O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida lizing munosabatlarining o‘rni


II BOB O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA LIZING MUNOSABATLARINING O‘RNI, LIZING MUNOSABATLARINING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI



Download 466 Kb.
bet8/16
Sana31.12.2021
Hajmi466 Kb.
#206827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya sharoitida lizing munosabatlarni o’ni (1)

II BOB O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA LIZING MUNOSABATLARINING O‘RNI, LIZING MUNOSABATLARINING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI
2.1. LIZING MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga tobora chuqurroq kirib borgani sari bozor munosabatlariga mos, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar paydo bo‘lmoqda.

Ana shunday yangi mexanizmlardan biri – lizingdir. Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida mavjud moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan oqilona va samarali foydalanish lozim. Bu raqobatga bardosh berish rivojlanishning muhim shartlaridan sanaladi.

Lizing, ya’ni moliyaviy ijara munosabatlari moliyaviy mablag‘larni harakatga keltirish vositalaridan biridir. Lizing mablag‘larni ishlab chiqarish rivojiga yo‘naltirish yo‘llaridan biri sifatida juda katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritib, yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘ta boshlagach, bozorga xos bo‘lgan yangi – yangi mexanizmlar hayotimizga joriy etila boshladi. Lizing iqtisodiy amaliyotimizda qo‘llanila boshlaganiga ham bir necha yillar bo‘ldi.

1999 yil 14 aprelgacha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (587-599) moddalari, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankitomonidan chiqarilgan bir qator idoraviy – me’yoriy hujjatlar lizingga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qilar edi. Ushbu masalaga oid qonunning yo‘qligi turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirar, lizing bilan bog‘liq munosabatlarning keng yoyilishiga xalal berar edi. O‘tgan yillar davomida moliya va bank munosabatlari sohasida to‘plangan tajriba lizingga oid maxsus qonun qabul qilinishini taqozo eta boshladi. Ana shunday zarurat tufayli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqiriq, o‘n uchinchi sessiyasida bu haqda qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinib, ma’qullandi hamda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. Bu qonun loyihasi tarkibiy tuzilishi hamda o‘z mazmuniga ko‘ra jahon andozalariga mos keladi. Bu qonun mazmunini ko‘pchilik tomonidan osonroq tushunishga yordam beradigan, unda ko‘zda tutilgan huquqiy mexanizmlarni yanada samaraliroq ishlashiga ko‘maklashadigan, bu sohada qonun buzilishlari oldini olishi mumkin bo‘lganayrim takliflar hamda mulohazalar bayon etilgan.

1. Qonun loyihasining 1-moddasi “Qonunning maqsad va vazifalari” deb ataladi. Moddaning mazmunidan esa “Qonunning qo‘llanilishi lizing munosabati ishtirokchilarining, davlat va jamiyat manfaatlarini samarali huquqiy himoyalashdek, moliya bozori barqarorligi hamda taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir” degan xulosa kelib chiqadi. SHunday ekan, moddani biz yuqorida keltirgan jumla bilan to‘ldirilishi lozim deb bilamiz. CHunki qonun vazifalari nomlanishidagi aniq ifoda uning samarali ishlashiga xizmat qiladi.

2. Loyihaning 2-moddasida lizing tushunchasi bayon etilgan bo‘lib, bu aslida lizing shartnomasini anglatadi. Ammo, ushbu moddada berilgan lizing tushunchasi bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 587-moddasidagi lizing shartnomasi ta’rifi o‘rtasida jiddiy tafovut mavjud. Fuqarolik kodeksida lizingning muhim xususiyati – lizing beruvchi mol-mulkni o‘z mablag‘lari evaziga sotib olishi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Loyihada esa bu narsa tushib qolgan.

3. SHu munosabat bilan fuqarolik qonunchiligi me’yorlari, qoidalari to‘laroq o‘rganilishi va e’tiborga olinishi lozim deb hisoblaymiz.

4. Loyihaning 4-moddasida lizing ob’ektlari ko‘rsatilgan va iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlikda foydalanilishi mumkin bo‘lgan har qanday ashyolar lizing ob’ektlari sanalishi mumkinligi aytiladi. Ushbu modda mazmuniga nisbatan ikkita mulohaza bor:

a) fuqarolik kodeksining 588-moddasida er va boshqa tabiat ob’ektlari lizing ob’ektlari bo‘la olmasligi belgilangan va nazarimda bu, loyihada aks ettirilishi shart;

b) lizing ob’ektlari bo‘lib faqat moddiy ashyolargina emas, balki intellektual boyliklar ham hisoblanishi mumkin. SHu sababli “Moddiy va boshqa boyliklar” deb ko‘rsatib qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

5. 5-moddada lizing sub’ektlari doirasi bayon etiladi. U erda lizing berishda lizing oluvchi va sotuvchi ishtirok etishi ko‘rsatilgan. Ammo ushbu moddada lizing ishtirokchilari bo‘lib, yuridik shaxslar ham ishtirok eta olish-olmasligi, shuningdek, chet ellik investorlar va chet ellik tadbirkorlar ham ushbu munosabatlarda qaysidir tarzda ishtirok etish-etmasligi bayon etilganida maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

CHunki loyiha o‘qilganida lizing muhim ishlab chiqarish vositalari yuzasidangina vujudga keladi. Unda jismoniy shaxslar ular hatto, xususiy tadbirkor bo‘lgan taqdirda ham ishtirok etishlari mumkin emasdek tasavvur hosil bo‘ladi. Vaholanki, unday emas.

6. Qonun loyihasining 11-moddasi 3 qismida “Sotuvchining nochorligi yoki lizingob’ektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi xavfi lizing oluvchining zimmasida bo‘ladi”, deb ko‘rsatilgan. Bizning nazarimizda, bunday holat lizing oluvchini qiyin ahvolga soluvchi shartlardan sanalmog‘i, qonun talablariga zid deb baholanmog‘i lozim. Lizing ob’ekti bevosita lizing oluvchining o‘zi tomonidan, olish-sotish shartnomasi tuzish orqali sotib olishi haqida loyihaning 11-moddasida aniq ko‘rsatib o‘tilgan.


Download 466 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish