O’zbekiston milliy universiteti 5A120101- adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) G‘afurov nodirjon sayfutdin o‘G‘LI



Download 103,76 Kb.
bet3/12
Sana09.04.2022
Hajmi103,76 Kb.
#540372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diss1

Ish tuzilmasining tavsifi: Tadqiqot ishining tuzilishi quyidagicha tavsiflanadi: kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalar.

I BOB. FARDNING JANR XUSUSIYATLARI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI

    1. Fard janri xususida

Fard Sharq mumtoz she’riyatida asrlar davomida sayqallanib kelgan janrlardan biridir. Fard haqidagi gapni unga berilgan ta’riflardan boshlash o‘rinli bo‘ladi. Chunki har qanday ta’rifda shu predmetning umumiy mohiyatini ifodalovchi bir manzara berilishi ma’lum. Mumtoz adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos shakllanish jarayoniga ega bo‘lgan lirik janrlardan biri fardga quyidagicha ta’riflar keltiriladi:
Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy o‘zining “Funun ul-balog‘a” asarida she’r janrlariga to‘xtalib, fard janriga quyidagi ta’rifni keltiradi: “Al-nav’u-l-oshiru-fil bayoni-l-fard12
Fard ikki misra bo‘lur. Avvalg‘i misraida qofiya bo‘lmas.
Misoli bu masal:
Bordur ummidimki sa’d etgaylar emdi tole’im,
Baski, yilqitti falak ahlini afg‘onim mening.
Namunalar orasida forscha misollar va Lutfiyi Shoshiyga tegishli ikkita turkiy tildagi fard ham bor. Bular:
Ko‘rdi ko‘rumchi yuzida zulfu quloqi donasin,
Zuhravu Oy aro,- dedi, - ushbu kecha qiron erur.
***
Munajjim qoshu ko‘zin ko‘rub aytur
Kim ushbu oy boshinda fitnalar bor. 13
Bu ta’rif davr va bizga ma’lum manbalar jihatidan birinchidir va aksariyat misollar forsiy tilda berilgan. Ammo Lutfiy fard janrini takomillashtirib, turkiy til imkoniyatlarini namoyon qilib tajnisli fard ham yozadi:
Ko‘nglum qarori qolmadi, bir oqcha yuz tilar,
Ul oqcha yuzki men tilaram, oqcha yuz tilar.14
Tajnisli fardlar qofiyani bevosita bir xilligini ta’minlaydi. Vaqtlar o‘tishi bilan ijodkorlarning mahorati va samarasi tufayli fard janri ham qofiyasiz, ham qofiyali shakllarga ega bo‘ldi. Fard misralarining o‘zaro qofiyalanishi ijodkorning mahoratidan darak bersa, misralarni qofiyadosh so‘zlar bilan tugallash vazn jihatidan ham talab qilinar edi.
Fardga lug‘atlarda ham, klassik adabiyotshunoslikda ham ta’riflar berilgan bo‘lib, bular fard so‘ziga istilohiy ta’rif berishda bir – biriga yaqindir.15 Bu yaqinlik asosini fard so‘zining lug‘aviy ma’nosi tashkil qiladi. Shams Qays Roziy bu borada shunday degan: “Musarra’ shunday baytki, unda aruz bilan zarb qofiyada va vaznda bir – biriga muvofiq keladi”. Shams Qays Roziy ta’rifidan shunday xulosa kelib chiqadiki, musarra’ qofiya va vaznda bir – biriga teng bo‘lgan ikki misra ya’ni bir baytdir. Shu o‘rinda “G‘iyos – ul – lug‘ot” da musarra’ so‘ziga berilgan ta’rifni keltirmoq joizdir. “Musarra’ - keltirilgan misra” demakdir. Attoulloh Husayniy esa fardga ta’rif berishda uning qofiyalanish xususiyati nuqtai nazaridan fikr yuritadi. “Tasri` lug‘atga ikki qanotli eshik yasamoqdur va musarra’ ikki qanotli eshikdur. Baytning ikki misrasi qofiyada teng bo‘lganda shubhasiz, baytning ikki qanotlig‘ eshikka o‘xshashlig‘i to‘luq va yetukrak bo‘lur, demak, munga asosan mazkur baytni musarra’ deb atabdurlar”.16
Shayx Ahmad Taroziy fikri va bu ta’riflarni muqoyasa qilsak, o‘sha davr bu janrni juda tez rivojlanishiga hamda fardning ayrim xususiyatlari o‘zgarishiga olib kelgan. Vaqtlar o‘tib bu o‘zgarishlar qoida tusini oldi.
“Attoulloh Husayniy musarra’ni ta’riflab shunday deydi: “musarra’ andoq baytni derlarkim, aning har ikki misrai qasidalar boshidag‘idek qofiyalig‘ bo‘lur. Bir qasida bir necha yerinda musarra’ abyot keltirmaklari mumkindir alarming har birin matla’ derlar, agarchi haqiqatga matla’ birinchi bayt bo‘lsa ham”. Bu ta’riflardan ma’lum boladiki, musarra’ ikki misradan iborat bo‘lgan bir bayt bo‘lib, vazn va qofiyada teng kelishi kerak. Musarra’ istilohining aynan fardga dahldor deyishimizga sabab, yana shu adabiyotshunosning quyidagi fikri asosidadir: “ Zohirdurkim qasidalar matlai va ruboiylarning birinchi baytinda lozim bo‘lgan nima faqat qofiyadagi tengliktur va vazndagi tenglikni hech qachon lozim deb bilmaptur”. Demak, musarra’ bo‘lmog‘i uchun har ikki misra ham vaznda, ham qofiyada teng bo‘lmog‘i kerak. Bu ta’rif o‘z – o‘zidan fard istilohini izohlamoqda”.17 Chunki farddagi har ikki misra ham qofiyada, ham vaznda teng keladi.
Fard o‘z tarkibiga ko‘ra baytning aynan o‘zidir. Fardlarning qofiyalanishi g‘azal matla’lari, qasida baytlari, masnaviy baytlari kabi a – a tartibida bo‘ladi. Ba’zan a – b tartibida qofiyalangan fardlar ham uchrab turadi, ushbu qofiyalanishdagi fardlar davr jihatidan birinchi yozilgan. Bunday fardlarni janr sayqallanishi bilan yozish kamayib borgan bo‘lib, ular ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Qofiya fard kompozitsion tuzulishida asosiy rol o‘ynovchi omillardan biri sanaladi. Chunki qofiya fardda misralar mustaqilligini ta’minlovchi vazifani o‘taydi. Masalan:
Vo/qi/f er/mas/ yor:/, jon/ ber/sam/ bu/zug‘ ko/sho/na/da,
-v-- / -v-- / -v-- / -v-
Shah/ ne/ o/gah,/ xas/ta/ Maj/nun /o‘l/sa /bir/ vay/ro/na/da
-v-- / -v-- / -v-- / -v-18
Keltirilgan misoldagi qofiyalangan so‘zlar “koshona” va “vayrona” har bir misrani ma’no mustaqilligini ko‘rsatadi. Misralar ichki mantiqiy ma’no birligi bilan o‘zaro bog‘langan. Har ikki misra ham qofiyalangan so‘zlar tufayli alohida olinganda ham mustaqil ma’no bildiradi. Klassik mufradot mualliflari fardlarini hamisha qofiyali bo‘lishiga harakat qilganlar. Qofiyali fard muallif mahoratidan darak beribgina qolmay, aksincha, fardning muvaffaqiyatli chiqishini ham ta’minlangan. Lekin ayrim mualliflar qofiyasiz fardlar ham yozishgan. Masalan, Mavlono Lutfiyning 32 ta fardidan 30 tasi qofiyasiz. Zahiriddin Muhammad Bobur fardlari orasida qofiyasiz fard umuman yo‘q. Bu faktik tekshirish shuni ko‘rsatadiki, fardning qofiyalanish hodisasi uning taraqqiyot yo‘li bilan bog‘liq. Bu fard aruz vaznining ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Umuman olganda fardlar turlicha bahrlarda ijod qilingan. Ammo ma’no tugalligi va qofiyaning mosligi uning ikki misrada yakunlanishini talab qilgan.
Qofiyasiz fardlar qanday bo‘lishi mumkin? Lutfiy fardlaridan birini ko‘rib chiqaylik.
Men shikasta agar joduliqni bilsam edi,
O‘zumni noma qilib xidmatingg‘a borg‘ay edim.19
Bu fard qofiyasiz bo‘lib, birinchi misra bilan ikkinchi misrani mazmunning ichki mantiqiy bog‘lanishigina emas, balki gapning sintaktik qurilishi ham bog‘lab turibdi. Birinchi misrada fe‘lning shart mayli qo‘shimchasi (-sa) va shart bog‘lovchi “agar” ikkinchi misraning yuzaga kelishini taqozo etyapti. Bu o‘rinda L. Serikovaning quyidagi fikri o‘z tasdig‘ini topgan. Ularda qofiya yo‘qligi evaziga, misralar o‘rtasidagi sintaktik va semantik aloqalar kuchaytirilgan. Lekin ba’zan bu fikrga teskari bo‘lgan manzarani uchratish mumkin. Masalan:
Ushshoq ila ul g‘amza, ko‘z uchi bila so‘zlar
Oshiq kishilar yosini men qoshida ko‘rdim20
“Bu fardda oshiqning hasrati haqida so‘z borgan bo‘lib, unda aytilishicha, ma’shuqa oshiqlari bilan g‘amzali ko‘z qirida so‘zlashadi, ya’ni g‘amzali boqadi. Birinchi misrada fikr tugal darajaga yetgan. Ikkinchi misra ham tugal mazmunga egaga o‘xshab ko‘rinadi. Sharqshunos I.S.Braginskiyning bayt arxitektonikasiga oid kuzatishini yuqoridagiga o‘xshash fardlarda ham qo‘llash mumkin. “deyarli hamma baytlar uchun ikkita nisbatan mustaqil misraga aniq kompozitsion bo‘linish xos bo‘lsa-da, bu ikki qism baytning butunligida o‘z tugalligini topadi… Har bir misra bu bir sintaktik butunlik. Ammo birinchi va ikkinchi misradagi o‘zaro bog‘liqlik birinchisini ikkinchisiga zamin tayyorlashida unga sharoit yaratishida ekspozitsiya bo‘lib xizmat qilishida aniq ifodalaniladi. Yuqoridagi fardda ham xuddi shunday holat vujudga kelgan”21.
Birinchi misrada ma’shuqa oshiqlari bilan ko‘z uchida, ya’ni ularni nazariga ilmay so‘zlashadi. Ikkinchi misradagi “oshiq kishilar yosi” oshiqlarning ahvoli, qaddi xamlgi sifatida berilmoqda va shu egiklik ma’shuqa qoshining shakliga o‘xshatilmoqda.
Fardning shakliy qurilishi bir bayt – ikki misradan iborat. Bayt esa ikki misrali she’r birligi. Iqtibos fardlarning nasriy asarlar tarkibida kelishini adabiyotshunoslarning ayni vaqtda shoirlik ham qilib, ilmiy asarlarida o‘zlarining badiiy san’atlarini namoyish etish deb, qaralsa to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo iqtibos fardlarning hammasini ham nasriy asar tarkibidan ajratib olib fard deb bo‘lmaydi. Chunki ularning ayrimlari bu janrning belgilarini namoyon etsa, ayrimlari namoyon qilavermaydi.
Fardga janr sifatida ko‘pgina adabiyotshunoslar o‘z ta’riflarini berganlar. Masalan, Yan Ripka fardlarning qofiyalanishi a a – a b tarzida bo‘lishini aytib, fardlar shoirlar tomonidan yozilgan bir lahzalik tafakkur mahsuli bo‘lib, boshqa asarlarda nima­­­­ uchundir foydalanilmagan she’rlar ekanligini ta’kidlagan. Tohirul Mavlaviy esa fardlarni boshqa baytlarga aloqasi yo‘q bayt sifatida talqin etib, bu baytlarning yolg‘izligi ularning terminologik, ya’ni istilohiy nomlanishiga asos bo‘lganligini aytadi. “Agar bayt – deydi Tohirul Mavlaviy, - har ikki misrasi qofiyalangan bo‘lsa musarra’, qofiyalanmagan bo‘lsa fard deb yuritiladi”22. Bu o‘rinda Tohirul Mavlaviy klassik she’rshunoslikdagi musarra’ istilohiga suyanganligi shubhasizdir.
O‘zbek adabiyotshunosligida L. Serikova fardlarni Alisher Navoiyning kichik lirik asarlari qatorida umumiy tarzda tadqiq etgan. R. Orzibekov esa o‘zbek lirikasining kichik janrlari qatorida fardga ham to‘xtalgan.
L. Serikova Alisher Navoiy fardlarining strukturasini tadqiq etar ekan, uning janr xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. Xususan, “ularning mustaqilligi fikrning aforistik tugallligi bilan ta’minlangan”, deydi olima. Fardning ikki misrasi o‘rtasida mustahkam semantik bog‘liqlik adabiyotshunos diqqatini o‘ziga tortadi. Ana shu bog‘liqlik fardning tuzilishi prinsiplaridan biri bo‘lgan tematik parallelizmga olib kelishini L. Serikova misollar bilan keng yoritib bergan. Adabiyotshunosning “Navoiy fardlari bu odatda alohida parcha sifatida boshqa lirik janrlar tarkibiga qo‘shilmaydigan mustaqil miniatyuralar”23 degan xulosasini barcha fardlarga tadbiq qilish mumkin.
“Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati” mualliflari esa fardni “ lirkani eng kichik janri, yolg‘iz bir baytdangina iborat bo‘lgan mustaqil she’r”24 deb talqin qilishadi. “O‘zbek klassik janrlari” mualliflari esa fardga istilohiy jihatdan keng to‘xtalishgan. Ular fardni “alohida asar bo‘lib, mustaqil holda keladi … . Alisher Navoiy fard termini o‘rnida “bayt” so‘zini ham qo‘llaydi.”25 deyishadi.
“Tanbeh (44)
Agar badnafsdin zulm yetsa, shukr vojib bila va tengri hamdin ado qilkim, sen emassen lozim, gar biz ul emastur mazlum va ojiz. Mazlumlik ibtidosida bo‘lgan yaxshiroqkim, zolimlik balosida.
Bayt:
Kishi ming zulm agar cheksa kerak bo‘lmasa qone’
Lek bir zulmg‘a ming nav’ kerak anglasa mone’ ” 26
Fardda agar kishi ming zulm cheksa (ko‘rsa) kerak bo‘lmasa qone’(qanoat etuvchi) lek bir zulm uchun ming turli mone’ (to‘siq) kerak anglasa.
Agar kishi ming zulm ko‘rsa qanoat etuvchi bo‘lmasa kerak, lekin anglasa bir zulm qilish uchun ming turli to‘siqdan o‘tish kerakligini biladi.
“Fardning mustaqil ijod qilinishi va alohida janr sifatida devon tarkibida maxsus uchrashi mavlono Lutfiy lirikasi bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi. Shoir qalamiga mansub, bo‘lgan fardlar janrning shakliy va g‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqara olgan. Lutfiy fardlari garchi mavzu jihatdan rang-baranglik kasb etmasa-da, biroq ular janrning keyingi davrlardagi rivoji uchun tajriba maktabi vazifasini o‘taganligi sir emas”27:
Man shikasta agar joduliqni bilsam edi,
O‘zumni noma qilib xidmatingg‘a borgay edim.28
Yuqoridagi ta’riflardan ma’lum bo‘ladiki, fard ikki misradan iborat, mustaqil ma’no kasb etuvchi yolg‘iz bayt. Qofiyalanishi a-a yoki a-b tarzida bo‘lishi mumkin. Fardlar ijod qilinishida dastlab qofiyalanmagan. Vaqt o‘tishi bilan aksariyat, fardlar o‘zaro qofiyalangan.
Fard (arabcha فرد. – yakka, yolg‘iz) – bir baytli lirik janr. Fard o‘zida aforistik tugal bir mazmunni ifodalaydi. Fardlarda ikki misraning o‘zaro qofiyalanishi shart. Ammo ijodda o‘zaro qofiyalanmagan fardlar ham uchrab turadi”.29
“Fard istilohiy ma’nosiga ko‘ra ikki misradan iborat bo‘lgan, ikkala misrasi ham qofiyalangan, ko‘pincha badiha (ekspromt) tarzida aytilgan yoki yozilgan mustaqil poetik asar hisoblanuvchi baytdir”.30
“Xazoyin ul-maoniy”ni yakunlovchi janr fard bo‘lib, (ar. “yakka”, “yolg‘iz”) bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she’r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‘lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. Shu ma’noda fardlar, ko‘pincha, aforizm xarakteriga ega bo‘ladi”.31
“Fard arabcha so‘z bo‘lib, yakka, yolg‘iz degan ma’nolarni anglatadi. Janr atamasining lug‘aviy ma’nosi uning tuzilishi jihatdan ixchamligi, ya’ni aynan mustaqil bir baytdangina iborat ekanligiga ham ishora qiladi. Fardning har ikkala misrasi o‘zaro qofiyalanadi. Biroq o‘tmish adabiyotimizda qofiyalanmagan fard janri namunalari ham uchraydi”.32
“Alisher Navoiy fardlari ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-ta’limiy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, badiiy jihatdan yuksak she’r namunalaridir. Ularda iyhom, husni ta’lil, tamsil, irsoli masal, tashbeh kabi san’atlar mohirlik bilan qo‘llanilgan. Masalan, quyidagi fardda “dam urmoq” jumlasi vositasida ikki ma’no: nafas chiqarmoq va gapirmoq ma’nolari anglashilyapti va bu orqali iyhom san’ati vujudga keltirilgan”33:
“Kishi aybing desa dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu,
Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, kishi aybin zohir aylarmu?
(“Favoyid ul-kibar”, 29-fard)
Shuningdek, mazkur fardga “musulmon musulmonga ko‘zgudir” degan hadis mazmuni ham ustalik bilan singdirilgan.
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”sida 86 ta fard mavjud bo‘lib, 82 tasi qofiyali, 4 tasi qofiyasizdir. Fardlarning barchasi “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan. Navoiy fardlari shoirning hayotiy tajribalari mahsuli bo‘lmish chuqur mushohadalari va mantiqiy xulosalarini o‘zida aks ettirish bilan birga, shoir she’riy dahosining ayrim qirralari haqida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi”.34
Quyidagi fardda shoirning davr va olam ahli haqidagi falsafiy qarashlari o‘z ifodasini topgan:
Istasangkim, ko‘rmagaysen bevafolig‘, ey rafiq,
Qilma olam ahli birla oshnolig‘, ey rafiq.
Fardga berilgan ta’riflarning barchasi asosida “shakl va mazmun bir – biridan ajralmaydigan kategoriyalar ekanligi” yotadi. L. Serikova va R.Orzibekovlarning fardga oid qarashlari ana shu jihatdan olib qaralganda to‘g‘ridir.
Farddagi ixchamlik va lo‘ndalik uning shakliy tuzulishi va mazmuni bilan aloqador. B. Soatovning maqol janri tabiatiga doir quyidagi kuzatishini fardga nisbatan ham tadbiq qilish mumkin. “Shakliy ixchamlik, barqarorlik, ko‘p ma’nolilik, xalqning real borliq haqidagi xulosalarini ifodalash, nasihatomuzlik, muayyan hodisa haqidagi xukmning qat`iyligi kabilar maqolning doimiy belgisi hisoblanadi.” Ixchamlik va lo‘ndalik fardning asosiy belgilaridan biri bo‘lishiga sabab uning shakliy qurulishidir. Chunki fardning ikki misra bo‘lishi ifodaning, ya’ni ijodkor tasvirga tortgan she`riy manzaraning qisqa, aniq bo‘lishini talab qiladi. Buning uchunoz so‘z bilan ko‘p fikr berishga harakat qilinadi. Agar she`riy ifoda lo‘ndalik bilan bayon qilinmasa, fardning mazmun mundarijasiga putur yetadi. Masalan:
Er kishiga zebu ziynat – hikmatu donishdurur
Yaxshi kiymak birla xotinlarga oroyishdurur35
Yuqoridagi fardda qisqalik va lo‘ndalik taqqoslash tufayli yuzaga kelgan. Fardlardagi qisqalik oo‘z o‘rnida ifodada jonlilikni ta’minlaydi. Muallif oldiga ulkan talab qo‘yadi. Chunki “ikki satr she`rda berilgan fikrni ming xil qilib aytsa bo‘ladi, lekin bu ming xil variantning hech qaysisi shu ikki satrdagiday ham soda, ham qisqa, ham ta’sirli bo‘lmaydi”.
Fardlarning aforizmlar darajasiga ko‘tarilishi esa ularning keng xalq orasida tarqalishiga olib keladi. Bu jihatdan ular maqollarga yaqinlashadi. Lekin maqollardan aforizmga aylangan fardlarning farqi shundaki, fardlarda hamma vaqt muallif aniq bo‘lib, ularda ma’lum ma’noda, mualliflik pozitsiyasi ham sezilib turadi.

“Xazoyin ul-maoniy”ni yakunlovchi janr fard bo‘lib, (ar. “yakka”, “yolg‘iz”) bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she’r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‘lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. SHu ma’noda fardlar ko‘pincha aforizm xarakteriga ega bo‘ladi:
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu,
Sham’ o‘churganda, yel ko‘rinurmu36.
Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida uchraydi. Fard (yakka, yolgiz) - faqat bir baytdan iborat she’r; yozma adabiyotning eng kichik janri: Navoiyning
“Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo‘q,
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo‘q”37
-fardining o‘ziyoq bu janrning shaklan kiska, lekin mazmunan juda salmoqdor bo‘lishini ko‘rsatadi. Hazratning “Favoyid ul-kibar” devonidan 86 ta fard o‘rin olgan va ularda Alisher Navoiy Olam va Odam haqidagi turfa qarashlarini har to‘kis bayon etganini kuzatish mumkin. 82 tasi qofiyali, 4 tasi esa qofiyasizdir. Fardlarning barchasi “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan. Navoiy fardlari shoirning hayotiy tajribalari mahsuli bo‘lmish chuqur mushohadalari va mantiqiy xulosalarini o‘zida aks ettirish bilan birga, shoir she’riy dahosining ayrim qirralari haqida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Fard – ikki misrali janr, albatta unga murabba mazmunini joylash qiyin. Fardda, birinchi misrada ko‘pincha bir fikr o‘rtaga tashlanadi, u – g‘oya, kompozitsion markaz hisoblanadi, ikkinchi misrada esa bu fikr qiyosiy shaklda muhokama, tahlil etilib, xulosa qilinadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin: (dam urmoq jumlasi vositasida ikki ma’no: nafas chiqarmoq va gapirmoq ma’nolari anglashilyapti va bu orqali iyhom san’ati vujudga keltirilgan:
Kishi aybing, desa, dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu,
Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu.38
Yoki:
Kishi aybini yuziga qilma izhor
Taammul ayla o‘z aybingg‘a zinhor.39
Ushbu hikmatlar “do‘st do‘stning oynasi”, “Avval o‘zingga boq keyin nog‘ora qoq” kabi xalq maqollari mazmuniga hamohang ko‘rinadi. Maqolladan farqli ravishda mazkur hikmatlarda ulug‘ shoirning ma’rifiy qarashlari yorqinroq aks etgan. Ya’ni fardda insoniy munsabatlar sharti – andishali bo‘lish, o‘z holidan ogohlikka erishish hamda kamchiliklarni mardona tan olish haqida so‘z boradi.
Fardning vazni to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, u anchagina erkin janr hisoblanadi. Chunki uning ilk namunalari, asosan, barmoq vaznida yaratilgan bo‘lsa, yozma adabiyotning keyingi taraqqiyot davrlarida aruz fardning asosiy vazniga aylandi. Aruzning fardni yuzaga keltirishda doimo qo‘llanadigan maxsus bahri yo‘q. U vaznning turli bahrlarida yozilishi mumkin.
Fardlarga xos bo‘lgan qisqalik, lo‘ndalik va ixchamlik uni maqol janriga yaqinlashtiradi. Eng asosiysi, fardlarda ham xalq maqollaridagi kabi ibratli fikr mavjud. Bu esa didaktik xarakter fardning ilk shakllanish bosqichlaidayoq janr mezonlaridan biriga aylanganligidan dalolat beradi. Bu xususiyat ayrim fardlarning aforizm darajasiga ko‘tarilishiga ham xizmat qiladi.
Dunyovu uqbo ikkisi jam’ o‘lmas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutsa, bo‘lur g‘ariq.40
E’tibor bersak, fardlarning ikkinchi misrasida xalq hikmatlari keltirilishi shoirning fikrini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fard mazmunini sodalashtirib, xalqona ohinga moslaydi.
Andoq ko‘rundi sabza arosinda lolalar,
Kim, sabzxatlar ilgida oltun piyolalar 41(A.Navoiy)
Bu fardning birinchi misrasida maysalar orasida lolalar ko‘ringanligidan xabar berilyapti, ikkinchi misrada esa bu lolalar yor qo‘lidagi piyolalarga o‘xshatilayotir. Demak, birinchi misradagi kechinma va fikrni ikkinchi misra rivojlantiryapti. Bu o‘rinda, albatta, fikr harakati borligi o‘z-o‘zidan ma’lum, lekin bu harakat juda oddiy. Kechinma harakatidagi oddiylik, ruboiy va ikki yo to‘rt misrali, qisqa qit’alar uchun ham begona emas.


Download 103,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish