O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet39/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

-lï:g‘>-lь, -lï:g‘>-lï: turkm. garlï (qorli); tat. aoylь (oylik), no‘g‘. tawlь (tog‘li), q.qalp. balalь (bolali; oilali), qoz. ayazdь (ayozli)<ayazlь, chuv. vъylъ (kuchli) kabi;
-lï:g‘>lu: qirg‘iz va oloy tillarida oxirgi g‘ vokalizatsiyaga uchragan. Undan bo‘g‘insiz u vujudga kelishi mumkin edi, natijada ïu diftongi yuzaga kelgan, so‘ngra u holati paydo bo‘lgan. Bundan sifatlarning quyidagi shakllari hosil bo‘lgan: qirg‘.balalu: (bolali), yïldïzdu: (yulduzli)<yïldïlu:, olt. salqïndu: (shamolli)<salqïnlu:, balïqtu (baliqli)>balïqlu.
Yoqut tilidagi nisbiy sifat affiksi -la:x ham -lï:g‘ affiksidan yuzaga kelgan. Arxitip affiksi -lï:g‘ dagi ï cho‘ziq holatda bo‘lganligi sababli, yoqut tilida a: cho‘ziq unlisi vujudga kelgan. Yoqut tilidagi a>ï hodisasi, odatda, 3-shaxs birlikdagi egalik affiksi -ta boshqa turkiy tillarda -ga mos keladi.
Yoqut tilida g‘>q>x sodir bo‘lgan.
Turkiy tillarda ikkinchi g‘ o‘zi mavjud bo‘lgan jarangsiz o‘zakli affikslarda qga mos keladi: tat.baola-g‘a (bolaga), baolьg‘ь (uning balig‘i), aol-g‘an (olgan).
So‘z o‘rtasida g‘ Shuning uchun u birinchi g‘ dagidek o‘zgarishga uchramaydi. Mana shundan uning turli shakllari yuzaga keladi: tat. aowir (og‘ir)< ag‘ïr. Ammo baolьg‘ so‘zida bu holat kuzatiladi.
So‘z boshida y tovushining kelishi to‘g‘risida turkologlar orasida hanuz muayyan fikr yo‘q. Ayrim olimlar, chunonchi, A. M. Sherbak turkiy bobotilda so‘z boshida yning qo‘llanilmaganligini ta’kidlaydi. Ammo urxun yodnomalarida esa so‘z boshida yning mavjud bo‘lganligi ma’lum. Bu ba’zi tilshunoslarning so‘z boshida y ishlatilganligi, binobarin, j>y hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risidagi fikrlari ham munozaralidir. Sababi o‘rxun yodnomalarida j tovushi, umuman, qo‘llanilmagan.
So‘z boshida yning unlilar oldida jga aylanishi bir qancha tillar tarixida ta’kidlanadi. Jumladan, lotincha yning unlilar oldida j affrikatiga o‘tishi to‘g‘risida ispan, portugal va retoroman tillari tarixidan ma’lum. Ayrim hind tillarida, qadimgi hind tilida y>j mavud bo‘lgan. y>j hodisasi eroniy tillarda ham sodir bo‘lgan. Bular hammasi so‘z boshida, dastlab, yning qo‘llanilganligiga aniqlik kiritishga yordam beradi.
Shuningdek, bilvosita dalillar ham borki, ayrim turkiy tillarda mavjud bo‘lgan so‘z boshidagi j hech qachon yga mos kelmagan. Qirg‘iz va oltoy tillarida qisqa unlilar oldida j affrikati uchramaydi: qirg‘. va olt. ïr (qo‘shiq), ammo qoz., tat. jir (qo‘shiq); qirg‘. va olt. ïra:q (yiroq), ammo qoz. jьrak, uyg‘. yьraq, tat. jьraq.
XVII–XVIII asrdagi uyg‘ur adabiy tilida ham so‘z boshi y bilan boshlangan so‘zlar j bilan boshlanadigan so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilgan.
So‘z boshida y saqlangan turkiy tillarda ancha: yol (yo‘l): q.tur., tur., qum., gag., qr.tat., turkm., uyg‘., no‘g‘., o‘zb., ozarb. yol; yoq (yo‘q): q.tur., tur., turkm., qum., no‘g‘., gag., qar., o‘zb. yoq, tat., boshq. yuk, ozarb. yox; yanь (yangi): q.tur., qum. yanï, tur., qr.tat. yeni, nog‘. yanь, ozarb., uyg‘ yeni, o‘zb. yangi.
Bir qancha turkiy tillarda so‘z boshidagi y o‘zgarishga uchragan:

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish