O‘zbekiston faunasidagi kaltakesaklarning asosiy turlari



Download 1,21 Mb.
bet3/13
Sana23.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#576696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shodiyeva Maftuna Botirovna

Kurs ishining maqsadi:Kaltakesaklar, O’zbekiston faunasidagi asosiy turlarining hayoti
Kurs ishining obуekti:O’zbekiston tabiatida kaltakesak turlari
Kurs ishining vazifalari:

  • Kaltakesaklar, O’zbekiston faunasidagi asosiy turlarining hayoti

  • O’zbekiston faunasida uchraydigan kaltakesak turlari haqida to’liq ma’lumot

  • Kaltakesaksimonlar haqida ma`lumotlar

Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob, to‘rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB. Kaltakesaklar
1.1 § Kaltakesaklarning tashqi tuzilishi haqida maʼlumot
Ko'p qavatli epiderm isning ustki qatlami o'lik hujayralardan tashkil topgan shox qatlam hosil qiladi. Bu o'lik hujayralar qavatining tagida tirik hujayralardan tashkil topgan malpigi qavati bor Shox qavati hisobidan qalqonchalar, tangachalar, shox donachalar, bo'rtmalar va tirnoqlar hosil bo'ladi. Shox tangachalarning tagida, koriumda ba’zi sudralib yuruvchilarda qoplovchi suyaklar hosil bo'ladi. Malpigi qatlamida va koriumning ustki qism ida pigment hujayralari joylashadi. Barmoqlarida yaxshi taraqqiy etgan tirnoqlari bor.Teri organizmda suvning parchalanib ketishidan yaxshi himoya qiladi, ya’ni mexanik yallig'lanishdan va kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning organizmga kirishidan saqlaydi. Kaltakesakning skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Progressiv xususiyatlariga suyak elem entlarining yaxshi rivojlanganligi, oyoqlarining o'q skeletiga mustahkam birikishi ularning quruqlikda yashashga moslashganligi bilan bog'liq ekanligini aytib o'tish lozim.
Umurtqalar tanasining old tornoni botiq, orqa tom oni bo'rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo'ladi. Tuban sudralib yuruvchilarda (agamalar, gekkonlar) esa um urtqalari tanasi amfitsel tipda bo'ladi. Umurtqalarning yuqori tom onidan ustki yoylar chiqadi, bu yoylar aniq ajralib turadigan qiltanoq ostist o'sim ta bilan tugaydi. Kaltakesakiarning bo'yin qismida um urtqalar soni 8 ta. Bulardan oldingi ikkitasi o'ziga xostuzilgan. Atlas yoki atlant deb ataladigan birinchi bo'yin umurtqasi archaamniotalar uchun xarakterli halqa shaklida bo'ladi. Old tomonnsing pastki qismida bitta bo'g'im yuzasi bo'lib, umurtqa shu yuza yordami bilan bosh skeletga harakatchan tarzda ensa bo'rtmasi orqali birikadi. Atlas o'rtasidagi teshik pay bilan ikkiga pastki va ustki bo 'limlarga bo'lingan. Ustki teshikdan orqa. miya o'tsa, pastki teshikka tishsimon o'sim ta kiradi, bu o'sim ta epistrofey deb ataladigan ikkinchi um urtqaga birikkan. Kaltakesaklarda ko‘krak-bel umurtqalari soni 22 ta, turli sudralib yuruvchilarda esa 16 tadan 25 tagacha bo'ladi. Ko'krak-bel qismi bir-biridan aniq ajralmaganligidan umumiy bir bo'lim hisoblanadi. Ko'krak-bel bo'limidagi umurtqalarning hammasida qovurg'alar bo'lib, ular sekin-asta kichrayib boradi.
Har qaysi qovurg'a ustki suyak va pastki — tog'ay bo'lim idan tashkil topgan. Ko'krakbelning oldingi beshta umurtqalaridagi (chin ko'krak umurtqalarida) qovurg'alar uzun bo'lib to'shga qo'shiladi va ko'krak qafasini hosil qiladi. Dum g'aza qismi ikkita umurtqadan iborat. Bu umurtqalarning ko'ndalang o'simtalari serbar bo'lib chanoq kamariga birikadi.Dum umurtqalari. Sudralib yuruvchilarning dum umurtqalari 15 tadan 40 tagacha boradi. Ularning oldingilari dum g'aza umurtqalariga o'xshash, biroq tanalari uzun, ko'ndalang o'sim talari ingichkaroq, ostist o'sim talari esa uzunroq bo'ladi. Orqadagi dum umurtqalari sekin-asta kichrayadi, ostist o'simtalari yo'qoladi va kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Ilonlar bilan oyoqsiz kaltakesaklarning umurtqa pog'onasi faqat tana va dum umurtqalariga bo'linadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga qarshi o'laroq kaltakesaklarning bosh skeleti suyaklardan (faqat hidlov va qisman eshituv bo'lim idagina tog'ay saqlanib qolgan) iborat bo'lib suyaklarning soni juda ko'p. Bosh skeletining miya qutisi (neurokranium) va yuzvisseral bo'lim lari embrional rivojlanishda mustaqil taraqqiy etsada, voyaga yetgan sudralib yuruvchilarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga birlamchi almashinuvchi va ko'p sondagi ikkilamchi — qoplovchi suyaklar kiradi.Miya qutisi (neurokranium). Ensa bo'limida to'rtta: ikkita yon ensa, bitta ustki ensa va bitta asosiy ensa suyaklari bor. Bular kelib chiqishi jihatidan birlamchi suyaklardir. Bu suyaklar katta ensa teshigini o'rab olgan. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo'rtmasi bo'lib, buning vujudga kelishida asosiy ensa suyagi hamda yon ensa suyaklari ishtirok etadi.Sudralib yuruvchilar yelka kamarining asosiy qismini bir oz dorzal joylashgan kurak va ventral holda o’rnashgan korakoid suyaklari tashkil etadi.Har ikkala suyak yelka suyagi birikadigan bo'g'im kosasini vujudga keltiradi. Kurakka dorzal holda kurak usti tog'ayi, korakoidning oldiga esa tog'ay prokorakoid qo'shiladi.Chanoq kamari o'rta chiziq bo'ylab tog'ay orqali birikadigan ikkita simmetrik palladan iborat. Har qaysi palla uchta: dorzal joylashgan yonbosh suyagi, ventral o'rin olgan quymich suyagi va qov suyaklaridan tashkil topgan.Muskul sistemasi amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takomillashgan bo'lib, segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga ajralib ketgan. Bundan tashqari, amniotalarga xarakterli bo'lgan qovurg'alararo muskullari yuzaga keladi. Bu muskullar nafas olish aktida muhim rol o'ynaydi. Kaltakesaklarning teri osti muskullari ham yaxshi rivojlangan.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish