigan


shaxslar ko‘proq o‘zlariga o‘xshagan kishilar bilan muloqatda bo‘lish, bunga imkon
beradigan faoliyat turi yoki kasbni tanlashga harakat qiladilar, o‘zlari ham gohida
kuchli ehtirosga ega bo‘ladilar, xatti-harakatlarida his-tuyg‘ular ustunligi sezilib
turadi. SHaxsiy faoliyatlarida ehtirof, his-tuyg‘ular va hayajonlarga boy jihatlar
ko‘proq bo‘lishini xohlaydilar va bunga harakat qiladilar uyda jim o‘tirishdan ko‘ra
tomoshalarni, kitob o‘qishdan ko‘ra qo‘shiq kuylashni, korxonada kiyim tikadigan ishchi
bo‘lgandan ko‘ra, ularni namoyish qiladigan xodimalikni (manekenqitsa),
fotograflikdan ko‘ra suratga tushishni yoqtiradigan (fotomodel) kishilardir.
Ommaviy ijroda ovozini baland qo‘yib, soldatlar mashqida astoydil er tepib turgan
kishini ko‘rsangiz, uni his-hayajon boshqarayotganiga amin bo‘lavering.

51

www.ziyouz.com kutubxonasi

His-hayajon va tuyg‘ularga asoslangan emotsional jihatlar, holatlar qadriyat
bo‘lishi mumkinmi? - degan masala turli bahslarga sabab bo‘lishi mumkin. Aslida bu
fikrni umuman shaxsiy qadriyat tizimini tashkil qiladigan tarkibiy qismlarning
ko‘plari xususida ham aytish mumkin. Hozirgi davrda alohida insonni ilmiy nuqtai
nazaridan qadriyat sifatida tushunish zaruriyati, ijtimoiy fanlar va
ruhshunoslikning qo‘lga kiritgan yutuqlari asosida, ishlab chiqarish va boshqarishda
g‘oyat katta ahamiyat kasb etayotgan emotsional-psixologik muammolarga zamonaviy

yondashishni talab qilmoqda.

Demak, inson tabiatning oliy mo‘‘jizasi, tarixiy taraqqiyotining ijtimoiy


mahsuli sifatida jamiyatdagi asosiy qadriyatdir. Har qanday jamiyatning ijtimoiy
odilligi unda umuminsoniylik mezonlariga amal qilinishi, pirovard natijada
inson qadrining qay darajada ekanligi, shaxsning individual qadriyatlarni namoyon
qilishi uchun imkoniyatlar yaratilganligi bilan bog‘liq. har qanday kishi o‘z
qadriyatlari, ularning turli shaklda namoyon bo‘lishi natijasida boshqalar va jamiyat
uchun qadrlidir. Inson nafaqat qadriyatlar dunyosi, balki o‘z qadri va uning namoyon
bo‘lishi uchun ham mas’uldir. Bu mas’ullik esa o‘z navbatida uning qadrini
shakllantiradigan asosiy mezonlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

52

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish