B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva



B.MENGLIYEV, G.TOJIYEVA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TILSHUNOSLIKKA KIRISH 
 
5A220100 – O`zbek filologiyasi bakalavri yo`nalishi uchun 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qarshi-2007 


 

 
 
 
 
 
 
 
 
Tarix va o’zbek filologiyasi fakulteti Ilmiy kengashi tomonidan ma’qullangan 
Fakultet dekani                                        dots. B.Saidov 
___ 08.07. №___ bayonnoma 
O’zbek tilshunosligi kafedrasi yig’ilishida muhokama qilinib, qo’llashga tavsiya etilgan 
Kafedra mudiri                                             prof.B.Mengliev 
___08.07. №___bayonnoma 
 
 
 
 
Taqrizchi 
 
filologiya fanlari nomzodi, professor 
T.Nafasov 
 


 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
QARSHI  DAVLAT  UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
B.MENGLIYEV, G.TOJIYEVA 
 
 
 
 
TILSHUNOSLIKKA KIRISH 
 
 
5A220100 – o`zbek filologiyasi bakalavri uchun 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qarshi-2006 


 

TAQRIZ 
 
Milliy istiqlol o`zbek xalqiga nafaqat siyosiy va iqtisodiy mustaqillk bag`ishladi, balki milliy o`zligini anglash va, eng muhimi,  uni 
jahonga  yoyib,  1X-X1Y  asrlardagi  shuhrati-yu    an’anasini  sharaf  bilan  davom  ettirish  imkoniyatini  ham  berdi.  "Bozor  iqtisodiyotiga 
o`tishning o`zbek modeli", "Kadrlar tayyorlashning o`zbek modeli" kabi jahonda shuhrat qozonayotgan ijtimoiy-ma’naviy yutuqlar bilan bir 
qatorda o`zbek olimlarining mustaqil ilmiy yutuqlari ham ilg`or davlatlar ziyolilarining diqqatini jalb etmoqda. 
SSSR tarkibida bo`lgan turli millat  vakillarini ma’naviy-mafkuraviy ruslashtirsh va manqurtlashtirishning muhim omillaridan biri 
bo`lib kelgan  "Ta`lim baynalmilaldir","Grammatika baynalmilaldir" shiorlarining ta’lim tizimida hukmronligiga  O`zbekiston Respublikasi 
mustaqillikning  ilk  qadamlaridayoq  -  1992-yilda  qabul qilingan  ta’lim  to`g`risadagi  Qonuni  bilan chek  qo`yilgan  bo`lsa-da,  milliy  ta`lim 
mazmunining amaliy tatbiqi   ularni ijtimoiy bekor qilinishdan ko`ra ancha qiyin va murakkab  kechmoqda, chunki mazkur  mash’um 
shiorlar  asosidagi  ta’lim  yarim  asrdan  ko`proq  davr  ichida  xalqimiz  ongini  zaharlab,  tilining  grammatik  qurilishi  xususiyatlarining 
haqqoniy-milliy talqini bilan xalq ongiga sepiladigan milliylik urug`larini cheklab keldi, milliy mafkurasini so`ndirmoqchi bo`ldi. Bu aksmilliy 
harakatning tafakkur va ongimizdagi salbiy  ta`sirini yo`qotish   uzoq yillik maqsadli va mashaqqatli  mehnatni talab qiladi. Tilshunoslik 
fanlari  bu  jarayonda  alohida  ahamiyat  va    mavqega  egadir.  Buning  sababi  shundaki,  uzoq  yillar    davomida  milliy  til  grammatik 
qurilishuning  mutlaq  milliyligi  SSSR  xalqlaridan  (sobiq  ittifoqning  siyosiy  tuzumiga    tamoman  zid  ta’limot  sifatida)  sir  tutib  kelindi. 
Aksincha, mantiq, aniq fanlar singari grammatika ham nomilliy fan sifatida baynalmilal shaklda  tahlil etildi va o`qitildi. Vaholanki,   turli 
tillarning grammatik qurilishidagi o`xshashlik aldamchi, zohiriy, yuzaki hodisa, sarobdir va grammatika  mohiyatini chuqur anglamagan 
kishi tasavvuri uchun xos. Buni (o`z ustozlari so`zlarini  uqa olmagan yoki uqishni istamagan ) sovet mafkurachilarining metodologik 
pirlari  Fridrix Georg Hegel qariyb ikki yuz yil oldin - 1831-yilda "Mantiq fani" kitobi muqaddimasida shunday so`zlar bilan ifodalagan edi: 
"Mantiq ham, grammatika ham mohiyatan ikki turli va ikki xil ahamiyatga egadir. Boshlovchilar, fan bilan yuzaki tanishayotganlar uchun u 
bir narsa bo`lsa, fanlarni o`zlashtirib, fan mohiyatini uqub unga qaytadiganlar uchun mantiq va grammatika tamoman  boshqa olam....O`z 
ona tili bilan bir qatorda boshqa tillarni ham biladigan, ularning grammatik xususiyatlarini o`zaro qiyoslay oladigan kimsagina milliy tilning 
grammatik qurilishida xalqning ruhiyati va madaniyati  aks etayotganligini ocha oladi.  Endi unga oldin ham  tanish bo`lgan  quruq shakl 
va qoidalar    tamoman  boshqa  qiymat va qadriyat, mukammal mazmun va tugal mohiyat kasb etadi. Bunday kimsagina grammatika 
orqali ruhiyat – qat`iy mantiqiylik voqelanayotganligini tuya oladi". 
Grammatik qurilishning chuqur milliy tabiati va mohiyatini buyuk daholardan birortasi ham shu darajada qat`iylik va keskinlikda  
ta`kidlashmagan. Afsuski, bu fikrni targ`ib etish rasm emas, zeroki bu talqin kattami kichikmi, hokimmi tobemi - har bir til grammatikasiga  
xalqidek  betakrorlik,  teng  huquqlik va  mustaqillik,  milliy  iftixor  ruhini    beradi.  Bu  esa  hammaga  ham  yoqavermaydi,  zo`ravonlik bilan 
tuzilgan  ko`p  millatli  imperiyalar  uchun  esa  u  o`ta xavflidir.  Lekin  mustaqil  taraqqiyot  yo`liga  o`tgan  millatlar  uchun  bu  g`oya      milliy 
ravnaq yo`lchi yulduzlaridan biriga  aylanmog`i zarur. Zeroki, ona tili grammatik qurilishini to`g`ri talqin qilish bilan  kimsa ongidagi  milliy 
tafakkur tarzi va milliy mafkura urug`larining parvarishiga, ularning gullab yashnashiga erishish mumkin. Buning uchun ona tili grammatik 
qurilishi talqini sof  milliy  mohiyatli  bo`lmog`i lozim. Bugun milliy istiqlol sharofati bilan Vatanimizda ona tilimizning  shunday  talqinini 
yaratishga  mustahkam  poydevor  yaratildi  -  ona  tilimizning  milliy  tabiatini  ochib  berishga    qaratilgan  ilk  tizimlar  ishlab  chiqildi,  jiddiy 
qiyinchiliklar bilan bo`lsa-da, ta`lim tizimiga  joriy etilmoqda va ommalashmoqda. Qiyinchiliklarning eng kattasi shu yo`nalishdagi o`quv-
metodik  adabiyotning    yo`qligidadir.  Zeroki,  otaxon  tilshunos  O.Azizov,  A.Abduazizov,  A.Irisqulov,  A.Sodiqov,  S.Usmonovlarning 
tilshunoslik nazariyasi o`quv fanidan darslik va ma’ruza matnilari sovet darsliklari  namunalarida  - o`zbek tili qurilishining "Grammatika 
baynalmilaldir"  shiori  ostidagi  talqiniga  tayanib    yozilgan.Shuning  uchun  ular    hozirgi  davr  talablariga  mutlaqo  javob  bermaydi  - 
grammatik  talqinlar  yuqorida  sanab  o`tilgan  va  ta’lim  tizimida  amaliyotda  bo`lgan    dasturlar  bilan  uyg`un  emas,  yangilari  hali 
ommalashmagan. 
Qo`lingizdagi bu matn mavjud darslik  va ma’ruza matnilardan yangi - milliy grammatik talqinlarga uyg`unligi bilan ajralib turadi. 
Ushbu ma’ruza matni nafaqat o`rta va oliy ta`lim tizimida amalda bo`lgan dasturlar bilan uyg`un, balki "Tilshunoslikka kirish" o`quv fani 
oldida turgan muhim vazifani  -  kitobxon toliblarni yangicha grammatik talqinlarning asosiy atamalari, tushunchai,  tahlil usullari bilan 
tanishtirishni - ularni yangi tilshunoslik  dunyosiga olib kirishni  bajarishga, milliy grammatik talqinlar orqali ziyolilar ongidagi milliy tafakkur 
tarzi va mafkura ko`chatlarini sug`orishga ham xizmat qiladi. Bu kitob shu yo`nalishdagi ilk o`quv ma’ruza matnisi bo`lganligi sababli  
kamchiliklardan, takomillashtirishni talab etadigan munozarali tomonlardan xoli emas. 
Ma’ruza matnini qo’llashga tavsiva etaman.                              

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish