1.2. XII – XV asrning 1-yarmi o‘zbek she’riyatida fard tadriji
Fardning adabiyotimiz tarixidagi ilk namunalari haqida gap ketganda, mutaxassislar tomonidan “Devonu lug‘otit turk”42 asari tilga olinadi. Darhaqiqat, “Devon”da ikkiliklar shaklidagi anchagina she’r namunalari ham uchraydi. Ular asardagi turkiy so‘zlarning izohi sifatida keltirilganki, bundan ikkilik tarzidagi she’rlar turkiy adabiyotda qadimdan mavjud ekanligini sezish qiyin emas. Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida uchraydi.
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si oʼzbek mumtoz adabiyotidagi noma janrining ilk yorqin namunasi sanaladi. Аlbatta, «Muhabbatnoma» faqat nomalar yigʼindisi emas, unda gʼazal, qitʼa, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi oʼn bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi. Shoir shundan kelib chiqib “noma” soʼzini asar nomiga ham chiqazgan.
Fard:
Niyozim bu turur sendin, nigoro,
Unutma bandani bahri Xudoro43.
«Muhаbbаtnomа» hаqidа.
«Muhabbatnoma»ning ikki nusxasi bizgacha yetib kelgan: 1. Milodiy 1432-yili Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi Mansur degan xattot uygʼur yozuvida koʼchirgan nusxa. Bu matnda ayrim qisqarishlar uchraydi. 2. Milodiy 1508-1509-yillarda arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda koʼchirilgan nusxa. Bu nisbatan toʼlaroq — jami 473 baytdan iborat. Аsarning ikkala nusxasi ham Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.
Xorazmiy gʼazal, qitʼa va fardning XIV asr oʼzbek adabiyoti uchun dastlabki namunalarini ijod qildi. Bu asarlar ana shu jihati bilan ham alohida ahamiyatga ega. Аsar Muhammad Xojabek iltimosi bilan yozilgani, «buyurtmachi» undan bir nom qolishini istagani uchun uning taʼrif-tavsifiga koʼp oʼrin ajratilgan. Shaklan olib qaraganda, shoir Muhammad Xojabek madhini nomalardan oldin saranjomlab, keyin «Muhabbatnoma» bunyod etishga kirishgandek qilib yozadi. Аna shu madh qismidagi masnaviy va gʼazallarda Muhammad Xojabek ochiq maqtaladi. Shoir unga boʼlgan insoniy mehr-muhabbatini izhor etadi. Аsar nomi «Muhabbatnoma» deyilishi ham, asli, shundan. Shuning uchun bu asarda real shaxs timsolini yaratish asosiy maqsad qilib qoʼyilgan.
Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod qilgan turkiy adabiyot vakillaridan biridir. U adabiyotimizda shoir va tarjimon sifatida o‘z o‘rniga ega.
Sayfi Saroyining bulardan tashqari, Sa’diyning «Guliston» asarini tarjimasi hisoblangan «Gulistoni bit-turkiy» asari ham yetib kelgan. Olimlarimizning qayd etishicha, hijriy 793, melodiy 1390-91 yillarda tarjima qilingan bu asar fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asarining o‘zbek tilidagi eng birinchi ijodiy tarjimasidir. Sa’diy bu asarni 1258 yilda yozgan edi.
Sayfi Saroyi «Gulistoni bit-turkiy» asarining jahon bo‘yicha birdan-bir nusxasi Leyden universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmaning fotonusxasi Moskva va Toshkentda ham saqlanmoqda. Sayfi Saroyi «Guliston»ning asosiy mag‘zini olib uni o‘z zamonasi ruhini aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan to‘ldirib, ona tilida xalqiga taqdim etadi.
Har hikoyatning oxirida masal yoki falsafiy chekinishlar mavjud. Masallar, to‘rtlik, baytlar shoirning mulohazalarini tasdiqlash uchun xizmat qilgan.
Asardagi hikoyatlar mavzulari rang-barang bo‘lganidek, obrazlar ham xilma-xildir. ASARLARIDAN HIKMATLAR
* * *
Yomon birla umrni zoye etma,
Quru naydan kishi shakkar yemish yo‘q.
* * *
Qil hazar dushman so‘zindin, ey rafiq,
Nekim ul aytsa, aning aksin et.
«GULISTONI BIT-TURKIY»DAN
Hikoyat
Sulton Mahmud qullarindan bir nechasini kelib, Xoja Hasan Maymandiyga so‘rdilarkim: «Bu kun sulton senga ne aytti, falon maslahatda?» Aytti: «Ul sizga dag‘i o‘rtukli qolmag‘ay, eshitgaysiz». Onlar aytti: «Sen vaziri mamlakatsan, ul so‘znikim, sulton senga aytqay, ani bizing tekinlarga aytmoq ravo degul». Xoja Hasan aytti: «Ul e’tiqod bilankim bilursiz, kishiga aytmoq kerakmas, bas nechun so‘rarsiz?»
She’r
Qilmadi rozin bilikli yor, fosh,
Ketmasun deb shoh sirri birla bosh44.
Xorazmiyning nomanavislik anʼanasini adabiyotimizda Xoʼjandiy “Latofatnoma”si, Yusuf Аmiriy «Dahnoma»si, Said Аhmad «Taashshuqnoma»si, Sayyid Qosimiy «Haqiqatnoma»si va «Sadoqatnoma»si bilan davom ettirdi.
Fardning keyingi namunalari noma janri asosida yaratilgan asarlar tarkibida uchraydi. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida garchi yolg‘iz bitta fardni uchratish mumkin bo‘lsa-da, biroq Yusuf Amiriy bu janrda anchagina samarali ijod qilganligi ko‘rinadi:
Vafosin sog‘inib jurmin unutqin,
Inoyat ko‘zin oning sori tutqin45.
“Dahnoma” asaridan olingan mazkur misralar ishqiy mazmunga ega. Shuningdek, unda didaktik ruh ham mavjud. Baytning qofiyalanish usuli ham fardlarga xos. “Dahnoma” asari ishqiy mavzudagi 10 nomani va har nomadan so‘ng g‘azal, undan keyin fard, so‘ngra oshiq maktubidan ma’shuqaning ta’sirlanishi bayon qilinadi. Noma va g‘azllarda oshiq holi bayon qilinsa, fardda ma’shuqa murajaat qilinadi va unga oshiqning holi yaqqol ko‘rsatiladi:
Dimog‘ining ilojin qilg‘il, ey oy,
Ki Majnuntek bo‘luptur be saru poy.46
Fard janrining taraqqiyotida nasriy asarlar ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, bu borada munozara janridagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan Yaqiniy va Yusuf Amiriylarning nomlarini alohida ta’kidlash lozim. “O‘q va Yoy” hamda “Chog‘ir va Bang” munozaralarida “bayt”, “nazm” nomlari ostida keltirilgan ikki misradan iborat bo‘lgan she’rlarda ko‘proq iqtibos fardlarga xos xususiyatlarni kuzatish mumkin. Nazm :
Be la’lu zumurrad notavon xurram bud,
Chun la’l naboshad, ba zumurrad sozem.
(Chog‘ir va Bang)
Yaqiniyning ravoni shod qilg‘ay,
Duoyi xayr birlan yod qilg‘ay.47
(O‘q va Yoy)
Durbek (14-asr oxiri — Balx — 15-asr boshi) — o‘zbek shoiri. Uning «Yusuf va Zulayho» dostonigina yetib kelgan. Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni 1409 yili yozilgan. Doston asosini Sharqda mashhur Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyat tashkil etgan. Sharq adabiyotida sayyor syujetga aylanib ketgan bu mavzu o‘ziga xos uslubda qaytadan (o‘zbek tilida) bayon etilgan.
Durbek o‘zi yashagan davr manzaralarini doston ruhiga singdirib yuborgan. Asarda Balx sh.ning qamal qilinishi, shahar xalqi boshiga tushgan og‘ir fojialar yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Qamal tufayli yuz bergan ochlik, suvsizlik kabi qiyinchiliklarni shahar tashqarisidagi ma’murchilikka qaramaqarshi qo‘ygan. Dostondagi qahramonlar faoliyati Markaziy Osiyo shahar va qishloqlariga xos tabiat manzaralari, turmush hodisalari, xalq urf-odatlari tasviri orqali aks ettirilgan. Shoir bosh qahramon Yusufning taqdiri va uning hayotga bo‘lgan munosabatini turli vaziyatlarda tasvirlaydi. Yusufning insoniy fazilatlari uning zehni va zakovati odamlarga, o‘z eliga muxabbatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. U behuda qon to‘kmasdan, aql-idrok bilan mamlakatni boshqaruvchi odil shoh darajasiga ko‘tariladi. Durbek xotin-qizlar latofati va zakovatini yangi jixatlar bilan boyitgan, Zulayho timsolida sadoqatli sevgi sohibasi obrazini yarata olgan. «Yusuf va Zulayho» dostonining qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. ?185), Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.
Uning bu dostonida “Baytlar” nomi bilan keltirilgan hikmatlar ham uchraydi.
Charxi falak necha menga qilsa jabr,
Men qilayin ushbu balo ichra sabr.48
Fardning mustaqil ijod qilinishi va alohida janr sifatida devon tarkibida maxsus uchrashi mavlono Lutfiy lirikasi bilan bog‘li hodisa hisoblanadi. Shoir qalamiga mansub, bo‘lgan fardlar janrning shakily va g‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqara olgan. Lutfiy fardlari garchi mavzu jihatdan rang-baranglik kasb etmasa-da, biroq ular janrning keyingi davrlardagi rivoji uchun tajriba maktabi vazifasini o‘taganligi sir emas:
Man shikasta agar joduliqni balsam edi,
O‘zumni noma qilib xidmatingg‘a borgay edim.49
Ko‘rinadiki, mazkur misralar an’anaviy mavzuda yozilgan. Unda oshiq botiniy olamiga xos xususiyatlar namoyon. O‘zini bechorahol, ko‘ngli qattiq ozor chekkan kishi sifatida ko‘rish – mumtoz adabiyotdagi oshiq obraziga xos belgilardan biri sanaladi. Bu borada Lutfiy ishq tasvirining an’anaviy jihatlariga sodiq qolgan. Biroq shoirning novatorligi shundaki, u oshiqning orzusi tasvirida o‘ziga xos yangilik yaratadi. Lirik qahramon sehrgar bo‘lishni orzu qilmoqda. Sehrgarlik unga qanday yordam berishi mumkin? Bu – ma’shuqa visoliga intilishning bir yo‘li: ya’ni, agar men “joduliqni” bilganimda edi, o‘zimni maktubga aylantirib xizmatingga borgan bo‘lardim.
Lutfiy so‘z o‘yinlaridan foydalanish imkoniy1atini fard janrida ham sinab ko‘radi. Buning natijasi o‘laroq ijod olamida tajnisli fardlar yuzaga keladi. Janrning keyingi rivojlanish bosqichlarida tajnisli fardlar yozish boshqa ijodkorlar tomonidan ham muvaffaqiyatli davom ettiriladiki, Lutfiy o‘zbek adabiyotida mazkur go‘zal bir an’ananing ilk boshlovchisiga aylanadi. Haqiqatan ham tajnis fardlarga o‘zgacha bir joziba bag‘ishlaydi:
Ko‘nglum qarori qolmadi, bir oqcha yuz tilar,
Ul oqcha yuzki men tilaram, oqcha yuz tilar.50
Lutfiy fardlariga xos bo‘lgan yana bir xususiyat uning maqol va fardlarning ikkinchi misrasida xalq donishmandligi namunalariga murojaat etadi. Bu bilan misralarda ilgari surilayotgan fikrlarni tasdiqlashga harakat qiladi:
Sha’mi majlisga berur nur ul safoliq orazing,
Bul masal ravshandurur, oreki, yog‘ yog‘qa tomar.51
Do'stlaringiz bilan baham: |