O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida lizing munosabatlarining o‘rni


O‘zbekistonda lizing faoliyatini kafolatlash



Download 466 Kb.
bet11/16
Sana31.12.2021
Hajmi466 Kb.
#206827
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya sharoitida lizing munosabatlarni o’ni (1)

O‘zbekistonda lizing faoliyatini kafolatlash

Ashyoviy

Moliyaviy

Mehnat


Tabiiy

Axborot

O‘zbekistonda lizing faoliyatini kafolatlash 8 – chizma.

“O‘zbek lizing Interneyshnl” kompaniyasida lizing 2 yildan 5 yilgacha muddatda beriladi. Bu ancha uzoq vaqt bo‘lib, u tugaganidan keyin jihozlar lizingberuvchi ixtiyoriga o‘tadi. Foiz stavkaga teng bo‘ladi. Lizing to‘lovlari birjadan tashqari to‘lov kundaligi kun kurs bo‘yicha amalga oshiriladi, bu esa lizing xizmatlarini oluvchi uchun juda foydalidir. Jihozlarni olish jarayoni qancha vaqt olishini aytsak, lokal lizing operatsiyalari xalqaro operatsiyalarga qaraganda ancha tez va oson o‘tadi. Biroq umuman olganda jarayonning davom etishi ko‘p jihatdan lizing oluvchining bilimdonligi, biznes-rejaning savodli ishlanganligi, tayyorlangan hujjatlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. O‘rtacha olganda, loyihaga ilova qilinadigan hujjatlarni tuzishga 2-3 oy sarf bo‘ladi. YAna ikki oy lizing kompaniyasi tomonidan tahlil qilinishiga o‘tadi. Odatda birinchi bosqichda hujjatlar taqdim etilmasdan avval loyihani ko‘rib chiqa olmaydi, natijada jarayon cho‘zilib ketadi. Loyiha tasdiqlangandan keyin jihozlarni ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi xorijiy kompaniyalar bilan import kontrakti tuziladi. Uni imzolash 2 hafta TIAV da loyihani ro‘yxatdan o‘tkazishga 1-1,5 hafta ketadi. So‘ngra import bitimi pasporti tayyorlanadi, Milliy bankdan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va akkreditiv ochiladi. Odatda xorijiy kompaniyalar omborda jihozlarni saqlamaydi. Ularni avval ishlab chiqarish zarur, bunga esa oldindan haq to‘lash yoki akkreditiv ochish lozim. Jihozlarni murakkabligidan kelib chiqib, ularni ishlab chiqarishga 2-3 oy, etkazib berishga bir oy, montaj qilib va sozlab, ishga tushirish uchun yana bir oy sarflanadi. Umumiy hisoblaganda, xalqaro lizing loyihasini amalga oshirish 12 dan 14 oygacha vaqtni oladi. “O‘zbek lizing Interneyshnl” kompaniyasining aniq ishlari haqida batafsil to‘xtalsak: Umumiy summasi 1 million 110 ming dollarlik 6 ta loyiha amalga oshdi. Bu ishlayotgan loyihalar. Toshkent va respublika viloyatlarida faoliyat yuritmoqda. Navoiy shahridagi “SHams Navoiy” xususiy korxonasi – Italiya texnologiyasi va uskunasida yuqori sifatli muzqaymoq ishlab chiqaradi.

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Akmal” xususiy firmasi Turkiya jihozlarida sabzavot va mevalarni tashish uchun xalqaro andozalarga javob beradigan idishlar ishlab chiqaradi. Bu loyihada mahalliy xom-ashyo – O‘zbekistonda etishtiriladigan terakdan foydalanildi. Boshqa daraxt turlarini qo‘llaganga qaraganda, bunda idish engilroq chiqadi, demak, tashishdagi afzalliklar yaqqol ko‘rinib turibdi.

Qo‘qondagi “Istiqlol” savdo jamoa korxonasi yuqori sifatli makaron va pechene ishlab chiqarishda Isroil texnologiyasi va uskunasidan foydalanadi. Ushbu korxonaning mahsulotini poytaxtdagi supermarketlarda uchratish mumkin.

Toshkentdagi “Fond” XF sutni qayta ishlaydi, ketchup, sous ishlab chiqaradi. Toshkentdagi “Servis” QK avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Uning ixtiyoriga Irlandiyadan keltirilgan avtomobillarni bo‘yash vaqtida kolerni tanlash uchun kompyuterdan foydalanish imkonini beradigan o‘ziga xos qurilma berildi. Qator yangi loyihalar hozir moliyalash bosqichida turibdi. Bu akkreditiv ochiqligi, jihozlar esa yaqin orada keltirilishi yoki montaj qilinayotganligini anglatadi. “Vertix invest” qo‘shma korxonasi Avstriya va Bolgariyadan vafli ishlab chiqarish bo‘yicha uskuna xarid qildi. Qarshi shahridagi “Dunyo M” AJ Italiya uskunalarida makaron ishlab chiqaradi. Namangandagi “Zilol” AJ xorijiy uskunalarda sut mahsulotlarini qayta ishlashni rejalashtirdi. Aksiyadorlarning so‘nggi yig‘ilishida Qoraqalpog‘istonda Italiya texnologiyasi bo‘yicha makaron ishlab chiqarish, bruschatka, shlakli blok shuningdek dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha lizingga texnologiya va uskunalar xorijdan olib kelinmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 10 oktyabrdagi 434 – son qaroriga binoan “Baraka” ULK respublikaning shaharlar yaqinidagi xo‘jaliklarda Isroilning yog‘i olinmagan sutni qayta ishlash bo‘yicha 15 ta kichik zavodni tashkil etish loyihalari amalga oshirildi.

Lizingni rivojlantirish mamlakatda investitsiya faolligini oshirishni muhim yo‘nalishlardan biri ekanligi hisobga olinsa, O‘zbekiston banklar uyushmasi tomonidan ta’sis etilgan kompaniya bu jarayonga faol kirishdi.

Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rag‘batlantirish, bozorni yuqori sifatli xalq iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish texnik yo‘nalishdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish maqsadida kompaniya 270 million so‘mdan ortiq summaga uskunalarni lizing asosida mablag‘ bilan ta’minlandi.

Ko‘plab loyihalar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini kompyuterlashtirish muammolarini hal qilishga yo‘naltirildi. Ishlab chiqarish maqsadidagi, ayniqsa mahalliy xom-ashyoni to‘liq qayta ishlash, tayyor mahsulot raqobatbardoshligiga erishish, iste’mol bozorini eng zarur tovar va xizmatlar bilan ta’minlashga tegishli loyihalarga alohida e’tibor qaratilgan. Respublika Isroil texnologiyalarni etkazib berish eng yirik loyiha hisoblanadi. Loyihani amalga oshirishga ko‘plab tuzilmalar jalb qilingan. Ular ishtirok etish bosqichlarini belgilab beradigan sxema ishlab chiqildi. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi “O‘zinvestloyiha” injiniring kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda kompaniya mutaxassislari Toshkent viloyati tumanlariga borib, Isroil kichik zavodlari ishi qanday tashkil etilganini o‘rganishdi. Texnologiyani etkazib beruvchi 4 ta kompaniya ishtirok etgan tender natijalari asosida “Maral” firmasi g‘olib deb topildi. So‘ngra viloyatlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida kompaniya mutaxassislari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasining viloyatlardagi bo‘linmalari birgalikda lizing oluvchilarni baholab, ularning Isroil banklari kredit liniyalari mezonlariga mos kelishi tekshirildi. Bo‘lg‘usi lizing oluvchi xo‘jaliklar aniqlanib, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining moliyalash loyihalar markazi bilan kelishildi. Injiniring kompaniyasi mutaxassislari ular uchun texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdi. Kichik sut zavodlarini etkazib berish umumiy shartlari bo‘yicha Marav” kompaniyasi bilan bitim tuzildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Biznes-fond mablag‘lari hisobiga “Baraka” ULK uchun kredit liniyasini ochish to‘g‘risida muzokaralar olib borildi, bu mablag‘lar ishlab chiqarishdan oldingi xarajatlarni qoplashga yo‘naltirildi. Kompaniya mutaxassislari bo‘lg‘usi lizing oluvchilar tomonidan beriladigan garov ob’ektini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borishdi. Nihoyat “Maral” firmasi bilan texnologiya uskunalarini etkazib berish bo‘yicha kontrakt tuzildi. Barcha xarajatlar – o‘rab joylash materiallari, xodimlarni o‘qitish va uskunalarni etkazib berishni o‘z zimmasiga olgan sotuvchi xizmatlarni hisoblaganda sutni qayta ishlash bo‘yicha bitta kichik zavodning qiymati 150 ming AQSH dollariga teng.



Download 466 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish