O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Turkiy tillar konsonantizmi



Download 3,85 Mb.
bet34/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

4. Turkiy tillar konsonantizmi. Bobotil davri undoshlar tizimining xarakterli xususiyati shundan iboratki, ko‘pchilik undoshlar distributsiyasi (taqsimlanishi) cheklangan edi. So‘zning istalgan holatida q, k, t, p, s, ch tovushlarini uchratish mumkin. Portlovchi b so‘z oxirida uchramagan. Barcha sonorlar, jumladan, g‘, z, z‘(dz), g, d undoshlari so‘z boshida, umuman, qo‘llanmagan. Sh undoshi ham so‘z boshida juda kam ishlatilgan. Bilaterial (yon tovush) jarangsiz l ham ancha kam qo‘llanilgan.
Turkiy bobotil davri taxminiy undoshlar tizimini quyidagi tablitsada ko‘rish mumkin:



Artikulyatsiya xarakteriga ko‘ra

Artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra


Til orqa velyar

Til orqa

Til o‘rta

Til oldi

Lablan-gan

Portlov-
chi

Jarang-siz

q

k




t

p

Jarangli




g




d

b

Spirant-lar

Jarang-siz










s, sh




Jarangli

g‘







g‘; z, z‘




Affrikat-lar

Jarang-siz










ch




Jarangli
















Sonorlar

Yon










l, l‘




Titrov-chi










r




Sirg‘a-luvchi




Ñ(ng)




n

m



4.1. Portlovchi undoshlar. Turkiy bobotil davridagi portlovchi undoshlar taraqqiyoti haqida gap ketganda, u davrda so‘z boshida b, d, g portlovchi jarangli undoshlari qo‘llanilganligini aniqlash kerak. Ma’lumki, p, l, m, n tipidagi sonantlar, shuningdek, z, g‘, jarangli undoshlari bobotil davrida so‘z boshida uchramagan. Bu borada turkologlarning fikrlari bir xil emas. Ayrim tadqiqotchilar, chunonchi, X. Pedersen ta’biricha, turkiy bobotil davrida so‘z boshida jarangli va jarangsiz undoshlar qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa tadqiqotchilar esa so‘z boshida b jarangli undoshining qo‘llanilganligini ta`kidlaydilar. A. M. Sherbak turkiy bobotilda hech qanday fonologik ahamiyatga ega bo‘lmagan jarangli allofonlarning anlautda mavjud bo‘lganligini taxmin qiladi.
Hozirgi turkiy tillarda, ayniqsa, ularning dialektlarida anlautda p~b, t~d, k~g kabi tipdagi jarangiz va jarangli undoshlar kuzatiladi: ozarb. dial. palta~balta (bolta), tovshan~dovshan (quyon), tish~dish (tish), qirg‘.(dial.). putak~butak (butoq), qoz.dial. pal~bal (asal), no‘g‘.dial. pыshak~bыshaq (pichoq), o‘zb.dial. pütün~bütün (butun) va hokazo.
Turkiy tillarning ikki guruhi yaqqol ajratiladi. Birinchi guruhga so‘z boshida jarangli portlovchilar keladiganlari kiradi. Bular o‘g‘uz tillari deb yuritiladi. Ikkinchisiga qipchoq tillari mansub bo‘lib, bu tillarda anlautda portlovchilar kelishi mumkin, ammo mazkur tillarda so‘z boshida jarangsiz portovchilar ko‘p uchraydi. Turkiy tillarda so‘z boshida jarangli portlovchilarning jarangsizlanishi va aksincha holatida kelish qonuniyatida barqarorlik hech qachon bo‘lmagan.
Qo‘shimcha dalillar shuni ko‘rsatadiki, turkiy bobotil davrida anlautda jarangli undoshlar, jumladan, m, r, l, n sonantlari hamda jarangli z, z‘(dz), g‘, j undoshlari qo‘llanilmagan.
Turkiy bobotilda velyar q til orqa unlilari mavjud bo‘lgan so‘zlardagina ishlatilgan. U eski va hozirgi ko‘pchilik turkiy tillarda, jumladan, tatar, boshqird, o‘zbek, qoraqalpoq, no‘g‘oy, qumiq, qirg‘iz, uyg‘ur, qrimtatar, qisman qaraim va oltoy tillarida saqlangan: qara (qora): o‘rx.en., q.uyg‘., qoz., q.qalp., q.balq., qum., no‘g‘., uyg‘., qr.qar. qara, tat., boshq. qa°ra, o‘zb. qora; qach (qoch): o‘rx.en., uyg‘., qum., q.balq., olt., qirg‘. qach, tat. qa°sh, boshq. ka°s, qoz., q.qalp., no‘g‘. qash; qы:z>qыz (qiz): o‘rx.en., q.uyg‘., qirg‘., qum., uyg‘., q.balq. qыz, tat., qoz., q.qalp., no‘g‘., o‘zb. qьz, boshq. qьz‘, olt. qïs.
Orqa tanglay q talaffuzi qiyin bo‘lmaganligidan ayrim turkiy tillarda uning aytilishida kuchsizlanish sodir bo‘lgan. Chunonchi, chuvash tilida q>x jarayoni kuzatiladi: qara (qora)~chuv. xura; qa:z (g‘oz)~chuv. xur.
Bunday o‘zgarishlar xakas tilida ham uchraydi: qa:r (qor): tat. qaor, qoz., no‘g‘., qirg‘. qar, xak. xar; qush (qush): tat. qъsh, qoz. qъs, qum. qush~xak. xus.
Ba’zi turkiy tillar, jumladan, tuva, yoqut va tofalar tillarida q>x jarayonida qisman o‘zgarishlar sodir bo‘lgan: qa:n (qon)~tuv. xan; qa:r (qor)~tuv. xar. Ayni paytda, q>x holatida ham bo‘lishi mumkin: qara (qora); qoz., no‘g‘., tuv. qara, tat. qaora; qush: olt., qirg‘., tuv. qush, no‘g‘. qus va hokazo.
Bunday holat tofalar tilida ham kuzatiladi: qan (qon), qar (qor), qara (qora), qol (qo‘l), qïsqa (qisqa), qïzïl (qizil). Ba’zi turkiy tillarda so‘z boshida q o‘rnida h to‘g‘ri keladi: tof. haya (qoya)~qum.(dial.). qaya, qr.qar. qaya, tof. hanat (qanot)~tat. qaonat, qoz. qanat.
Yoqut tilida bobotil davridagi qning ikki xil ifodalanishiga duch kelinadi. A, o unlilari oldida u xga aylanadi: qara (qora)~yoq. xara; qal (qol)~yoq. xa:l; ï, u unlilari oldida q yoqut tilida q tarzida ifodalanadi: qы:z (qiz)~yoq. kï:s, qïzïl (qizil)~yoq. kïhïl va hokazo.
Ozarbayjon tilida so‘z boshidagi q jarangli gga o‘tadi, ammo qning ayrim xususiyatlari saqlanadi: qï:z (qiz)~ozarb. gïz, qara (qora)~gara; qa:n (qon)~ ozarb. gan.
Xuddi shunday holat turkman tilida uchraydi. Ozarbayjon va turkman tillarining ayrim dialektlarida qadimgi anlaut q hozirgacha saqlangan. Turkman tilida q uchun maxsus belgi olinmagan bo‘lsa-da, uning talaffuzda saqlanganligini ko‘rish mumkin.
Turk tilida qadimgi velyar (orqa tanglay) barcha holatlarda kga aylangan: tur. kar (qor)(qizil)(qora)(qosh)<qash va hokazo.
Bunday holat gagauz tilida, shuningdek, qozon tatarlarining mishar dialekti-da ham mavjud.
Ko‘pchilik turkiy tillarda intervokal holatda q saqlangan: saqal (soqol): q.tur., qoz., qirg‘., no‘g‘., uyg‘., qum. saqal, tat. sa°qal; baqыr (baqir, mis): qirg‘., q.qalp., qar. baqыr, tat. baoqьr, qoz., no‘g‘. baqьr; soqыr (so‘qir, ko‘r): tat. suqьr, qoz. soqьr va hokazo.
Shuning bilan birgalikda, ayrim turkiy tillarda intervokal holatda q>g‘ hodisasi kuzatiladi: tat. yug‘arь (baland), qoz. jog‘arь (yuqori), qirg‘. jog‘aru (yuqori)~turkm. yokarï, q.qalp. joqarь. Qorachoy-balqarcha bag‘ïr (mis) so‘zi qozoq va qirg‘iz tillaridagi baqïr, shuningdek, tatar tilidagi ba°qьr so‘ziga to‘g‘ri keladi. Tatar tilidagi yaoqa (yoqa) va uyg‘ur tilidagi yaqa so‘zlaridagi intervokal q jaranglilashmaydi, ammo ba’zi turkiy tillarda jaranglilashadi: qoz, qirg‘. jag‘a, no‘g‘., qum. jag‘a, xak. chaga, yoq. saga.
Chuvash tilida qadimgi intervokal holatda doimo g‘ (ad. orf. x) tarzida ifodalanadi: saqal (soqol)~chuv. sug‘al, sag‘ïz (ignabargli daraxtlardagi oltingugurt)~chuv. sug‘ъr; chaqïr (chaqirmoq)~chuv. sug‘ъr va hokazo. Bunday holat xakas va tuva tillarida ham uchraydi: xak. sag‘al (soqol); tat. yaoqa (yoqa), ammo xak. chag‘a; tat. yaqьn~chag‘ïn (yaqin); tat. suqьr~tuv. sog‘ur (ko‘r); tat. jaoqa~tuv. chag‘a (yoqa).
Intervokal pozitsiyadagi kning xga o‘tishi ozarbayjon tili uchun xosdir: yaxarï (yuqori), yaxïn (yaqin), yaxa (yoqa). Xuddi shunday holat poloves tilida uchraydi: chïxar (chiqar)(chiqmoq).
So‘z o‘zagi ichida q turkiy tillarda undoshlardan oldin yoki keyin ancha kam uchraydi. Ushbu pozitsiya, avvalo, shu tilda qning umumiy holatini ifodalaydi: tat. aorqa (orqa), chuv. arg‘alъx (tirqish//ot–arava jabdug‘i). Ta’kidlash kerakki, boshqa undoshlar guruhida q ba’zan xga aylana borib, portlovchilik xususiyatini yo‘qotadi: ozarb. arxa (orqa)~tat. aorqa, qar. baxsa (bog‘)~tat. baoqsha va hokazo.
Ko‘pchilik turkiy tillarda orqa tanglay q so‘z oxirida saqlanadi: aq (oq): q.turk., qirg‘., qoz., no‘g‘., qum., uyg‘., q.qalp., qar., qr.tat., turkm. aq, o‘zb. oq, tat., boshq. aoq; azaq (oyoq): qoz., q.qalp., no‘g‘., qum., q.balq., qirg‘., qar. ayaq, tat., boshq. aoyaq. Ammo so‘z oxirida q kuchsizlanib, ayrim turkiy tillarda portlovchilik xususiyatini yo‘qotadi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish