Taroqbarmoqli gekkon - Crossobamon eversmanni (Wiegmann,1834)
Maqomi: Kam o‘rganilgan tur.
Tarqalishi: Ustyurt, Qizilqum, Zarafshon, Surxondaryo vohasi, Farg‘ona vodiysi, Xiva vohasi, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘llarida uchraydi.
Yashash joylari: Mustahkamlangan va yarim mustahkamlangan qumlarning past- balandli va do‘ngli hududlarida kuzatiladi.
Biologiyasi: Tungi faol hayot kechirish tarziga ega. Qorong‘i tushgandan to tong otguncha er yuzasida ozuqa qidiradi. Yashirinish va qishlash uchun tipratikan ini va boshqa katta bo‘lmagan inlardan foydalanadi. Iyun oyida 1-2 tuxumni 15 sm chuqurlikka qo‘yadi. Tutqunlikda inkubatsiya davri 45-53 kun, o‘rtacha 48 kun davom etadi. O‘rgimchaklar, mayda hasharotlardan- termitlar, qo‘ng‘izlar va ularning lichinkalari, tangaqanotlilar-ning qurtlari uning uchun ozuqa manbayi hisoblanadi. Bu gekkon ko‘ndalang yo‘lli chipor ilonning ozuqa obektlaridan biri hisoblanadi.
Kaspiy gekkoni - Cyrtopodion caspius (Eichwald, 1831)
Maqomi: Kam sonli va kam o‘rganilgan tur.
Tarqalishi: Qoraqalpog‘iston, shu jumladan Ustyurt, Orol bo‘yi, Qizilqum, Xorazm vohasi, Zarafshon daryosining quyi oqimi, Surxondaryo vodiysida uchraydi. Farg‘ona vodiysida arealdan ajralib qolgan populatsiyasi topilgan.
Yashash joylari: Tekislik va tog‘oldi hududlarning toshli qismida, turli qurilishlar, shu jumladan eski binolarda kuzatiladi.
Biologiyasi: Kaspiy gekkoni katta qumsichqon kaloniyalari, jarlik yoriqlari, tosh uyumlari, turli qurilishlardagi bo‘shliqlardan xavf-xatardan saqlanish va qishlash uchun foydalanadi. Gekkonning bu turi martning oxi-rida kamsonda, aprelda yoppasiga qishki uyqudan uyg‘ona-di. Oktabr oxiri - noyabr boshlarida yana qishki uyquga ketadi. Odatda yoz oyla-rida quyoshning botish paytida er yuzasida paydo bo‘ladi. Bahor va kuzda ertalabki soatlarda oftobda isinadi, keyin soyada ozuqa qidiradi. Kunduzlari qorong‘i joylarda ham ko‘rish mumkin. Turkiston gekkoni bilan yonma-yon yashay oladi. Aprelda, balki undan oldin juftlashadi. Mayning birinchi kunlaridan avgustning birinchi yarmigacha 1-2 tuxum qo‘yadi. O‘zbekiston sharoitida iyul- avgustda topilgan tuxumlar kaspiygekkonining ikkinchi ko‘payish sikli borligidan dalolat beradi. Bi joyga bir necha moddalarining tuxum qo‘yishi kuzatilgan. Tutqunlik sharoitida inkubatsiya davri 68-81 kun davom etishi aniqlangan. Yoshlari tuxumdan iyulning oxirida chiqadi. Endigina tuxumdan chiqqan yoshlari kech kuzgacha qayd etiladi. Ozuqasining tarkibi asosan hasharotlardan iborat. Ko‘proq qattiqqanotlilar, qo‘shqanotlilar bilan oziqlanadi. Ulardan tashqari ratsionida eshakqurt, chayon va falangalar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |