z‘>z. Ushbu holat xakas va shor tillarida sodir bo‘lgan: az‘aq (oyoq)~xak. azax, shor. azaq; az‘ïg‘ (ayiq)~xak., shor. azïg‘; az‘ïr (ayir)~xak. azïr.
z‘>y hodisasiga ko‘pchilik turkiy tillarda duch kelinadi: azaq (oyoq)~uyg‘., q.qalp. ayaq, qirg‘., turkm., tur., qoz., no‘g‘., qar. ayak, tat., boshq. aoyak, ozarb. ayax; azïg‘ (ayiq): tur., turkm., gag. ayï, no‘g‘., qum., q.qalp. ayu, boshq. aoyw, tat. aoyu, q.tat., qirg‘. ayu.
z‘>d: az‘aq (oyoq): q.uyg‘., tuv. adaq (past); az‘ïg‘ (ayiq): tuv. adïg‘; qazïng (qayin): tuv. xadïn, tof. kadïn; qozan (quyon): tuv. kodan.
z‘>t hodisasi faqat chuvash tilida kuzatiladi: az‘aq (oyoq): chuv. ura (az‘aq >oraq>ora>ura); qazïng (qayin): chuv xuran (koz‘ang>xoran>xuran).
Z‘ ning tushib qolishi siyrak uchraydi: gag. bü:k (buyuk)<büyük<böz‘ük) kabi.
Qadimgi turkiy yodnomalarda yopiq bo‘g‘in oxiri va unlilar oldidan z‘ning saqlanganligiga ko‘pgina misollar topish mumkin: az‘g‘ïr (ayg‘ir), qoz‘g‘u (qayg‘u), quz‘ruq (quyruq), yaz‘ (yoymoq, tar`atmoq), toz‘ (to‘ydirmoq, fe’l o‘zagida).
Ushbu holatda z‘ ko‘pchilik turkiy tillarda turg‘un bo‘lmasdan, turli o‘zgarishlarga uchragan:
z‘>z. Bu holat xakas va shor tillarida yuzaga kelgan: quzruq (quyruq): xak. xuzuruk<xuz`rux, shor. quzruq;
z‘>y o‘zgarishi ko‘pchilik turkiy tillarda kuzatiladi: qazg‘ï (qayg‘u)~qirg‘., qar. kayg‘ï, ozarb. gayg‘ï, tat. qaoyg‘ь, no‘g‘. qayg‘ь; az‘g‘ïr (ayg‘ir): tat. aoyg‘ьr, qoz., uyg‘., no‘g‘. ayg‘ьr, qar., qirg‘., qum. ayg‘ïr; yaz‘ (yoy): turkm., no‘g‘., qum., qar., ozarb., gag., tur. yay; qoz., qirg‘., q.balq. jay;
z‘>d: quz‘ruq (quyruq): q.uyg‘. qudruq, tuv. quduruq<qudruq; toz‘ (to‘ymoq): q. uyg‘., tuv., tod;
z‘>t holatidagi o‘zgarish yoqut tilida uchraydi: atï:r (ayg‘ir)<azg‘ïr; tot (to‘y)<toz‘;
z‘>r hodisasi chuvash tili uchun xarakterlidir: urьx (boshqa)<az‘rïq; xurdъm (qo‘ydim)<qoz` (qo‘y, eski tatar tilida quydьm), xure (quyruq)< quz‘ruq.
So‘z oxiridagi z‘ eski turkiy tillarda uchraydi: q.turk. boz‘ (bo‘y, gavda), ö:z‘ (o‘zak), uz‘ (sigir), koz‘ (qo‘y), toz‘ (to‘y). Ushbu holatdagi z‘ turg‘un bo‘lmay, turli o‘zgarishlarga uchragan:
z>y: q.turk. boz‘ (bo‘y): ozarb. (bo‘y, uzunlik), tat. buy, qar., q.qalp., olt., qirg‘., uyg‘., qoz. boy; uz (sigir): qirg‘., olt., uy; q.tur. qoz‘ (qo‘y): q.qalp., olt., o‘zb., qum. qoy, tat. quy, ozarb., turkm. goy;
z‘>d hodisasi faqat qadimgi uyg‘ur tilida sodir bo‘lgan: tod (to‘y);
z‘>t hodisasi tuva tilida kuzatiladi: pot (o‘zim)<boz`, tot (to‘y)<toz‘;
z‘>r o‘zgarishi faqat chuvash tilida uchraydi: xïr (qo‘y)<qoz‘;
Turkiy bobotilda affikslarda z‘ ishlatilmagan.
4.3.Qorishiq tovushlar. Turkiy bobotilda, eski turkiy tillarda ch affrikati ham mavjud bo‘lib, u so‘z boshida boshqa tovushlarga nisbatan kam ishlatilgan. Ushbu tovush turk, ozarbayjon, turkman, o‘zbek, qrimtatar, oltoy, qumiq, qorachoy-balqar, qaraim tilining qrim dialektida qo‘llaniladi: chïq (chiq): q.turk., qirg‘., turkm., qum. qr.qar., q.balq. chaq, ozarb. chag‘, tur. cha:.
ch>sh hodisasi tatar tiliga xosdir: chïq (chiqmoq) tat. shьq; chag‘ (vaqt): tat. shaoq.
So‘z boshida ch>sh hodisasi turkiy tillarning no‘g‘oy guruhchasiga mansub bo‘lgan qozoq, qoraqalpoq va no‘g‘oy tillari uchun xarakterlidir. Bundan tashqari, bu hodisa tuva, shor va tofalar tillarida ham uchraydi. chïq (chiqmoq): qoz., q.qalp., no‘g‘. shьq, shor. shïq; chaq (chog‘): qoz., q.qalp., no‘g‘. shaq, tuv., tof. shag‘; chaqïr (chaqirmoq): qoz., q.qalp., no‘g‘. shaqьr.
ch>ts hodisasi tatar tilining mishar, sibirlik tatarlarning barabin, qaraim tilining gali-lusk fialektlarida, shuningdek, shimoli-sharqiy Anatolining turkiy shevalarida uchraydi: mish.tat. tsьg‘ar (chiqarmoq), tsaqьr (chaqarmoq), barab. tat. tsap (chopmoq), gal. qar. tsïq (chiq), tsak (chog‘), boshq. tsьk (chiq)<tsïk< chïk, sap (chop)<tsap<chap.
Bunday holat boshqird tili tarixida ham uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |