O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet16/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Milliy qadriyatlar

Qadriyatlar tizimida millat, unga xos belgilar, jihatlar, xususiyatlar,


ularning vujudga kelish jarayonlariga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan hudud va u
bilan bog‘liq tuyg‘ular, millatning o‘tmishi, tarixi, madaniyati, u yaratgan madaniy
boyliklar va ma’naviy merosbilan bog‘liq qadriyatlar ham muhim o‘rinni egallaydi.
Bu qadriyatlar biror millat kishilari uchun umumiy bo‘lib hisoblanai. Ular alohida
shaxs qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lovchi xalqalardan biridir.
Muayyan kishi yoki shaxs umuminsoniy qadriyatlarni anglashda, o‘z faoliyatini ushbu
qadriyatlar mezoniga moslashtirishda milliy qadriyatlarni hiobga oladi, ular bilan
bog‘liq jihatlarni ham nazarda tutadi.

Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi,


betakrorligi, «Qo‘hna tarix shodasida bitta marjon» (E.Vohidov) sifatida zohirligi
har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo‘lishi tabiiy. Millat har qanday milliy
qadriyatning ob’ekti, milliy qadritlar tizimi tayaanadigan ijtimoiy asosdir.
«Millat» atamasi qadriyat ob’ekti sifatida tushunilganida, bir-biri bilan qon-
qarindosh xalqlarga nisbatan ishlatiladigan «turkiy xalqlar», «slavyanalar», «roman
xalqlari» kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi.

Millat bir tomondan, o‘zining qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib


turadi, o‘tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomilashtirib,
yangi-yangi qirralarini shaklantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o‘zi ham
mavjud qadriyatlar tizimi ta’siri ostida o‘zgarib va rivojlanib borradi. Millat -
o‘zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi-yangi qirralarini va
jihatlarini sayqal-lashtirib, taraqqiyot jarayonida takomillashtirib turishi
ma’nosida o‘z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma
harakatdan iyuorat o‘zgarishlar jarayonida ularni o‘tmishdan kelajakka tomon etkazib
beradigan eng asosiy ob’ektdir.

Millatning tanazzuli-milliy qadriyatlar-ning tanazzulidir! Bu oqibat
natijada ushub qadriyatlarning egasiz qolish xavfini tug‘diradi.
Insoniyat tarixi-
muayyan etnoslarning vujudga kelishi, taraqqiyoti va tanazzuli, ularning o‘rniga
boshqalari vujudga kelishidan iborat jarayondir, deya e’tirof qilishni butunlay
vujudga kelishidan iborat jarayondir, deya e’tirf qilishni butunlay noto‘g‘ri, deyish
qiyin. Bunday qarash esa o‘z navbatida g‘oyat muhim va dolzarb masalaga, ya’ni millat
milliy qadriyatlarining ob’ekti va egasi sifatida o‘zho‘zini saqlab turmog‘i , o‘zining
avlodlarini asrab-avaylamog‘i lozim, degan masalaga e’tibor berishga olib keladi.

Insoniyat tarixida Bobil, Vizantiya, Mayya imperiyalarini vujudga keltirgan


etnoslar bo‘lganligi ma’lum. «buyuk sivilizatsiyalar» nomi bilan yuritiladigan bu
etnoslar keyinchalik, turli xalq, millat, elatlara aylanib ketganlar, o‘zlarining
umumiy-tarixiy birligini yo‘qotganlar yoki tarixiy tanazzul jarayonlari, urush va
qirg‘inlar oqibatida kamayib ketganlar. Amazonka bo‘ylarida va Meksika o‘rmonlarida
o‘z davrining vayronalarini qoldirgan mayya xalqi to‘g‘risida shunday fikrni aytish
mumkn. Qadimgi zamonning eng buyuk madaniyatlaridan birini yaratgan bu xalq
tanazzulga uchragan, uning yozuvi unutilgan, mayyalardan 100ga yaqin shaharlarning
vayronalari qolgan va shu tariqa buyuk madaniyat beshiklaridan birining chirog‘i
so‘ngan.12

Har bir millat o‘z qadriyatlarinining yaratuvchisigina emas, balki uni asrab-


avaylovchi va kelajakka etkazuvchisi hamdir. Milliy qadriyat-larning saqlanishi uchun
har bir millatning o‘zi mas’uldir. Bu esa mas’ullikning faqat alohida shaxslarga
emas, balki butun millatga ham xos namoyon bo‘lishini anglatadi. Millat ozod

12 Istoriya antichnыx sivilizatsiy. T.1. – M.: Vek, 1991. 169-178 betlar.

39

www.ziyouz.com kutubxonasi

bo‘lmasligi, siyosiy jarayonlar natijasida biror imperiya yoki davlatga qaram bo‘lishi
mumin, ammo unda o‘z milliy qadryaitlarini saqlash tuyg‘usi yo‘qolib ketmaydi.

Millatni milliy qadriyatlarning ob’ekti va sub’ekti sifatida tushunish,


ubilan bog‘liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o‘zini
ijtimoiy qadriyat sifatida qarash imkonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning
namoyon bo‘lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o‘tmishdan kelajakka tomon
harakatini tahlil qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:

kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta’minlaydigan
etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli shakllarda namoyon bo‘ladi,
kishilarning ongiga, hayot tarziga o‘ziga xos tarzda ta’sir qiladi;


kishilarning o‘zaro munosabatlarida, ijtimoiy faoliyatlarida ko‘zga
tashlananib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va
intilishlar uchun ma’naviy asos bo‘ladi;


moddiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija
sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat sifatida o‘ziga xos ahamiyat kasb
etishlari, ularga foyda keltirishlari ham mumkin;

ijtimoiy rivojlanish jarayonida o‘zgarib, takomillashib, rang-barang
jihatlar avloddan-avlodga o‘tadi, meros qoladi.

Milliy qadriyatlar va ularning aloqadorligini ifodasi bo‘lgan qadriyatlar


tizimi, millatning o‘zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayllari, turli
ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o‘tmishdan kelajakka tomon o‘tib turadi. Bu
qadriyatlar ko‘proq millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog‘liq.
Xalqlarning ijtimoiy taraqqiyoti esa ularning milliy-etnik qadriyatlari ravnaqi
bilan uzviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o‘ziga xos rang-
barang qadriyatlarni takomillashtirib borishi natijasida, umuminsoniy
qadriyatlarni shakllantirib, uning qirralarini rivojlantirib boradi.

Milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra faqat tor doira saqlanib qolmaydi, balki


ravnaq topib, turmush jarayonida mutassil yangilanib, boshqa xalqalar qadriyatlarini
yutuqlari bilan boyib boradi. Har bir el, elat, urag‘ yoki xalqning urf-odatlarida,
ularni bajarishdagi faoliyatida h ziga xoslik bo‘ladi. agar ana shu o‘ziga xoslikni o‘sha
joyning aholisi qadrlasa, ular xdyotining bir qismiga aylangan bo‘lsa buning yomon
joyi yo‘q. Bunday o‘ziga xoslik bilan bog‘liq qadriyatlarni boshqa joyda, boshqacha
tarzda yashayotgan kishilarning tarozusi bilan o‘lchash yoki bu masalada boshqlarning
hakam bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Umuminsoniylik tuyg‘usi faqat o‘z xalqi
qadriyatini ardoqlash, ko‘z-ko‘z qilish va boshqalar orasiga yoyish uchun intilishga
asoslanmaydi, balki har bir xalq, elat, urug‘ qadriyatlarini qanday holatda bo‘lsa,
shundayligicha qabul qilib, ularni hurmat qilishdan boshlanadi.

Har bir millatning o‘zi qadrlaydigan madaniyati, tili, a’analari, urf-


odatlari, marosimlari va odob normalari bor. Dunyoda aholisi son jihatidan ko‘p yoki
kamroq xalq bo‘lishi mumkin, ammo madaniy va ma’naviy sohada bir-biridan kam yoki
ortiq millat yo‘q. Ayni paytda sotqin millat ham, qoralash huquqiga ega bo‘lgan
millat ham yo‘q. Ammo har bir millatningo‘ziga xos o‘tmishi, madaniy va ma’naviy
qadriyatlari, milliy qahramonlari, boshqa millatning o‘zga millat faoliyatini
baholovchi hakam bo‘lishga haqqi yo‘q. Biror bir ta’limot, davlat shakli yoki yashash
usulini qabul qila olmaganligi uchun hch qachon u yoki bu millat aybdor emas. SHu
ma’noda umuminsoniylik bir millat qadriyatlarini butun olamga yoyish yo‘li bilan
emas, balki hamm millat va elatlarning qadriyatlarini asrab-avaylash,
murosalashtirish, tarix tarozusi saqlab qoladigan qadriyatlarni hurmat qilish va
olamdagi milliy rang-baranglikning tabiiy rang-baranglik bilan uzviy aloqada
ekanligini anglash yo‘li bilan boyib boradi.

40

www.ziyouz.com kutubxonasi

Milliy qadryaitlar millatning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy turmushi,
yashash tarzi, o‘tmishi, kelajagi, madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari,
tili, u vujudga kelgan hudud v boshqalar bilan uzviy bog‘langan. Ular xilma-xil
shakllarda, bir-biri bilan uzviy aloqada namoyon bo‘ladi, o‘ziga xos milliy qadriyatlar
tizimini tashkil qiladi. Bu tizimda tabiiy-tarixiy birlikni ta’minlovchi
qadriyatlar - qon-qardoshlik, mdaniy-ma’naviy yaqinlik, o‘tmish va ma’naviy meros,
ona yurt tuyg‘usi va boshqalar nisbatan barqaror bo‘lib hisoblanadi. Ular milliy
qadriyatlar tizimida tarixiy jarayonlar davomida tez o‘zgarib turadigan ba’zi
kundalik yoki amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan qadriyatlarga nisbatan, milliy
qadriyatlar tizimida, o‘z o‘rnini va ahamiyatini uzoqroq saqlab qolishi bilan bog‘liq
xususiyatini ifodalaydi.

Milliy qadriyatlar tushunchasi muayyan millatning tabiiy, tarixiy va
ijtimoiy rivojlanish jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarigina
emas, balki ular yashayotgan hudud madaniy-ma’naviy meros, milliy madaniyat, til,
milliy ong, millat ruhi, tarixi, o‘tmishi, turmushi v yashash tarzi, millat hayotining
tartib-qoidalari hamda ular bilan bog‘liq milliy xususiyatlar, jihatlar va
boshqalarning ahamiyatini ifodalaydi.
U umumiy qadriyatlar tizimida millatga xos
bo‘lgan qadriyatlarniing eng umumiy jahatlarini aks ettiradi.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish