O‘zbekiston faunasidagi kaltakesaklarning asosiy turlari


§ Kaltakesaklarning ichki tuzilishi



Download 1,21 Mb.
bet4/13
Sana23.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#576696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shodiyeva Maftuna Botirovna

1.2 § Kaltakesaklarning ichki tuzilishi.
Kaltakesaklarning ichki tuzilishi quruqlikda yashashga moslashgan. Quyida uning ovqat hazm qilish sistemasi bn tanishamiz. Og'iz bo'shlig'ining tubida go'shtdor, yassi tili joylashgan. Og'iz bo’shlig'i va hiqildoqdan keyin qizilo'ngach boshlanadi. Go'shtdor, cho'ziluvchan qizilo'ngach tomoqdan keyin traxeyaning ustidan o'tib, qorin bo'shlig'ining oldingi qismida oshqozonga qo'shiladi. Oshqozondan keyin unga parallel holda o'n ikki barmoqli ichak, undan keyin esa ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bir qancha bukilish hosil qilib. so'ng yo'g'on ichakka aylanadi. Murtak holdagi ko'richak ingichka ichak bilan yo'g'on ichak chegarasidan o'rin olgan. Yo'g'on ichakning keyingi qismida to'g'ri ichak joylashgan. To'g'ri ichak kloakaga ochiladi. Oshqozon osti bezi o'n ikki barmoqli ichak qovuzlog'iga o'rnashgan bo'lib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga o'xshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin bo'shlig'ining oldingi qismini katta, ko'p pallali jigar egallagan.Uning ichki tomonida o't pufagi joylashgan, o't pufagi yo'li o'n ikki barmoqli ichakning boshlanish qismiga ochiladi.
Nafas olish organlari. Kaltakesaklarning nafas yo'li tashqi burun teshigidan boshlanadi. So'ngra havo ichki burun teshigi-xoana orqali og'iz bo'shlig'iga kiradi. Og'iz bo'shlig'idan keyin uchta tog'aydan tashkil topgan hiqildoq joylashgan. U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bog‘langan. Og‘iz bo‘shlig‘idagi havo hiqildoq orqali uzun nafas olish nayi — traxeyaga o'tadi, traxeyadagi talaygina tog‘ay halqalar uning puchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Traxeya oldin tomoq, so'ngra ko‘krak bo'shlig'idan o ‘tib, taxminan yurak atrofida ikkita qisqa nay — bronxga bo'linadi. Bu nayning har qaysisi o'ziga tegishli o'pkada tarmoqlanadi, ilonlarda chap o'pka pallasi bo'lmaydi.O'pka va nafas olish yo'llarining birmuncha kuchli differensiallanganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish organlaridan farq qiladi. O'pka qopcha shaklida bo'lib, uning ichki devori asalari uyasiga o'xshash mayda-mayda murakkab to'siqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek ko'krak qafasining kengayishi va torayishi bilan sodir bo'ladi.
Qon aylanish sistemasi. Kaltakesaklarning yuragi ko'krak qafasining oldingi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan.Kaltakesakning yuragi uch kamerali. Unda ikkita — chap va o'ng yurak bo'lmasi hamda bitta yurak qorinchasi bor. Biroq yuragi quyidagilar bilan amfibiyalarnikidan farq qiladi. Yurak qorinchasi chala to'siq bilan ikkiga — o‘ng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga bo‘lingan. Arterial konus reduksiyalangan, venoz sinusi esa o ‘ng yurak bo'lmasiga qo'shilgan. Yurak bo'lmasining ichki yuzasi to’rlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshik yurak bo‘lmasining to'sig'i bilan ikkiga bo'lingan.Yurak qorinchasining o'ng (venoz) bo'limidan o ‘pka arteriyasi bilan chap aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) bo'limidan esa o'ng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasi qisqarganda, uning pastki devoriga o'rnashgan chala to'siq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi o'ng va chap bo'lmalarini bir-biridan batamom ajratib qo'yadi.
Nerv sistemasi.Miya yarimsharlari orqa tomonga o'sib, oraliq miyani berkitib qo'yadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya o'simtalari — epifiz va tepa organlarini ko'rish mumkin. Boshtepa toq ko'zining rudimenti tuzilishi jihatdan ko'zga o'xshash bo'lib, yorugiik ta’sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi — gipofiz yondashgan.Kaltakesakning o'rta miyasi yaxshi rivojlangan ikkita ko'ruv bo'laklaridan iborat. Ko'ruv bo'laklaridan keyinroqda juda kichik miyacha va orqa miyaga ulanib ketadigan uzunchoq miya yotadi. O'rta miya ko'rish axborotlarini qabul qilish va ishlash markazi hisoblanadi. Reptiliyalarning miyachasi amfibiyalarning miyachasiga nisbatan ancha katta, chunki sudralib yuruvchilarning harakati xilmaxil va murakkab. U zunchoq miya vertikal tekislikda keskin bukiladi, bu hoi barcha amniotalarga xos. Bosh miyadan 11 juft bosh miya nervlari chiqadi.Orqa miyada oq va kulrang moddalar bir-biridan ajralib turgani aniq ko'rinib turadi. Orqa miyadan orqa miya nervlari chiqadi va tipik yelka hamda chanoq chigallarini hosil qiladi.
Ayirish organlari. Kaltakesaklarning bir juft kompakt tanacha shaklidagi metanefrik buyragi chanoq bo'limining orqa devoriga taqalib turadi. Bu buyraklarning har qaysisidan bittadan siydik yo'li chiqadi. Orqa dorzal tomondan siydik yo'li, qorin-ventral tomondan esa yupqa devorli siydik pufagi kloakaga ochiladi. Klloakaning tashqi teshigi ko'ndalang yoriq shaklida. Ilonlarda siydik pufagi yo'q
Jinsiy organlari. Kaltakesaklarda ichki uaig'lanish bo'ladi. Ularning jinsiy organi tana bo'shlig'ida umurtqa pog'onasining ikki yonida joylashgan. Erkak kaltakesakning oq rangli oval tanachalari shaklidagi uatg'donlari umurtqa pog'onasi bel bo'limining ikki tomonida joylashgan.Urug'donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qo'shilib urug'don ortig'ini hosil qiladi. Urug'don ortig'i davom etib urug' yo'liga aylanadi. Urug' yo'llari kloakaga ochilish oldidan siydik yo'Ilariga qo'shiladi va umumiy teshik orqali kloaka bo'shlig'iga ochiladi. Urug' ortig'i tana buyrak — mezanefros oldingi qismining qoldig'i hisoblansa, urug' yo'llari esa shu tana buyrak chiqarish yo'llari — Volf nayiga gomologdir. Kloakaning yonbosh devorlarida kopulativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo'zg'alganda kopulativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bo'rtib chiqa oladi.
Rivojlanishi. Kaltakesak quruqlikka teriga o'xshagan qattiq parda bilan qoplangan ozroq (5-11 ta) yirik tuxum qo'yadi. Uning tuxumida tuxum oqi bo'imasligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Dastlabki rivojlanish davrini tuxum yo'lida o'tkazadi. Sudralib yuruvchilarda gastrulyatsiya jarayoni o'ziga xos tarzda o'tadi. Tuxum tipik diskoidal yo'l bilan bo'linadi. Kaltakesaklar dumidan ushlansa yon tomonga qattiq burilib, dumini uzib yuboradi. Bu hodisa hayvonning o'z gavdasidan bir qismini uzib tashlashi — autotomiya deb ataladi. Dumining uzilish akti bir-biriga kirib turgan bir qancha ayrim muskullardan va uchlari dum ildiziga qaragan ayrim konuslardan tashkil topgan muskullaming qisqarishi tufayli yuzaga keladi. Uzilgan dum o’rniga yangisi o‘sib chiqadi, agarda dum uzilmay qolib shikastlangan bo‘lsa, yonidan ikkinchi dum chiqadi. Ba’zan bir nechta dumi bo’lgan kaltakesaklar uchrashiga sabab shu.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish