O‘zbekiston faunasidagi kaltakesaklarning asosiy turlari


II BOB.Kaltakesaklar, O’zbekiston faunasidagi asosiy turlarining hayoti



Download 1,21 Mb.
bet5/13
Sana23.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#576696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shodiyeva Maftuna Botirovna

II BOB.Kaltakesaklar, O’zbekiston faunasidagi asosiy turlarining hayoti
2.1§ Oʻzbekistonda uchraydigan kaltakesaklarning tarqalishi, yashash tarzi va biologiyasi
Asl kaltakesaklar mayda va o'rtacha kattalikda bo'ladi, dumi uzun va uziluvchan, son teshiklari bor. Aksariyat turlari cho’1 va dashtlarda hamda tog’ etaklarida yashaydi. Rossiyaning salqin o'rmonlarida tiriktug‘ar kaltakesak, o‘rta mintaqada, jumladan,
O’zbekistonning cho‘lmintaqalarida targʻil chiziqli rang-barang kaltakesakchalar, togli va shimoli-sharqiy hududlarda ildam keltakesak uchraydi. Ildam kaltakesak (Eremias velox) — chin kaltakesaklar oilasining turi. Eron, shimoliy-gʻarbiy Xitoy, Kavkaz, Rossiyaning jan. hamda Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda I.k. ni shoʻrxok taqirlar, qumli choʻllar, toʻqay, chakalakzor, ariq va hovuzlar boʻyida uchratish mumkin. Tanasining uz. 8,5 sm gacha, dumi tanasidan 1,4—2 marta uzun. Gavdasining usti kulrang , toʻq jigarrang yoki qoramtir, orqa tomonida tana boʻylab ketgan bir necha qator qora xollari bor. Qorin tomoni oq, dumining osti qizil. Har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi may — iyulda, hatto avgust boshlarigacha 2—3 marta 3—5 tadan tuxum qoʻyib koʻpayadi.
Qizilquloq kaltakesak- Phrynocephalus mystaceus (Pallas, 1776)
Maqomi: Odatiy tur.
Tarqalishi: Qizilqum, Xorazm vohasi, Qarshi cho‘li, Zarafshon daryosining quyi oqimi, Surxondaryo qumliklarida uchraydi.
Yashash joylari: Cho‘llarning kuchsiz mustahkamlangan, sochiluvchan, tepalikli qumlik qismida kuzatiladi.
Biologiyasi: Qishki uyqudan keyin odatda martning oxiri, qish sovuq kelgan yillarda aprelning boshlarida paydo bo‘ladi. Bahor erta kelganda fevralda ham uchrab qoladi. Bahor va yoz oylarida quyosh chiqqandan keyin er yuzasiga chiqadi. Birinchi boshini, keyin tanasining yarmini, so‘ngra butun tanasini qumdan chiqarib tozalaydi va tepalikka tomon harakat qiladi. Aprelning oxirgi kunlarida u hayotini kun bo‘yi tashqarida o‘tkazadi. Xavf tug‘ilganda tez yugurib boshqa qum tepaga o‘tadi yoki qumga ko‘miladi. Kaltakesak yashirinish, tunash, yog‘ingarchilik, issiqlikdan saqlanish uchun uzunligi 25-33 sm, kengligi 4-5 sm bo‘lgan in qazidi. Har bir inda bitta individ yashaydi, undan tashqari har biri o‘zining ma’lum maydondagi shaxsiy uchastkasiga ega. Bu kaltakesak mayning o‘rtalarida juftlashadi. Iyunning boshlaridan to avgustning boshlarigacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlar bir vaqtda etilmaganligi sababi ularni bo‘lib-bo‘lib qo‘yadi. Har safar 2-3 tuxum qo‘yadi. Iyul-avgust oylarida tuxumdan uzunligi 3,3-3,8 sm bo‘lgan yosh kaltakesakchalar chiqadi. Bahorda birinchi bo‘lib 2 yoshlik kaltakesaklar ko‘payishga kirishadi. Yozda yosh urg‘ochilari ham ko‘payishda ishtirok etadi. Ular sentyabrda faol hayot kechiradi va oktyabrda qishki uyquga ketadi. Qizilquloq kaltakesak hasharotlar bilan oziqlanadi. Ko‘proq qo‘ng‘izlar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va hasharotlarning lichinkalarini ovlaydi. Shuningdek, o‘rgimchaklar, kapalaklarning qurtlari ham ozuqasining tarkibiga kiradi. Odatda ratsionida o‘simliklarning urug‘lari ham uchraydi. Aprelning boshlarida tullash davri boshlanadi va iyunning oxirigacha davom etadi. Bu turning yoshlarini o‘qilon ovlaydi. Qizil quloq kaltakesak uchraydigan asosiy biotoplar muhim antropogen o‘zgarishlarga uchramagan.
Turkiston agamasi – Laudakia lehmanni (Nikolsky, 1896)
Maqomi: Odatiy tur
Tarqalishi: Oloy, Zarafshon, Turkiston,Hisor, Ko‘hitang, Bobotog, Nurota tog‘larida uchraydi. Yashash joylari: tog‘larning qoyalari, xarsang uyumlari, tog‘oldi tuproqli jarlilar, qo‘rg‘onlar va ularning atroflaridagi tashlandiq qurulishlarda kuzatiladi
Biologiyasi: Sutkaning yorug‘ soatlarida faol hayot kechiradi. Martning boshlarida tuproq isigandan keyin er yuzasiga chiqadi va ozuqa qidirishga kirishadi. Xavf-xatardan toshlarning ostidagi bo‘shliqlarda berkinadi. Ba’zan daraxtlarning kovaklaridan ham yashirinish, tunash uchun foydalanadi. Yashirinish joylaridan 70-90 radiusda 3-5soat davomida hasharotlarni ovlaydi. Jazirama issiq soatlarda ular dam olish uchun butalarning shoxlariga chiqadi. Shoxlar ustida, qoyalar va ularning devorlarida chaqqon harakatlanadi. Aprel-may oylarida juftlashadi. Iyulda tuxum qo‘yishga tayyor agamalarni kuzatish mumkin. urg‘ochisi 9-14 va undan ham ko‘p tuxum qo‘yadi. Tuxumining qobig‘i yumshoq va nam bo‘lib, 10-12 minutdan keyin qobig‘I qotadi va oq rangga o‘zgaradi. Tabiatda ikkita urg‘ochisi bir joyga tuxumlarini qo‘yishi ham kuzatilgan. Tuxumdan chiqqan kaltakesakchalar sentabrning boshlarida qayd etilgan. Yoshlari kelgusi yili ko‘payishda ishtirok etadi. Tullash davri mayning birinchi dekadasidas boshlanadi va avgust- sentabrda davom etadi. Ozuqasining tarkibi hasharotlardan tashkil topgan. Asosan to‘g‘riqaniotlilar, qattiqqanotlilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar vakillari, ularning lichinkalri va qurtlari bilan oziqlanadi Ma’lum miqdorda ratsionida butasimon o‘simliklarning barglari va mevalari ham uchraydi.
Dasht agamasi – Trapelus sanguinolentus (Pallas 1814)
Maqomi: Ko‘p sonli tur
Tarqalishi: Ustyurt, Qoraqalpog‘iston, Xorazm vohasi, Qizilqum, Farg‘ona vodiysi, Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Zarafshon , Qashqadaryo, Surxondaryo , Sirdaryo vodiylarida uchraydi
Yashash joylari: Adirlarda ariqdan chiqarib tashlangan tuproq uyumlari, paxta, beda dalalari atrofi, yarim mustahkamlangan vaqumli do‘ngliklar, sho‘rlangan taqirlarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Bu turning qiziq xususiyatlaridan biri atrof-muhit haroratining o‘zgarishi bilan uning rangi ham o‘zgaradi. Qo‘shoyoqlar, qumsichqonlar inlari, qalin o‘sgan butazorlar dasht agamasining yashirinadigan joylari hisoblanadi. Martning boshlarida qishki uyqudan uyg‘onib er yuzasiga chiqadi. Birinchi navbatda erkaklar, Skeyin yoshlari, so‘ngra urg‘ochilari paydo bo‘ladi. Oktabrning oxirida qishki uyquga ketadi. Bunda oldiun narlari va modalari ko‘rinmay qoladi, keyin yoshlari g‘oyib bo‘ladi. Kunduzi faol hayot kechiradi. Mart-aprel oylarida kunning o‘rtalarida faollashadi. Yozda esa ertalabki va kechqurunlari er yuzasiga chiqib, havo harorati isiganda dam oladi. Nari baland butalarga chiqib o‘zining xususiy uchastkasini boshqa kaltakesaklardan himoya qiladi. U qo‘riqlayotgan uchastkada faqat bitta modasi yashaydi. Aprelning birinchi yarmidan boshlab juftlashishga kirishadi. Yilda 3-4 martagacha tuxum qo‘yadi. Aprel-mayning o‘rtalarida birinchi marta tuxum qo‘yadi. Oxirgi tuxum qo‘yishi iyunning oxiri-iyulda kuzatiladi. Diametri 3,5 sm. Chuqurligi- 3-5sm o‘zi qazigan konussimon chuqurlikda 5-6 tuxum qo‘yadi. Iyunning oxiridan boshlab sentabr oyida tuxumlardan yosh agamalar chiqadi. Yoshlari shu yilning o‘zida yoki kelgusi yilning boshiuda jinsiy voyaga etadi. Tabiatda kamida ikki yil, ayrim hududlarda bir yil umr ko‘radi. Uning tullash alomatlarini may-sentabr oylarida ko‘rish mumkin. Dasht agamasi qattiqqanotlilar va pardaqanotlilar bilan oziqlanadi. Ulardan tashqari o‘rgimchaklar, hasharotlardan chigirtkalar, yarimqattiqqanotlilar, qo‘shqanotlilar va boshqalarning qurtlari hamda lichinkalari ham ozuqa ratsioniga kiradi. Agamaning tabiiy dushmanlari qatoriga o‘qilon, bo‘g‘ma ilon, tulki, olaqo‘zon, sorlar, buktargar, boyo`g‘lilar hisoblanadi.


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish