O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI – 5110400
Shodiyeva Maftuna Botirovnaning
“O‘zbekiston faunasidagi kaltakesaklarning asosiy turlari “ mavzusidagi
KURS ISHI
CHIRCHIQ-2022
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3-5
I BOB. Kaltakesaklar
1.1 § Kaltakesaklarning tashqi tuzilishi haqida maʼlumot…………………………6-7
1.2 § Kaltakesaklarning ichki tuzilishi…………………………………………….8-10
II BOB.Kaltakesaklar, O’zbekiston faunasidagi asosiy turlarining hayoti
2.1§ Oʻzbekistonda uchraydigan kaltakesaklarning tarqalishi, yashash tarzi va biologiyasi………………………………………………………………………...11-22
2.2 § Oʻzbekiston kaltakesaklarning tashqi koʻrinishidagi oʻziga xosliklar………23-25
Xulosa………………………………………………………………….………….26-27
Ilovalar……………………………………………………………………………28-30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………31
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Kaltakesaklar, sudralib yuruvchilar sinfining kenja turkumi. 2000 tacha turi bor. Gekkonsimonlar, tangacha oyoqlilar, agamalar, iguanalar, urchuqsimonlar, zahartishlilar, echkemarsimonlar, amfisbenalar, asl kaltakesaklar, ssinksimonlar kabi oilalarga boʻlinadi. K.ning tana shakli turli-tuman. Besh barmoqli oyoqlilari ham, oyoqsizlari ham uchraydi. Oyoqsiz K.da toʻsh suyagi va oyok kamari saqlangan. Kaltakesaklar keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ularning 38 turi,fotmanchiq, echkemar, toshkaltakesak, kunkargʻar, sariq ilon, bot-bot, qizilquloq va h.k. bor. Asl kaltakesaklar oilasi mazkur turkum uchun tipik vakili. Gavdasi silindr shaklida; boʻyni yaqqol ajralib turadi; dumi uzun va uziluvchi; oyoqlari yaxshi rivojlangan; boshi va qorni qalqonlar, gavdasi tangachalar bilan qoplangan. Dumidagi tangachalar halqa shaklida. Quloq teshigi bor. Afrika, Osiyo va Yevropaning serquyosh, issiq mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonda yozda kun qiziganda uyalariga (salqin joylarda) kirib oladi. Qishda (noyab.dan martgacha) karaxt boʻladi. Tuxum qoʻyadi; tuxumdan tirik tugʻuvchi turlari ham bor. Hasharot va b. jonivorlar bilan oziqlanib, koʻp foyda yetkazadi. Yugurdak kaltakesak, tirik tugʻar kaltakesak, Oʻzbekistonda keng tarqalgan ildam kaltakesakcha va hokazolar shu oilaga kiradi. Kaltakesaklargavdasining shakli turli-tuman, asosan cho‘zinchoq, uzun harakatchan ' dumi, yaxshi rivojlangan bo'yin, qisqa va besh barmoqli oyoqlari bor. Ayrim turlarining oyoqlari yo'qolib ketgan, lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o'laroq to'sh suyagi, oyoq kamari, harakatchan ko'z qovoqlari va nog'ora pardasi bo'ladi. Gavdasining uzunligi 3,5 sm dan 4 m gacha va og'irligi 150 kg gacha boradi. Ko’plarida dumining uzilish (autotomiya) hodisasi yuz beradi. Lekin m a’lum vaqtdan keyin dumi yana o'sib chiqadi, ammo uning skeleti suyakka aylanmaydi. Teri bezlari faqat sonida joylashadi. Bu bez ko'payishdan oldin ipsimon modda ishlab chiqaradi, bundan hududini chegaralash va ko'payshida kimyoviy signal sifatida foydalanadi.Kaltakesaklar kenja turkumiga 4300 ga yaqin tur kiradi va ular Yer yuzida keng tarqalgan, MDH da 6 ta oilasi va 80 ga yaqin turi uchraydi. O'zbekistonda esa 38 ta turi aniqlangan. Kaltakesaklarning ko'pchiligi M DHning janubiy hududlarida yashasa, tiriktug'ar kaltakesak bilan ildam kaltakesak o'rta va shimoliy mintaqalarda tarqalgan. Markaziy Osiyo cho'llarida har xil to'garakboshlar, kechasi faol hayot kechiradigan gekkonlar, bo'z echkemar, agamalar va boshqa tur kaltakesaklar yashaydi va ular sudralib yuruvchilarning eng koʻp tarqalgan vakillari hisoblanadi.Kjashean sari ularning turi kamavadi. Masalan: lndoneziya orolida sudralib yuruvchilaming 150-200 turi yashasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |