Qadriyatning qadrsizlanishi birdaniga va tasodifiy ro‘y bermaydi.
Qadrsizlanish muayyan oksiologik jarayondir. YUqorida ta’kidlaganimizdek,
moddiy sohada qadrsizlanish ma’naviy sohadagidan farq qiladi. Bir moddiy asbob,
uskuna, jism yoki narsa vaqt o‘tishi bilan eskirishi, qadr-qimmatini yo‘qotishi
mumkin. Ammo biror narsaning kerakli yoki kerak bo‘lmay qolishi uning butunlay
qadrsizlanishini anglatmaydigan hollar ham uchraydi. Bunday hollarda kishilar
qadriyat «ob’ekti»ni esdalik sifatida saqlab yuradilar, ular muzeylardan joy
oladilar yoki biror-bir tarzda saqlab qolinadilar. Fransiyaning poytaxti Parijdagi
Eyfel minorasi o‘zining asl funksiyasini butunlay yo‘qotganida ham fransuzlar
uchun qadrini yo‘qotmaydigan qadriyat ob’ektidir. Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlari
orasidan topilgan asturlob (sekstant) ham bugungi kundagi astronomik izlanishlarda
amaliy foydalanishga yaramaydi. Ammo uni buyuk bobolarimizning nazari tushgan
yodgorlik sifatida o‘z qadrini yo‘qotgan, deya aytishga kim jur’at qilarkin?
SHahrisabzda Amir Temur o‘zi uchun qurdirgan xilxona bor. Tug‘ri unda buyuk
sohibqironning jasadi qo‘yilgan qabri yo‘q! ammo bu xalqimiz tarixida o‘chmas iz
qoldirgan ulug‘ siymoning hayoti bilan bog‘langan joy, unda Temurning qabri
bo‘lmaganligi uchun, o‘z tarixiy ahamiyatini yo‘qotarmikin? Aslo yo‘q!
Ma’naviyat bilan bog‘langan qadriyatlar o‘zining namoyon bo‘lish shakli va zamona
realliklari bilan aloqadorligiga qarab qadrlanish yoki qadrsizlanish xususiyati
jihatidan farq qiladi. Masalan: insoniyat jamiyati uchun moddiy va ma’naviy
boyliklarni ishlab chiqarish, jamiyatni yangi avlodlar bilan to‘ldirib turish,
taraqqiyotga erishish, tinch-totuvlik va ijtimoiy barqarorlik doimo o‘z qadrini
saqlab qoladi. Qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan «Tinchlikni saqlamoq uchun harbiy
jihatdan kuchli yoki teng bo‘lmoq kerak!», - dedi mulohaza ko‘p hollarda
barqarorlikning qadrini noto‘g‘ri tushinish bo‘lib hisoblanadi. «Insoniyat tinchlik
davrlarida urushga tayyorlanmasdan, qurollarni yasash o‘rniga, ularni yo‘qotish bilan
shug‘ullangannida, hech qachon urush bo‘lmagan bo‘lar edi», — Loroshfukoning bu mashhur
mulohazasi hamma davrlar uchun o‘z qadrini yo‘qotmaydi.
Millat uchun ham o‘z-o‘zini to‘ldirib turish, ya’ni millatning kelajagini
ta’minlash, uning urf-odatlari, an’analari, tili, madaniy va ma’naviy
boyliklarini saqlash doimo ham qadrli bo‘lib qolaveradi. Vaqt shamollari ularning
ahamiyatini yo‘qotmaydi, o‘chirib yubora olmaydi. Ammo u yoki bu millat ayni ana shu
qadrlanadigan jihatlarini boshqa millatga xos qadriyatlardan ustun qo‘ymasligi
lozim. Zero olamda o‘zini buyuk, deb atamaydigan, tarixida bunday buyuklik uchun
asoslar borligini e’tirof etmaydigan millat bo‘lmasa kerak! Millat oz sonli
bo‘lishi mumkin. Ammo qadrlanishi, jahon xalqlarining etnik qiyofasida o‘z ahamiyati
nuqtai nazaridan alohida yuqori o‘rinni egallashi to‘g‘risida ataylab da’vo
qilmasligi - umuminsoniyatning yozilmagan qoida-larini biridir.
56
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qadrsizlanish muammosi ustida fikr yuritish, muqarrar ravishda,
qadriyatlarni qadrlash mezonlari, qadrlash me’yori to‘g‘risidagi masalani chetlab o‘ta
olmaydi. Bu masala B.R.Karimov va B.O.To‘raevlarning «Oqilona qadriyat mo‘ljallari»
risolasida ilmiy-aksiologik tahlil borasidagi tadqiqotlarning ob’ekti sifatida
kun tartibiga qo‘yilgan. Ular bu risolada «inson konsepsiyasidan oqilona qadriyat
mo‘ljallarini shakllantirishda foydalanishga oid bir qator metodologik
xulosalar…» berganlar.17 Bu metodologik xulosalardan qadriyat mo‘ljallarini
aniqlashda ijodiy foydalanish mumkin. SHu bilan birga, ana shu qadriyat
mo‘ljallarining buzilishini qadrsizlanish jarayonining ilk boshlanishi sifatida
tavsiflasa ham bo‘ladi. Bu ayniqsa shaxsiy-individual aksiologik sistemaga mansub
bo‘lgan qadriyatlarni namoyon bo‘lish shakllariga aloqador qadrsizlanish masalasini
izohlashda qo‘l keladi. «Inson uchun yoshlikning qadri, qarilikda, sog‘liqning qadri
bemorlikda bilinadi», - deyilishi bunday holga misol bo‘lgan. Zero, «Xom sut emgan
inson!», - bolasi yoshlikdagi kuch-quvvati, sog‘liq onlaridagi imkoniyatlarning
qadriga o‘z vaqtida etmaydi. Qadriyat mo‘ljallarini aniq bo‘lmaslik, uni belgilovchi
mezonlarga e’tibor bermaslik, gohida mahdudlik yoki hayotga omilkor va ijodiy
yondosha olmaslik kabilar shaxsiy-individual qadriyatlar qadrsizlanishining ba’zi
sabablari jumlasiga kiradi.
Har bir qadriyat ob’ektining qadrlash mezoni bor. Bu mezon u yoki bu qadriyatni
qadrlashning ob’ektiv me’yorini anglatadi. Ana shu me’yorning buzilishi u yoki bu
qadriyat qadrining, bir tomondan, xuddi ortiq mutlaklashtirishi, ikkinchi tomondan
esa, aksincha, bu qadrning mutlaqo e’tiborga olinmasligiga sabab bo‘ladi. Xulmas,
qadrlash me’yorning buzilishi, har qanday holatdan ham qadrsizlanishning asosiy
sabablaridan biridir.
SHaxsiy qadriyatlarni xaddan ortiq mutlaqlashtirish oxir oqibat shaxsiy
egoizmga, bu darajadagi qadriyatlarning qadrsizlanishiga olib keladi. SHaxs
qadriyatlarini mensimaslik esa, insonni taxkirlashga, uni qadriyat ob’ekti
sifatidagi qadrini erga urishga, ma’naviy kamsitishga olib keladi. Bundan tashqari,
qadriyatlarning shaxsiy darajada qadrsizlanishi, ba’zida umr ma’nosining
qolmaganligi, ma’naviy tushkunlik, hayotdan to‘yish, yashashdan voz kechish tarzida ham
namoyon bo‘ladi.
Qadriyatlarni shaxsiy darajada qadrsizla-nishida: a) shaxs qadrini xaddi
ortiq bo‘rttirish; b) shaxsni qadriyat ob’ekti sifatida kadrlamaslik; v) ba’zi
qadriyatlarning shaxs uchun individual tarzda qadrsizlanishi; g) shaxsning qadriyat
yaxshi anglamaganligi, bilmasligi, tushunmaganligi bilan bog‘liq sabablar mazmunni
kuzatish mumkin.
Qadrsizlanishning shaxsiy darajada namoyon bo‘lishi individual tarzda kechadi.
Bu jarayon inson umrining biror davriga taaluqli bo‘lishi ham mumkin.
Umumijtimoiy darajadagi qadrsizlanish esa butun jamiyatda, yoki uni tuzilishida
muhim ahamiyat kasb etadigan qismlarida namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda
umumjamiyat miqyosidagi ba’zi qadriyatlar omma yoki kishilarning aksariyati uchun
qadrsizlanib boradi. Biz yashagan sobiq SSSRdagi sotsialistik tuzum hayotining
so‘nggi yillarida ham ba’zi partiyaviy-sinfiy qadriyatlarning qadrsizlanish jarayoni
borganligi, qadriyatlar sistemasi jamiyatdagi barqarorlik va asosiy sub’ektlarning
hamjihatligini ta’minlaydigan ma’naviy boshqarish mezoni (va regulyator)
vazifasini bajara olmay qolganligi, ko‘pchilikning esida bo‘lsa kerak. O‘sha davrda
ana shu qadriyatlar ko‘pchilik uchun nafaqat faoliyat mezoni, balki hayotning maqsadi,
shaxsiy ideallar va manfaatlar ob’ekti sifatidagi mazmunini ham yo‘qotib qo‘ygan
edi. asrimizning boshlarida muayyan harakatning ideali va bu boradagi faoliyat
17 Karimov B.R., Turaev B.O. Oqilona qadriyat mo‘ljallari. - T.: ToshDU, 1994. 5-bet.
57
www.ziyouz.com kutubxonasi
mezoni bo‘lgan ba’zi qadriyatlar asosiy bo‘g‘inlari bo‘lgan umumjamiyatga xos
akseologik sistema, ana shu davrga kelib, beqarorga aylanib qoldi. Ushbu qadriyatlar
esa, qadrsizlanish oqibatida, umumijtimoiy sistemani birlashtirib, jipslashtirib
turuvchi markaziy bo‘g‘inlar sifatida ahamiyatini yo‘qotadi.
SHuni ta’kidlash kerakki, har qanday umumiy qadriyatlar sistemasining asosiy
va markaziy bo‘g‘inlari mavjud. Ana shu markaziy bo‘g‘inlar vazifasini bajaruvchi
qadriyatlarning qadrsizlanishi esa, har qanday holatda, umumiy qadriyatlar
sistemasining qadrsizlanishiga olib keladi. Bunday holatlar hayotda ko‘plab namoyon
bo‘ladi-ki, ularni aksiologik jihatdan baholash qadriyatshunoslikning asosiy
masalalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, qadrlashning teskarisi bo‘lgan qadrsizlanish
ko‘pqirrali, murakkab aksiologik jarayondir. U xilma-xil sohalarda, turlicha tarzda,
o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘ladi. Mazkur muammoni o‘rganish, bu jarayonga
xayrixohlik kishi sifatida oddiy kuzatuvchi bo‘lib qolishni emas, balki
umuminsoniy qadriyatlarning haqiqiy mazmunini to‘g‘ri anglash, inson qadrini yanada
oshirish uchun kerakli dalillar olishni bildiradi. Unbu masalani ilmiy tahlil
qilish va qadrsizlanish jarayoniga xos aksiologik o‘zgarishlar mexanizmini aniqlash
muammosi o‘zining dolzarbligini saqlab qolmoqda. Zero, «Qadrsiz - qadriyat yo‘q »,
qadrlanmaydigan qadriyat esa - sarobga o‘xshaydi!
58
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |