ch>s hodisasiga boshqird, xakas va yoqut tillarida duch kelinadi: boshq. s‘ьq (chiq)<chьq, saoq (vaqt)<chaoq; säs (soch)<chäch. Bu holat, ya’ni ch>ts: chьq>tsьq>sьq (chiq) tarzida sodir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday o‘zgarish xakas tilida ham kuzatiladi: sïx (chiq)<chïq; sortan (cho‘rtan)<chortan. Ch>s hodisasi, ayniqsa, yoqut tilida yaqqol ko‘zga tashlanadi: yoq. seri: (urush): q.turk. cherig‘ (qo‘shin)~sire (yuz)~olt. chïra, yoq. sag‘ana (o‘z vaqtida)<chaq (vaqt);
ch>s hodisasi chuvash tilida kuzatiladi: chuv. s‘ut (bo‘lmoq)<chap~qirg‘. chap (bo‘lmoq)~q.turk. chap (savalamoq)~olt. chap (chopmoq)~chuv. s‘urla (o‘roq)<charla~charla (o‘roq); chuv. s`ug‘ъr (qichqirmoq)~qirg‘. chaqïr.
Intervokal holatda ch ko‘pchilik turkiy tillarda saqlangan: achïq (ochiq): tur., turkm. achïk, qum. q.balq., qr.qar., olt. achïq, xak., ozarb. achïx; bïchaq (pichoq): tur. bïchak, qirg‘., qum., olt. bïchaq, xak., ozarb. bïchax va hokazo.
ch>sh hodisasi no‘g‘oy guruhidagi tillarda intervokal pozitsiyada ham tarqalgan: qoz. ashьq (ochiq), q.qalp., no‘g‘., ashьq<achïq.
Intervokal holatda ch>s hodisasi boshqird tilida uchraydi: bьsaq (pichoq)< bïchaq, aosьq (ochiq)<achïq.
ch>sh hodisasi intervokal pozitsiya tatar tili uchun xarakterlidir: bьshaq (pichoq)<bïchaq, aoshьq (ochiq)<achïq. Ushbu holatda ch>ts mish.tat: ashьq (ochiq)<achïq.
Tuva tilida ch>sh hodisasi mavjud bo‘lib, intervokal holatda ch>j sodir bo‘ladi: ajïq (ochiq)<achïq, ajïg‘ (achchiq)achu:.
Chuvash tilida ch>z‘. Intervokal holatda s‘~z‘ chuv. küz‘ar (ko‘chmoq)~ qirg‘. köchür, turkm. gechir (o‘tkaz); chuv. kiz‘it (qichish)~uyg‘. kichish.
Yoqut tilida ch>h. Bu ch>sh>s>h tarzida sodir bo‘lgan: yoq. ahï (achchiq) ~q.turk. achïg‘; yoq. bïhax (pichoq)~olt. bïchaq; yoq. ihin (uchun)~tur. üchün (uchun).
Bir qancha turkiy tillarda so‘z oxiridagi ch saqlangan: ach (och): q.turk., tur., qum., turkm., qirg‘., olt., qirg‘, q.balq. ach; üch (3): q.turk., ozarb., turkm., gag., qirg‘., olt., q.balq., qr.tat. üch; kü:ch (kuch): q.tur., qirg‘., o‘zb., olt., qr.tat., q.balq. küch, tur., qum. güch, turkm. güych.
Yoqut tilida so‘z oxirida ch>s hodisasi uchraydi: yoq. ku:s (kuch), is (ich). Bunday holat boshqird, xakas tillarida ham kuzatiladi: boshq., xak. kus (kuch), boshq. as (och), xak. as<ach (och) kabi.
4.4. Sonorlar. Turkiy bobotilda so‘z boshida l qo‘llanilmagan. Ushbu tovush bilan boshlanadigan so‘zlar fors va arab tillaridaт o‘zlashgan. Chuvash tilida so‘z boshida l qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘pchilik turkiy tillarda ikki unli o‘rtasida l saqlangan: alag‘ (ola-bula): q.tur., tur., olt., qoz., q.qalp., no‘g‘., qirg‘., turkm., qar., tuv., yoq. ala. tat. aola, chuv. ula; bulut: q.tur., tur., o‘zb., turkm., qar., uyg‘., qir., olt., tuv. bulut, no‘g‘., tat. bъlьt, ozarb. bulud, chuv. pilit.
So‘z o‘rtasida l bilan kelgan birikmalarda ushbu tovush ancha turg‘un. Ayrim turkiy tillar, jumladan, tatar va boshqird tillarida, ayniqsa, ularning dialektlarida l ning tushib qolishi kuzatiladi: tat. kiter (keltir)<kilter, utïr (o‘tir)< ultïr; boshq. bug‘an (bo‘lgan)<bulg‘an; qag‘an (qolgan)<qalg‘an; q.qalp. bosa (bo‘lsa)<bolsa.
So‘z oxirida l ancha turg‘un: ya:l (yel, shamol): q.tur., tur., ozarb., qum., boshq., turkm. yel, tat. jil, q.qalp., qoz., qirg‘. jel.
O‘zbek tilidagi eronlashgan shevalarda palatal va orqa tanglay l, boshqa turkiy tillardagidek, o‘zaro farqlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |