Bitiruv malakaviy ishining ob'ektini iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari tashkil etadi.
Ishning tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
I-BOB. LIZING MUNOSABATALARINING NAZARIY ASOSLARI
LIZING, UNING FUNKSIYALARI, LIZING TURLARI VA UNI GURUHLASHTIRISH MEZONLARI
Lizing bir vaqtning o‘zida moliyalash va yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarini hal etish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda boshqa ehtiyojlar uchun mablag‘larni ozod qilish imkonini beruvchi moliyaviy vositalardan biridir.
Hozirgi zamon iqtisodiy amaliyotida lizing sohasidagi muammolar turlicha ta’riflanadi.
Lizing muomalasi o‘z xususiyatiga ko‘ra mulkni pirovardida uzoq muddatli ijaraga berish, hamda undan vaqtinchalik foydalanish uchun xarid qilish asosida boshqa sub’yektga topshirish bilan bog‘liq mulkiy munosabatlar majmuini tashkil etadi. Texnologiya va uskunalar olishni kreditlashning an’anaviy bank beradigan ssuda (qarz)ga nisbatan muqobil shakllaridan biri hisoblanadi. Lizing tushunchasi o‘z ichiga bir qator elementlarni jumladan: uskunani xarid qilish, uni ijaraga berish, sug‘urtalash va lizing to‘lovlarini ta’minlash (kafolatlash)ni qamrab oladi.
Lizing deganda, mulkni davriy ijara to‘lovlarini amalga oshirish hamda undan ma’lum davrda foydalanish uchun uni so‘rayotgan mijozga ijaraga berish tushuniladi.
Lizing bu:
Texnika qiymatini bir necha yillik uzoq muddat davomida qaytarish hamda jahonda eng zamonaviy xizmat turi;
Lizing muddatidan qat’iy nazar texnikani ishlab chiqaruvchi zavodning narxida otib olish va yetkazib berish;
Texnikaga ishlab chiqaruvchi zavod kafolatining mavjudligi;
Bank kreditlariga nisbatan arzonroq bo‘lgan moliyalashtirish manbai;
Texnik markazlarining xizmatidan foydalanish imkoniyati;
Bankdan kredit olishdagiga nisbatan osonroq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish;
Xorij kapitalini jalb qilish;
Lizing mulkni ijaraga berishning turi bo‘lib, bunda lizing ob’yekti ijarachi uchun barcha ijara muddati davomida ijaraga beruvchining huquqi saqlangan holda undan ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida sotib olinadi.Lizing funksiyalari: Lizing – bu tadbirkorlik faoliyatining alohida turi bo‘lib, ularning tashkiliy – iqtisodiy munosabatlarining uch shaklini qamrab oladi: ijara, kredit va savdo munosabatlari bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos mulkiy – moliyaviy operatsiyalarni o‘zida aks ettiradi.Lizing mazmuni, uning iqtisodiy va ijtimoiy mohiyati lizing funksiyalari xarakteristikasini yoritish orqali to‘laroq ochib berish mumkin. Ular iqtisodiyotda lizing munosabatlarining alohida shaklini o‘zida namoyon etadi. Lizing bajaradigan funksiyalar – amal qilish chegarasiga qarab ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.
Lizingning ichki funksiyasi korxona doirasida amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |