O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


q>x. Ushbu tipdagi o‘zgarish xakas tilida kuzatiladi: palïx



Download 3,85 Mb.
bet35/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

    Bu sahifa navigatsiya:
q>x. Ushbu tipdagi o‘zgarish xakas tilida kuzatiladi: palïx (baliq), ax (oq), chox (yo‘q). Xuddi shunday holat ozarbayjon tilida uchraydi: yox (yo‘q)(o‘q)
Qaraim tilining trakay dialektida so‘z oxiridagi q>x hodisasi mavjud: ax (oq)(oyoq)
Poloves tilida xashux (qoshiq)~tat. qashьq; bïchax (pichoq)~tat. bьshьq.
q>x holati yoqut tilida ham uchraydi: suox (yo‘q)(o‘q)(oyoq)ammo bundan mustasno holatlar ham bor: balïk (baliq)
Chuvash tilida bobotildagi so‘z oxiridagi q yo‘qolgan: balïq (baliq)~chuv. pulъ, adzaq (oyoq~chuv. ura, achïq (ochiq)~chuv. uzъ.
Turkiy bobotilda velyar q bilan boshlanadigan affikslarning qo‘llanishi quyidagi qoidaga bo‘ysunadi: q jarangsiz undosh o‘zakdan so‘ng qo‘llaniladi: bashqa (boshga), qaytqan (qaytgan). Unlilar va jarangsiz undoshlardan keyin q >g‘: ormang‘a (o‘rmonga), qalg‘an (qolgan).
So‘z o‘zagiga unli bilan boshlanadigan affiks qo‘shilganda, q>g‘: ayag‘ï< ayaqы. Bu holat o‘zbek tilida ham mavjud: tayoq~tayog‘i.
Tuva, xakas va gagauz tillarida unli bilan boshlangan affikslardan oldingi q>g‘ holatda bo‘lgan, so‘ngra yo‘qolgan: gag.usha:m (mening bolam)<ushaqïm> ushaqam>ushag‘am>usha:m, tuv. balï:m (mening balig‘im)balïg‘ïm >balï:m, xak. aza:m (mening oyog‘im)azag‘am>aza:m.
Ayrim turkiy tillarda g‘ dan paydo bo‘lgan oxirgi q tushib qolishi sodir bo‘lgan: tat., qoz. sarь, tur. sarïtat. aylь (oyli), ozarb. garlï (qorli), no‘g‘. tavlь (tog‘li)
Bobotil davridagi k so‘z boshida qipchoq tillarida ancha turg‘un: käs (kesmoq): tat., xak.., boshq. kis`, qoz., qirg‘., q.qalp., no‘g‘., q.balq., o‘zb., tuv. kes, chuv. kas; ki:r (kirmoq)>kir: tat., qoz., no‘g‘., o‘zb., xak., chuv., qirg‘., olt. kir; käl (kelmoq): tat., boshq., chuv. kil, no‘g‘., qoz., q.qalp., olt., o‘zb., uyg‘., qirg‘. kel.
Bobotildagi k turk va ozarbayjon tillarida palatal gga aylanadi: käbi>gämi (kema), tat. kimä, no‘g‘., qoz. keme, o‘zb. kema~ozarb. gämi, tur. kemi; ki:r (kirmoq): tat., chuv., qoz., qirg‘. kir, tur., ozarb. gir; köl (ko‘l): qirg‘., no‘g‘., o‘zb., olt. köl, tat., boshq. kül, ozarb., tur. göl.
Shuning bilan birgalikda, ozarbayjon va turk tillarida tarkibida k saqlangan so‘zlar ham bor: kül (kul): tat., no‘g‘., qoz. kul, qirg‘., ozarb., turkm., tur. kül; käs (kesmoq): tat., boshq. kis‘, qoz., qirg‘., tur. kes, chuv. kas; kirpi (tipratikan): qirg‘., o‘zb., turkm., ozarb., tur. kirpi; kir (kir): tat., qoz., qar., qirg‘., olt., ozarb., tur. kir.
Bunday ikki holatli ifodalanishni turkman tilida uchratish mumkin: käs‘ (kesmoq); turkm. kes‘; köp (ko‘p): turkm. köp; kir~turkm. kir; kül (kul)~turkm. kül. Shuningdek, g>k: kök (osmon)~turkm. gök; kör (ko‘rmoq)~turkm. gör: käl (kel)~turkm. gel.
Qumiq tilida so‘z boshidagi k ham ikki xil ifodalanadi. Qumiq tilidagi ayrim so‘zlarda so‘z boshida k saqlanadi: kir (kir)~qum. kir; köl (ko‘l)~qum. köl, ammo shunday so‘zlar borki, ulardagi k bobotil davridagiga to‘g‘ri keladi: käl (kelmoq)~ gel; kör (ko‘rmoq)~qum. gör; kishi~qum. gishi.
Ikki xil ifodalanish gagauz va qrimtatar tilida ham kuzatiladi.
Ikki xil ifodalanishning o‘ziga xos turi tuva va tofalar tillarida uchraydi.
Tuva tilida eski q saqlangan muayyan so‘zlar bor: kök (ko‘k); kel (kelmoq), kezek (kesak), kiji (kishi) va hokazo. Shuningdek, k>x holatidagi so‘zlar ham uchraydi: xöl (ko‘l), xir (kir) kabi.
Tofalar tilida ham eski k saqlangan holatlar uchraydi: küs (kuz), kel (kelmoq). Ayni paytda, ba’zi tofalar so‘zlarida eski k>h holatida keladi: hir (kir), hol (ko‘l) va hokazo.
Ozarbayjon tilining janubiy dialektlarida, shuningdek, Naxichevan guruh shevalarida old qator unlilar oldida k>ch: chänd (kand, qishloq) (kumush)Bunday holat turk tili dialektlarida ham kuzatiladi: chim (kim)shuningdek, uyg‘ur tili dialektlarida ham mavjud: chim (kim)(kir)va hokazo.
Ko‘pchilik holatlarda intervokal holatda k saqlanadi: täkä (taka); tur., q.qalp., qoz., no‘g‘., qum. teke, tat., boshq. täkä: ozarb. tökä; kükürt (gugurt): tur., qum., q.balq. kükürt, q.qalp., tat. kükirt, olt. kükür.
Ayrim holatlarda k ning intervokal holatda jaranglashuvi kuzatiladi: tur. ekinji (dehqon)~qoz. yeginshi, tat. iginshi; ozarb. äkiz (egiz)~qoz. egiz.
Intervokal holatda k chuvash tilida, odatda, yarim jarangli g ga o‘tadi: chuv. taga (taka)(shudgor, ekin)<äkä.
Ta’kidlash kerakki, turkiy tillarda o‘zak morfemalarda intervokal pozitsiya-da k juda kam uchraydi. Shuningdek, o‘zak morfemalarda undoshdan oldin yoki keyin ham k kam ishlatiladi. Ayrim tillarda, chunonchi, xakas, tuva tillarida jarangli undoshdan keyin k jaranglilashuvi mumkin: xak. tülgü (tulki), tuv. dilgi~olt., qirg‘. tülkü.
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z oxirida doimo saqlanadi: yuk (yuk): turkm., qum., tur., qum., q.balq. yük, olt. duk, xak. chük; kö:k (osmon, zangori): qirg‘., uyg‘., qoz., q.qalp., o‘zb. ko‘k, tat., boshq. kük, turkm. gök.
Turk tilida, shuningdek, ozarbayjon tilidagi bir bo‘g‘inli so‘zlarda so‘z oxiridagi k palatallashadi: tur. kemik (kemik, suyak), pek (qattiq, mustahkam), ozarb. kök (o‘zak).

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish