O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida lizing munosabatlarining o‘rni



Download 466 Kb.
bet7/16
Sana31.12.2021
Hajmi466 Kb.
#206827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya sharoitida lizing munosabatlarni o’ni (1)

1.2. LIZING OBEKTI VA SUBEKTLARI.
Ammo er uchastkalari lizing predmeti hisoblanmaydi. Adabiyotlarda lizing predmetini lizing obekti sifatida talqin etiladi, lizing obektlarini umumiy holda belgilariga ko‘ra klassifikatsiyalash mumkin 6 – chizma aks etirilgan.

Lizing ob’ektlari umumiy holda belgilarga ko‘ra klassifikatsiyalash.



Lizing ob’ektlari umumiy holda belgilarga ko‘ra klassifikatsiyalash. 6 – chizma.


Lizing predmeti sifatida har qanday iste’mol qilinmaydigan buyumlar ko‘chuvchi va ko‘chmas mulklar, jumladan, korxona va boshqa mulkiy majmualar, bino va inshootlar, uskunalar, transport vositalari lizing oluvchilar tomonidan ularning tadbirkorlik faoliayatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ko‘chadigan yoki ko‘chmaydigan mulklar ishtirok etadi.

Lizingning eng asosiy sharti shundaki, lizing uchun beriladigan obyektlar faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalanilishi shart. Lizing predmeti sifatida tan olinadigan mulkning yana bir xususiyati shundaki, ishlab chiqaish jarayonida o‘z moddiy xususiyatlarini yoqotmaydi.

YA’ni lizing muddati tugaguncha predmet sotish uchun yoki yana ijraga berish uchun yaroqli bo‘lishi kerak. Bunday talabga korxonaning asosiy ishlab chiqarish vositalari javob berishi kerak. Amalda lizing uchun qimmatbaho mashinalar, stanoklar, uskunalar, qurilish va yo‘l texnikasi, avtomobillar, dengiz va daryo kemalari, samolyot, vertolyotlar, hisoblash texnikasi, traktor, kombaynlar, bino inshootlar, ma’naviy eskirish tempi yuqori bo‘lgan texnologik asboblar beriladi.

Klassik lizing munosabatlari unda uch tomonning ishtirok etishini ko‘zda tutadi.




  1. Lizing beruvchi

  2. Lizing oluvchi

  3. Mulkni – lizing predmetini sotuvchi.

Lizing operatsiyasining mohiyati quyidagicha :

o‘z moliyaviy vositasiga ega bo‘lmagan, bo‘lajak lizing oluvchi lizing xizmati ko‘rsatadigan tashkilotga lizing kelishuvini tuzish to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat etadi. Bu kelishuvga ko‘ra, lizing oluvchi ehtiyoj sezilayotgan mulkka bo‘lgan sotuvchini tanlaydi, lizing beruvchi esa, uni o‘z mulki sifatida o‘zlashtiradi va lizing oluvchiga qisman to‘lov sharti bilan ma’lum muddatga foydalanish uchun beradi.

Lizing munosabatlarining ishtirokchilari klassifikatsiyasi 7 – chizmada ko‘rsatilgan.

Lizing munosabatlari ishtirokchilarini klassifikatsiyasi




7 – chizmada Lizing munosabatlari ishtirokchilarini klassifikatsiyasi

SHartnoma tugagach, uning shartlaridan bog‘liq holda mulk lizing beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchi egaligiga o‘tkaziladi.

Lizing to‘g‘risidagi qonunda qayt etilganidek, lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir. Lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini, lizing shartnomasi shartlarida hamda qonun hujjatlarida talablariga muvofiq nazorat qilish;

Lizing beruvchi lizing shartnomasi bo‘yicha mol – mulkni olish va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;

Lizing oluvchining roziligi bilan lizing obyekti va uni sotuvchisini tanlash;

Qonun hujjatlarida hamda lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini olib qo‘yish;

Lizing oluvchi uchun mol – mulk olayotganda mol – mulk muayyan shaxsga lizingga berishga mo‘ljallanganligini sotuvchiga ma’lum qilish;

Lizing obyektini agar, shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, saqlab turish, ta’mirlash, va uni texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha lizing oluvchi oldida o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarish shart;

Lizing beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘z majburiyatlarini bajarishi mumkin.

O‘z navbatida lizing oluvchi:


  • lizing obektini qabul qilib olishi va undan lozim bo‘lgan darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;

  • lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab turishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, lizing obyektini lizing beruvchidan

  • day holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda, normal eskirishi va tomonlarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart.

  • lizing oluvchining lizing obektini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishga doir huquqi va majburiyatlari sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.

  • Lizing oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlariga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarini bajarishi mumkin.

Tabiiy mulkni lizingga berish huquqiga mulk egalari yoki ularning vakillari egadirlar. Bunda ta’minotchi sifatida oldindan tanlangan uskunalar, ehtiyot qismlar va firma xizmatlarini kafolatli etkazishni ta’minlaydigan firmalar qatnashishlari ancha keng qo‘llaniladi.

Ta’minotchi va lizing beruvchi sifatida bir shaxsning o‘zi qatnashsa, lizing kelishuvlari va ishtirochilari minimum ikki shaxsga qisqaradi. Bunday holda lizing operatsiyalarini mashina – uskunalarini tayyorlovchi korxonaning maxsus filiallari yoki uning o‘z tovarlarini bozorda lizing asosida harakatlanishi bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘limlari amalga oshiradilar.

Hozirgi kunda lizingga beriladigan mahsulot noz – ne’matlar ishlab chiqaruvchilar barcha afzalliklarga va boshlang‘ich manba sifatida kafolatlarga ega. Faqat ayrim sabablarga ko‘ra doimiy iste’molchilar bilan aloqa qila olmaydilar. Bu sabablar tarkibida quyidagilar mavjud:


  • ishlab chiqaruvchilarning ko‘pgina regionlarda ancha uzoqroqda joylashganligi;

  • mulklarni etkazishda transport xarajatlarining ancha kattaligi keyinchalik bu xarajatlarga ehtijot qismlarini etkazish sarflari ham qo‘shilishi;

  • an’anaviy regional (hozirgi kunda xalqaro ) aloqalarni uzilishi;

  • bu bilan bog‘liq holda bojxona to‘siqlarini valyuta operatsiyalarida cheklanishlarning paydo bo‘layotganligi, ayniqsa, valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq muammolar;

Bularning barchasi tabiiyki, ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarni ularning bevosita iste’molchilardan ajratadi va ishlab chiqaruvchilarning iste’molchilar bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri lizing operatsiyalarini samarali o‘tkazishda to‘siq bo‘ladi.

Lizing biznesi doirasida faoliyat yurituvchi investor sifatida davlat hududida har qanday jismoniy shaxs, shuningdek, lizing kelishuvini amalga oshirishda moliyaviy mablag‘larini taklif qila oladigan shaxs bo‘lib, u xorijiy mamlakat hududida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.

Sug‘urta qiluvchilar ham juda zarur hisoblanadilar. Sug‘urta qiluvchilar lizing munosabatlarini amalga oshirishda sug‘urta ishlarini yuritish huquqiga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari yoki yuridik shaxslardir. Lizing munosabatlarida tavakkalchilik bo‘lishini inobatga olgan holda, sug‘urta qiluvchilardan tashqari lizing majburiyatlarini kafolatlovchi shaxslar ham talab qilinadi.

Kafolatlovchi mazkur davlar hududiga har qanday tashkiliy huquqiy shaklda rasmiylashtirilgan jismoniy shaxs, shuningdek, xorijiy davlat hududida rasmiylashtirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, kreditorga (investor yoki lizing beruvchiga) qarzdor (lizing beruvchi yoki lizing oluvchi)dan undirilishi lozim bo‘lgan summani berishi uchnu majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish imkoniyatini beradi. Lizing xizmatlarini butun majmuasi bilan qoida bo‘yicha investitsiyalash uchun zarur vositalarga ega bo‘lgan ixtisoslashgan maxsus kompaniyalar shug‘ullanadilar. Lizing kompaniyalar (firmalar) – lizing munosabatlarining boshqa sub’yektlari singari, tijorat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari hisoblanishadi. Lizing kompaniyalari lizing faoliyatini amalga oshirish uchun har qanday yuridik va jismoniy shaxslardan mablag‘lar jalb qilish huquqiga ega. Lizing kompaniyalari taklif qiladigan xizmatlar to‘laligi va sohasi turlicha bo‘ladi. Lizing xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniya va firmalar texnika va sanoat uskunalari, transport vositalarining konkret tipi bilan shug‘ullanadilar va ular lizingga ixtisoslashadilar.

Ular ijarachi yoki ijaraga beruvchi amalga oshiradigan funksiyalarning ayrimlarigagina ixtisoslashadilar (masalan, yangi mashina va uskunalar xaridi, qolib ketgan mashina va uskunalar xaridi hamda ularni sotish, mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, va boshqalarga). Bunday firmalar o‘z zimmlariga mijozlarning mashina va uskunalarini ma’naviy eskirishi xataridan himoya qilish, buxgalteriya hisobini yuritish, mashina va uskunalarni samarali ishlatish masalalari bo‘yicha konsultatsion faoliyat ko‘rsatish majburiyatlarini oladilar.

Moliyaviy lizing kompaniyalari bank vazifalariga o‘xshash funksiyalarni o‘z zimmalariga oladilar. Ular ijarachiga yetmayotgan moliyaviy mablag‘larni taklif qiladilar. Bunday firmalar odatda uzoq muddatga xizmat qiladigan mashina va uskunalar, shuningdek, ko‘chmas mulkning ayrim turlarining lizinggi bilan shug‘ullanadilar.

Brokerlar lizing firmalari lizing operatsiyasini moliyalashtira oladigan bank, lizing firmasi, ishlab chiqaruvchi va potensial ijarachini izlash va axborot bilan ta’minlash kabilar bilan shug‘ullanadilar.

Brokerlik firmalari xizmatlari turlicha bo‘ladi. Ba’zida brokerlik firmasi qandaydir mashina va uskunalar ishlab chiqarishning agenti bo‘lib, kompleksion to‘lov asosida daromad oladi. Ijarachi buyurtmasi asosida ishlaydilar. Lizing bo‘yicha eng maqbul yo‘lni izlaydilar va ijara bilan lizing beruvchi o‘rtasida lizing shartnomasi tuzishga yordam beradi. Bundan brokerlik firmasi ijarachidan mukofot oladi.

Lizing munosabatlari sub’ektlarning o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, ular faqat ayrim holatlardagina mustaqil holda ya’ni, boshqa kompaniyalardan alohidalashgan holda faoliyat ko‘rsatadilar.

Asosan ular yirik sanoat korporatsiyalar, savdo kompaniyalarining filiallari hisoblanadilar.

Lizing biznesida bank kapitali ishtiroki darajasi juda muhim. YAngi tashkil etiladigan lizing kompaniyalari o‘z faoliyatlarining birinchi davrlarida bank kreditlari ko‘rinishida tashqaridan moliyaviy resurslar jalb qilishga majbur bo‘ladilar.

Zamonaviy lizing kompaniyalari o‘rtasida vositachi firmalar katta rol o‘ynaydi. Bunda ular asosan yirik ishlab chiqaruvchilarning dilerlari, distribyuterlari sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Yirik ishlab chiqaruvchilar korxonalarning rasmiy dilerlari bo‘lib turib, ular bilan uzoq muddatli konsignatsiya uchun huquq oladilar. SHunday qilib ular bunday imkoniyatni qo‘shimcha kredit resurslarini jalb etmay turib mulklarini lizing operatsiyalariga kiritishda qo‘llay oladilar.umuman olganda, vositachilar xizmatlaridan foydalanish darajasi lizing bozori taraqqiyoti darajasi bilan baholanadi.

Vositachilar tovar ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchilar manfaatlarini ko‘zda tutuvchi, ba’zan esa ular nomidan harakatlanuvchi shaxslardir. Ular ishlab chiqaruvchilarning ish samarasini oshirishga yordam beradilar. Tovarning harakatlantirish funksiyasini vositachiga berilishi orqali ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga moslashishi, unga asosan katta e’tibor berishga yordam beradi. Bundan tashqari lizing operao‘itsyalariga vositachilarni jalb qilish kapitalning aylanish muddatini qisqartiradi va o‘z navbatida ishlab chiqarishning daromadliligini oshiradi. Murakkab lizing beruvchilar, ta’minotchilar va ijarachilar tomonidan ko‘plab yuridik shaxslar ishtirok etadilar. CHunki, kelishuvga turli vositachilar, broker, firmalari, sug‘urta kompaniyalari, trast kompaiyalari va boshqa kompaniyalar jalb qilinadi. Lizing bozorida talabni birinchi navbatda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar, shuningdek, alohida fuqarolar yuzaga chiqaradilar.

Lizing xizmatlarining iste’molchilari quyidagi asosiy shartlariga javob berishlari kerak:



  • yuqori foyda normasi va massasini ta’minlash;

  • zarur professional va iqtisodiy tayyorgarlikka ega bo‘lishlik;

  • to‘lov qobiliyati ta’minoti borasida ishonchlili kafolat bera olishi;

1.3. LIZING SHARTNOMALARI: MOHIYATI, TARKIBI VA SUBEKTLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Lizing turli xildagi shartnomalrni tuzishga yo‘l beradi. Bu shartnomalarning shartlari ijaraga oluvchi tomonidan moliyalashtirish operatsiyalarining umumiy miqdorini an’anaviy manbalaridan foydalanishni rad etmagan holda hisobga olish mumkin.

Lizingda ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining ijara haqidagi qonunchiligi asoslari, ularga muvofiq holda chiqariladigan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi hamda lizing to‘g‘risidagi nizom va tuzuvchi tomonlar o‘rtasida tuziladigan lizing shartnomalari bilan boshqariladi. Lizing shartnomasi ob’yekti ijaraga oluvchining o‘z xo‘jalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishi uchun zarur uskunalar yoki boshqa mulklardan iborat bo‘ladi.ijraga oluvchi ijraga beruvchi bilan lizing shartnomasini tuzish ehtimolini va uning shartnomalarini oldindan kelishilgan holda etkazib beruvchilar, tayyorlovchilarni tanlash, buyurtmani joylashtirish, kapital qo‘yilmalarni joylashtirishning moliyalashtirilishni bunday shakliga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni nazarda tutuvchi yetkazib berish shartnomalarini tuzish masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi.

Lizing shartnomasi ob’ekti ekspluatatsiyada bo‘lgan yoki ombordagi zaxiralarda bo‘lgan shu jumladan, ijarachining o‘zida bo‘lgan uskunalar va boshqa mulk bo‘lishi mumkin. Lizing shartnomasi ob’yekti bo‘lgan mulk ijraga beruvchining xususiy mulki hisoblanadi.

Ijaraga beruvchi xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda mulkka egalik qilish va foydalanish bo‘yicha o‘ziga beriladigan huquqlardan qonun – mezonlariga, texnikaviy yo‘riqnomalar va qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda foydalanishi, profilaktika, ta’mirlash ishlarining butun majmuini belgilangan muddatlarda va o‘z hisobidan bajarishi lozim. Bunda ijaraga beruvchidan xarajatlarni qoplash, ijara to‘lovlarini to‘xtatish yoki miqdorini kamaytirishni talab qilish huquqiga ega emas. Ijaraga olingan mulkni saralashi, sotishi, almashtirishi boshqalarga ijaraga berishi ijaraga beruvchining yozma ruxsatisiz vaqtincha bepul foydalanishga yoki qarzga berishi ta’qiqlanadi. Bunday ruxsat bo‘lgan lizing shartnomasini imzolagan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida uning qonuniy manfaatlariga rioya qilish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Ijaraga olingan mulkka ijraga oluvchi qarzlari bo‘yicha jarimalar solinishi mumkin emas.

Etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi orasida tuziladigan etkazib berish shartnomasida quyidagi holatlar nazarda tutilishi lozim:


  1. ushbu shartnomani tuzuvchi (ijaraga oluvchi) xo‘jalik tashkiloti yuk qabul qiluvchi deb hisoblanadi. Unga barcha huquqlar beriladi, ishlab chiqarish, texnikaviy mahsulotlarni shu mahsulot xaridori oluvchi uchun qonunda ko‘zda tutilgan mas’uliyatlar to‘laligicha zimmasiga yuklatiladi.

  2. to‘lovchi mulkning bahosini ijaraga oluvchining yozma xulosasi bo‘yicha to‘lov topshirig‘i bilan dastlabki aksept uchun tayinlangan, pochta operatsiyalari vaqti uchun oshirilgan muddat davomida to‘lovchi ijaraga beruvchi hisoblanadi.

  3. etkazib beruvchi yuk qabul qiluvchi (ijaraga oluvchi)ga mulkning bahosi miqdorida topshirig‘ini taqdim qilishi, uning to‘lovdan bosh tovlagani uchun belgilangan jarimani undirishi va to‘lovchi (ijaraga beruvchi)dan mahsulot haqini to‘lashni rad etishi haqida xabarnoma olingan holda hamda to‘lov muddatini o‘tkazib yuborgani uchun jarima undirish huquqiga ega. Ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi lizing shartnomasini yetkazib berish shartnomasida faqat yuqorida sanab o‘tilgan talablar bo‘lgan va ularni yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilingan holdagina tuzadilar.

Lizing shartnomasi tugagandan va ijaraga oluvchi ijara haqini to‘laganidan keyin ijaraga beruvchi tomonidan qoldiq bahosi yoki tanlangan bahosida sotilishi, ijaraga beruvchining yozma topshirig‘i bilan boshqa ijaraga oluvchiga berilishi yoki ijaraga beruvchiga qaytarib berilishi mumkin.

Lizing badallari tomonlarning kelishuviga bog‘liq ravishda har xil bo‘lishi mumkin. Lizing to‘lovining qat’iy belgilangan, tomonlar bilan kelishilgan tartibda to‘lanadigan umumiy miqdori mavjud.

Bunda to‘lovlarning jadvali tuzilib, unda birinchi lizing to‘lovi qabul qilingan kunda amalga oshiriladi, so‘ngra alohida talabnoma bilan yoki uciz vaqti – vaqti bilan to‘lanishi ko‘rsatiladi. Lizing shartnomasida lizing to‘lovlarini o‘zgartirish ehtimoli haqida shart kiritilishi mumkin.

Avans bilan to‘lash ijaraga oluvchi lizing firmasiga avans yoki kelishilgan miqdordagi badal taqdim qilishni nazarda tutadi.

To‘lov turlari va usullarini tanlash hisobga olingan ijara stavkasi darajasiga bog‘liq bo‘lib, u lizing shartnomasi bilan tayinlanadi. Bu stavka ijara muddati boshida ob’ektning joriy bahosini ijaraga beruvchining nuqtai nazaridan qaraganda eng kam ijara haqi miqdorida va kafolatlanmagan tugatish bahosi sifatida aniqlash imkoniyatini beradi.

Lizing to‘lovi tarkibiga ijaraga olingan mulk bahosidan amortizatsiya to‘lovlari va qo‘shimcha xarajatlarni hamda ijaraga beruvchi daromadini ijaraga oluvchi mulkni ijaraga olish huquqiga ega bo‘lgan ilgaridan kelishilgan qoldiq bahosi yoki tiklangan bahosidan tashqari qoplashni ta’minlovchi ijara foizi kiradi.

Ijaraga olingan mulkka amortizatsiya oddiy usulda va jadallashtirilgan amortizatsiya usulida hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan amortizatsiya to‘lovlari kiritilganda bir maromdagi hisoblash uchun qo‘llaniladi. bunda bellgilangan tartibda tasdiqlangan yillik amortizatsiya to‘lovlari me’yori ortadi, lekin ikki barovardan ortiq emas. Jadallashtirilgan amortizatsiyaning hisoblash usuli tadbirkorning manfaatlari sohasiga bog‘liq holda mashinalar, uskunalar va transport vositalarining ma’lum turlariga tadbiq qilinishi mumkin.

Lizing to‘lovlari usullari shartnomada belgilanadi. To‘lovlar bir vaqtlik to‘lov odatda tomonlar qabul qilish bayonnomasini imzolaganlaridan keyin amalga oshiriladi va faqat etkazib beruvchi tomonidan oldi – sotdi shartnomasini yoki etkazib berish uchun majburiyatni bajarish davridagi moliyaviy bitishuvlarni nazarda tutadi.

Davriy to‘lovlar ijaraning butun muddati davomida teng miqdorda bo‘lishi, badallar yoki ma’lum eng birinchi badal hamda agar ijaraga oluvchi uskunalarga sarflanadigan xarajatlar kamroq bo‘lganda o‘z qarzini ko‘proq qismini uskunalarni ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida to‘lasa, jadallashtirilgan to‘lovlar bo‘lishi mumkin.

Ijaraga beruvchi har qanday holda shartnomada kelishilgan mablag‘larni to‘liq miqdorda olishi lozim. Lizing to‘lovining muddati o‘tkazib yuborilgan holda yoki uni to‘lamaganda ijaraga beruvchi lizing shartnomasini bekor qilishi va o‘ziga berilgan kafolatlarni amalga oshirishi mumkin. To‘lovning muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun ijaraga oluvchi muddatni o‘tkazib yuborish boshlangan sanadan boshlab jarima to‘lashga majbur.

Lizing shartnomasida tomonlarning O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi qonunchiligidan kelib chiqadigan hujjatlari va majburiyatlari ko‘zda tutiladi.

Lizing shartnomasida tomonlarning O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi qonunchiligidan kelib chiqadigan hujjatlari va majburiyatlari ko‘zda tutiladi. Unda ijara ob’ektining aniq nomi, zavod tartib raqami va boshqa rekvizitlari hamda uning bahosi ijara muddatlari, ijara to‘lovlari miqdori va to‘lash jadvallari ko‘rsatiladi. Lizing shartnomasi agar mulkni qabul qilish dalolatnomasini tagida ijara oluvchining imzosi bor bo‘lib, ijaraga oluvchi tomonidan ijara to‘lovlarining barcha miqdori uchun ularni to‘lash bo‘yicha kelishilgan jadvalga muvofiq bo‘lgan topshiriqlar – majburiyatlarning to‘liq to‘plami taqdim qilingan bo‘lsa kuchga kiradi.

Sanab o‘tilgan shartlarning loqal bittasi yo‘q bo‘lgan holda ijaraga beruvchi hujjatlarni olganidan so‘ng ikki kun ichida etkazib beruvchini va ijarachini mahsulot uchun haq to‘lashni rad etish haqida xabardor qiladi.

Mahsulot kamchiliklarini to‘g‘rilashga sarflanadigan mablag‘lar va ularni to‘lash, ijarachi tomonidan ijaraga oluvchisiz bevosita hal qilinadi. Ijaraga oluvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan harakatlar ijarachi manfaatlariga iqtisodiy ziyon keltirganda ijarachi shartnomani bekor qilishga haqi bor va etkazilgan zararni undirib oladi. SHuningdek ijaraga topshirilgan mulklarni qaytarib olishga ijarachi va ijaraga oluvchi o‘rtasida vujudga kelgan barcha bahsga sabab bo‘lgan masalalar xo‘jalik sudi orqali hal qilinadi. Lizing kelishuv shartlariga ko‘ra asosiy mablag‘lar bir yilda yoki o‘zga muddatda korxona ixtiyoriga qayta o‘tishi mumkin.

Lizing shartnomasini o‘tkazish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati:


  • lizing olishga iqtisodiy layoqati bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxsning buyurtmasi;

  • lizing oluvchi korxona rahbarining anketasi (pasport va mehnat daftarchasi nusxasi);

  • korxona pasporti;

  • lizing oluvchi huquqiy yoki jismoniy shaxsning ta’sis hujjatlari;

  • buxgalteriya balansi (1,2,3,4,5 raqamli formalar);

  • raqobat varag‘i;

  • lizing ob’ektlarini (mashina, texnika va uskunalarni) etkazib berish bo‘yicha shartnoma;

  • lizing shartnomasi;

  • lizing ob’ektlarini qabul qilib olish va ularni ijarachiga topshirish to‘g‘risida dalolatnomalar;

  • lizing operatsiyasini kafolatlovchi hujjatlar;

  • lizing to‘lovlari jadvali;

  • monitoring bo‘yicha hisobot.

Lizing shartnomasida aks ettirilishi lozim bo‘lgan shartlar:

  • lizing ob’ektining tarkibi va uning qiymati;

  • amaldagi lizing shartnomasining boshlanishi va tugash muddatlari;

  • lizing ob’ektini oluvchiga berish tartibi;

  • lizing oluvchiga berilayotgan mulkning holati;

  • lizing to‘lovi shartlari va miqdori hamda ularni qaytarish muddatlari;

  • qaytarilayotgan mulkning lizing shartnomasi tugatilgan paytdagi holati;

  • lizing oluvchining mulkdan foydalanish shartlari;

  • sublizing shartlari;

  • mulkni sotib olish shartlari, tartibi va muddatlari;

  • lizing ob’ektini qayta tiklash va ta’mirlash xususida tomonlarning majburiyatlari.




Download 466 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish