O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida lizing munosabatlarining o‘rni



Download 466 Kb.
bet6/16
Sana31.12.2021
Hajmi466 Kb.
#206827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya sharoitida lizing munosabatlarni o’ni (1)

1 – чизма.

1 – chizmada Lizigning ishlab chiqarish funksiyasi.

Lizing ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va ishlab chiqarish faoliyatini aktivlashtirish uchun zarur ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida bir qancha funksiyalarni bajaradi.

Lizingning ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish masala – muammolarini vaqtinchalik ishlatish yo‘li bilan hal qilishni nazarda tutadi va qimmat turuvchi, manaviy eskirgan uskunalarni sotib olish yoo‘li bilan bu masalalarni hal qilishni inkor etadi. Bu ishlab chiqarishni moddiy texnikaviy ta’minlashning unumdor yoo‘li bilan hisoblanadi va yangi texnika, ilmiy – texnik taraqqiyot natijalarini o‘zlashtirishning unumli yoo‘li hisoblanadi.

To‘la lizing holatida mulkni berish turlicha servis xizmati bilan texnik xizmat ko‘rsatishi, sug‘urta, xom – ashyo bilan ta’minlash kabilar bilan birga olib boriladi. Lizingning bu funksiyasidan kelib chiqadigan asosiy xususiyati – operativlik va moslashuvchanlik hisoblanadi.

Lizing korxonada resurslarni ratsional taqsimlash imkoniyatini yuzaga chiqaradi. Ishlab chiqarish omillari resurslari narxi, jumladan asosiy kapitalni xarid qilish narxi va ularning ijara narxi defitsit resurslarini ratsional ishlatish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, bozor narxlari qanday mahsulot, tovarni qanday ishlab chiqarish lozimligini ko‘rsatadi. SHuningdek, lizing ham ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ijaraga beruvchi nuqtai – nazaridan qaraganda, u alternativ hal qiladi yoki ijaraga beruvchining ko‘zda tutilgan uskuna, texnikani ishlatadi, bu esa bir qancha sabablarga ko‘ra katta unum bermaydi yoki ularni foydalanuvchi lizing oluvchiga lizing asosida beradi. Bu esa uskunani katta qaytim bilan foydalanish imkoniyatini beradi. Natijada mulk egasi ijara haqi ko‘rinishida daromad oladi. SHu ma’noda korxonada lizingning resursni tejash defitsit resurslar, ishlab chiqarish aktivlarini ratsional ishlatish funksiyasi namoyon bo‘ladi.

Lizingning moliyaviy funksiyasi.

Lizing oluvchi – korxona lizingga moliyaviy jihatdan yondashganda uning uchun zarur mulkdan o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiy mablag‘lar yoki bank kreditini jalb qilmay turib foydalanish mumkin. Lizing oluvchi mulk to‘la qiymatini birdaniga to‘lashdan ozod qilinishi, lizing munosabatini oldi – sotdi munosabatidan farqlantiruvchi xususiyat ekanligini bildiradi. Ammo, ko‘pincha lizing oldi – sotdi munosabatlarining bir ko‘rinishi sifatida baholanadi. Bundan tashqari lizing zarur mulk egasi bo‘lish uchun imkoniyat manbai hisoblanadi va chegaralar yuzaga kelganda yollagan vositalar, mablag‘lardan foydalanish imkonini beradi.

Lizingning savdo funksiyasi. Bu iste’molochilar doirasining kengayishi va yangi savdo bozorlarini o‘zlashtirish, lizing sohasiga u yoki bu turdagi mulkni birdaniga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish. Lizingning savdo funksiyasi boshqa funksiyalar kabi ahamiyatga ega. Ammo u to‘la amalda qo‘llanilmaydi, lizingning yaratilgan mahsulotni sotish kanallarining bir ko‘rinishi sifatida qatnashishi ishlab chiqarish darajasining umuman tushib ketishi va mashina texnik – mahsulotlar bozorining muvozanat holatida bo‘lmasligi oqibatidir. Lizingning savdo funksiyasi iste’molchilar miqdorida, uskunalarni sotib olish uchun zarur moliyaviy resurslarga ega bo‘lmagan, shuningdek, bunday uskunalarga doimiy egalik qilishga ehtiyoj sezmaydigan korxonalar jalb qilinadi. Ayrim holatlarda lizingni texnikaning bir –birligini sinov uchun olib, kelgusida uning yirik partiyasini xarid qilishni mo‘ljallash borasida qo‘llaydilar. Lizingning xalq xo‘jaligi doirasidagi funksiyalari. Bunda lizingning moliyaviy funksiyasi boshqa funksiyalar o‘rtasida keng qo‘llaniladi. Bu holatda lizingning ishlab chiqarish ichki moliyaviy funksiyasini takrorlanishi bo‘lmaydi. SHu jumladan, lizing investisiyalashning bir shakli hisoblanadi va makro sohada investitsiya faoliyatini rag‘batlantiradi.

Lizingning takror ishlab chiqarish funksiyasi.

Lizingdan foydalanish, lizing biznesi ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari zanjirida mulkchilikning yangi munosabatlarini shakllantiradi, ko‘zlangan tovarni qayta ishlab chiqarish, shuningdek, umumiy ishlab chiqarish siklining takrorlanishiga yordam beradi. Ma’lumki, har qanday xo‘jalik faoliyatining pirovard natijasi uning ikki qismi yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning biri – ishlab chiqarish vositalari, mehnatda moddiylashgan avvalgi natijalar hisoblansa, ikkinchisi mazkur xo‘jalik zvenosiga kiritilgan yangi hissa hisoblanadi. Buni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin.

Ro = Rp +Rc

R0 – mazkur xo‘jalik zvenosi faoliyatining umumiy natijasi.

Rn – avvalgi mehnat bilan belgilanadigan umumiy natija qismi.

Rc – mazkur xo‘jalik zvenosining o‘z hissasi bo‘lgan qismi.

Agar 2 – chizmada ko‘rsatilgan K, L, M, N korxonalar o‘rtasidagi xo‘jalik faoliyatini ko‘rib chiqsak :



K – korxona

L – korxona



M – korxona

N - korxona


Rok




PoL

Pom

RoN

2 – chizma. Lizingning takror



ishlab chiqarish funksiyas

Bir korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot zanjirida mavjud bo‘lgan navbatdagi korxona tomonidan iste’mol qilinadi. Natijada L korxona natijasi quyidagicha tasvirlanadi:


Rol = Rnc + Rcl
Bunda: Rol – L korxonaning umumiy natijasi;

Rnl – L korxona umumiy natijasining avvalgi mehnat bilan baholanadigan qismi;

Rcl – mazkur korxona o‘z hisobidan qo‘shilgan hissa;

Rnl – Rok ning natijasi bilan baholanar ekan, uni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Rol = Rnl+Rcl=Rok+Rcl va shunday holatda quyidagicha davom ettiriladi:

Rom=Rnm+Rcm=Rol+Rcm=Rok+Rcl+Rcm

SHunday qilib, M korxona faoliyatining natijalari K va L korxonalar faoliyati natijalari bilan baholanadi. Aytish mumkinki, M – korxonaning faoliyat natijalri N – korxonaning kelajagini belgilab beradi. YUqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin: lizingning takror ishlab chiqarish jarayonini har bir zvenosida bu faoliyatni ancha harakatchan bo‘lishiga olib keladi.

Soliq va amortizatsiya imkoniyatlari funksiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:



  1. Lizing asosida o‘zlashtirilgan mulk. Lizing beruvchi yoki foydalanuvchilarning balansida ularning o‘zaro kelishuvlariga ko‘ra aks ettiriladi.

b) Ijara haqi ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladi. Mos ravishda soliqqa tortiladigan foydani qisqartiradi.

c)SHartnoma muddatiga asosan hisoblanadigan tezlashtirilgan amortizatsiyaning qo‘llanishi foydani kamaytiradi va moddiy texnika bazasini yangilashni tezlashtiradi. Natijada lizing o‘z sohasiga yangi ob’ektlarni jalb qilish orqali takliflar diversifikatsiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ishlab chiqarish bozorini rivojlantiradi va uni diversifikatsiyalaydi. YAngi texnika avlodini o‘zlashtirish siklini qisqartiradi.tadbirkorlikning lizing shakli prinsiplar shakliga asoslanadi.


Lizing turlari va uni guruhlashtirish me’zonlari.

Lizing munosabatlarini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun uning turlari, realizatsiya qilish shakllari va usullari tog‘risida ma’lumotga ega bo‘lish, ularning orasidan maqulini tanlash lozim bo‘ladi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti lizing kelishuvlarining juda ko‘plab variantlarini ishlab chiqqan va taqdim etgan.

Iqtisodiy adabiyotlarda lizing turlarining aniq talqini berilmagan, ancha chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Lizing turlari kelishuvni amalga oshirish shakli, munosabatlar muddati, tomonlarning majburiyatlari, hajmi. Lizing ob’yektlari xususiyatlari va ularning amortizatsiya shartlari, lizing to‘lovlari tiplari kabilarga guruhlashtiriladi .


3-чизма

.

Lizing operatsiyasini amalga oshirish texnikasi va uni tashkil etish shakliga ko‘ra:



  • to‘g‘ri – bevosita lizing;

  • bilvosita lizing;

  • ta’minochi lizing kabi turlarga ajratiladi.

Bevosita lizing - bu ikki tomonlama operatsiya bo‘lib, bunda uskunani ishlab chiqaruvchi lizing ob’yektini mustaqil ravishda lizing shartlari asosida ijaraga beradi. Bu lizing turiga binoan, bir shaxs ayni vaqtda ikki sub’yekt ham uskunani yetkazib beruvchi, ham lizing beruvchi vazifasini bajaradi. Uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar lizing operatsiyalarini yuzaga chiqarish uchun o‘z korxonalari tizimida marketing xizmati tarkibida maxsus bo‘limlar tashkil etadilar. Vositachilarsiz ishlash kelishuv mexanizmini soddalashtiradi va uni amalga oshirish xarajatlarini tejaydi.

Marketing faoliyatini diversifikatsiyalash mahsulot savdosi bozorini kengaytiradi va asosiy ishlab chiqarish zvenosi hisoblanuvchi korxonaning maliyaviy barqarorlashuviga yordam beradi.Vositali lizing. Mulkni vositachilar orqali lizingga berish nazarda tutiladi.

Amalda lizing kelishuvlari asosan ko‘pchilik holatlarda vositali lizing qo‘llaniladi.

Vositachi ayni vaqtda lizingga beruvchi avvalo ishlab chiqaruvchish vositalarini sotib olish xarajatlarini moliyalashtiradi. SHuningdek, foydalanuvchiga yetkazadi. So‘ng esa ijarachidan lizing to‘lovlarini qabul qiladi. Vositali lizing faoliyatida minimum 3 shaxs: sanoat korxonasi, lizing kompaniyasi va ijarachi ishtirok etadi, ammo bu jarayonga undan ham ko‘p ishtirokchilar qatnashishi ham mumkin.

Qaytaruvchi lizing. Uning mohiyati shundan iboratki, bunda mulk egasi avvalo bo‘lajak lizing beruvchiga sotadi, so‘ngra o‘zi esa ayni shu ob’yektni xaridordan ijarag oladi. YA’ni aynan bir shaxs (birlamchi mulk egasi ) ham ta’minotchi sifatida va ham lizing oluvchi sifatida ishtirok etadi. Natijada lizing beruvchi ijarachi qo‘ltida bo‘lgan mulkni garov asosida ssudaga beradi. Bu lizing turi balansini tenglashtirish uchun ko‘pincha qo‘llaniladi.

Ta’minotchi lizinggi bu – qaytariluvchi lizingdan shunisi bilan farqlanadiki, asbob uskuna ta’minotchisi sotuvchi va iajarachi sifatida bir vaqtning o‘zida qatnashadi, ammo u mulkni ishlatuvchi bo‘lmaydi; qaysiki, albatta sub lizingni uchinchi shaxsga yetkazish shart .

Kelishuv davomiyligi, lizing turi farqlanadi: moliyaviy va operativ lizing.

Moliyaviy lizing –lizingning eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi, uzoq muddatga texnikani ijaraga berish va uning qiymatini foydalanish davrida to‘la qoplashni ko‘zda tutadi.

Lizing shartnomasi harakati muddati tugagach, foydalanuchi mulkni xususiylashtirib olishi mumkin, shartnomani yangilash, bunda imtiyozli yoo‘lni qo‘llash yoki munosabatlarni umuman to‘xtatib qo‘yish mumkin.

Moliyaviy lizingning farqli jihati shundaki, u ijaraga beruvchi tomonidan mulkiy servis xizmatini ko‘zda tutmaydi. SHartnomaning muddatidan ilgari to‘xtalishiga yoo‘l qo‘ymaydi.



Moliyaviy lizing doirasida uning turlicha ko‘rinishlari qo‘llanishi mumkin: alohida (oddiy va murakkab), guruhiy (hissadorlik asosida), to‘g‘ri va boshqalar. Alohida lizing – yirik lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun bir necha kredit tashkilotlarini birlashtiradi. U lizing beruvchi tomonidan bir – ikki (oddiy variant)
Moliyaviy lizingni boshqa lizing ko‘rinishlaridan farqi

Munosabat tarkibi

Amalga oshirish shartlari

Lizing ob’ektini va uni sotuvchisini tanlash

Umumiy qoida bo‘yicha lizing oluvchi bajaradi.

Ijarachi uchun lizing mulkini o‘zlashtirish

Lizing beruvchi sotib oladi. U sotuvchining ma’lum shaxsga mulkni lizingga berish to‘g‘risidagi ruxsati bo‘yicha ishlaydi.

Lizing mulkini belgilash

Faqat tadbirkorlik maqsadlarida

Kelishuv davri davomidagi lizing to‘lovi summasi

Kelishuv muddatidagi narxlarda lizing mulki to‘la qiymatini o‘z ichiga oladi.

Lizing ob’ekti sug‘urtasi va servis xizmati

Lizing oluvchi majburiyatiga kiradi.

Lizing ob’ektini to‘satdan yo‘qotish, buzilishi tavakkali

Ijarachiga lizing ob’ektini berish davrida o‘tkaziladi.

Lizing mulkining tezlashtirilgan amortizatsiyasi

Soliq organlari vakolati orqali qo‘llanilishi mumkin.

Lizing ob’ektini sotuvchi bilan lizing beruvchi va ijarachi munosabati

Erkin kreditorlar sifatida

Lizing muddati davomiyligi

Lizing ob’ektining qoplanish va foydalanish normativ muddati

Lizing ob’ekti eskirish xarajatlari

Lizing beruvchi amalga oshiradi.

Lizing predmetlari

Odatda qimmatbaho ob’ektlar

Lizing ob’ektini hisobga olish

Lizing beruvchi balansida va lizing oluvchining 001-balansorti schetida yoki ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq

Kreditor funksiyalari

Lizing beruvchi tomonidan lizing predmetini sotib olishni to‘la yoki qisman moliyalashtirish.

Moliyaviy lizing boshqa lizing turlaridan farqlanuvchi o‘ziga xos xususiyatga ega. ( 3 – chizmada aks ettiriladi.)

bir necha (murakkab variant) kreditorlarni lizing summasining 70 – 80 % gacha qiymatini qoplash uchun jalb qilishini ko‘zda tutadi. Alohida lizingda yollovchi – lizing beruvchi ssudani qaytarish uchun to‘la mas’uliyatni o‘z ichiga olmasligiham mumkin.

Alohida lizing iborasi qo‘llanilishi lizing kompaniyasi va ijjarachini bog‘lovchi ijara munosabatlarining kredit tashkilotiga ijara to‘lovlarini to‘lash tartibi kabilar alohidaligi bilan baholanadi.

Guruhiy (hissa asosida) lizingda ijaraga beruvchi sifatida ishtirokchilar guruhi aksionerlar qatnashadi. Ular maxsus korporatsiyani ta’sis etadilar va lizing munosabatlari bo‘yicha zarur jarayonlarni kelgusida ham amalga oshiruvchi ishonchli vakillarni saylaydilar.

U asosan yirik kelishuvlarda: rekonstruksiya qilinuvchi yoki yangidan tashkil etiluvchi korxonalarni jihozlash, qimmatbaho ob’yektlar (samolyot, dengiz kemalari, kosmik ob’yektlar va boshqalar)ni ijaraga berishda qo‘llaniladi.

To‘g‘ri moliyaviy lizing: mulkni sotuvchi hisoblamaydigan ijaraga beruvchining o‘zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Ko‘p davlatlarda lizingning bu turi kapital lizing deb nomlanadi. Agar quyidagi talablarga mos kelsa:


  1. Kelishuv muddati tugashi vaqtida ob’yektni boshqarish huquqi ijarachiga berilishi kerak.

  2. Kelishuv muddati shartlari konkret savdoda xarid huquqini berishni ko‘zda tutadi.

  3. Ijara doimiyligi lizing ob’yektini 70 – 80 % iqtisodiy asoslangan xizmat muddatini tashkil etadi.

  4. Minimal lizing to‘lovlarini diskont qiymati ijaraga oluvchi ob’yektning kamida 90 % real qiymatini tashkil etadi.

Operativ (servisli)lizing.

Lizing beruvchi uchun o‘z mulkini uning normativ xizmat muddati davomida bir necha marta ijaraga berish imkoniyatini ko‘zda tutadi.


Operativ lizing xususiyatlari

Munosabat tarkibi

Amalga oshirish shartlari

Kelishuv muddati

Ob’ektning jismoniy eskirish davridan nisbatan ancha qisqa

Servis xizmati ko‘rsatish

Lizing beruvchi o‘z zimmasiga oladi.

Lizing to‘lovlari stavkalari

Odatda yuqori

Operativ lizing quyidagi hollarda ancha manfaatli

  1. Ijara mulkka egalik qilish tavakkalini o‘z zimmasiga olmaydi.

  2. Ijarachi o‘zining to‘lov qobiliyati uzoq muddatliligiga ishonmaydi.

  3. Ob’ektni sotib olish uchun vositalar etishmaydi.

  4. Ob’ektni tanlash to‘g‘riligiga ishonish zarur.

Lizing beruvchining xatarlari

Mulk qiymatini qoplash borasida: lizing ob’ektining yo‘qotilishida

Lizing ob’ekti

Ma’naviy eskirishi yuqori tempda bo‘lishi tez-tez uchraydi; maxsus texnik xizmatni talab qiladi; kelishuv muddati bilan istovchilarga mulk qayta ijaraga beriladi.

Ijarachi huquqi

Lizingning muddati tugamasdan to‘xtatilishi va mulkni egasiga qaytarilishi mumkin.

Lizing ob’ektini qaytarishdagi munosabatlar

SHartnomada ob’ektning qoldiq qiymatini turli davrlar uchun belgilanadi;

Ijarachi ob’ektning qoldiq va likvidatsiya qiymati o‘rtasidagi farqni qoplaydi.



Foydalanuvchining kafolatlari

Ob’ektning belgilangan qoldiq qiymatini shartnoma tugash davrigacha to‘lashni ta’minlash.

4 – chizmada Operativ lizingning xususiyatlari berilgan;

Kelishuv ob’ektlari xarakteriga ko‘ra:


  1. Ko‘chadigan mulk (stanoklar, transport vositalari, asbob – uskunalar va hokazo)

  2. Ko‘chmas mulk lizingi farqlantiriladi.

Ko‘chmas mulk lizingida lizing beruvchi ijarachi buyurtmasiga ko‘ra ko‘chmas mulkni ko‘radi yoki sotib oladi va unga ishlab chiqarish, tijorat maqsadlarida foydalanish uchun beradi. Ko‘chmas mulk ob’yekt klassifikatsiyasiga asoslanib lizing turlari quyidagicha farqlanadi. Korxonalarning sanoat lizingi ishlab chiqarish binolari va inshootlarining lizingi, lizing savdosi, ombor xo‘jaliklari, ofis – idoralar va boshqa inshootlar lizingi. Ko‘p davlatlarda yer uchastkalari lizingi ham qo‘llaniladi.

Ko‘chuvchi mulk lizingi: ishlab chiqarish va qurilish uskunalari, kompyuterlar, transport vositalari, stanoklar lizingi kabilarga bo‘linadi. Uning asosiy ko‘rinishlaridan biri – maxsus lizing hisoblanadi. Unga ko‘ra lizing obyekti ijarachi xoxishiga, talabiga ko‘ra tayyorlanadi.

Foydalaniladigan mulk amortizatsiyasi holatiga ko‘ra to‘liq va to‘liqsiz amortizatsiyali lizingga ajratiladi:

To‘la amortizatsiyali lizing xususiyatlari:

- ob’ekt amortizatsiyasi normativ muddatining shartnoma muddati davomiyligi bilan to‘g‘ri kelishi;

- lizing ob’ekti qiymatining bir ijara davomida to‘la qoplanishi;

To‘liqsiz amortizatsiyali lizing ob’ekt qiymatining qisman to‘lanishini ko‘zda tutadi va o‘z mazmuni bo‘yicha operativ lizing ko‘rsatkichlariga yaqin hisoblanadi. U asosan ko‘chmas mulk obyektlarini, shuningdek, turlicha uskunalarni, stanoklar va korxonalarni ijaraga berish va olish borasida amalga oshiriladi. SHuningdek, tezlashtirilgan amortizatsiyali lizing ko‘rinishi ham farqlanadi. Bu lizing turi tomonlar kelishuviga ko‘ra, soliq organlari vakolati bilan amalga oshiriladi.

Bozor doirasiga tegishliligiga ko‘ra ichki va tashqi (xalqaro) lizing farqlantiriladi.

Ichki lizingda barcha ishtirokchilar bir davlatga tegishli hisoblanadi.tashqi yoki xalqaro lizingda esa ishtirokvchilarning hech bo‘lmaganda biri boshqa davlatga tegishli hisoblanadi. Xalqaro lizing bir necha modifikatsiyaga ega bo‘lib, ular:


  • to‘g‘ri eksportli;

  • to‘g‘ri importli;

  • tranzitli lizingdir.

To‘g‘ri xalqaro lizing o‘zida shunday kelishuvni aks ettiradiki, unda barcha operatsiyalar tijorat tashkilotlari o‘rtasida ikki davlatning yuridik shaxs huquqi bilan amalga oshiriladi.

Uning afzallik tomonlari:



  • lizing beruvchi eksport kreditini o‘z davlatida olishi va shu orqali o‘z tovar va xizmatlari bozori hajmini kamaytirish imkoniyatiga ega;

  • ijarachi zamonaviy mashinalarni, uskunalarni ishlatish borasidagi moliyaviy ta’minotni va ishlab chiqarishni texnik jihozlash amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi.

Eksport va import lizingi o‘rtasidagi lizing beruvchi va lizing oluvchi joylashgan davlatlar o‘rni bilan begilanadi. Import lizingida ta’minotchi xorijda joylashadi, eksport lizingida esa xorijiy hamkor sifatida lizing oluvchi ishtirok etadi.

Tranzit xalqaro lizingi: bir davlatning lizing beruvchisi, ikkinchi davlatdan kredit olib yoki zarur uskunani olib, uchinchi davlatda joylashgan ijarachig etkazgan vaqtda qo‘llaniladi. Tranzit operatsiyalarining katta qismi transmilliy korporatsiyalar va o‘z lizing kompaniyalariga ega bo‘lgan banklar tomonidan nazorat etiladi.

Tranzit lizingi investitsiyalash ijaraga beruvchi uchun ancha qulay hisoblanadi. CHunki,


  • ijarachi joylashgan davlatning mahalliy moliya manbalari imkoniyatlaridan foydalana olish huquqiga ega bo‘ladi;

  • valyutani almashtirish bilan bog‘liq xatarni qisqartiradi;

  • lizingga beriluvchi texnika vositalari nomenklaturasi kengayadi;

  • lizing to‘lovlarini chegaradan o‘tkazishda soliq to‘siqlari qisqaradi;

  • xorijiy hamkorlar – lizing beruvchilar faoliyatidagi cheklanishlar olib tashlanadi;

  • mulkni xorijiy egalari nomiga rasmiylashtirish ancha soddalashadi;

  • ishlab chiqariladigan mahsulotning xorijiy savdo bozori kengayadi.

Soliq va amortizatsiya imtiyozlari belgisiga ko‘ra:

  1. Noqonuniy

  2. Qonuniy lizing farqlanadi.

Noqonuniy lizing – chayqovchilik xarakteridagi jarayon bo‘lib, asosan davlatda amal qiluvchi soliq va boshqa boralarda beriladigan imtiyozlar hisobidan foyda olishga qaratilgan bo‘ladi.

Qonuniy asosli lizing – qonun – qoida asosidagi faoliyat hisoblanadi va lizing tadbirkorligining barcha iqtisodiy mazmuniga mos keladi.

Qonuniy lizingning asosiy belgilari :


  • kelishuvning butun muddati davomida yuridik jihatdan mulk egasi lizing beruvchi va iqtisodiy jihatdan mulk egasi foydalanuvchi hisoblanadi.

  • L
    Lizing to’lovlari
    izingga berilgan mulk faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalaniladi.






4

4

1- Davlat lizing beruvchisi



Davlat lizing oluvchi

1
1

1


Lizing shartnomasi


2


3

3


2

Obyektni yetkazish


5-Davlat ta’minotchisi


Obyektnioldi sotti qilish



Lizing to’lovlari . 5 – chizma.



  • Qoida bo‘yicha mulk egasi butun xatarni, tavakkalni o‘z zimmasiga oladi, belgilangan imtiyozlardan foydalanadi, obyektning boshlang‘ich qiymatini qisman yoki to‘la moliyalashtiradi.

Lizing beruvchi normal bozor foydasiga ega bo‘ladi.

  • Ijarachi uskunani faqat bozor narxida sotib olishi mumkin va lizing beruvchi tomonidan uskunani sotib olish jarayonini moliyalashtirishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaydi.

  • Ijarachiga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmat qiymati lizing to‘lovlari tarkibiga kiritiladi.

  • Ijarachi ijara to‘lovlarini daromad summasidan chegirib tashlashlari va soliq xizmatiga deklaratsiya tuzishda uni taqdim etishi mumkin.

Lizing to‘lovlari xarakteriga ko‘ra: pulli, kompensatsiyali, aralash lizing farqlanadi. Pulli lizing to‘lovlar pul shaklida amalga oshirilganda qo‘llaniladi.

Kompensatsiyali lizing qo‘llaniladigan uskunalarda ishlab chiqariladigan tovarlar bilan yoki zarur xizmatlar shaklida amalga oshiriladigan to‘lovni nazarada tutadi.

Aralash lizing to‘lovni ham pulli ham kompensatsiyali tarzda amalga oshirish yoki barter kelishuvi elementlarini birgalikda qo‘shllash usulidir.

Lizing kelishuvlari o‘lchamiga ko‘ra uch xil: kichik, standart va yirik lizing farqlanadi. Kichik lizing dunyoning juda ko‘p davlatlarida keng tarqalgan. Bunday kelishuvlarning predmeti ko‘pincha noishlab chiqaish ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga bevosita kiritilmaydigan –kompyuterlar, organik texnika, telefon stansiyalari, xavfsizlik tizimlari, ofis – idora inshootlarning jihozlari hisoblanadi.

Standart lizing – asosan mini novvoyxonalar, suv quyishga asoslangan zavodlar va boshqalar lizinggi hisoblanadi.

Yirik lizing kelishuvlari – samolyotlar, kemalar, energetika uskunalari va boshqalar lizingiga qaratilgan. Bozorning bu sektorida faoliyat ko‘rsatish katta moliyaviy resurslarga ega bo‘lish, shuningdek, lizing kompaniyalarining mutaxassislarining jiddiy tayyorgarligini talab qiladi.



Download 466 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish