O’zbekiston milliy universiteti 5A120101- adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) G‘afurov nodirjon sayfutdin o‘G‘LI



Download 103,76 Kb.
bet5/12
Sana09.04.2022
Hajmi103,76 Kb.
#540372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diss1

I bob bo‘yicha xulosalar
Fard janriga berilgan ta’riflardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bunday lirik asarlar yaratilishi turkiy xalqlarning folklor namunalarida uchraydi. Dastlab, Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit –turk” asarida ikkilik shaklida, barmoq vaznida uchrasa, keyinchalik vaqtlar o‘tib Xorazmiy “Muhabbatnoma”sida aruz vaznida va adabiyot nazariyasiga oid Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida ham shu vaznda uchraydi.

  1. Fardlar turkiy adabiyotga forsiy adabiyotdan o‘tgan. Forscha yaratilgan fardlar a – b tarzida qofiyalangan. Shoirlarning mahorati va ijodkorligi forsiy fardlardan turkiy fardlarni farqlashga yordam beradi. Ya’ni ular qofiyalanishi bilan taraqqiy etib, turkiy tildagi fardlar o‘zaro a – a tarzida qofiyalanganligini ko‘rsatadi.

  2. XII asrlar va XV asrning 1-yarmigacha bo‘lgan davr mobaynida fard janri shakllandi va rivojlanish bosqichida edi. Bunga yuqoridagi yozma yodgorliklarimiz dalolat qiladi.

  3. Turkiy fard ijod qilinishi Xorazmiy nomi bilan bog‘lansa, uning tadriji jarayoni Sayfi Saroyi, Yusuf Amiriy va Yaqiniy kabi ijodkorlar nomi bilan davom etdi.

  4. Turkiy tildagi fard namunalarini ayrim asarlar tarkibida uning bir qismi sifatida uchratsak, uni alohida janr sifatida devon tarkibiga kiritish Mavlono Lutfiy bilan bevosita bog‘liq hodisa hisoblanadi.

II BOB. ALISHER NAVOIY FARDLARINING MA`NO QAMROVI


2.1. Fardlarda shaxs, axloq va inson kamoloti talqini

Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi : ilmiy va diniy dunyoqarash mavjud. Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob – axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning oliy fazilatlaridir.


Shaxs, axloq va inson kamoloti haqida so‘z ketar ekan, uning pokligi barchasidan avvaldir. Inson jisman poklik bilan bir qatorda ham ma’nan, ham qalban pok bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni ruhni poklamoq kerak. Ruhan poklanish esa nafsni yengish orqali bosib o‘tiladigan mashaqqatli yo‘ldir.
Tasavvuf – musulmon dunyosida, butun olamga mashhur bo‘lgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Bu ta’limotning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash va komil insonni tarbiyalashdir.
Pok husn ahliki, xushtur zulmi ham, ehsoni ham,
Sa’b emish pok elga aning vasli ham, hijroni ham52
-deydi Navoiy. Pok husn ahli kim, pok el kim? Tasavvufda zikr insonni poklaydigan tushuncha. Nega muallif “pok elga pok husn ahlining zulmi ham, ehsoni yaxshidir, vasli ham, hijroni qiyin, murakkab ishdir” demoqda. Poklik da’vo qilguvchilar shunday zotlarki, ular Allohni bir lahza unutmaydi.
“Har qanday tariqat tarbiyasining asoslaridan biri zikrdir. Tariqatlarni bir-biridan farqlovchi unsur ham zikr. Pir eʼtiqodiga koʻra dil pokizaligi zikr bilandir. Zikr – botin sabogʻi boʻlib, zohiriy saboqlardan koʻra muhimroqdir. Zikr mevasi esa maʼrifatdir. “Maʼrifat lazzati dilda boʻladi, – deyiladi Shayx Muhyiddin Urgutiyning “Maktubot”idan joy olgan bir maktubda. – Maʼrifat lazzati hamma lazzatlardan yaxshiroq va xushroqdir. Maʼrifat samarasi esa muhabbatdir”. (Shayx Muhyiddin Urgutiy. Maktubot. Toshkent. Movarounnahr nashriyoti. 2006 yil, 73-bet)”.53 Bir g‘azalida Navoiy shunday deydi:
Mantiqi ishq ichra oshiqni tasavvur ayla navʼ,
Fard boʻlganlarni bu yoʻlda anga afrod bil.
Fard boʻlmoq – nafs yukidan, oʻzligidan ajralmoq demak. Nafs ketgach, ruh qoladi. “Bilsinlarkim, – deydi yana Shayx Muhyiddin Urgutiy oʻsha “Maktubot”ida, – ilm ruhning taʼsiridan hosil boʻladi. Ammo, haq subhonahu va taolo oinaday pok qalbga nazar qiladi”. (79-bet). Haq taolo yuzi zuhur etgan qalb esa chin oshiq qalbidir”54.
Fard bo‘lmoq – nafs yukidan, o‘zligidan ajralmoq bo‘lsa, inson o‘zini nafs yukidan qanday xalos qiladi. Xalqimizda “dunyo odami”, “ko‘ngil odami” degan iboralar yuradi. Avvalgi toifa odamlarning mol-u dunyosiga qarab munosabatda bo‘lsa, keyingi toifa odamlar insonlarning ko‘ngli nimani tusashiga qarab muomala qiladi. Hech bir tirik jon yo‘qki, nafsdan holi bo‘lsin. Ammo oddiy o‘simlik rivojida suv, tuproq, quyosh nuri, havo kabilar kerak bo‘lganidek, odamlarga ham moddiy va ma’naviy ne’matlar zarur. Moddiy ne’matlar odamlarni jasadini ulg‘aytirgani kabi ma’naviy ne’matlar uning qalbini, ko‘nglini, tafakkur olamini ulg‘aytiradi.
Hazratning deyarli barcha asarlaridan oyatu-hadislarning, ayniqsa, islom tasavvufining, islomiy hikmatning ifori shundoq ufurib turadi.
Movarounnahr madaniy-maʼnaviy muhitida Alisher Navoiy Qurʼon ilmlari, jumladan tafsir ilmini rivojlantirish maqsadida mazkur sohaga oʻz davrining yetuk olim va mufassirlarini jalb qilgan hamda ularga homiylik ham qilganlar.
Yetar chu rizqing, agar xoradur va gar yoqut
O‘zungga yuklama anduh tog’in, istab qut.
Rizq nima? Rizq – rizq-u nasiba; kundalik hayot uchun zarur ozuqa; islom diniga ko‘ra, xudo har bir kishi, jonivor uchun atagan, o`lchab belgilab qo‘ygan nasiba, ulush.
Tavakkul (tavakkal)- vakolat olish, umid bog’lash, ishonish; islom dinida o`zini Alloh irodasiga topshirish, butun umidini unga bog’lash, uning marhamatiga ishonish.
Bu fard Alisher Navoiyning “Badoye ul-bidoya” va “Favoyid ul-kibar” devonlarida 4- o‘rinda keladi. Mazmuni: Sen uchun rizq qilib berilgan narsa (xora – tosh yoki yoqut – qimmatbaho qizil tosh ) sen uchun yetarli, buni barakali qilish (ko`paytirish) uchun o`zingga anduh(g’am,dard) tog`ini yuklama. Rizq, baraka – Alloh huzuridan.
Oddiy toshdan qurilishda foydalanilsa, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarida foydalaniladi. Bugungi hayotimizda, kimdir oddiy tosh bilan, kimdir qimmatbaho tosh bilan kundalik nasibasini topadi.
Es-hushini tanib, voyaga yetgan shaxs borki rizq talabida sa’y-harakat qiladi. Shu o`rinda shayx Sa’diy Sheroziy o’zining “Guliston” asarining uchinchi bobi “Qanoat fazilati bayonida” rizq talabi haqidagi hikoyatda yozadiki:
Rizqingdan ortiqni yeb bo‘lmasa ham,
Talabda bo‘lmag’il dangasa, beg’am.
Bu asarlardan inson axloqidagi go‘zal sifatlardan biri sabr-qanoatlilik yana bir bor ulug‘lanadi. Shu bilan birga Shayx Sa’diy dangasa bo‘lishni va beg‘am bo‘lishni qoralaydi. Inson o‘z rizqini o‘zi topib yeyishi kerakligini uqtiradi. Shaux Sa’diy va Hazrat Navoiyning fikrlari biroz farqli bo‘lsa ham ushbu satrlarning zamirida “Alloh bergan rizqdan ortig‘ini topa olmaysan” degan mazmun yotadi.
“Shoir hamisha Qurʼon oʻqishni va unga amal qilishni komillikning asosiy sharti deb tushunadi”.55
“Komil inson – bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi Mutlaq ruhga tutash, fayz-u karomatdan serob, siyrat-u surati saranjom, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmolim pokiza zot, Navoiy tili bilan aytganda:
Foniyvasheki, ham so‘zidur pok, ham o‘zi
Xush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko‘zi”.56
Komil inson so‘zini va o‘zini pok saqlovchi yaxshi kishi ekan. Va shunday kishilarning ko‘zi o‘tkinchi narsalarni ko‘radi. Komil inson bu dunyoning o‘tkinchi ekanini biladi. Shuning uchun foniylikni ko‘radi.
“Sharq sheʼriyatida ishq, irfon, goʻzallik, din va axloq xususidagi qarashlarning bari bir nuqtada birlashadi, bir mavzu doirasida umumlashadi. Bu nafs va ruh masalasidir. Nafs va ruh inson zotida birlashgan, bir-birini toʻldirib, ayni chogʻda, bir-birini rad etuvchi ikki qarama-qarshi qutb. Nafsda ham, ruhda ham cheksiz qudrat yashirin. Ularning mohiyati hech qachon bir-birisiz ayonlashmaydi. Nafs ruhning mavjudligini dalillasa, ayni chogʻda, ruh ham nafs borligini tasdiqlaydi. Har ikkalasining vazifasi zohiran bir xil boʻlsa ham, botinan mutlaq farqli. Ayni shu farqlanish asosida, ularning tabiati, xususiyati namoyon boʻladi”.57
Nafs – odamning qudrali va xavfli dushmani. Unga bo‘yunsungan kishi ma’naviy va jismoniy tubanlikka mahkum. Nafsning tarbiyasi ruhning tarbiyasidir.
“Tasavvufdagi eng muhim masalalardan biri inson mavzusidir. Ammo insonning vujudiy emas, balki, ruhiy tuzilishi bilan hol-u harakatlari diqqatga sazovordir.
Tasavvufning g‘oyasi inson ruhidagi ma’naviy kamolotni yuksaltirishdir. Buni amalga oshirar ekan tasavvuf avvalo, inson ruhiyatini tahlil etadi.
Ammo shuni eslatish joizki, Qur’oni karimda ruhning mohiyatini bilib bo‘lmaslik va uni Allohning o‘zidan boshqa hech kim bilmasligi ta’kidlangan bo‘lsa-da, so‘fiylar inson ruhini qattiqdan latifga qarab qalb (nafsi notiqa), ruh, sir, sirrus sir, hafiy va ahfo kabi ismlar qo‘yib “latoyifi sitta” nomi ostida tartibga solganlar”. 58
Ziyovuddin Rahim o‘zining “Dildagi gaplar” kitobida tana va ruh erkinligi haqida shunday deyiladi: “Inson ruhi erkin bo‘lmagunicha tanasi erkin bo‘la olmaydi”.
“Tanbeh (44)
Agar badnafsdin zulm yetsa, shukr vojib bila va tengri hamdin ado qilkim, sen emassen lozim, gar biz ul emastur mazlum va ojiz. Mazlumlik ibtidosida bo‘lgan yaxshiroqkim, zolimlik balosida,
Bayt:
Kishi ming zulm agar cheksa kerak bo‘lmasa qone’.
Lek bir zulmg‘a ming nav’ kerak anglasa mone’ ” 59

“Navoiyning oʻz davri ijtimoiy hayoti masalalariga soʻfiyona nigoh bilan qay tariqa munosabat bildirganligi diqqatga sazovor. Maʼlumki, shoir ilmiy va badiiy ijodida, davlat arbobi sifatidagi ijtimoiy faoliyatida islom sarchashmalari boʻlmish Qurʼoni karim va Hadisi shariflardagi umumbashariy ilgʻor gʻoyalarga tayanadi, tasavvuf nazariyasi, uning ilmiy-gʻoyaviy asosi boʻlmish vujuduyun taʼlimotini chuqur oʻrganadi va targʻib etadi. Uning falsafiy-badiiy tafakkuri taraqqiyoti islom maʼnaviyatini keng idrok qilish va uni oʻz ijodiy hamda ijtimoiy faoliyatida targʻib etish gʻoyalari bilan bevosita bogʻliqdir”.60


“Navoiy oʻz nazariy qarashlari, amaliy faoliyati va shaxsiy turmush tarzida oʻzigacha boʻlgan tasavvuf tariqatlarining eng yaxshi xususiyatlarini sintezlashtirgan. Masalan, u javonmardlik (futuvvat) tariqati nuqtai nazaridan olijanob javonmard va fatiy bir zot boʻlgan. U mashhur fardi:

Download 103,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish