2.2. O‘ZBEKISTONDA LIZING KOMPANIYALARINING FAOLIYATI.
Lizing O‘zbekistonda mustaqil tadbirkorlik faoliyati tarmog‘i sifatida 1997 yildan boshlab rivojlana boshladi. “O‘zbeklizing interneshnl AO” va “Bank - lizing” kabi kompaniyalar lizingning O‘zbekistondagi asoschilari bo‘ldi. Birinchi kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Milliy banki, Malayziyaning “MEYBANK”, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, shuningdek Xalqaro moliya korporpsiyasi bilan birgalikda tashkil topdi. Ikkinchi kompaniya esa O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi. SHundan so‘ng “O‘zkeysagrolizing” kompaniyasi tashkil topdi. Bu kompaniya O‘zbekistonga Amerikaning “Keys” firmasi tomonidan traktor va kombaynlar etkazib berish bilan shug‘ullanadi. Va nihoyat, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida samolyotsozlikda “O‘zavializing” kompaniyasi tashkil etildi.
“O‘zavializing” ALK ning tashkil etilishida O‘zbekistondagi avvalgi lizing kompaniyalarida orttirilgan tajribalar juda qo‘l keldi. Tajribalar asosida mamlakatimizda ilk bor samolyotsozlik mahsulotlari lizingi tashkil topdi. SHu bilan birga lizingning tiklanishi va ravnaqida “O‘zavializing” ALK ning ta’siri kuchli bo‘ldi.
Bu tabiiy hol, chunki kompaniyaning faoliyati ilmiy boy va qimmatbaho bo‘lgan samolyot mahsulotlarini eksportga lizing asosida chiqarish bilan shug‘ullanadi. SHuningdek, avializing amaliyoti xalqaro me’yorlarni doimiy nazarda o‘rganib borishi kerak. SHuning uchun “O‘zavializing” ALK mamlakatimizda lizing kompaniyalari uyushmasi “Lizevrop” tashkilotiga a’zo bo‘lishi, O‘zbekistonni 1988 yildagi moliya lizingi to‘g‘risidagi Ottava konvensiyasiga qo‘shilishi haqidagi tashabbuskori bo‘lib chiqmoqda. “O‘zavializing” lizing sohasida ko‘plab qonuniy hujjatlar tayyorlashda ham ishtirok etib kelmoqda.
“O‘zavializing” kompaniyasi xalqaro avializing tajribasi va O‘zbekistonning lizing to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslarida amaliy ishlarda foydalanish uchun ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlarni tayyorladi. Bunday me’yoriy hujjatlarning barchasi MDH hududida birinchi marotaba ishlab chiqilmoqda. Ishlab chiqilgan marketing strategiyasi natijasida 1998 yil kompaniya dunyoning 61 mamlakatidagi 215 dan ziyod aviya-kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatdi. Bunda asosiy e’tibor MDH davlatlari, SHarqiy Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlariga qaratildi.
2008 yildan “O‘zavializing” ALK iqtisodiy va moliyaviy ahvoldan kelib chiqqan holda o‘z taktikasini takomillashtirdi. Kompaniyaning lizing faoliyatini muvofiqlashtiruvchi asosiy talablari o‘zgartirildi. Bugungi kunda bu talablar mijozlar bilan yanada moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ish olib borib avializing talablarini bajarishga qaratilgan.
Lizing sub’ektlari manfaatlarini davlat idoralari himoya qila olishi uchun asosiy qadam bo‘lib mamlakat lizing kompaniyalari kuchini bir joyga jamlash va milliy lizing kompaniyalar assotsiatsiyasini tuzish alohida o‘rin tutadi. Assotsiatsiya kompaniyalar manfaatini nafaqat mamlakat ichkarisida, balki jahon doirasida ham himoya qiladi va yangi cho‘qqilar sari olib chiqmog‘i lozim. Lizingni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash ham katta o‘rin tutadi. Bunday yordam davlat tomonidan lizing kompaniyalari uchun kamida 10 yilga “lizing xaridorlari” tashkil etib berishda ko‘rish mumkin. Bunda davlat kompaniyalarga soliq imtiyozlari va moddiy yordamlar ko‘rsatishi kutiladi. O‘n yillik muddatni ko‘rsatilishi ham tasodif emas, bunday muddat ichida kichik va o‘rta biznes 2-3 loyihani, katta biznes esa bitta loyihani to‘la amalga oshirishga ulguradi.
Davlat tomonidan kompaniyalarga berilgan imtiyoz va yordamlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Davlat mulki lizingi uchun foydalanilayotgan bank kreditlarini ta’minlash uchun garov jamg‘armalarini tashkil etish;
Lizing loyihalari infrastrukturasini tashkil etish uchun davlat kapitalini jalb etish;
Davlat ehtiyojlari uchun lizing asosida mahsulot etkazib berishda davlat buyurtmalarini amalga oshirish;
Davlat byudjetidan moddiy ta’minlash va davlat lizing loyihalarini amalga oshirish uchun davlat kafolatlarini berish;
Davlat lizing loyihalarini tadbiq etish imtiyozli investitsiya kreditlari ajratish;
Milliy mahsulot lizingini eksport qilishni taraqqiylashtirish maqsadlarida tarmoq fondlari tashkil etish;
Lizing to‘lovlarini qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etish;
Lizing ob’ekti qiymatini mulk solig‘i bazasidan chiqarish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – eksport lizing operatsiyalari qatnashchilariga erkin konvertatsiya valyutalarida o‘zaro hisob-kitob qilish huquqini berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |