QADRLASH VA QADRSIZLANISH MUAMMOLARI
Kishilarda qadrlash tuyg‘usini shakllantirish va to‘g‘ri tarbiyalash nihoyatda
muhim. Bu tuyg‘u insonga ona suti, ota vasiyati bobolar o‘giti, avlodlar yodi, moziy
saboqlari bilan birga o‘tadi, meros qoladi. U faqatgina merosiy tuyg‘u emas, balki
kishining butun hayoti davomida tarbiyalanadi. Sayqallanadi, biror yo‘nalish asosida
takomillashadi, turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Qadrlash tuyg‘usining qanday
shakllanganligi qadrlash darajalarida ko‘zga tashlanadi. SHaxsiy darajada u
insonning ma’naviy kamolotini, uning qanday qadriyatlarni ustuvor bilishini, bu
qadriyatlarni barqaror qilishdagi faoliyatini ifodalaydi. Qadrlashning milliy yoki
umuminsoniy darajalarida esa muayyan millatning ma’naviy etukligi, jamiyatning
barkamolligi, undagi mavjud hayot tarzining insonparvarligi namoyon bo‘ladi. ammo,
hayotda doio ham, qadrlash mo‘ljallari to‘g‘ri belgilanavermaydi, gohida qadrlash
mezonlariga amal qilinmaydi yoki ularga ahamiyat berilmaydi. Bu esa bir qator salbiy
oqibatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Jahon tarixi shaxsiy mahdudlik,
milliy manqurtlik, buyuk davlat shovinizm, ma’nosiz kosmpopolitizm, fashistlarcha
oliy irq da’vosi kabi illatlar paydo bo‘lmasligi uchun qadrlash me’yorlari va qadriyat
mo‘ljallari to‘g‘ri belgilangan bo‘lishi, ular kishilarning hayoti va faoliyatining
ma’naviy mezonlariga lozimligini isbotlab turibdi.
Qadrlashning belgilab qo‘yilgan chegarasi bo‘lmasada, u cheksiz hissiy jarayon
emas. Balki muayyan qadrlash me’yorlari mavjud. Qadrlash me’yorlari qadriyat
mo‘ljallari va qadrlash mezonlari bilan uzviy bog‘langan.
Qadrlash me’yorlari va qadryait mezonlari qadrlash tug‘usi natijasida
shakllangan ma’naviy kamolot va ijtimoiy komillik darajasini. Axloqiy etuklik,
nafosat, madaniyatlilik, huquq va odillikning zaruriy talablarini o‘zida aks
ettiradigan aksiologik tushunchalardir. Bu tushunchalar ostida turmushning
qog‘ozlarda yozilmagan, aql va idrok bilan anglab olinadigan, o‘qib emas uqib
o‘rganiladigan hayotiy qonunlari, talab va normalari ifodalangan. U yoki bu narsa,
voqelik shakli, kishi, unga xos faoliyat va xususiyatni qadrlashda ana shularga e’tibor
bermoq kerak.
Qadrlash me’yorlarining buzilishi ko‘ngilsiz hollarga, ma’naviyat
talablarining siyqalashuviga olib keladi. bunday hollar ijtimoiy sub’ektlarning
faoliyat ko‘rsatish darajasiga, e’tirof etilgan holatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
shaxsiy qadriyatlar borasida bu hol quyidagilarda yaqqol ko‘rinadi: o‘taketgan
soddalik - laqmalikka yoki bachkanalikka alanib ketadi; o‘z xislat va xususiyatlarini
ortiqcha ko‘z-ko‘z qilish - maqtanchoqlik va tantiqlikka, yuz-ko‘zlariga ortiqcha oro
berish - haqiqiy go‘zallikning buzilishiga, boshqalarga munosabat va muomaladagi
haddan ko‘p jahdu-jadal qilmoq hamda ortiqcha shiddat ko‘rsatmoqlik - g‘azaga,
tushunmasdan va bilmasdan qilingan bunday nodonlik jaholatga olib keladi. bu
salbiy xususiyatlar bilan birga shahvat, adovat, g‘iybat, haqorat, hasad, nifoq, tama,
zulm kabilarning har biri umum tomonidan e’tirof etilgan axloqiy qadriyatlar
mezoni va qadrlash me’yorlarining buzilganligi,muayyan qadrsizlanish namoyon
bo‘layotganligi ifodalaydi. SHu bilan birga ular insonning ijtimoiy va ma’naviy
qadr-qimmatini oshirmaydi, balki uni salbiy xususiyatlarining namoyon bo‘lishi
sifatida ko‘zga tashlanadi.
To‘g‘ri tarbiyalangan qadrlash me’yorlari diyonat, shijoat, qanoat, sabr, intizom,
vijdon, or-nomus, go‘zallik, nafosat, iffat, hayo, idrok, sadoqat, odillik
vaboshqalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’naviyatning ushbu jihatlari axloq, xulq va
boshqa sohalardagi qadrlash me’yorlari qanday bo‘lishi lozimligini anglatadi.
Albatta bu boradagi xulosalar nisbiy, ularning namoyon bo‘lish darajasi ham
xilma-xil. Masalan, muayyan shaxsni qadrlash me’yorlarining buzilishi, sobiq
53
www.ziyouz.com kutubxonasi
ittifoqda I.Stalin shaxsiga sig‘inishni, yoki L.Brejnev davridagi kabi orden va
medallarga ruju qo‘yish, qarsakbozlikni keltiriib chiqargan edi. yagona kuchning
hukmini so‘zsiz bajaradigan sistemaning yaratilishi sobiq SSSrni totalitar
davlatga aylantirdi. Xuddi shunday holat, ya’ni qadrlash me’yorining buzilishi va
«oliy irq» g‘oyasining mutlaqlashtirilishi Germaniyada fashizmning paydo bo‘lishiga,
YAmato mamlakatining Xitoy va Manjuriyaga egalik huquqi borligi o‘g‘risidagi
da’volar esa YAponiyaning II jahon urush davridagi bosqichlariga, BMT ajratgan
erlarga qanoat qilmaslik esa Isroilning o‘zga erlarni bosib olishiga va Falastin
fojeasiga olib kelganligi ayni haqiqat. Qo‘lida qurol ushlashi mumkin bo‘lgan
kuchlarning hokimiyat kurashi, bu kurashda mamlakatning yaxlitligi mezonining
unutilishi va qadrlash me’yorlarining buzilishi Kambodjada va Afg‘onistonda o‘nlab
yillar davomida ro‘y berayotgan xunrezliklarga sabab bo‘lib turibdi. Aynan
Kambodjada, qariyb 30 yildan buyon, hokimiyat qo‘ldan-qo‘lga o‘tmoqda, yap-yangi
da’vogarlar paydo bo‘lmoqda. Taxt bo‘sh qolayotgani yo‘q. Ammo bu xalqqa foyda
keltirayaptimi? Yo‘q albatta. Birgina Pol Potchilar davrida 1,5 mln. kambodjalik
halok bo‘ldi, millionlab kishilar uy-joy va boshpanasiz qoldilar, minglab
jafokashlar mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘ldilar. Xuddi shunday holni
Afg‘oniston ham boshidan kechirmoqda. Afg‘onistonda podsholikning tugatilishi,
Muhammad Tarakiy, Hafizulla Amin, Najibullalarning taxtda turishi, sobiq sovet
qo‘shinlarining intervensiyasi - bularning barchasi, bor-yo‘g‘i o‘n yilda sodir bo‘ldi.
Ana shu 1977-1987 yillarda 1,5 million afg‘onistonlik halok bo‘ldi, mamlakatning
xalqalri orasidagi nifoq kuchayib ketdi. Hokimiyatga intilish, uni egallash ilinji
kuchaydi, har bir kichik hudud boshlig‘i o‘zini egallash ilinji kuchaydi, har bir kichik
hudud boshlig‘i o‘zini mamlakatga hukmdor, deya his eta boshladi. Ularning orqasidan
ergashgan kuchlarning hokimiyat uchun kurashlari ma’nosiz xunrezlikka aylanib qoldi.
Xolbuki bu ikki mamlakatda ham ichki urushlar bilan mashg‘ul bo‘layotgan kuchlarning
faoliyatini, urushlarga sarflanayotgan mablag‘larni tinch qurilish, mamlakat
farovonligiga sarflash butun insoniyatning tinchlik yo‘lidagi harakatlariga mos
bo‘lib tushar edi. Bu joylarda urushning ma’nosiz zaruriyatga aylanganligi urush
qurollarining ahamiyatini oshirib yuborayotganligi tabiiy.
Bo‘lmasa, birgina zamonaviy asbob uskunalr bilan jihozlangan va bir kishi
boshqaradigan tez uchar samolyotni sotib olish uchun ketgan mablag‘ bilan 80 ta
xonadonga zamonaviy uy-joy qurib berish mumkin. Hozir Afg‘onistonda
ishlatilayotgan zamonaviy bombaning bittasi uchun ketgan mablag‘ jahonga mashg‘ur
zotdor afg‘on otlarini to‘rttasining narxini qoplaydi. Buni qo‘yavering, oddiy
mushakbozlik uchun ishlatiladigan va bir marta havoda yonib, ko‘zlarga quvonch
bag‘ishlaydigan katta to‘p o‘qining bir bora otilishi uchun 100-150 Amerika dollari
sarflanadi. Afg‘onistonda esa oddiy mushakbozlik qilinayotgani yo‘q. Zero nafaqat bu
joylarda, balki qaerdaki qadrlash me’yorlari va mezonlari umumjamiyat miqyosida
buzilar ekan, o‘sha joyda haqiqiy ma’naviyat, inson va yurt kamolotining hamma
imkoniyatlari voqelikka aylanishi qiyin ekanligini tarix har bir ibratli voqea
misolida isbotlab turibdi.
Ushbu misollardan ko‘rinib turibdiki, qadriyatlar bilan bog‘liq masalalr
orasida qadrsizlanish muammosi alohida o‘rin tutadi. Xolbuki, aynan qadrsizlanish
muammosi askiologiyaning eng asosiy, uni fan sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadigan
masalalardan biridir. Bu borda qadrsizlanish jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlarini. Uning kishilar hayoti va ongida aks etishini tahlil qilishdek o‘ta
muhim jihat mavjud. SHu bilan birga, qadrsizlanish mexanizmini aniqlash va bu
jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ahamiyatini o‘rganish masalasi ham bor.
Moddiy sohada, ishlab chiqarish va iqtiod bilan bog‘liq qadrsizlanish o‘ziga xos
kechadi. maSalan, qadimgi tosh qurollarini bronza va o‘ngroq temir asboblari ishlab
54
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiqarish sohasidan surib chiqardi, ularning umumjamiyat miqyosidagi ahamiyati va
qadrini pasaytirdi. Sanoatbop asbob-uskunalr va dastgohlarning, oddiy bug‘
mashinasidan elektron hisoblash mashinalarigacha bo‘lgan davrdagi qadrsizlanish
jarayonini yaqqol kuzatish mumkin. Kibernetikaning asoschisi N.Vener hayotligida
yaratilgan mashinalar bugun eskirdi, ilmiy-texnik taraqqiyotning zamonaviy
talablariga javob berolmay qoldi. Ular ham asta-sekin mutaxassislar uchun
o‘zlarining ahamiyatini yo‘qota boshladilar.
YUqordagidek jaryonni harbiy sohada ham yaqqol kuzatish mumkin. Dastlabki
urush qurollar, t ikmoq, nayza, qilich, kamon va palaxmonlar o‘z davrida muhim harbiy
ahamiyatga ega edlar. Urushda xavf-xatar tug‘ilganida ana shu qurollardan o‘zini
himoya qilish uchun askarlarga mo‘ljallangan qalqon, dubulg‘a. sovut kabi himoya
vositalarini ham ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan edi. o‘zini eng ongli jonzot, deb
o‘ylaydigan odamzot bu sohada eng katta yutuqlarga erishdi: bugungi kunda tabiiy
fanlar sohasidagi ko‘plab kashfiyotlarning, avvalo, harbiy sohada sinab ko‘rilishi sir
emas. Afsuski insoniyat o‘zining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini o‘stirish,
bir-birining umrini uzaytirish sohalaridan ko‘ra, bir-birini otish, o‘ldirish
vositalari bo‘lgan harbiy qurol-aslahalarni yaratishga ko‘proq kuch va mablag‘
sarflagan! Mutaxassislar Er yuzida keyingi besh ming yilda 15 mingga yaqin urush
bo‘lganligini ularda 3 mlrd. 640 mln. kishi qirilganini hisoblab chiqqanlar.
Odamzod nasllari har 50 kundan bir kunida urush va jangu-jadallarsiz yashagan xolos.
SHu tariqa urush qurollarining ahamiyati, qadri oshib boravergan.
Mutaxassislar hozircha milodning boshida yoki o‘rtalarida butun insoniyat
harbiy sohaga qancha mablag‘ ajratilganligini aniq hisoblab chiqqanlari yo‘q. Ammo
A.Makedonskiy zamonasidan CHingizxongacha, undan keyin esa Napolen Bonapartgacha
bo‘lgan davrlarda harbiy sohalarga sarflangan mablag‘lar ko‘lamining mutassil oshib
borganligi shubhasiz. Insoniyat asrimizning boshlarida, I jahon urushi arafasida,
bir yilda bor-yo‘g‘i 25 mlrd. dollarga yaqin mablag‘ni harbiy sohaga sarflar edi. bu
ko‘rsatkich 1938 yilda, II jahon urushi arafasida 125 mlrd.ga etdi, 1980 yilda esa 850
mlrd. dan oshib ketdi I jahon urushi 10 mln.dan ortiq, II jahon urushi esa 50 mln.dan
ortiq kishilarning yostig‘ini quritdi. Umuman insoniyatning harbiy sohalarga sarf
qilgan barcha mablag‘larini oltinga aylantirish va undan oltin kamar yasashning iloji
bo‘lganda edi, bu kamarning qalinligi 10 metr, eni 150 metr uzunligi esa… Er sharini
ekvator bo‘ylab bir marta aylanib chiqish uchun bemalol etar edi. yanada oddiyroq misol
keltirish lozim bo‘lsa, marhamat, 14 ta «Tomogavk» tipidagi raketalarni olib
yuradigan 1 ta suv osti kemasini yasash va jihozlashga ketgan mablag‘, 900 ta o‘quvchi
ta’lim olsa bo‘ladigan 30 ta zamonaviy maktabni qurish va jihozlash uchun zarur
bo‘lgan mablag‘ bilan teng.
Umumjahon hamjamiyatining meditsina yoki madaniyatni rivojlantirish
sohasida sarf qilgan mablag‘larni, I va II jahon urushlari hamda asrimizning 80-
yillari boshlaridagi harbiy sohaga sarflangan harajatlar bilan solitirsangiz
insonning eng oliy va aqlli jonzod ekanligiga ishongingiz kelmay qoldai.
Umuman odamzotning er yuzida qurolsiz yashagan davrni tasavvur qilish qiyin.
Balki ilk odam nasli dastlabki qurolni yasay olganligi uchun ham boshqa
jonzodlardan farq qilmaganmikan? Lekin odam zotining qurol-aslaha va asbob-
uskunalar yasash qobiliyati, yuqorida keltirilgan misollar darajasiga, butun
tiriklikni yo‘q qilib yuboradigan faoliyat darajasiga etadi, deb kim o‘ylabdi deysiz?
Qarang dastlab insonni boshqa jonzodalardan ajratib turgan, eng qadrli xususiyati -
narsalardan nimanidir yasay olish qobiliyati qanday natijalarga olib keldi…
O‘zining nimanidir yasash qobiliyatini nihoyatda qadrlagan, to‘qmoqdan uk-yoy.
Palaxmondan miltiq yaratishgacha bo‘lgan muvaffaqiyatlaridan o‘zi ham maftun bo‘lgan
odamzod nasli, “Bugun harbiy kashfiyotlar va qurollarni sinab ko‘rishni bir muddat
55
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘xtatish, hatto ta’qiqlab qo‘yish kerak emasmikin?” - degan muammoni hal qilmoqda.
SHu tariqa, insoniyatning juda ko‘p avlodlari intilib kelgan. “ harbiy sohadagi
etuklik”. Insoniyatning o‘zi uchun asosiy xavfga aylandi. Jahonda har yili minglab
kishilar ochlikdan o‘layotgan, millionlab odamlar xat-savodsiz, uy-joysiz, muhtoj ku
ko‘rayotgan davrda, 50 mln. kishining askar kiyimida yurib urushga tayyorlanishi,
milliardlab pud mablag‘larini bu sohaga sarfllanishi aqlsizlikka aylanib qoldi.
Buning o‘rniga o‘sha 50 mln. askarning kuchi va qobiliyati, harbiy soha olimlari, zavod
va fabrika Fabrikalarning faoliyati ularga kelayotgan mablag‘ va sarf-xarajatlarni
madaniyat, fan, sog‘liqni-saqlash, oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joylar uchun zarur
bo‘lgan sohalarga yo‘naltirish borasidagi say’i-harakatlarning ahamiyati, bunga
intilayotgan va shu yo‘nalishda harakat qilinayotgan odamlar va faoliyatlarning
ijtimoiy qadri va qimmati ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |