O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


k>x holati ozarbayjon tili uchun xosdir: külax



Download 3,85 Mb.
bet36/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

k>x holati ozarbayjon tili uchun xosdir: külax (shamol), üksäx (yuksak), kömäx (ko‘mak) va hokazo.
k>y holati ozarbayjon tilida, ayniqsa, uning dialektlarida uchraydi: goy (osmon)<kök.
Chuvash tilida so‘z oxirida kning tushish holatlariga duch kelinadi: ine (sigir)~tur., tof., tuva. inek, ozarb. inäk; chuv. ada (etik)tat. itik, q.qalp., qoz. yetik.
O‘zakka qo‘shilgan affiks boshida k o‘zakdagi faqat jarangsiz undoshdan keyin paydo bo‘lishi mumkin: tat. kit-kän (ketgan). Jarangli undoshdan keyin u, qoidaga ko‘ra, g undoshi bilan almashadi: tat. kilgän (kelgan). Ushbu qoida barcha turkiy tillarda amal qiladi.
Agar k bilan tugallangan affiksga unli bilan boshlangan affiks qo‘shilsa, birinchi affiksdagi k jaranglilashadi.
O‘zak oxirida k unlisi bilan boshlanadigan affiks oldida intervokal holatda bo‘ladi. Deyarlik barcha turkiy tillarda unda k>g holati sodir bo‘ladi: tat: taovlar yёrägi (tog‘ yuragi).
Turkiy bobotilda g so‘z boshida uchramagan. Intervokal holatda turkiy tillarda g barcha holatlarda ikkilamchi hisoblanadi: tat. igiz (egiz)(2); chuv. igän (non, g‘alla, arpa)(ekmoq); tur. bügün (bugun)olt. sögüm (so‘tish, so‘kish, terlamoq)(so‘kmoq, so‘tmoq); no‘g‘. segiz (8)kabi.
Shuningdek, ancha qadimgi kning jaranglilashuvi natijasida vujudga kelgan so‘z boshidagi g ham ikkilamchi hisoblandi: turkm. göz (ko‘z)tur. gel (kel)< kelqum. gishi (kishi)kabi.
Ayrim turkiy tillarda g qadimgi g‘ ni ifodalaydi: gag. egir (yigirmoq), uyg‘. bäg (bek)<bag‘.
Unli yoki jarangli undosh bilan tamomlanadigan o‘zaklardan keyin affikslar boshida k o‘rnida g paydo bo‘ladi: tat. kül-gä (ko‘lga), biz-gä (bizga), qoz. kёz-gi (kuzgi), keshe-gi (kechagi), qirg‘. üy-ge (uyga), o‘zb. bügün-gi (bugungi), tuv. xöl-ge (ko‘lga), tuv. kirgele (kirgandan buyon) va hokazo.
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z boshida t saqlangan: ta:g‘ (tog‘): uyg‘., xak. tag‘, o‘zb. tog‘, tat., boshq. taow, qoz., qar., qum. taw, qirg‘. to:, chuv. tu, yoq. tыo; qoz., no‘g‘., q.qalp., xak. tas, qirg‘., uyg‘., qum. tash, tat., boshq. taosh, o‘zb. tosh, yoq. ta:s; ta:l (tol): tat., q.qalp., qoz., no‘g‘., xak., olt., tuv. tal, o‘zb. tol, yoq. talax.
Ammo ozarbayjon va turkman tillarida so‘z boshidagi t>d holati ham kuzatiladi: tash (tosh): tat. taosh, qoz., no‘g‘., q.qalp. tas, qum., q.balq., uyg‘. tash, o‘zb. tosh, ozarb., turkm. dash; uyg‘., xak. tag‘, o‘zb. tog‘, tat. taow, qoz. taw, ozarb., turkm. dag‘
Ushbu tovushning ikki xil ifodalanishi turk, turkman, gagauz va tuva tillarida uchraydi. Bu tillarda so‘z boshida tning saqlanganlik holatlarini ham kuzatish mumkin: tur. ter (terlamoq), turkm. tut (tutmoq), gag. tal (tol), tuv. tur (turmoq). Shuningdek, so‘z boshidagi t>d holatidagi so‘zlar ham uchraydi: tur., turkm. dil (til), tat. til; turkm. dag‘ (tog‘)~tat. taow; gag. dämir (temir)~timir; tuv. dolu (to‘liq)~tat. tulь.
So‘z boshida tning ikki xil ifodalanishi qumiq tilida ko‘p uchraydi. Odatda, boshqa turkiy tillarda t ishlatiladi, ammo d bilan boshlanadigan so‘zlar ham bor: qum. dögerek (to‘garak, dumaloq)~tat. tügäräk, qoz. tögaräk , qirg‘. tegerek (tevarak); qum. dol (mo‘l)~tat. tulь (to‘liq); no‘g‘. tolь, qirg‘. tolo; qum. damg‘a (tamg‘a)~tat., qirg‘., qar., no‘g‘. tamg‘a va hokazo.
Demak, turkiy tillardagi so‘z boshida t ning jaranglilashuvini doimiy fonetik qonuniyat deb hisoblamaslik kerak.
Ba’zi turkiy tillarda tning old qator unlilar oldidan chga o‘tishi kuzatiladi: chuv. chir (tiz)tat., uyg‘., o‘zb. tiz, qirg‘., qoz. tize; chuv. chilg‘e (til)~o‘zb., tat., qoz., qirg‘., qum. til; chuv. chir (tirik), qirg‘., qum., qar. tiri, olt. tiru, tat., qoz. tir va hokazo.
Bunday holat ozarbayjon tili dialektlarida turk va uyg‘ur tillarida uchraydi: ozarb. (dial.). chish (tish), uyg‘. chish(tushmoq)va hokazo. Bu holatga o‘zbek tili shevalarida ham duch kelinadi: tushti~chushti (tushdi).
Intervokal holatda ko‘pchilik turkiy tillarda t saqlanadi: ätik (etik): qoz. etik, tat. itik, q.balq. etik; otuz, xak. otïs, tat. utьz; o:tïn (o‘tin): tat. utьn, qoz., no‘g‘. otьn, qar., q.balq., qirg‘. otun va hokazo.
Intervokal holatda t>d tuva, xakas, oltoy, tofalar tillarida kuzatiladi: tuv., tof. idik (etik) tat. itik; xak., olt., tuv. ada, tat. aota, no‘g‘., qoz. ata; olt. budaq (butoq), tuv. buduq, qirg‘., qum. butaq. Bunday holat o‘g‘uz guruh tillarida ham uchraydi: butaq~gag., turk. budak, ozarb. budax, turkm. pudaq; o:tïn (o‘tin): turkm., ozarb., tur. odun. Ammo o‘g‘uz tillarida bundan mustasno holatlar ham bor: tur., ozarb. otuz, turkm. otuz‘ (30); otur (o‘tir): ozarb., turkm. otur; tur. ata (ota)~ozarb., turkm. ata va hokazo.
Chuvash tilida intervokal pozitsiyada t yarim jarangli d ga aylangan: chuv. adь (etik)~tat. itik; chuv. vьdьr (30)~tat. utьz; chuv. vud (o‘tin)~tat. utьn.
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z oxirida t saqlanadi: at (ot): qirg‘., qoz., uyg‘., q.qalp., q.balq., turkm., ozarb., tur., shor., xak., shor. at, tat., boshq. a°t; chuv., tat. ut (o‘t), o‘zb.o‘t, no‘g‘., qoz., q.qalp., q.balq, qirg‘., olt., qum., turkm. ot.
Ozarbayjon, qisman, turk tilida t>d kuzatiladi: ozarb., tur. ad (ism); ozarb. od (o‘t-olov); süd (sut), öd (o‘t-odam organizmi a’zosi), bud (bel) va hokazo. Turk tilida egalik affikslaridan keyin jaranglilashuv sodir bo‘ladi: budï (uning soni); kanadï (uning qanoti) kabi. Bu cho‘ziq o:dan keyin paydo bo‘lgan: ad
Affikslar boshidagi t so‘zlarning jarangsiz undoshidan keyin yuzaga kelgan: tat. kitti (ketdi), qirg‘. bashtan (boshdan, kalladan), qoz. qъstar (qushlar) va hokazo.
So‘zning o‘zagi unli yoki jarangli undosh bilan tamomlanadigan bo‘lsa, t>d ro‘y beradi: tat. urmanda (o‘rmonda), qoz. jazdь (yozdi) kabi.
Turkiy bobotilda so‘z boshida d ishlatilmagan. Ayrim turkiy tillarda so‘z boshida d ning qo‘llanilishi ikkilamchi holat hisoblanadi: ozarb. dash (tosh)turkm. da:g‘ (tog‘)
Bir qancha turkiy tillardagi intervokal holatdagi ddan yuzaga kelgan bo‘lishi ham mumkin: tur. odun (o‘tin)Tuva va tofalar tilida intervokal holatdagi d ga z‘ to‘g‘ri keladi: tuv. va tof. adaq (oyoq)tuv. va tof. adïg‘ (ayiq)
Turkiy tillarda so‘z oxirida d qo‘llanilmagan. Turkiy bobotil taraqqiyotining turli davralarida so‘z boshida, aftidan, ancha ko‘p qo‘llanilgan portlovchi undosh bo‘lgan. Tarixiy jihatdan u so‘z boshidagi p oldin edi. Qadimgi va hozirgi turkiy tillardagi bash (bosh), balïq (baliq), bol (bo‘lmoq), bosh (bo‘sh) kabi so‘zlar qachonlardir p bilan boshlangan. Hozirgi turkiy tillarda bobotil davridagi so‘z boshidagi p ning izlarini topish qiyin. Uni so‘z boshidagi pholatini shevalardan topish mumkin: boshq.(dial.). pish//bish (pishmoq); o‘zb.(dial.). bütün//pütün (butun), sib.tat.(dial.). budaq//pudaq (butoq), no‘g‘.(dial.). pыshaq//bыshaq (pichoq), tur.(dial.). palta//balta (bolta), q.qalp.( dial.). pal//bal (asal) va hokazo.
Ko‘pchilik turkiy tillarda intervokal pozitsiyada ayrim so‘zlarda saqlangan: apa (xola); tat. apa (katta singil, xola), qirg‘., qoz., turkm. apa; qapïg‘ (darvoza): qar. qapï, no‘g‘., q.qalp. qapь, ozarb., turkm. gapï, tur. kapï kabi.
Ba’zi turkiy tillarda intervokal pozitsiyadagi odatdan tashqari (kutilmaganda) va doimiy bo‘lmagan p>b holat ko‘zga tashlanadi: qoz. qabaq (qovoq)~tur. kapak, no‘g‘. qapaq (qopqoq), qoz., qum. töbe (tepa)~uyg‘. töpä.
Oltoy, xakas, tuva, shor va yoqut tillarida intervokal p doimo mavjud bo‘lgan: xak. tobïrax (tuproq)<topыraq, olt. qabaq (qovoq), uyg‘. töpä (tepa, boshi), yoq. tobo.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish