Mazkur holatlarning bir-biri bilan mutanosib emasligi ko‘rinib
turibdi. Ularga mos ravishda esa qadriyatlar sohasida quyidagi holat ko‘zga
tashlanadi:
Nisbatan barqaror qadriyatlar O‘zgarayotgan qadriyatlar tizimida
tizimida barcha tarkibiy qismlar, bulgani kabi, bu tizimning
ya’ni qadriyat shakllari orasidagi elementlarida hamda ana shu tizimni
munosabatlar ham nisbiy barqarordir. tashkil qiladigan boshqa xususiy qadriyat
Ular orasida o‘zaro mutanosiblik, ichki tizimlarida ham abadiy va mutlaq
bog‘lanish va dialektik uyg‘unlik uyg‘unlik yo‘q . ular doimiy o‘zgarishda,
mavjud bo‘ladi. Ana shu mutanosiblik takomillashishda va turli holatlarga
va uyg‘unlik jamiyatdagi ijtimoiy o‘tishdadir, tizimda esa xilmahxil farq,
sub’ektlarning hamjihatligina tafovut, nomutanosiblik va qarama-
asoslanadigan qadriyatlar tizimining qarshiliklar mavjud bulishi mumkin. Bu
barqarorligini ta’minlaydi. qadriyatlar tizimining o‘zgarilarini
ta’minlaydi.
Xo‘sh, jamiyat rivoji va qadriyat tizimlariga xos ana shu
nomutanosibliklarning maavjudligi abadiy va mutlaq ziddiyatni anglatadimi? Ular
ijtimoiy taraqqiyot va qadriyatlarning amaliyotdagi o‘zgarishlar jarayonida qanday hal
qilinadi? Ma’lumki, jamiyatda barqarorlik bilan doimiy o‘zgarish, mutanosiblik
bilan nomutanosiblik, uyg‘unlik bilan ziddiyatlar, taraqqiyot va tanazzul kabilan
uzviy bog‘liqlikda va aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Mavjud bo‘lgan turli qarama-
qarshiliklar va ularning hal qilinishi, bir tomondan, qadriyatlarga tayangan holdagi
kelishuv asosida jamiyat a’zolari va ijtimoiy sub’ektlar hamjihatligiga tayangan
holda echilsa, ikkinchi tomondan, jamiyatning ilgarilanma harakati natijasida,
tarixiy rivojlanish va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida inkor, vorislik va
navqironlik dialektikasi tarzida amalga oshadi.
Biz ijtimoiy taraqqiyotda sinfiy kurashning mavqei mutlaqlashtirilgan,
ijtimoiy tenglikni sinfsiz jamiyat sifatida talqin qilingan nazariya to‘la g‘alaba
qozongan jamiyatda yashadik. Bu borada bo‘rttirish va mutlaqlashtirishlarning oqibati
ayon. Ammo yuqoridagi holatlarning in’ikosi bo‘lgan asosity jig‘atlar g‘alaba
qozongan, ular bo‘rttirilik va mutlaqlashtirilib yuborilgan davrni tasavvur qilish
qiyin. Holbuki, jamiyatda bunday holat ro‘y berganida edi, biz o‘zgarish va
taraqqiyotsiz ijtimoiy tuzum (birinchi holat) yoki qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar,
son-sanoqsiz ijtimoiy to‘qnashuvlar doimiy bo‘lib turadigan jamiyatning (ikkinchi
holat) guvohi bo‘lar edik. Bu hollarning ikkilasi ham sof tarzda uchramaydi.
Qolaversa, biz fikr yuritgan holatlar to‘g‘risidagi qarashlar kishilik jamiyatini
turlicha tahlil qilish, undagi mavjud hollarga xilma-xil munosabatning o‘ziga xos
in’ikosidir.
Aslida, jamiyat bir tomondan barqaror, asosiy tarkibiy qismlari bir-biri
bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy tuzilishga ega.
Ikkinchi tomondan esa aynan shu jamiyat doimiy o‘zgarishda, zamonda ilgarilanma
harakatda bo‘ladi. Bu o‘zgarish, ilgarilanma harakat va ijtimoiy taraqqiyot bir tekis
kechmaydi, balki turli farqlar, tafovutlar, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar
orasidan kelajakka tomon yo‘l topib boradi. SHu bilan birga qadriyatlar tizimidagi
nomutanosibliklarni echish imkoni har doim bo‘lmasligi, ular ziddiyatga aylanishi,
tizimni beqaror qilib qo‘yish, uning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bu
jarayon o‘z navbatida yangi qadriyat tizimlarining shakllanishi, qadriyatlar bilan
bog‘liq omillarda yangicha ma’no va mazmun kashf etilishida katta axamiyat kasb etadi.
bunday sharoitda ijtimoiy taraqqiyotga xos inkorni-inkor, voriyalik va navqironlik
66
www.ziyouz.com kutubxonasi
dialektikasini qadriyatlar, ularning asosiy shakllari va qadriyat tizimlaridagi
o‘zgarishlariga ham tadbiq qilish mumkin.
Demak, mazkur bo‘lak boshlanishidagi umumijtimoiy va umumaksiologik
holatlarga dialektik nuqtai nazardan qarshi, ular orasidagi nomutanosiblikni
mutlaqlashtirmaslik, balki ijtimoiy taraqqiyotni inkorni-inkor, vorislik va
navqironlik orqali ilgarilanma harakati natijasida hal qilinadigan jarayon
sifatida talqin qilish mumkin. Bu jarayon rivojlanishda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi,
bu jarayonning qanday borganligi turli tarixiy davrlar, sivilizatsiyalar rivoji
bilan bog‘oiq umumiy jihatlarga va xususiyatlarga ega. Qadimgi Misr tarixini
o‘rgangan J.Uilson rivojlanish jarayonida qadimgi misrliklarning qadriyatlari qay
tariqa o‘zgarib borganligini, hatto bu o‘zgarish butunlay boshqacha qadriyatlar asosiy
mavqeiga olib kelganligini ko‘rsatib bergan. Uning aniqlashicha, qadimgi Misr
podsholigidan Imperiya alohida shaxs va uning individual qadriyatlariga katta
ahamiyat berilgan, kishilarning talanti, qobiliyati, jur’ati va boshqa ijobiy
jihatlari yuksak qadrlangan. YAxshi hayot kechirish deganda narigi dunyo emas, har bir
shaxsning ijodiy faoliyatiga to‘la-to‘kis imkoniyat ochadigan va buning natijasida
butun jamiyatning gullab-yashnashi uchun sharoit yaratadigan yashash tarzi va umr
kechirish usuli tushunilgan. Umumiy qadriyatlar tizimida inson qadri va uning
shaxsiy-individual xususiyatlarining mavqei baland bo‘lgan. Imperiya davrida esa
inson qadri va shaxsiy-individual qadriyatlari emas, balki jamiyatning o‘zi (imperiya
nazarda tutilgan) eng asosiy qadriyat sifatida qarala boshlagan. Bu davrda
misrliklarning imkoniyatlari cheklangan, ammo u dunyoda yaxshi yashash imkoni bo‘lishi
to‘g‘risidagi va’xdalar ko‘payib borgan. Bu o‘zgarishlarning barchasi mavjud
qadriyatlar tizimi doirasida amalga oshgan, uning manzarasida asta-sekin o‘zgarishlar
bo‘lishiga olib kelgan.
Qadriyatlar amaliyoti va qadriyatlar tizimlaridagi mutanosiblik va
nomutanosiblikning qanday ahamiyat kasb etishi quyidagi misoldan ko‘rinib turibdi.
L.V. Skvorsov fikricha, qadimgi Afina va Rim tarixining muayyan davrida (milod.
Old. VII asr milodning III asrigacha) kishilarning davlat va uning qudratini oshirish
yo‘lidagi qariyb bir xil faoliyati nihoyatda qadrlangan. Ammo har ikkala davlatda bu
faoliyatga talab turlicha bo‘lgan. Afinada shaxsning betakror qobiliyatlari va
faoliyatga katta e’tibor berilgan bo‘lsa, qadimgi Rimda bunday faolik, erkinlik va
ijodiylikka yo‘l qo‘yilmagan, kishilarga farq davlat talablariga bo‘ysunish va siyosiy
tartiblarga suzsiz itoat etish nuqtai nazaridan baho berilgan.21
Bunday mezonga ko‘ra baholash oqibati shaxs faolligini so‘ndiradi, ijtimoiy
hayotda esa uning qobiliyati va iste’dodiga to‘g‘ri baho berilmaydi, shaxs turli
rejalar va dasturlarni amalga oshirishning oddiy ishtirokchisiga aylanib qoladi.
kishilarning ijodiyligi, faolligiga yo‘l qo‘yilmaganligi, ularni imperiya
talablarini hech ikkilanmasdan bajaradigan shaxslarga aylanganligi Rimning jahon
madaniyati tarixida Afinachilik yuksak o‘rin qoldira olmaganligining asaosiy
sabablaridan biri bo‘lgan. Rimliklar kuchli davlatga ega bo‘lib o‘zlarini siyosiy
jihatdan ustun qo‘ysalar ham, madaniy boyliklarni yaratishda greklarga
(afinaliklarga) tan berganlar, ilm olish uchun greklarga shogrd tushishdan or
qilmaganlar, o‘z farzanldlariga muallimlar tanlashda ham greklarga murojat
qilganlar. qAdimgi greklar jahon sivilizatsiyasining tamaltoshini qo‘ygan eng buyuk
madaniy rivojlanish va falsafiy ta’limotlar yaratganlar. Ulug‘ allomalarni
etishtirganlar, rimliklar esa jahongir YU.Sezar va boshqa lashkarboshilariga ega
bo‘lganlar.
21 Skvorsov L.V. Sub’ekt istorii i sotsialnoe samopoznanie. — M.: Nauka, 1983. 109-bet.
67
www.ziyouz.com kutubxonasi
B.Rassel fikricha, «Rimliklar san’atda biror original shaklni yarata
olmaganlar, birorta mustaqil falsafiy sistemani izohlab bermaganlar, hech qanday
mustaqil ilmiy kashfiyot qilmadilar».22 Ular fanda ham, falsafava san’atda ham
greklarga ergashuvchi, taqlid qiluvchi bo‘lib qoldilar. Ammo ijodiyligi so‘ndirilgan
bo‘lsada, muayyan darajada birlashib harakat qilgan va asosan askarlarga
aylantirilgan xalq, dunyodagi eng katta imperiyalardan birini - Rim imperiyasini
uzoq vaqt saqlab qolgan, uning imperiyaga xos qadriyatlar tizimi mavjud bo‘lishiga
xizmat qilgan.
Biz Markaziy Osiyo A.Makedonskiy tomonidan zabt etilgani va Grek - Baqtriya
davlati hukm surganligini bilasiz. A.Makedonskiy boshchiligidagi bosqinchilar
o‘lkamizga qanday qadriyatlarni olib kelgan va qaysi qadriyatlarni barqaror qalmoqchi
edilar? Ularning hukmronligi qaysi umuminsoniy qadriyat talablari mezoniga to‘g‘ri
kelar edi? ulardan boshqa bosqinchilar-chi? Nima bo‘lganda ham, ne-ne umidlar bilan
o‘rnatilgan hokimiyatlar tarix sahifalarida bosqinchilikning namunasi sifatida
qoldi, bosqinchilarning allaqanday qadriyatlari esa o‘zlari bilan birga ko‘milib
ketdi! Ammo bu bosqinchilar Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining azaliy
qadriyatlarini butunlay va abadiy yo‘qotib yuborib olmadilar, ular har safar
yangilanib, eski jihatlarini inkor qilib, o‘z qadriyatlarini asta-sekin rostlab
bordilar.
Ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat hayoti sakrashlar va orqaga chekinishlarsiz, turli
ziddiyat va qarama-qarshiliklarsiz bir tekis boradigan tarixiy o‘zgarishlardan
iborat emas. insoniyat tarixi turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar orqali
o‘tmishdan kelajakka tomon harakatlanadi. SHu bilan birga muayyan sivilizatsiya
qadriyatlari ham shu tariqa rivojlanib, umuminsoniy, milliy-etnik va boshqa
qadriyatlarning mukammalroq jihatlarni, turli-tuman qirralarini yaqqolroq namoyon
qilib boraveradi. Bizningcha, Markaziy Osiy sivilizatsiyasi ham ana shunday
xususiyatga ega. U ham o‘z qadriyatlarini zamonlar silsilasidan olib o‘tadi,
yangilanadi, takomillashadi, rang-barang belgilar kashf etadi, xilma-xil
jihatlarini namoyon qilib boradi. Bu sivilizatsiyaga xos umumiy qadriyatlar tizimi
ham har bir o‘zgargan davr realliklarini o‘ida aks ettiradi, umumiy manzarasida yangi
jihat va qirralarni namoyon qiladi, ammo har gal ajdodlar ruhi, umuminsoniy
ideallar, etnik makonga muhabbat, insonparvarlik an’analarini saqlab qoladi va
ularga tayangan holda mustaqil tizimga aylanadi. Mustaqil O‘zbekistonda
shakllanayotgan yangi qadriyatlar tizimida ham ana shunday va vorislikni ko‘rish
mumkin.
Taraqqiyot jarayoni qadriyat tizimining takomillashuvi, o‘zgarishi odamlar
o‘rtasidagi munosabatlar, amaliy faoliyat, hamda jamiyatdagi moddiy, ma’naviy va
boshqa sohalar bilan uzviy bog‘liq. Umrini yashab bo‘lgan ijtimoiy qullar, tartiblar,
ularning qadriyatlari o‘z o‘rnini yangilarga bo‘shatib berish va o‘tmishga aylanshi
hayotning qonunidir. Bu jarayon faqat jamiyat rivojlanishining tub burilish
davrlari, uning bir sifat holatidan ikkinchisiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, deb
hisoblash nojoiz. CHunki tadrijiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganida ham bu jarayonning
turli jihatlarini kuzatish mumkin. Arab istilosi davridagi Markaziy Osiyoning
rivojlanish jarayoni ham bundan mustasno emas. Garchand istilochilar
sivilizatsiyamizning islom talablariga mos kelmaydigan tomonlarini yo‘q
qilganlariga qaramasdan erli aholi arablarning diniy qadriyatlar tizimini qabul
qilgan edi. Bu esa ma’lum ma’noda Markaziy Osiyodagi tarqoq xalqlarni
birlashtiruvchi ma’naviy omil bo‘lgan va ba’zi zadriyatlarimizni
takomillashtirishda katta ahamiyat kasb etgan edi. SHunga qaramasdan yurtimizda
22 Rassel B. Istoriya zapadnoy filosofii. - M.: Nauka, 1959. 259-bet.
68
www.ziyouz.com kutubxonasi
arablar istilosi va ular o‘rnatgan ba’zi ijtimoiy qadriyat tizimiga qarshi
harakatlar bo‘lganligi haqiqat. Muqanna boshchiligidagi xalq harakati bunga yaqqol
misol bo‘ladi.
O‘rta Osiyo mo‘g‘ular hukmronlik qilgan davr esa yuqoridagidan farq qiladi.
O‘trirning bosib olinishidan (1218 y) shahri Keshda (hozirgi SHahrisabz)
hokimiyatiga ega bo‘lgan davr (1360 y) orasida hadriyatlar tizimi rivojida aytarli
o‘zgarishlar bo‘lmagandek tuyuladi. Bu davrda mo‘g‘ullar Markaziy Osiyo bevosita
hukmronlikni qo‘ldan bermadilar, ma’naviy qadriyatlarimiz tizimiga biror
arziydigan ijobiy yangilik olib kirmadilar, madaniyat, fan, san’atning
rivojlanishiga imkon bermadilar, erli aholiga mansub bo‘lgan hur fikrli
kishilarni esa yo‘q qilib tashlayverdilar. Bunday sharoitda umuminsoniy va milliy
qadriyatlarimizning takomilashishi uchun imkoniyat bo‘ladi. Mo‘g‘ullar davrida O‘rta
asrdagi xalqlarimizning uyg‘onish davrini ikkiga bo‘lib tashladi, ammo uni t q xtata
olmadi, mo‘g‘illardan vayron bo‘lgan shaharlaru, («CHig‘atoy» kabi) qabristonlar oldi,
xolos.
O‘sha davrning ayrim kishilari uchun mo‘g‘ullar hukmronligi abadiy davom
etadigandek bo‘lib tuyulgan bo‘lsa ajab emas. kimlardir mo‘g‘ul bosqinchilari o‘rnatgan
siyosiy qadriyatlarga ishongan, ularga xizmat qilgan bo‘lishi, siyosat, davlat yuritish va
harbiy sarkardalik bobida ulardan saboq olgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo hayot bir
joyda to‘xtab, qadriyatlar amaliyoti mutlaq o‘zgarmay qolgani yo‘q . mo‘g‘ullarning
ayrimlari islom dinini qabul qilib olgani, erli aholi bilan yaqinlashganiga
qaramasdan, yurtimizdagi ozodlik, umuminsoniy qadriyatlarga intilish, milliy
h zlikni anglash va mustaqillikka erishish harakatini so‘ndira olmadilar. Mahalliy
aoli CHingiz avlodlari kelgindilar ekanligini va xalqlarimizga xos juda ko‘p
qadriyatlarni oyoq osti qadriyatlarini aslo unutmadi. Ularning hukmronligini
tugatish uchun juda ko‘p harakatlar bo‘ldi, Mahmud Turobiy qo‘zg‘aloni, sarbadorlar
harakati va boshqalar bo‘lib o‘tdi. Bu harakatlar Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi, deb
nomlanadigan davrda ham sivilizatsiyamiz qadriyatlar tizimi tarixning xilma-xil
suronlari, turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, zamon silsilalari va avlodlar
taqdiri orqali o‘ziga yo‘l ochib borganligi ko‘rsatadi.
Qadriyatlar, ularning umuminsoniy, milliy, shaxsiy va boshqa shakllarining
ijtimoiy jarayonlar davomida o‘ziga yo‘l topib olishi ham ijtimoiy taraqqiyotning
qadriyatlar o‘zgarishi bilan bog‘liq umumaksiologik qonuniyatidir. Tarix bu
qonunning har bir ibratli voqea misolida isbotlab turibdi. Ko‘pchilik
Firdavsiyning «SHohnoma» asari vujudga kelgan davrda qanday podsholiklar
bo‘lganligini bilmaydi. Ammo «SHohnoma» ning ulug‘ muallifi ruhi, u yaratgan asarlar
adri qarshisida bosh egadi. Mahmud G‘aznaviy bilan Beruniyning «Hindiston» asari
o‘rtasida qanday aloqa bor? Ma’lumki, G‘aznaviy Hindistonga Beruniyni birga olib
ketgan, bu esa Beruniy Hind yurtini o‘rganish va ma’lumotlar to‘plash imkonini
bergan edi. G‘aznaviy saltanati emirildi, uning boyliklaridan asar ham qolmadi.
Boshiga necha bor kulfat tushgan hindlarning ko‘z yoshlarini «o‘tmishning pardasi
berkitdi». Beruniy ta’riflagan hindular qadriyatlar tiklandi. Ne-ne jahongirlar
zabt etgan bu diyor bugun mustaqil mamlakatga aylandi. Ammo Beruniyning
«Hindiston»i, Dehlaviyning «Ximsa»si, Boburning «Boburnoma»si, Bedil va
Zebunisoning o‘lmas asarlari ushbu yurt nafasini va o‘z mualliflari merosining
qadri hamda ahamiyatini ko‘z-ko‘z qilganicha, umuminsoniy xazinasiga qo‘shilgan hissa
sifatida avlodlarga meros bo‘lib qoldi. Bu asarlarning har birida olis Hind o‘lkasi
va yurtimiz qadriyatlarining uyg‘unlashgan ta’siri sezilib turadi.
Xullas, jamiyatning rivoji jarayonida hayot talabiga javob berish
imkoniyatini yo‘qotgan tuzumlar, davrlar va ularning qadriyat tizimlari o‘z o‘rnini
boshqasiga bo‘shatib borishi aksiologiyaning asosiy qonunlaridan biridir. Lekin u
69
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki bu kuchlar, guruhlar va tabaqalar tarixiy taraqqiyotga to‘siq bo‘lib qolishi,
ularning bu boradagi faoliyati turli-tuman qadrichyatlarni yoki qadriyat tizimini
o‘rnatish shiorlari ostida amalga oshirilishi ham mumkin. Ammo ular pirovard
natijada jamiyatning o‘tmishidan kelajakka tomon qonuniy borishini, adriyatlar
amaliyotining ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq harakat qilishi jarayonini aslo
to‘xtata olmaydi.
Rivojlanish va taraqqiyot jarayonida bir qadriyatlar tizimi izsiz yo‘qolib
ketmaydi, ikkinchisi esa o‘z-o‘zidan vujudga kelavermaydi. Tasodifan paydo bo‘lib
qolgandek tuyuladigan yangilik ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u eskilik va
zamonaviylikning hosilasi sifatida shakllanadi. YAngilikning har qanday shaklida
eskining ba’zi tomonlar, xususiyat va jihatlar saqlanib qoladi. bu jarayonlar
qadriyatlar tizimi uchun ham umumiydir. Bugun O‘zbekistonda azaliy sharqona
qadriyatlarni tiklash asosida zamon realliklariga mos keladigan yangi qadriyatlar
tizimini yaratish asosiy vazifalardan biri bo‘lmoqda. Bunda ham inkor va vorislik o‘z
ifodasini topmoqda.
Rivojlanish jarayonida biror moddiy buyum, narsa, vositaning o‘rniga
ikkinchisi kelishi bilan ilgarigisi eskirib qoladi, uni hayotda ishlatish ko‘lami,
kishilar uchunijtimoiy ahamiyati, qadri nisbatan kamayadi. Masalan, tarixda tosh
qurollar o‘rniga temir qurollar, so‘ngra esa zamonaviy ishlab chiqarish vositalari
vujudga kelishida ana shunday xolat kuzatiladi. Moddiy hayotda vujudga kelgan
yangilik ko‘p hollarda eskisini o‘rnini egallar oladi, uning qadrisizlanishiga sabab
bo‘ladi.
Bundan farqli o‘laroq, ma’naviy qadriyatlar hamda ularning ba’zi shakllariga
eskirish tushunchasini bevosita qo‘llash qiyin. ayniqsa, gap kundalik hayotda
umuinsoniy ideallar, maqsadlar hamda ma’naviy olam, axloqiy kamolot, ta’lim-
tarbiyaning asosiy mezonlari sifatida namoyon bo‘lidan qadriyatlar to‘g‘risida
borganida, bu yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ular zamon o‘tishi bilan bevosita
eskirib, keraksiz bo‘lib qolmaydi, balki odamlar ularni yangicha baholaydi, talqin
qiladi, ularga moslashishning yangicha yo‘llarini qidiradi. SHu bilan birga har bir
yangi avlod o‘tmishdoshlaridan meros bo‘lib qolgan umuinsoniy va milliy
qadriyatlarni boyitadi, ularning yangi-yangi qirralarini kashf qiladi, o‘zgarishlar
kiritadi va kelajak avlodlarga meros qoldiradi. Bu jarayon vorislik tushunchasida o‘z
aksini topadi. Aksiologiyada vorislik qadriyatlar tizimi va qadriyat shakllari o‘rniga
yangisining kelishini yoki ularda yangi-yangi xususiyatlar, jihatlar va qirralarning
shakllanishi, o‘zgarishi hamda takomillashuvida eskilikning meros qolishini
ifodalaydigan dialektik inkor jarayonini anglatadi.
Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi qadriyatlari, umuman olganda
ilgarigilaridan mazmunan boyroqdir, deya e’tirof qilish mumkin. Ammo ba’zi
o‘zgarishlar jamiyatning pirovard maqsadlariga xizmat qilmasligi, umuminsoniy
qadriyatlarni barqaror qilish talablariga javob bermasligi ham mumkin. Tarixda
progressiv kuchlar va guruhlarning u yoki bu umuinsoniy qadriyatlarning g‘alabasi
uchun kurash muvaffaqiyatsizlikka uchragan, maqsadiga erisha olmagan davrlar bo‘lgan.
Bunday davrlarda tarixning yangilik bilan bog‘liq «mevalari kechikibroq pishganlar»,
etilgan vazifalarni hal qilish imkoniyati sekin amalga oshgan. Spetamen
boshchiligidagi xalq harakatlari, Jaloliddin Manguberdi va Mahmud Turobiy
boshchilik qilgan ommaviy kurashlar mag‘lubiyatga uchragan, biroq ularning har biri o‘z
davri uchun juda muhim qadriyatlarni barqaror qilish tuyg‘usi asosida vujudga
kelgan.
Bunday misollarni fan va bilimlar tarixidan ham ko‘plab keltirish mumkin.
O‘rta asrlarda, inkvizitsiya davrida, Evropa mamlakatlarida ilm-fanning eng buyuk
namoyandalari G.Galiley, I.Kopernik kabilar ta’qib ostida yashaganlar, J.Bruno
70
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘limga mahkum etilgan. Osiyoda Mansur Halloj, Imomiddin Nasimiy, Boborahim
Mashrab va Mirzo Ulug‘bekning jonlari hurfikirlilik yo‘lida qurbon bo‘lgan. Ammo
bu qadriyatlar rivojining to‘xtab qolgan yoki ortga ketganidan dalolat bermaydi.
Balki umuinsoniy ma’naviy qadriyatlar rivoji taraqqiyot va tanazzul, qarama-
qarshiliklar va ziddiyatlar orqali borganligini, bu esa qadriyatlar amaliyotining
pirovard natijada ilgarilanma harakat qilishi bir tekis jarayon emasligini
isbotlaydi.
SHunday qilib, taraxiy taraqqiyot qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ba’zi ma’naviy
qadriyat shakllarining takomillashuvi va o‘zgarishida yangilik o‘z-o‘zidan, stixiyali
tarzda paydo bo‘lmaydi, balki turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatli holatlar,
hayotning turli sohalaridagi tadrijiy va inqilobiy o‘zgarishlarning hosilasi
sifatida vujudga keladi. SHakllanadigan qadriyatlar tizimi, qadriyatlarning biror
shakli yoki yangi jihatining hayot talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligini
amaliyot ko‘rstadi. Vujudga kelgan navqironlik tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos
oqimiga mos bo‘lsa, amaldagi qadriyatlar qatorida yashab qoladi. agar u davr o‘tishi
bilan, jamiyat rivoji talabiga javob berolmay qolsa, asta-sekin tarix sahifasidan
tushib,uning varaqlar bilan birga yopilib ketadi. O‘tmishga aylanib qolgan, o‘zining
o‘ rnini boshqa ijobiy yangilikka bo‘shatib bergan qadriyatning ba’zi tomonlari izsiz
yvdlib ketmasdan, ayrim sifat va xususitlari meros qoladi.
Xullas, qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan, insoniyat tarixi muayyan qadriyat
tizimlarining doimiy o‘zgarishlari, o‘z o‘rnini boshasiga zaruriy tarzda bo‘shatib
berishi, qadriyatlarimining tarixiy rivojlanishga mos keladigan jihatlarini meros
qilib qoldirish, yangi qadriyat tizimlari va shaklari uzluksiz vujudga kelib
turishidan iborat inkorni inkor, vorislik va navqironlikning ketma-ketligi
tarzida boradigan uzluksiz dialektik jarayondir. Bizning davrimiz - o‘tgan yillar
davomida ulug‘lab kelingan va bo‘rttirilgan ayrim sinfiy va partiyaviy
qadriyatlardan voz kechilayotgan, istiqbolda markaziy bo‘g‘inlar umuminsoniy
qadriyatlardan iborat bo‘lishi orzu qilinayotgan yangi qadriyat tizimlari vujudga
kelayotgan davrdir.
Hozirgi davrda umuminsoniylikni barqaror qilish asosida millat va inson
qadrini oshirishning hammaga maqbul yo‘llari qidirilmoqda. Paydo bo‘layotgan
qadriyat tizimlarining istiqbollari ko‘p jihatdan bu jarayonning qay tarzda amalga
oshayotganligi bilan bog‘liqdir. YAngi qadriyat tizimlari o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu
murakkab jarayonda kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tashunchalari, fikr va
qarashlari o‘zgarib borishi nisbatan uzoqroq davrni qamrab oladi. masalan, asrimiz
boshlarida Rossiya imperiyasida ro‘y bergan tub burilishlar natijasida imperiyago xos
ijtimoiy hayot o‘zgarishi umuminsoniy va milliy qadriyatlarining tantanasiga sabab
bo‘ladi, oddiy inson qadrini nihoyatda oshiradi, deya hayol qilingan 1917 yil oktyabr
voqealari esa ayrim sinfiy va partiyaviy qadriyatlar bayrog‘i ostida amalga oshgan
edi. afsuski, bu orzular amalga oshmadi. Ijtimoiy taraqqiyot dunyoning rivoja yagona
yo‘ldan beravermasligini, bu borada ham rang-baranglik mavjudligini isbotlamoqda.
Sobiq SSSRning tarqalishi, uning qadriyatlar tizimi o‘rniga yangi qadriya tizimlari
shakllanishi jarayoni tarixni aksioloik tushunish qoidalariga mos keladi. Xolbuki,
biz 70 yil jamoa bo‘lib yashash g‘oyasi mutlaqlashtirib yuborilgan jamiyatda yashadik.
Bugun O‘zbekistonda ana shu davrdan boshqacha jamiyatga o‘tish - odamlarning davlat yoki
tashkilot boqishini kutib o‘tiradigan boqimandalik kayfiyatidan o‘z taqdirini o‘zi
yaratadigan,faol, ijodkor kishilarga aylanishiga ehtiyoj kuchayib borayotgan davrga
o‘tish jarayoni bormoqda. bu esa to‘la-to‘kis shaxsiy individuallikka o‘tish, uni
mutlaqlashtirishtomon emas, balki bir tomondan jamoa, millat, xalq, yurt
manfaatlari, ijtimoiy talab va ehtiyojlari unutilmaydigan, ikkinchi tomondan esa,
shaxsning individual qadriyatlarini to‘la namoyon qilish imkoniyatlari ochiladigan
71
www.ziyouz.com kutubxonasi
demokratik jamiyat qurish davridir. Zero «…tarix g‘ildiragi ortga aylanmaydi. Bu -
tabiat, bu - hayot, bu - tarix. Bu azaliy qonuniyatga qarshi kim nima deya olishi mumkin?
Bizning yo‘limiz aniq va ravshan, istiqlol, mustaqillik yo‘lidan, ozodilk, erkinlik
yo‘lidan izchil borish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, xalqimiz uchun farovon
hayot qurish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash»23.
Bunday yangi jamiyatni qurish jarayoni ham adriyatlar tizimi o‘zgarishidagi
dialektik inkor, vorislik va navqironlikning aloqasi tarzida amalga oshmoqda,
uning bayoni esa kitobimizning davomini belgilaydi.
23 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lida. T.4. - T.: O‘zbekiston, 1996. 297-bet.
72
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |