4.9- rasm. 4.10- rasm.
i
i1 i2 i3
t
-
4.11- rasm.
maydon pulsatsiyalanuvchi maydon deyiladi. Faraz qilaylik, shunday o‘ram uchta bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan fazoda 120° ga siljigan. 4.10- rasmda har bir o‘ram tokining berilgan musbat (+) yo‘nalishiga bi-noan, magnit induksiya vektorlarining musbat (+) yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Har bir o‘ramdan mos ra-vishda uch fazali tok o‘tganda shu chulg‘amlarning magnit induksiyasi vektorlarining yig‘indisini har onda (lahzada), ya’ni t = 0, t2¾tn da ko‘rib chiqamiz (4.11-rasm).
4.12- rasmda vaqt t = 0 bo‘lganda har bir chul-g‘amning induksiya vektori va vektorlar yig‘indisi ko‘r-satilgan. t = 0 da l1 · i 2 = 0, l2 va i3 qarama-qarshi yo‘nalishli bo‘lib, bir xil kattalikka ega. Demak, magnit induksiya vektorlari B1 = 0, B2, B3.
Vektorlar yig‘indisi BS parallelepiðed qoidasiga bino-an topiladi. 4.12- rasm, b da t = t1 bo‘lganda l1 musbat
a) b) d)
4.12- rasm.
ishoralari bo‘lib, eng katta (maksimal) qiymatga ega. t2, i3 manfiy ishorali bo‘lib, bir xil qiymatga ega. Demak, magnit induksiya vektorlari ham toklar yo‘nalishi bilan aniqlanadi: B1 = B1max, B2 = B3.
Vektorlar yig‘indisi: BS = B1 + B2 + B3.
4.12- rasm, b da t = t2 bo‘lganda i2 manfiy ishorali bo‘lib, eng katta (maksimal) qiymatga ega. i1 = i2 bo‘lib, musbat ishorali.
Magnit induksiya vektorlari mos ravishda yo‘nalgan:
B2 = B2max + B1 = B3. Vektorlar yig‘indisi B2 = B1 + B3.
Shunday qilib, 4.12- rasmdan ko‘rinib turibdiki, magnit induksiya natijaviy vektorlarining kattaligi o‘zgarmay, yo‘nalishi o‘zgaradi, boshqacha aytganda, natijaviy vektor kattalik o‘zgarmasdan aylanadi.
Magnit induksiyasi vektorlarining aylanish tezligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
n0 = 60 · f ,
P
bunda: f — chiziqli chastota; P — juft qutblar soni. Aylanuvchi magnit maydon elektr uskunalarda keng qo‘llaniladi. Masalan, asinxron dvigatellarda bu uch chulg‘am asinxron dvigatelning qo‘zg‘almas qismi — statorda joylashgan bo‘lib, statorda uch fazali toklar ta’sirida aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Magnit maydonning aylanish yo‘nalishi fazalar ketma-ketligi (tartibi)ga bog‘liq. Har qanday ikki fazaning o‘rinlari almashsa, aylanish yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, elektr energiyasi barcha elektr stansiyalarida uch fazali tok ko‘rinishida sinxron generatorlarda ishlab chiqariladi. Sinxron ge-neratorning chulg‘amlari, odatda, yulduzcha usulida ulanadi. Bu usulda ulash qator afzalliklarga ega.
Chulg‘amlar yulduzcha usulida ulanganda elektr uskunalari elektr energiyasini ikki kuchlanishda (faza va liniya kuchlanishlari) iste’mol qilishi mumkin, shu sababli aksariyat iste’molchilarga ikkita kuchlanish
beriladi. Yulduzcha usulida ulanganda generatorning chulg‘amlarida tenglashtiruvchi toklar hosil bo‘lmaydi, chunki generatorning o‘ziga tok o‘tadigan berk zanjir yo‘q. Iste’molchining qarshiliklarini o‘lchash genera-torning ulanish usullariga bog‘liq emas. Qarshilik, aso-san, tarmoqning kuchlanishi u yoki bu elektr usku-naning nominal, ya’ni asosiy va normal holatdagi ish kuchlanishiga qarab aniqlanadi. Elektr tarmoqlari kuch-lanishi 1000 V gacha va undan yuqori tarmoqlarga bo‘linadi. Elektr tarmoqlari kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan guruh ichida turmushda, asosan, quyidagi no-
minal
|
kuchlanishlar qatori qo‘llaniladi:
|
|
Unom = 127 V;
|
220 V;
|
380 V; 660 V.
|
|
|
Bu nominal kuchlanishlar qatorida har bir ke-
|
|
|
|
yingi nominal kuchlanish avvalgisidan
|
3 marta katta.
|
Bu iste’molchilar uchun qator qulayliklar tug‘diradi. 380/220 V kuchlanish turmushda keng tarqalgan
bo‘lib, bunda UA = 380 V va UB = 220 V.
Bir fazali iste’molchilar, asosan, uy-ro‘zg‘or (tur-mushda) ishlatiladigan elektr uskunalardir. Yoritish lampalari, sovitgich, televizor, dazmol, elektr choynak va hokazolar shular jumlasidandir. Bunday iste’mol-chilarning har bir guruhi bir fazaga (A fazaga) ulanadi, masalan, bir qator uylarga, keyingi qator uylarga B fazasi va hokazo. Shu sababli bunda iste’-molchilarning simmetrikligini ta’minlash ancha qiyin. Xuddi shu vaqtda, uch fazali zanjirlarning simmetrik holi texnikaviy va iqtisodiy nuqtayi nazardan eng qulay rejimdir. Shu sababli iste’molchilarni simmetriklash uchun maxsus uskunalar ishlatiladi.
57
V BÎB. ELEKÒR O‘LCHASHLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |