O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet37/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

Pning yarim undosh b ga aylanishi chuvash tili uchun xarakterlidir: chuv. tibi-yiribe (asosli)(tub), xubax (qovoq)
Oltoy, xakas va tuva tillarida ham p jarangli undoshlardan oldin jaranglilashgan: xak. kibrik (kiprik), olt., tuv. kibrik~tur. kirpik, no‘g‘. kirpik.
So‘z oxiridagi umumturkiy p o‘zak oxirida yaxshi saqlangan: tap (top): olt., no‘g‘., qar., turkm., xak., tur. tap, o‘zb. top, tat. taop; säp (sepmoq): olt., qoz., qum., q.qalp., qirg‘, sep, uyg‘. säp, turkm. s‘ep, chuv. sap, tat. sip.
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z oxirida p saqlangan: tu:p (tubi, pasti): qirg‘., olt., xak. tüp; tat., qoz., no‘g‘. tep; kä:p (shakl, andoza): no‘g‘., olt., qirg‘., qum. kep, tur. kip, yoq. kiep, chuv. kap.
Ozarbayjon va tuva tillarida so‘z boshida va boshqa holatlarda p nafas tovushiga aylanadi: tap (topmoq)~ozarb. thaph.
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z o‘zagi oxiridagi p unlisi bilan boshlangan affikslar oldida jaranglilashadi: tat. sibälä (tomchilamoq)(sug‘ormoq), no‘g‘. sebüw (sug‘orish)(sug‘ormoq), qoz. tabu (topish)(topmoq), tur. kabï (uning idishi)(idish), xak. kibim (mening kiyimim)(kiyim).
Turkiy tillarda affikslar boshida p ancha kam uchraydi: chuv. sïratpъr (biz yozayapmiz), ispe (ishla) va hokazo.
Eng ko‘p tarqalgan ravishdosh affiksi -ïp//-ip ham ba’zan jaranglilashuvi mumkin.
Turkiy tillarda so‘z boshidagi b, aslida p ning jaranglilashuvi natijasidir. So‘z boshidagi p ning jaranglilashuvi turkiy bobotil davridayoq ancha tez sodir bo‘la boshlagan: bash (bosh): tur., ozarb., turkm., qar., uyg‘., q.balq. bash, tat., boshq. baosh, qoz., no‘g‘., q.qalp., yoq. bas; balïq (baliq): tuv., q.balq., qum., turkm., olt. balïq, tat. baolïq, ozarb. balïx, tur. balïk kabi.
Xakas, chuvash va shor tillarida substrat tillar yoki ichki qonuniyatlar ta’sirida so‘z boshidagi p jarangsizlangan: bash (bosh)~chuv. pus, xak., shor. pash; balïq (baliq)~chuv. pulъ, xak. palïx, shor. palïq; bay (boy)~chuv. puy, (boyimoq), xak. paъ (boy); bö:l (bo‘lmoq)~xak. pöl, chuv. pul; bil (bilmoq)~xak., chuv. pil.
Portlovchi b intervokal holatda turkiy tillarda o‘zak morfemada kam uchraydi: taba (tova): tat. taoba, qoz., no‘g‘., qirg‘., q.qalp., turkm. taba, tabïsh (tovush, ovoz): olt. tabïsh, xak. tabïs; yabïz (yomon, bemaza): olt. dabïs (yovuz).
Ushbu holatda b>w sodir bo‘lishi mumkin: taba (tava): uyg‘. tawa, o‘zb. tova; tabïsh (tovush, ovoz): tat., boshq. taowьsh, qum., turkm. tawush, no‘g‘. tawьs; yabïz (yovuz)~tat. yaowьz, q-qalp. jawьz, qar., o‘zb. yowuz. Ushbu tovush almashinishi еski fonetik qonuniyat xarakteriga ega bo‘lmasligi mumkin. Intervokal holatda turkman tilida b fonetik jihatdan w tarzida talaffuz etiladi: turkm. awa (ota, tog‘a)(qovoq)
Ayrim turkiy tillarda intervokal holatda sporadik b>m sodir bo‘ladi: qirg‘. qabïz (qo‘buz), tat. qobьz~yoq. xomus, shor. qomus; shor. käbä (kema)~ kimä, qoz. kema, tur. gemi (kema); qumand. qobut (xomut)~qaomьt, chuv. xъmъt, turkm. xamït; esk.o‘zb. kibi (kabi)~ozarb. kimi; olt.dial. tebir (temir)~ tur. demir, tat. timir; olt.(dial.). tabaq (tomoq)~tat. taomaq; olt.(dial.).töben (past)~no‘g‘. tömen; tat. shibin (chivin)~qirg‘. chïmïn.
Ushbu holat bir so‘z unli bilan, boshqasi b undoshi bilan boshlanganda sodir bo‘lishi mumkin. Chunonchi, yakshï buz (yaxshi muz) yakshï muzga aylanishi mumkin. Keyinchalik ayrim tillarda so‘z boshidagi m ajratilgan: o‘zb (muz)~tat. bъz, tat. bъrshak (no‘xat)~shor. mïrchak, o‘zb. Tuyabo‘yin>Tuyamo‘yin, buncha>muncha.
Turkiy bobotil davrida so‘z oxirida b, umuman, qo‘llanilmagan.
To‘g‘ri, qadimgi turkiy yodgorliklarda ba’zi so‘zlar oxirida b qo‘llanil-ganligi ma’lum: ab (ov), eb (äb–uy) kabi. So‘z oxiridagi b hozirgi turkiy tillarda v, w yoki y tarzida ifodalanadi: turkm. a:w (ov), ozarb. ov, qum. ow; tur. ev (uy), o‘zb. uy, tat~boshq. ey. Ammo eb (uy)~shor. üg‘ va tof. og‘. So‘z oxiridagi b>v,w,y hodisasi qonuniyatini aniqlashi qiyin.
Affikslarda b kam uchraydi. Chunonchi, 1-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi bïz: tat. baorabьz (boramiz), qum. alabïz (olamiz) va hokazo. Shuningdek, inkor affiksi -ba: olt. men bar-ba-zïm (men, balkim bormasman), shor. al-ba (olma). Affiks boshida b o‘zak oxiridagi jarangli undosh yoki unlidan keyin qo‘llanishi mumkin.
Intervokal pozitsiyada affiks boshidagi b ba’zan mga o‘tishi mumkin: tat. ala-bьz (olamiz)~qoz. alamьz. Ana shunday holatda -ba inkor affiksi -maga aylangan.
Tuva tilida b mana shu holatda vga o‘tadi: aldïvïs (biz oldik)
Affikslar oxiridagi b ikkilamchi xarakterga ega: ozarb. yaz-ïb (yozib)< yazïp.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish