O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Sirg‘aluvchi portlovchilar



Download 3,85 Mb.
bet38/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

4.2. Sirg‘aluvchi portlovchilar. Orqa tanglay sirgaluvchi jarangli spirant g‘ turkiy bobotilda so‘z boshida uchramaydi. Spirant g‘ning intervokal holatdagi artikulyatsiyasi kuchsiz va turg‘un emas. U atrofdagi unlilar ta’sirida assimil-yatsiya qilinishi natijasida oraliq keng ochilib, ko‘pincha, lablangan w, ba’zan esa vga aylanadi. Intervokal holatda g‘, w va v yo‘qolishi mumkin. Natijada boshqa unlilarda tortilish va cho‘ziqlik sodir bo‘ladi. Intervokal g‘ ning tarixiy taraqqiyotini uni o‘rab turgan unllar bilan birgalikda qarash kerak bo‘ladi.
Turkiy tillardagi ag‘ï, ag‘a, ag‘u, og‘a, og‘u, ug‘u, ïg‘ï kabi so‘zlarda g‘ ikki unli orasida saqlangan: ag‘ïr (og‘ir): ozarb., turkm. ag‘ïr, uyg‘. ag‘ьr, o‘zb. og‘ьr; ag‘ïz (og‘iz): q.tur., ozarb., turkm., ag‘ïz, uyg‘. ag‘ьz, o‘zb. og‘ьz; ag‘ïl (og‘il): turkm. (otxonadagi yoki molxonadagi har bir alohida bo‘lma, katak, og‘il), o‘zb. og‘ьl (og‘il), uyg‘. eg‘ьl; bag‘ïr (bag‘ir): turkm., ozarb. bag‘ïr, uyg‘. beg‘ir (ko‘krak); yag‘u (yag‘i, dushman): turkm., ozarb. yag‘ï, o‘zb. yog‘u (isyonchi), uyg‘. yeg‘i; tag‘ay (tog‘a): q.tur., qirg‘. tag‘a; tag‘ar (xalta): dag‘ar (elkaxalta, yo‘lxalta); yag‘ïn//yag‘un(yaqin): q.tur. yag‘un; yog‘an (yo‘g‘on): q.tur. yog‘an; og‘ïl (o‘g‘il): ozarb. og‘ul; bug‘u: o‘zb. bug‘u; sïg‘ïr (sigir): q.tur. sïg‘ïr, turkm. s‘ïg‘ïr.
g‘>w (v): ag‘ïz (og‘iz): tat., boshq. aowьz, qoz. awьz, q.balq. awuz, chuv. sъvъr; ag‘ïl (ag‘il): tat., aowьl (qishloq), boshq. aowьl, no‘g‘., qoz., q.qalp. awьl; bag‘ir (jigar): tat., boshq. baowьr, no‘g‘., qoz. bawьr, qum. bawur, chuv. tъvъr; yag‘u (dushman): qoz. jaw, o‘zb. yov kabi.
g‘>y: sog‘uq (sovuq): ozarb. soyuk; sïg‘ïr (sigir): tat., qoz. sьyьr. Intervokal holatda g‘ tushib qolishi natijasida cho‘ziq unli vujudga keladi: ag‘ïz (og‘iz)~tuv., xak., shor., olt., tof. a:s, gag. a:z, qirg‘. o:z; bag‘ïr (jigar)~tuv. ba:r, olt. bu:r, shor., tof. pa:r, qirg‘. bo:r; tag‘ar (xalta)~qirg‘. ta:r; sog‘uq (sovuq)~qirg‘. su:q; bug‘u~q.balq. bu:.
Birinchi yopiq bo‘g‘in oxirida undoshlar oldida ag‘ birikmasida g‘ saqla-nishi mumkin: yag‘ (yog‘moq): ozarb., turkm. yag‘; bag‘ (bog‘lam): ozarb, bag‘lï (bog‘langan), turkm, bag‘lï, uyg‘. bag‘lam; ag‘laq (ovloq): q.tur. ag‘laq; ag‘rïq (og‘riq); q.uyg‘. ag‘rьg‘, ozarb. ag‘rь, o‘zb. og‘rïq kabi.
Ayrim turkiy tillarda g‘>w, g‘>y holatlariga duch kelinadi: yag‘ (yog‘moq): q.balq. yawdï (yog‘di)–qar yawdï (qor yog‘di), qum., yaw, qoz. jaw; bag‘ (bog‘lam): no‘g‘. bawla (bog‘lamoq); ag‘laq (ovloq): qoz awlaq (narida, tomonga), qr.qar. awlaq (uzoq), tat. aowlaq (keng); bag‘ (bog‘lam): qoz. baylam (bog‘lam), no‘g‘. bayla (bog‘lamoq), q.balq. bayla, tat. bäylä kabi. Bu holat o‘zbek tilining qipchoq lahjasida ham uchraydi.
Ayrim turkiy tillarda ag‘ birikmasidagi g‘ tushishi natijasida cho‘ziq unlilar vujudga keladi: bag‘ (bog‘lam): olt. bu:lam (bog‘lam), qirg‘. bo:la (bog‘lamoq), gag. ba:lï (bog‘langan); ag‘laq (ovloq): qirg‘. o:laq (uzoq).
Ammo og‘ birikmasida g‘ saqlanadi: tog‘ (tug‘moq): ozarb., turkm. dog‘, q.tur. tog‘maq (tug‘moq); bog‘ (bo‘g‘moq); uyg‘. bog‘, q.tur. bog‘maq; tog‘rï (to‘g‘ri): q.tur. tog‘ru, turkm. dog‘rï, o‘zb. to‘g‘ri; og‘rï (o‘g‘ri): q.tur., turkm, og‘rï, ozarb. og‘ru, uyg‘. og‘rь kabi.
Ayrim turkiy tillarda og‘ birikmasi uw tarzida qo‘llanilishi ham mumkin: Bu holat, ko‘pincha, qipchoq tip tillarida uchraydi: tog‘ (tug‘moq): q.qalp. tuwdï (tug‘di), qum. tuw, no‘g‘. tuwdьr (tug‘dir); bog‘ (bo‘g‘moq): qum., qar. buw, no‘g‘. buwg‘an (siqib tarang qilib bog‘lamoq);
yuqoridagi birikmalarda g‘ tushib qolishi mumkin: tog‘ (tug‘moq): olt. tu:g‘an (tug‘gan, tug‘ishgan), q.balq., qirg‘. tu:g‘an, tat. tug‘an, gag. du:ma (tug‘ilmoq), qoz. ul tudь (u tug‘di); bog‘ (bo‘g‘moq): olt., qirg‘. bu: g‘an (bug‘gan); tog‘rï (to‘g‘ri): tat. turь, q.balq., qoz., tura, gag. do:ru; og‘rï (o‘g‘ri): qoz. ъrъ, tat. urla (o‘g‘irla), olt. u:rda.
ug‘ birikmasida g‘ saqlanadi: q.tur. bug‘day (bug‘doy): turkm., ozarb. bug‘day yoki tushib qoldi: tat. bъday, q-balq., qum. buday. O‘zbek tilining qipchoq lahjasid ushbu birikmada g‘>v hodisasi yuz beradi: bug‘doy~buvday.
So‘z oxirida ag‘ birikmasidagi g‘ saqlanadi: ta:g‘ (tog‘): q.turk., uyg‘, xak. tag‘, tuv., turkm. dag‘, o‘zb. tog‘; yag‘ (yog‘); ozarb., uyg‘. yag‘, o‘zb yog‘; sag‘ (sog‘lom): ozarb., turkm. sag‘, o‘zb sog‘.
g‘>w hodisasi ham kuzatiladi: ta:g‘ (tog‘): tat., boshq. taow. q.qalp., no‘g‘. taw; sag‘: tat., qoz., qum. saw, boshq. haw; bag‘ (bog‘lam): tat., q .qalp., no‘g‘., qum. baw; yag‘: qum. yaw.
Ayrim holatlarda g‘ tushib qolganda, cho‘ziqlik paydo bo‘ladi: ta:g‘ (tog‘): qirg‘. to:, olt., chuv. tu:, yoq. tïa<ta:<ta:g‘ (tayga); yag‘ (yog‘): olt. du: (ichki yog‘);
ug‘ birikmasidagi g‘ saqlanadi: bug‘: ozarb., turkm., o‘zb. bug‘; sug‘ (suv): q.turk. sub, xak., shor., tuv. sug‘. Ammo g‘>w (v) bo‘lishi ham mumkin: bug‘: boshq. bъw no‘g‘. buw; sug‘ (suv): boshq. huw, qum., no‘g‘., turkm., o‘zb. suw, chuv. shïv;
g‘ning tushib qolishi cho‘ziq va normal unlini yuzaga keltiradi: bug‘: olt., qirg‘., tat., qoz. bu; sug‘ (suv): olt., qirg‘. su:, yoq. u:, tat., tur., ozarb., uyg‘., gag. su.
Eski turkiy tillar va Sibirgi hozirgi ayrim turkiy tillarda ïg‘ birikmasidagi g‘ saqlanadi: az‘ïg‘ (ayiq): q.tur. az‘ïq, tuv. adïg‘, xak. azïg‘ (oziq tish), tuv., tof. azïg‘;
Ko‘pchilik turkiy tillarda ïg‘ birikmasi turg‘un bo‘lmasdan, turli o‘zgarish-larga uchragan: g‘>k holati uyg‘ur va o‘zbek tillari uchun xarakterlidir: az‘ïq (ayiq): chig‘. ayïq, uyg‘. eyiq, o‘zb. ayьq;
g‘>w: az‘ïq (ayiq): boshq. aoyъw, q-qalp. ayïw;
ïg‘>u : az‘ïq (ayiq): no‘g‘., q.qalp., qoz., ozarb. ayu, tat. aoyui azïg‘ (qoziq tish): q.qalp., qoz. azu, tat. aozu.
ïg‘ birikmasi o‘rnida cho‘ziq unli yuzaga kelishi mumkin: az‘ïq (ayiq): qirg‘., olt. ayu:, azïk (qoziq tish, tish): qirg‘. azu (oshiq tish).
Dastlabki g‘ affikslarda doimo ishlatilmaydi. Turkiy tillarda ancha keng tarqalgan affikslar -ïg‘(-ig‘) va -lï:g‘(-li:g‘) bo‘lgan. -ïg‘(-ig‘) affiksi fe’ldan yasalgan ot va sifatlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. -lï:g‘(-li:g‘) affiksi faqat sifat affiksi bo‘lgan.
Fe’ldan yasalgan ot rolidagi -ïg‘(-ig‘) affiksi eski turkiy tillarda, shuningdek, Sibirdagi hozirgi ayrim turkiy tillarda, saqlangan: satïg‘ (satiq): q.turk., tuv., xak., shor. sadïg‘.
Boshqa turkiy tillarda ushbu affiks turli o‘zgarishlarga uchragan:
ïg‘>ьw: satïg‘ (sotiq): boshq. haоtьw, q.qalp. satьw, qum. satïw;
ïg‘>u: satïg‘: tat. saоtu, qoz. satu:;
ïg‘>ï: satïg‘: yoqut. atï (sotiq); turkm., tur. satïjï (sotuvchi)< satïg‘-chï;
ïg‘(-ig‘) affiksi sifatida qadimgi turkiy yodnomalar tilida, shuningdek, tuva, xakas, tofalar va shor tillarida saqlangan: sarïg‘ (sariq): q.tur., tuv., xak., shor. sarïg‘; qatïg‘ (qattiq): q.tur. qatïg‘, xak. xatïg‘, tof. alhïg‘ (keng).
Boshqa turkiy tillarda quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lgan: -ïg‘>ïq: sarïg‘ (sariq)>sarïq, qatïg‘ (qattiq)>qatïq. Bunday shakllar faqat o‘zbek va uyg‘ur tillarida uchraydi: o‘zb. sarьq<sarïg‘, o‘zb. qattq<qatьg‘, uyg‘ sarьq<sarïg‘ va qattïq<qatïg‘.
-ïq>ь,-ïq>ï. Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z oxiridagi g‘ ning tushishi kuzatiladi: tat. sao (sariq), qoz., q.qalp. sarь, qar., qirg‘., tur., ozarb, sarï; tat. qa o (qattiq): qoz., q.qalp. qattï, tur. katï, ozarb. g‘atï.
Qadimgi sifat yasovchi -lï:g‘(-li:g‘) affiksi eski turkiy tillarda, shuningdek, hozirgi Sibirdagi ba’zi turkiy tillarda uchraydi: o‘rx.en. atlïg‘ (oti mavjud), uyg‘. adalïg‘ (xavfli), xak. aylïg‘ (oylik), tuv. attïg‘ (otlik), dattïg‘ (toshlik), tof. mallïg‘ (molli).
Ushbu affikslardagi (-lï:g‘>lïq) oxirgi g‘ning jarangsizlashuvi, qirg‘iz, oltoy va yoqut tillaridan tashqari, barcha turkiy tillarda sodir bo‘lgan. Hozirda ushbu hodisa faqat uyg‘ur tilida saqlangan: uyg‘. atlьq (otliq); tatlьq (totli); tashlьq (toshlik) va hokazo; boshqa tillarda -lï:g‘ affiksi quyidagi o‘zgarishlarga uchragan:

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish